uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Ertaga, 8-oktyabrdan boshlab Afrosiyob elektropoyezdlari yo‘lovchi jadvaliga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritildi:

▫️764-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi

Toshkent 6:28 — Qarshi 10:07

▫️766-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

Toshkent 6:51 — Samarqand 9:21

▫️768-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi

Toshkent 7:27 — Buxoro 11:38

▫️770-sonli “Toshkent — Buxoro”
yo‘nalishi

Toshkent 7:54 — Buxoro 12:11

▫️778-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi

Toshkent 6:03— Buxoro 10:14

▫️774-sonli “Toshkent — Shahrisabz” yo‘nalishi

Toshkent 6:28— Shahrisabz 11:12

▫️772-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi

Toshkent 19:39 — Buxoro 00:01

▫️763-sonliQarshi — Toshkent” yo‘nalishi

Qarshi 17:29 — Toshkent 21:10

▫️765-sonliSamarqand — Toshkent” yo‘nalishi

Samarqand 17:39 — Toshkent 20:12

▫️767-sonliBuxoro — Toshkent” yo‘nalishi

Buxoro 16:24 — Toshkent 20:38

▫️769-sonliBuxoro — Toshkent” yo‘nalish

Buxoro 15:00 — Toshkent 19:19

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi

Prezident Qaroriga koʻra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:

— Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish;

norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish (“Recognition of Prior Learning”) tizimini joriy qilish;

koʻnikmalarni prognozlashtirish (“skills anticipation”), koʻnikmalarga boʻlgan ehtiyojlarni tahlil qilish (“skills needs analysis”), koʻnikmalar bilan bogʻliq kamchiliklarni oʻrganish (“skills gap analysis”) vositalari va metodologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi.

2025-yil 1-fevralgacha Institutda Milliy malaka tizimini rivojlantirish boʻyicha malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyiladi.

2025-yil 1-noyabrgacha Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi taʼminlanadi.

2026-yil 1-dekabrga qadar ilgʻor xorijiy tajriba asosida 1800 ta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Reimbursatsiya dasturi asosida berilgan dorilarning qiymati byudjetdan qoplab beriladi

Hukumat Qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, bemorlarni ambulator sharoitda davolanishi uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalari qiymatini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash (reimbursatsiya) tartibi belgilandi.

Reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlash Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan shartnoma qilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tomonidan amalga oshiriladi.

Elektron retsept tibbiy axborot tizimida shifokor tomonidan bemor uchun rasmiylashtiriladi. Elektron retseptda har bir tashxis boʻyicha uchtagacha dori vositasi koʻrsatilishi mumkin.

Elektron retseptning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab 7 kalendar kunni tashkil qiladi.

Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangandan soʻng axborot dasturi orqali Jamgʻarma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi.

Reimbursatsiya dasturi doirasida ishtirok etuvchi dorixonalarning berilgan dori vositalari boʻyicha sarf-xarajatlar mazkur dorilarning narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida Jamgʻarma tomonidan toʻlab beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internetdan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Shuningdek giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki joʻnatganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, oʻsha harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanishi belgilandi:

— BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima;
— 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
— 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish va barqaror kelajakni targ‘ib qilish yo‘lidagi tamaltoshni qo‘ymoqdamiz — Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi WCCE-2024 – Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumanida ishtirok etdi.

“Hamkorlarimiz: YUNKTAD va uning Bosh kotibi Rebeka Grinspan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) va uning Bosh direktori oʻrinbosari Silvi Forban, Indoneziya Respublikasi Turizm va kreativ iqtisodiyot vazirligi hamda vazir Sandiaga Unoga hamkorlik va tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun samimiy minnatdorligimni bildiraman.

Shuningdek, Qatar muzeylari raisi Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyga va “Art of Heritage” bosh direktori, Qirollik oilasi a’zosi malika Nura Olfaysal hazrati oliyalariga madaniy merosni asrab-avaylashda koʻrsatayotgan yordamlari uchun cheksiz ehtiromimni izhor etaman”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman boʻlimlari, tuman hokimligi hamda MFY oʻrtasida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha uch tomonlama “mahalla shartnoma”lari tuziladi.

Bunda, ushbu shartnomada vazirlik tuman boʻlimi va hokimiyat – infratuzilmani yaxshilash, aholining daromad manbaini oshirishga sharoit yaratishga, mahalla raisi – aholini ishga jalb qilish, hududini obodonlashtirish, jinoyatchilikni kamaytirish kabi vazifalarga masʼul boʻladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 7-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 775,02 so‘m (+ 34,00)
1 RUB 134,60 so‘m (+ 0,22)
1 EUR 14 090,85 so‘m (+ 28,59)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini ham ragʻbatlantirishga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Agentlik chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona meʼyorlar va standartlarni ishlab chiquvchi, sinovdan oʻtkazuvchi va amaliyotga tatbiq etuvchi, ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni muvofiqlashtiruvchi hamda chiqindilarni boshqarish sohasiga taalluqli davlat mulkini boshqaruvchi masʼul davlat organi hisoblanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi.

Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz.

Biz qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.

O‘zbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining qarorlariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 3-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 757,94 so‘m (+ 17,95)
1 RUB 135,06 so‘m (– 1,77)
1 EUR 14 125,59 so‘m (– 130,46)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning sentyabr oyida oʻtgan asosiy tadbir va voqealar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tadbirkorlar oʻz hisobidan maktab qursa, bunga xarajatlar foyda soligʻidan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari “Yil oʻqituvchisi” tanlovida gʻolib boʻlganlarga Prezident sovgʻasi sifatida uy berilishini eʼlon qildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Oʻz ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming oʻqituvchi 10 million soʻmdan ziyod maosh olmoqda. 2020-yilda bunday oʻqituvchilar bor-yoʻgʻi 102 nafar edi”

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7–8-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻladi.

Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Alisher To‘xtayev — O‘zbekistonning Pokistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

Hukumat Qaroriga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

▫️ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;

▫️davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;

▫️kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, oʻzlashtirish va joriy qilish;

▫️kompetensiyalarni baholash natijalari asosida  rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;

▫️rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash boʻyicha test sinovlarini hamda psixologik soʻrovnomalar oʻtkazish;

▫️rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qoʻyish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish;

▫️faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo hamkorlik va faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Davlat rahbarlari mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Kasbiy koʻnikmalar markazlari tashkil etiladi

Ish beruvchilarning ehtiyojini oʻrganish asosida ishsizlarni kasblarga maqsadli oʻqitishni inobatga olgan holda Kasbiy koʻnikmalar markazlari tashkil etiladi.

Bunda:

— markazlarda ish beruvchilar talabiga moslashtirilgan ekspress-kurslar tashkil etiladi hamda amaliy koʻnikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish tizimi yaratiladi;

— markazlarda xalqaro tan olingan dasturlar joriy qilinadi 
va xorijda tan olinadigan sertifikatlar berilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga oʻtkaziladi — Prezident Qarori.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

2018–2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalarni tashkil etish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligi yanada oshiriladi

Prezident Farmoniga koʻra, maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

— kichik va oʻrta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish;

— katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalarda bilim olish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish.

2026/2027 oʻquv yilidan:

— bogʻchalar tomonidan Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida bolaning rivojlanish xaritasini yuritish amaliyoti joriy qilinadi;

— maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik haqida elektron sertifikat berish yoʻlga qoʻyiladi.

2025-yil 1-avgustgacha:

— maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi doirasida ishlab chiqilgan elektron resurslar, audiovizual mahsulotlar va oʻquv-metodik materiallar Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida joylashtiriladi hamda ulardan erkin va bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi;

— Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida ota-onalar uchun shaxsiy kabinet yaratiladi va unda bolaning rivojlanish xaritasi maʼlumotlarining joylashtirilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari yanada takomillashtiriladi

Prezident Farmoniga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan hududlarda chiqindilar bilan ishlash darajasini oshirish hamda bu borada ochiqlikni taʼminlash, jamoatchilikning rolini oshirish, tadbirkorlar va aholi oʻrtasida qayta aloqani toʻliq yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi quyidagilar amalga oshiriladi:

➖chiqindilar bilan bogʻliq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan oʻtkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish;

➖sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi toʻplash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini oʻrnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatish imkoniyatini yaratish;

➖chiqindilarni tashish bilan shugʻullanuvchi barcha maxsus texnikalarga onlayn kuzatuv (GPS) tizimini oʻrnatish;

➖sanitar tozalash korxonalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va koʻlami boʻyicha shikoyatlarni qabul qilish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish uchun “Call markaz” faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

➖sanitar tozalash korxonalari xizmat koʻrsatuvchi hududlarning geografik chegarasi hamda aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yigʻish maydonchalari (konteyner) joylashuvi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar berish;

➖abonentlarning hosil boʻlgan chiqindilarini olib chiqib ketish grafigini koʻrsatish.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 4-oktyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 741,02 so‘m (– 16,92)
1 RUB 134,38 so‘m (– 0,68)
1 EUR 14 062,26 so‘m (– 63,33)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Isroildagi Oʻzbekiston fuqarolari diqqatiga!

Hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan Oʻzbekiston elchixonasi tezkor ehtiyot choralarini koʻrishni qatʼiy tavsiya qildi:

1. Raketa hujumlari paytida tezlik  bilan bomba boshpanalariga kiring.

2. Isroil hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qoʻmondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.

3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va Oʻzbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo oʻzingiz bilan olib yuring.

Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiling:

• Favqulodda yordam telefonlari :

  03-672-2466
  03-672-2371
  03-758-5075
  03-758-5076

• Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

  054 485 1397

• Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Xalqaro fan olimpiadalari gʻolib va sovrindorlarini ragʻbatlantirish tizimi yangi bosqichga koʻtariladi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Muallimlarni qoʻllab-quvvatlashni, ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirishni albatta davom ettiramiz – Prezident

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Maktab oʻquvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 4 karra oshdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz soʻnggi yillarda taʼlim tizimida erishilgan yuksak natijalarni sanab oʻtdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал