uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Paralimpiya chempioni Аsila Mirzayorova nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Maxsus vakil sifatida ish boshladi

22-oktyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida boʻlib oʻtgan tadbirda para yengil atletika boʻyicha paralimpiya chempioni Аsila Mirzayorova agentlikning nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Maxsus vakili sifatida tanishtirildi.

“Аsila Nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanadi. Endi bizning jamoamizda Diyora va Аsila kabi chempion qizlarimiz bor. Men ishonaman: biz yanada kuchli boʻldik va yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etamiz!”

– dedi Shahnoza Mirziyoyeva.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23–24-oktyabr kunlari BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida boʻladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish yuzasidan oʻtgan videoselektor yigʻilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada.

Kanalga ulanish: 

➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Yashil makon” loyihasi doirasida yil oxirigacha va kelgusi yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident: Ona tilimizga eʼtibor koʻrsatish – milliy mustaqilligimizga, Vatanimizga mehr va eʼtibor koʻrsatish demakdir

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Endilikda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi choʻllanishga qarshi kurashish bilan ham jiddiy shugʻullanadi, hokimliklar qoshidagi “Yoʻl koʻkalam” tashkilotlari agentlik tizimiga oʻtadi.

Agentlikka har bir hudud iqlimiga mos 100 milliondan ziyod nihol va koʻchatlarni oddiy usulda mahalliylashtirish hamda yetishtirish xarajatini 20 foizgacha kamaytirish topshirildi.

Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 20 gektarda tajriba-sinov maydonchasi qilib, degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklaydigan oʻsimliklarni yetishtirishni tashkil qilish vazifasi qoʻyildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Soʻnggi vaqtlarda yurtimizda chang boʻronlari tez-tez sodir boʻlayotgani qayd etildi.

Bunga global iqlim oʻzgarishi bilan birga noqonuniy daraxt kesilishi, suv kamayishi, tartibsiz chorva boqilishi oqibatida choʻl yaylovlari degradatsiyaga uchrayotgani ham sabab boʻlmoqda. Choʻllardagi oʻsimliklar turlari ham keskin kamaygan.

Davlatimiz rahbari aholi koʻpayib borayotgan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha eng katta zaxiramiz – yaylovlar ekaniga eʼtibor qaratdi. Shu bois, yaylovlardan foydalanishga ehtiyoj yildan yilga koʻpayib borayotgani taʼkidlandi.

Endilikda 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qoʻmitasiga oʻtkazilishi belgilandi.

Qoʻmitaga yil yakunigacha choʻllarni degradatsiyadan chiqarish boʻyicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi. Kelgusi yilda bu maqsadlar uchun dastlab 50 million dollar grant mablagʻlari jalb etiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident keyingi yilda “Yashil makon” dasturi uchun 100 milliard soʻm ajratilishini eʼlon qildi.

Endilikda daraxtlarni 3 yil parvarishlash, kasallikdan saqlash, sugʻorish xarajatlari ham investitsiya dasturiga kiritiladi.

Sugʻorish tizimi
boʻyicha 2 ta tajriba amalga oshiriladi. Xususan, 27 ta tumanda sugʻorish tizimi yaratish uchun 1 tadan quduq qazishga ruxsat beriladi. Gʻallaorol tumanidagi togʻlarda qor-yomgʻir suvini yigʻuvchi 10 ta geo-membrana oʻrnatilib, daraxtlarni sugʻorish tizimi yaratiladi. Bahorda 14 ta tumanning togʻ va adir qiyaliklarida qavat-qavat qilib, terrasa usulida 500 gektarda daraxt ekish boshlanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Toshkent-Ohangaron” xalqaro avtomobil yoʻlining 53 kilometrlik qismida 840 mingta daraxt ekilgani oʻziga xos tajriba boʻldi.

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga viloyat hokimliklari bilan birga bu tajribani joriy yilda 13 ta xalqaro avtomobil yoʻllarida amalga oshirib, 9 million tup koʻchat ekish topshirildi. Yana 2 ming kilometr avtomobil yoʻllari yoqasi daraxt ekish uchun 10 ming nafar fuqaro va tadbirkorlarga boʻlib beriladi.

Samarqand-Qarshi temir yoʻlining 145 kilometr, Toshkent-Samarqand temir yoʻlining 150 kilometr qismida kuz mavsumida 1 million tupdan koʻchat ekishni tashkil qilish vazifasi qoʻyildi.

Ekologiya vazirligiga chiqindi poligonlari atrofida 167 ming daraxtni parvarishlab, “yashil belbogʻ” barpo etish topshirildi.

Dala chetlarida 21 million tup terak, tut va uzum ekish, tarmoq korxonalarida 5 million koʻchat ekib, “yashil belbogʻ” barpo qilish muhimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yashillik darajasini oshirish boʻyicha islohotlarni koʻp hokimlar tushunib yetmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Bahor mavsumida 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmagani tanqid qilindi. Iqlim sharoitini hisobga olmasdan, suv yoʻq joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt koʻkarmagan.

Masalan, sugʻorish tizimi yoʻq joyga Toshkent shahrida 322 ming, Samarqandda 96 ming, Toshkent viloyatida 67 ming, Qoraqalpogʻistonda 61 ming, Buxoroda 24 ming, Navoiyda 15 ming koʻchat ekilgan.

Hisobotga qoʻshib yozish eng koʻp Buxoro, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida qayd etilgan.

Shu munosabat bilan Bosh prokuraturaga sohadagi nazoratni kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Har bir hokim, vazir, tashkilotga qayerga, qancha koʻchat ekish egasi, joyi, suvi va mablagʻi bilan aniq belgilab berish topshirildi, mutasaddilar buning ijrosi boʻyicha qatʼiy soʻrov boʻlishi haqida ogohlantirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yigʻilishda “Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi va kuzgi mavsumda ishlarni jadal tashkil qilish masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Bugun Prezident Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti bilan tanishdi. Unda ekologiya, barqaror boshqaruv, atrof-muhit iqtisodiyoti, ekologiya huquqi, ekologik innovatsiya va raqamlashtirish yoʻnalishlarida 500 nafar bakalavr va magistr tayyorlanadi.

Bu bilan ekologiya tizimiga ham zamonaviy kadrlar tayyorlaydigan mustahkam zamin yaratildi.

Viloyat hokimlariga har bir viloyatda 1 tadan ushbu universitet texnikumini tashkil qilish topshirildi. Texnikum atrofida ilmiy-amaliy mashgʻulotlarni olib borish uchun dendrologiya bogʻi ham tashkil qilinadi.

Yangi oʻquv yilidan universitetda dual taʼlimni yoʻlga qoʻyish, urugʻchilik, koʻchatchilik, iqlim oʻzgarishi boʻyicha qisqa kurslar tashkil qilib, har yili 1 ming nafar xodimning malakasini oshirish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 22-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 805,09 so‘m (– 10,04)
1 RUB 133,10 so‘m (– 0,10)
1 EUR 13 889,69 so‘m (– 8,33)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ekologiya vazirligi tomonidan xorijiy investorlar bilan hamkorlikda qator loyihalar ishlab chiqilgan

Qariyb 1 milliard 300 million dollarlik investitsiyalarni jalb etgan holda, 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurish hamda Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilgan.

Masalan:

▫️Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasining 350 million dollar toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyasi hisobidan Andijon va Toshkent viloyatlarida 2 ta zavod barpo etiladi. Ularda kuniga 4 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga 630 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Bu sohaga Xitoyning boshqa bir kompaniyasi – “Shanghai SUS Environment” ham qiziqish bildirgan. U 310 million dollar toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya kiritib, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 2 ta zavod qurishni rejalashtirgan. Ularda kuniga 3 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga 480 million kilovatt soat elektr energiyasi olinadi.

▫️Birlashgan Arab Amirliklarining “Tadweer Group” kompaniyasining 200 million dollar mablagʻi evaziga Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun bitta zavod quriladi. Und kuniga 1 ming 500 tonna chiqindini qayta ishlash va yiliga 363 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati yaratiladi.

▫️Koreya Respublikasining “Sejin” kompaniyasi ishtirokidagi loyiha ham juda muhim. Unga koʻra, 55 million dollar evaziga Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maishiy chiqindi poligonida hosil boʻladigan gazdan muqobil elektr energiyasi olish yoʻlga qoʻyiladi. Uning quvvati 16 megavatt boʻlishi koʻzda tutilgan.

Umuman, loyihalar natijasida qattiq maishiy chiqindilardan oqilona foydalanish taʼminlanadi. Yiliga 4,7 million tonnadan ortiq chiqindi yoqilib, 2 milliard 100 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 97 million AQSH dollari qiymatidagi elektr energiyasi sotiladi. Shuningdek, bular orqali 152 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi hamda 2,4 million tonna issiqxona gazlari kamayadi. 1 ming 200 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Loyihalar 2025-2027-yillarda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Green University”da yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, talabalar bilan suhbatlashdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Tashqi ishlar vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Abdullaev Olimjon Suyunovich – Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) bosh konsuli lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 23-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 817,85 so‘m (+ 12,76)
1 RUB 132,95 so‘m (– 0,15)
1 EUR 13 865,07 so‘m (– 24,61)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Elektron ovoz berish qanday amalga oshiriladi?

▫️Elektron ovoz berish onlayn ovoz berishdan farq qiladi.

Batafsil videoda tanishing.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Har bir viloyatda “Yashil” universitetning texnikumlari tashkil etiladi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva UNFPAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot davomida asosiy e’tibor ta’lim, sog‘liqni saqlash va inson kapitalini rivojlantirish masalalariga qaratildi.

Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoniga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan davlat dasturi, shuningdek, onalar va bolalar oʻlimi mavzusi keng muhokama qilindi. UNFPA tomoni ushbu sohalarda mamlakatimizga ekspertlik ko‘magi va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Oʻzbekkosmos” agentligi Buxoro va Navoiyda 35 gektardagi qum va shamolni ushlab qoluvchi choʻl oʻsimliklari qoplamasi yoʻqolib ketganini aniqladi.

Mutasaddilarga ishchi guruhi tuzib, ushbu 2 ta viloyatning choʻl va yarim choʻl hududlarida “yashil” maydonlarni koʻpaytirish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi. “Oʻzbekkosmos” agentligi bilan birgalikda choʻllarda ekologik holatni monitoring qilish platformasi yaratiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Viloyat hokimliklariga “Mening bogʻim” loyihasi boʻyicha yashil bogʻ yaratishga kamida 1 gektar, yashil jamoat parki uchun yarim gektardan yer ajratish topshirildi.

Bu maydonlar ekish mavsumigacha “Ochiq byudjet” portaliga qoʻyilib, daraxt turlari boʻyicha tavsiya va ularning narxi koʻrsatiladi. Bunda, parvarishlashda masʼuliyatsizlik qilgan shaxslarni mobil ilova orqali ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Hokimlarga barcha obodonlashtirish boʻlimlarini 20 tadan sugʻorish mini-texnikasi bilan taʼminlash topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz Toshkent shahridagi holatga alohida toʻxtaldi.

Poytaxtning drenaj tizimi ishiga qatʼiy eʼtiroz bildirildi, kuni kecha boʻlgan kuchli yomgʻir haqiqiy ahvolni koʻrsatgani qayd etildi.

Drenajni toʻgʻirlashni oʻzi yetarli emasligi, suvni havzalarda toʻplash tizimini qilib, daraxtlarni sugʻorishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.

Umuman, poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga chiqib, drenaj, yashillik, obodonlashtirish kabi masalalarni tepasida turib oʻzi hal qilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham koʻpaygani qayd etildi.

Shahar hokimligiga yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sunʼiy havzalar bilan birga qurish boʻyicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oktyabr-noyabr oylarida mahallalarda 40 million dona manzarali va mevali daraxt yangi tizim asosida ekilishi belgilandi.

“Mahalla yettiligi” har bir mahallada 30 tadan kambagʻal oila xonadoniga 20 tupdan, 20 ming yakka yolgʻiz keksalar xonadoniga 10 tupdan mevali daraxtlar tarqatadi. Shuningdek, yettilik oʻziga biriktirilgan koʻchalarda jami 6 million dona manzarali daraxt, koʻchalar, uylar, koʻp qavatli uylar atrofiga jami 3 million mevali va manzarali daraxt ekishni tashkillashtirishi muhimligi qayd etildi.

Taʼlim tizimi rahbarlariga 20 mingdan ziyod bogʻcha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 2,5 million dona koʻchat ekishni tashkil qilish topshirildi. Yoshlar ishlari agentligi 155 ming yoshlarga boʻlib berilgan 60 ming gektar yerda jami 1,5 millionta mevali daraxt ekishga koʻmaklashadi.

Barcha mahallalarda koʻchat yarmarkasini tashkil qilib, 30 millionta koʻchat yetkazib berish muhimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mamlakatimizda har yili 200 million daraxt va buta ekib, yashillikni 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish boʻyicha marra olingan. 2020-yilda yashillik darajasi 8 foiz boʻlgan boʻlsa, hozir 12 foiz. Orolboʻyida yashil qoplama 2 million gektardan oshdi.

Joriy yil bahorida 138 million dona koʻchat ekilgani, yil boshidan 10 ming gektardan ziyod “yashil belbogʻ”, 257 ta “vazirlik” va “hokimlik” bogʻlari barpo qilingani taʼkidlandi.

Shu yildan boshlab yoʻl, daryo va kanallarga tutash 2 ming gektar yer 10 ming aholi va tadbirkorlarga ekish uchun ijaraga berildi. “Mening bogʻim” loyihasi doirasida byudjetdan 49 milliard soʻm berilib, mahallalarda 215 ta yangi bogʻ yaratilmoqda.

Oʻzbekistonning bu boradagi ishlarini Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi, Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijroiya organi ham alohida eʼtirof etdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

Kun tartibidagi asosiy masalalarga oʻtishdan avval davlatimiz rahbari yigʻilganlarni, butun xalqimizni bugungi ulugʻ bayram – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻlgan sana bilan samimiy tabrikladi.

Ona tilimiz – bizni asrlar davomida yagona xalq sifatida birlashtirib, tarixiy xotiramiz, milliy qadriyatlarimizni avloddan avlodga bezavol yetkazib kelayotgan bebaho boyligimiz ekani taʼkidlandi.

“Bundan keyin ham ona tilimizni qadrlash, rivojlantirish borasidagi ishlarimizni qatʼiy davom ettiramiz”,

— dedi Prezident.

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda ona tilimiz rivojiga alohida urgʻu berilayotgan bejizmasligi, ona tabiatimiz, hovlimiz, mahallamiz, shahar va qishloqlarimizdagi gullar, daraxtlar, yashil maysalar singari ona tilimiz ham har kuni, har daqiqada gʻamxoʻrlikni talab etishi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga tabrik

Tabrik matni — https://uza.uz/posts/647926

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Investorlar davlatimiz rahbariga chiqindidan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarini taqdimot qildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Yurtimizda yiliga 14 million tonna chiqindilar hosil boʻladi. Lekin ularning atigi 4-5 foizi qayta ishlanadi. Chiqindi poligonlaridan 7 million tonnadan ziyod issiqxona gazlari atmosferaga chiqadi, 43 ming tonna zaharli filtratlar yer ostiga singadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti – “Green University”da boʻldi.

Universitetda atrof-muhit va barqaror boshqaruv, atrof-muhit va iqtisodiyot, ekologiya va davlat boshqaruvi, barqaror rivojlanish, barqaror moliya, ekologiya huquqi, atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiyalar yoʻnalishlari ochilgan.

450 oʻringa moʻljallangan oʻquv binosi taʼmirlanib, zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun AQSH, Buyuk Britaniya, Meksika va Fransiyadan chet ellik oʻqituvchilar ham jalb etilgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал