Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.
❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari tayinlandi
Jollibekov Vladimir Baxtiyarovich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga tayinlandi.
V.Jollibekov shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi kabi masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 29-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 794,92 so‘m (– 13,47)
1 RUB 131,76 so‘m (– 0,87)
1 EUR 13 836,43 so‘m (– 26,09)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Sudlarga saylov jarayoni boʻyicha shikoyatlar kelib tushmagan – Oliy sud
MSK Matbuot markazida saylov yakunlari boʻyicha
Oliy sud raisining oʻrinbosari Sh.Polvonov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.
Qayd etilishicha, sudlarga saylov jarayoni boʻyicha shikoyatlar kelib tushmagan. Faqat, saylovoldi tashviqoti davomida axborot hamda tashviqot materiallariga qasddan shikast yetkazish huquqbuzarligiga oid 2 ta ishlar sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Soat 20:00 da respublika hududida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi.
Ayni daqiqalarda ovozlarni sanab chiqish jarayonlari boshlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Soat 15:00 holatiga saylovda ovoz berganlar soni 12,5 mln nafarga yetdi. Bu jami saylovchilar sonining 62 foizi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmonov elchixonamiz huzurida tashkil etilgan 9-saylov uchastkasida ovoz berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Xorazm viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov Urganch shahridagi 28-saylov uchastkasida boʻlib, oʻzi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Fargʻona shahridagi 88-saylov uchastkasida boʻlib, saylovda ovoz berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Xalq bilan birga: Prezident saylovda ovoz berdi va fuqarolarga yurtimiz taqdiri va kelajagiga daxldorlik uchun minnatdorlik bildirdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev saylovda ovoz berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham saylovda ovoz berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov Nukus shahridagi 83-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Soat 11:00 holatiga saylovda ovoz berganlar soni 5,9 mln nafarga yetdi. Bu jami saylovchilar sonining deyarli 30 foizi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Kontrakt toʻlash muddati 1-dekabrgacha uzaytirildi
Quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun toʻlovlarni amalga oshirish uzaytirildi:
▫️bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
▫️qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
▫️oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) talabalar.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Rasmiy bayonot
Bosh prokuratura tomonidan Qibraydagi qotillikka suiqasd holati bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻtkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador boʻlgan shaxslarning yana uch nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi.
Bosh prokuratura
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Boysun tumanida anʼanaviy “Olma sayli” festivali boʻlib oʻtadi
2-noyabr kuni Boysun tumanida anʼanaviy “Olma sayli” festivali boʻlib oʻtadi.
Festival doirasida turistik manzillarga info-tur, savdo koʻrgazmalari tashkil etish, mashhur Omonxona shifobaxsh suvi joylashgan hududda turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimini oʻtkazish moʻljallanmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Soat 17:00 gacha 14 264 994 nafar saylovchi ovoz berdi
Bu jami saylovchilar sonining 71,52 foizi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Yangi Namangan tumanidagi 119-saylov uchastkasida boʻlib, saylovda ovoz berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Oybek Usmonov — Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi.
Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012-yillarda esa Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Nukus shahridagi 7-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Soat 13:00 holatiga saylovda ovoz berganlar soni 9,4 mln nafarga yetdi. Bu jami saylovchilar sonining qariyib 50 foizi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡Xorijda tashkil etilgan muddatidan oldin ovoz berish jarayonida 132 667 ming nafar fuqarolarimiz o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalanishdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Jizzax shahridagi 44-saylov uchastkasiga kelib, saylovda ovoz berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun tongda oila aʼzolari bilan saylovda ovoz berdi hamda saylov uchastkasiga kelgan fuqarolar bilan samimiy muloqot qildi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan 576-saylov uchastkasiga kelib, saylovda ovoz berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva oila aʼzolari bilan birga poytaxtimizdagi 576-saylov uchastkasiga kelib, saylovda ovoz berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 520-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.
Suratda Abdulla Aripov nabirasi Mirhamid bilan.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz