uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yirik transport-logistika obyektlarini foydalanishga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Farmon matni — https://uza.uz/posts/649416

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Tatariston Raisi Rustam Minnixanov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti doirasida Vyetnam Bosh vaziri Fam Min Tin bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Vyetnam oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik va amaliy aloqalarni, ayniqsa savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ishbilarmonlik va sayyohlik aloqalarini, shu jumladan vizasiz tartib joriy etish orqali kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Bosh vazir Fam Min Tin Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy tashrif bilan Vyetnamga kelishga taklif etdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev “BRIKS plyus” sammitining yalpi majlisida nutq soʻzladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin raisligida oʻtkazilgan tadbirda Xitoy Raisi Si Szinipin, Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Vyetnam Bosh vaziri Fam Min Tin, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish vaq boshqalar ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, inklyuziv va barqaror rivojlanishni taʼminlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari, shuningdek, global va mintaqaviy siyosatning dolzarb muammolari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida “BRIKS plyus” sammitining yalpi majlisida ishtirok etmoqda

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

▫️Shuhrat Teshayev — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bungacha u Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

▫️Daryabay Kaypov — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Bungacha u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari edi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Prezidentining Qozonga amaliy tashrifining birinchi kuni samarali uchrashuvlarga boy boʻldi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sberbank” prezidenti va boshqaruvi raisi German Grefni qabul qildi.

Uchrashuvda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va taʼlim sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Beruniy nomidagi YUNESKO–Oʻzbekiston mukofoti taʼsis etildi

Parijda YUNESKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda aʼzo mamlakatlar bir ovozdan “Sunʼiy idrok odob-axloqi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar uchun Beruniy nomidagi YUNESKO–Oʻzbekiston mukofoti”ni taʼsis etish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Mukofotning ilk taqdimoti 2025-yil noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Endi avtotransport vositalari bojxona hududida emas, sinov bazasida sinovdan o‘tkaziladi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi 1-noyabrdan boshlab, avtotransport vositalari savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar uchun mazkur yangi tartibni amaliyotga joriy etadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan Qozonda uchrashuv oʻtkazdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

BRIKS sammiti doirasida Oʻzbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 24-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 827,90 so‘m (+ 10,05)
1 RUB 132,85 so‘m (– 0,10)
1 EUR 13 832,32 so‘m (– 32,75)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoʻngʻirot – Beyneu avtomobil yoʻlining yangidan qurilgan 240 kilometr qismini hamda Bobur koʻchasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga eltuvchi yoʻl oʻtkazgichni foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️So‘nggi debat: tashabbus qaysi siyosiy partiya tomonda bo‘ladi?

Ertaga, 25-oktyabr kuni soat 17:00 da siyosiy partiyalar oʻrtasida ekologiya, sog‘liqni saqlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan so‘nggi debat boʻlib oʻtadi.

Ushbu debatni quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

▫️Oʻzbek tilida: Uzreport TV, Sevimli, RTV, My5, Zoʻr TV
▫️Rus tilida: Dunyo boʻylab
▫️Ingliz tilida: Foreign Language.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Prezidenti sammit doirasida Vyetnam Bosh vaziri bilan uchrashdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yaqin Sharqdagi mojaro tobora keskinlashib borayotgani, bu mintaqa qoʻshni mamlakatlar va yirik davlatlarning bu mojaroga tortilishi bilan global inqirozning yirik oʻchogʻiga aylanib borayotgani alohida tashvish bilan qayd etildi.

Biz Gʻazo va Livandagi misli koʻrilmagan gumanitar fojiani qalbimizdagi ogʻriq hissi bilan qabul qilyapmiz. Tinch aholi, ayniqsa, bolalarning begunoh qurbon boʻlishini hech qanday siyosiy maqsadlar oqlay olmaydi,

– dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugungi kunda oʻt ochishni zudlik bilan toʻxtatish va jabrlanganlarga shoshilinch yordam koʻrsatish kechiktirib boʻlmaydigan vazifalar ekani taʼkidlandi.

Isroil-Falastin muammosining yagona yechimi “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish boʻlib qolmoqda,

– dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “BRIKS plyus” formatidagi sammitda so‘zlagan nutqi

Nutq matni — https://uza.uz/posts/649302

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzagroinspeksiya Hukumat boʻysunuviga oʻtkazildi

Prezident Farmoniga koʻra, inspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:

— bugʻdoyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarishni nazorat qilish;

bugʻdoy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bugʻdoyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga koʻra sifat koʻrsatkichlari boʻyicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bugʻdoy sinflari (sifat sertifikati) boʻyicha sertifikatlashni nazorat qilish;

— import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlik va koʻchat materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) mavjudligini aniqlash;

barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va taʼmirlash xizmatlarining sifati, qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan oʻtkazish ustidan nazoratni amalga oshirish;

— sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Abdulhakimov Murodillo Togʻayevich — Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sberbank” rahbari German Grefni qabul qildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz BRIKS Yangi taraqqiyot banki rahbarini qabul qildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

BRIKS sammiti tadbirlari doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev birlashmaning Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi.

Ushbu nufuzli koʻp tomonlama moliyaviy institut bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlik boʻyicha aniq loyihalarini tayyorlash uchun qoʻshma ekspertlar guruhini tuzishga kelishib olindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston va Abu-Dabi o‘rtasida madaniy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Abu-Dabi madaniyat va turizm departamenti o‘rtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki davlat o‘rtasidagi madaniy almashinuv va madaniy merosni asrab-avaylash boʻyicha oʻzaro hamkorlikni mustahkamlaydi.

Hamkorlik doirasida qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda O‘zbekiston muzeylariga tegishli noyob toʻplamlar Abu-Dabidagi muzeylarda keng ommaga namoyish etiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti doirasida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish boʻyicha dolzarb masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.

Prezidentlar faol muloqotlar va samarali almashinuvlarni davom ettirish zarurligini qayd etdilar.

Geologiya va mineral resurslarni qazib chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qoʻshma madaniy-gumanitar tadbirlarni muntazam oʻtkazib borish zarurligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va biznes forumini oʻtkazish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha oʻrta muddatli dastur qabul qilishga kelishib olindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi

Aeroportda davlatimiz rahbarini Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov, Qozon shahri meri Ilsur Metshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi hamda BRIKS sammitining protokol tadbirlarida ishtirok etadi.

Ertaga “BRIKS plyus” formatidagi sammitning asosiy yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev BRIKS mamlakatlari sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahriga joʻnab ketdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал