uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Soʻnggi yetti yilda Navoiyda 8 milliard dollarlik 6,5 mingta loyiha ishga tushib, 27 trillion soʻmlik qoʻshilgan qiymat yaratildi.

Viloyatdagi tadbirkorlar soni 3 karra koʻpaydi. Ularning saʼy-harakati bilan oʻtgan yetti yilda 1 milliard dollarlik eksport boʻldi. Bu yil ham viloyatda 2,2 milliard dollarlik 577 ta loyiha ishga tushib, 10 mingta yuqori daromadli ish oʻrni paydo boʻladi.

Oʻtgan davrda Navoiy iqtisodiyoti toʻqqizinchi oʻrindan uchinchi oʻringa chiqib, 82 trillion soʻmga yetdi. Bunaqasi Navoiy tarixida boʻlmagan.

Shu bilan birga viloyat hokimligi hozirgi koʻrsatkichlarni bir necha karra oshirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Masalan, viloyatda kaolin, fosforit, granit, marmar, kvars qumlari kabi xomashyo zaxiralari boʻlgan yana 100 ta kon va uchastkalarni tadbirkorlarga taklif qilish mumkin.

Bu ishlar koʻlamini kengaytirish uchun geologiyada yangi tizim boʻladi. Barcha strategik resursli konlar halqaro baholashdan oʻtadi. Buning uchun tajribali xalqaro kompaniyalar jalb qilinadi.

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Navoiy viloyatida yangi sanoat va energetika loyihalarini boshlab berdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yangi – 2025-yilni viloyatda “Alisher Navoiy yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash – oʻzligimizni anglash” mavzusida Prezident sovgʻasi uchun respublika tanlovi tashkil etiladi. Har bir mahalla, maktab, oliygohlar va mehnat jamoalarida “Navoiyxonlik kechalari” oʻtkaziladi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida Navoiy bobomizga atab yangi bogʻlar, soʻlim xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etiladi.

Quriladigan Yangi Oʻzbekiston bogʻida Alisher Navoiyga bagʻishlab memorial muzey tashkil etiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Davlatimiz rahbari avvalo 27-oktyabrda mamlakatimizda boʻlib oʻtgan parlament saylovi borasidagi fikrlarini aytdi.

Qayd etilganidek, ushbu saylov Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirayotgan tub islohotlar samarasini oʻzida yaqqol aks ettirdi, demokratik taraqqiyotimizni yorqin ifodasi sifatida hayotimizda oʻchmas iz qoldirdi.

Prezidentimiz koʻp millatli xalqimizga saylovlarda yuksak siyosiy madaniyat va faollik koʻrsatib, fuqarolik burchini masʼuliyat bilan ado etgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, xalq vakili degan yuksak maqomga ega boʻlgan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbdan tabrikladi.

Saylovlar natijasida yurtimizda huquq va vakolatlari sezilarli darajada kuchaygan yangi vakillik organlari tizimi ham shakllangani taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Navoiy davlat universitetida 2025/2026 oʻquv yilidan ehtiyoj yuqori boʻlgan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi:

— aniq va tabiiy fanlar;
— axborot texnologiyalari;
— sunʼiy intellekt;
— iqtisodiyot;
— biznes va turizm;
— investitsiyalarni boshqarish;
— qishloq xoʻjaligi;
— ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
— logistika.

Yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha xorijiy davlatlar va respublikadagi yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari bilan ikkita diplom berishga asoslangan qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning oktyabr oyida oʻtgan asosiy tadbir va voqealar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navbahor tumanidagi politexnikum faoliyati bilan tanishdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari Navoiydagi maktabda yaratilgan sharoitlar va oʻquv-tarbiya jarayoni bilan tanishdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident “Yangi Navoiy” shaharchasining qurilish maydonida boʻlib, nuroniy va ziyolilar bilan muloqot qildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari Karmanadagi kimyoviy texnoparkda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiyga kelgach, sanoat tarmoqlari uchun muhim xomashyo – vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi korxona bilan tanishdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Karimov Sherzod Abdurasulovich – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va maʼnaviyat masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 30-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 784,97 so‘m (– 9,95)
1 RUB 131,45 so‘m (– 0,31)
1 EUR 13 830,78 so‘m (– 5,65)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek yer berish tartibini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ushbu ulkan salohiyatdan viloyat hokimi, uning 8 ta oʻrinbosari, 11 ta shahar-tuman hokimi unumli foydalanishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Yigʻilishga ulangan boshqa viloyatlar mutasaddilari ham bugungi tahlillar va topshiriqlardan aniq xulosa qilib, Navoiy misolida oʻz rejalarini tuzishi zarurligi qayd etildi.

Viloyatga 3,7 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelib, 600 ta yangi korxonani ishga tushirish, 15-20 mingta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish vazifasi qoʻyildi.

Uch yil davomida yiliga 350 ming gektar yaylovga yangi texnologiya asosida urugʻ va koʻchat ekish tashkil qilinib, 50 ming aholiga meva-sabzavot, bogʻ va chorva uchun boʻlib beriladi. 100 ta koʻp qavatli uy-joylar qurish rejalashtirilgan.

Kambagʻallikni qisqartirish, migratsiyani yangi tizimi va 4 ta tuman tajribasi hisobidan yana 140 ming aholi bandligini taʼminlash, 16 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish maqsad qilingan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yigʻilishda asosiy masala – Navoiy viloyati iqtisodiyotini oʻstirish, investitsiya, eksport va pirovardida, odamlar daromadini koʻpaytirish masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Soʻnggi uch yilda navoiylik yoshlar oliygohga kirish boʻyicha 1-oʻrinni egallab kelmoqda. Bogʻcha qamrovi 85 foizga yetib, respublikada 2-oʻringa chiqdi.

Xalqimiz qazilma boyliklarining 20 foizi Navoiy zaminida. Viloyatda har yili 100 trillion soʻmdan ortiq sanoat mahsuloti yaratilmoqda. Hozirda viloyatda 15 milliard kilovatt soat elektr energiyasi chiqarilayapti, yana 5,2 gigavattli shamol va quyosh stansiyalari ishga tushish arafasida.

Mamlakatimizning eng muhim transport arteriyalarining 16 foizi Navoiy hududidan oʻtgan. Oʻtgan hafta Qoraqalpogʻistonda 240 kilometrli “Qoʻngʻirot-Beynov” yangi yoʻli foydalanishga topshirildi. Bu ham Navoiyning logistika markazi sifatidagi ahamiyatini yanada oshiradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Shu tariqa mamlakatimiz demokratik taraqqiyotning yangi davriga, sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qoʻymoqda.

Biz barcha boʻgʻindagi deputatlarimiz timsolida zimmasidagi masʼuliyatni chuqur anglaydigan, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimizning erkin va farovon hayotini taʼminlash yoʻlida oʻzini ayamasdan tinimsiz harakat qiladigan, bor bilim va tajribasini Vatan ravnaqi uchun safarbar etadigan fidoyi insonlarni tasavvur qilamiz.

Partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlarida fuqarolarimizni orzu-intilishlari, dardu tashvishlari, mavjud muammolarni hal etish yoʻllari oʻz ifodasini topganini alohida taʼkidlash lozim.

Xalqimiz sizlarning yangi gʻoya va tashabbusingizga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar aʼzolaridan koʻp narsani kutmoqda”,

— dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari ana shunday sharafli va ezgu vazifalarni ado etishda xalq vakillariga kuch-gʻayrat, yutuq va omad yor boʻlishini tiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida 15 ta loyihani ishga tushirish va qurilishini boshlashga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi.

Konimex tumanida yonuvchi slaneslarni qazib olish va qayta ishlashning birinchi bosqichi, Karmana tumanida 300 megavatt quyosh foto elektr stansiyasi va 75 megavatt elektr energiyasini saqlash tizimi, Navoiy shahrida texnik gaz ishlab chiqarish, Gʻozon shahrida marmar va Zarafshon shahrida granit toshlarni qayta ishlash, Uchquduq tumanida kaolin qazib olish va boyitish, Xatirchi tumanida baliq ozuqasi tayyorlash loyihalari qurilishi boshlandi.

Karmana tumanida kaliy sulfat va sulfat kislotasi, Navoiy shahrida paxta sellyulozasi, Nurota tumanida granit toshlarni qayta ishlash korxonalari ishga tushirildi.

Mazkur 15 ta loyihaning umimiy qiymati 3 milliard 600 million dollar. Ularning natijasida 7 mingdan ortiq ish oʻrni paydo boʻladi.

Prezident ramziy tugmani bosib, yangi loyihalarning qurilishi va faoliyatini boshlab berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi — Prezident qarori.

Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Qahramoni, surxondaryolik ilgʻor fermer Ahmad Narzulloyev 68 yoshida vafot etdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi politexnikumda boʻldi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi 22-son umumtaʼlim maktabida boʻldi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 1-noyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 780,09 so‘m (+ 5,75)
1 RUB 131,67 so‘m (– 0,50)
1 EUR 13 889,40 so‘m (+ 40,74)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Karmana tumanida barpo etilayotgan kimyoviy mahsulotlar texnoparkini borib koʻrdi.

Texnopark xitoylik ishbilarmonlar tomonidan “Zarafshon industrial technology” nomi ostida barpo etilmoqda.

Mazkur majmua uchun 130 gektar yer maydoni ajratilgan. Bu yerda umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan 18 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbariga texnoparkda amalga oshiriladigan yangi loyihalar haqida maʼlumot berildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi

Davlatimiz rahbari Navoiy shahridagi “Uzbekistan hydrogen peroxide” qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxona yiliga 30 ming tonna vodorod peroksidi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu birikmadan kimyo, metallurgiya, elektr texnikasi, farmatsevtika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi kabi oʻnga yaqin tarmoqda foydalaniladi. Jumladan, qogʻoz, maishiy va kimyoviy vositalar ishlab chiqarish, uran va kobalt mahsulotlari qazib olishda faol qoʻllaniladi. Qadoqlarni tozalovchi, sunʼiy va sintetik tolalarni oqartiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Yaqin minataqada bunday korxona yoʻq. Shu bois mahsulot MDH va Yevropa mamlakatlariga ham yetkazib berilmoqda. Qisqa vaqtda qariyb 1,5 million dollarlik eksport qilingan. Korxonaning yillik eksport salohiyati 10 million dollar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 31-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 774,34 so‘m (– 10,63)
1 RUB 132,17 so‘m (+ 0,72)
1 EUR 13 848,66 so‘m (+ 17,88)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash yanada kuchaytiriladi

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, tez tibbiy yordam hamda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan maʼmuriy ishlarni ortiqcha qogʻozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritilmasligi belgilanmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Jinoyat kodeksiga foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olishni shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin takror sodir etganlik uchun, shuningdek foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал