uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari joylarda noruda konlardan noqonuniy yoki samarasiz foydalanish holatlari koʻpayib borayotganini qayd etdi.

Oʻtgan yili 6 million kub metr noqonuniy qazilma aniqlanib, ulardan 17 milliard soʻm qoʻshimcha soliq undirilgan.

Marksheyder mutaxassislar yetarli boʻlmagani uchun yer qaʼridan foydalanuvchilarni atigi 36 foizi monitoring qilinmoqda.

Nazoratni kuchaytirish maqsadida noruda qazilmasidan tushumning 3 foizi Soliq qoʻmitasi jamgʻapmasiga yoʻnaltiriladi.

Qoʻmitaga buning hisobiga har bir hududda kamida 2 ta marksheyderni jalb qilish, zamonaviy videokuzatuv va oʻlchash uskunalarini oʻrnatib, taʼsirchan nazoratni taʼminlash topshirildi.

Soʻng Prezident qurilish materiallari tarmogʻida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Mutasaddilarga aytilgan fikr va tashabbuslarni puxta oʻrganib, tegishli takliflarni kiritish topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritilib, 5 mingga yaqin yangi korxona ishga tushdi, 94 mingta doimiy ish oʻrni yaratildi.

Ishlab chiqarish 2 karra oʻsdi, yillik aylanmasi 100 milliard soʻmdan oshgan korxonalar 150 tadan oshdi. Soʻnggi besh yilda qurilishlar hajmi ham 2 baravar koʻpaydi.

Shu bilan birga, 650 million dollarlik yangi mahsulotlarni oʻzlashtirish hisobiga qurilishdagi import ulushini 31 foizdan 25 foizga tushirishga erishildi. Qurilish materiallari eksport bozori ham 58 taga yetdi, xorijda 20 dan ortiq savdo omborlari, 50 dan ziyod savdo doʻkonlari ochildi.

Lekin, salohiyati, mahsulotiga bozorda talab yuqori boʻlgan ushbu soha uchun bu koʻrsatkichlar kamligi koʻrsatib oʻtildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Kambagʻal oilalarga dehqonchilik va bogʻdorchilik uchun 50 ming gektar yer ajratish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hokimliklarga yana qoʻshimcha 50 ming gektar yer topish, ular negizida 200 ming oilani daromadli qilib, kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish topshirildi.

Soʻx, Baxmal, Pop, Ohangaron tumanlarida sanoatlashgan “in-vitro” bogʻlar yaratish tajribasini butun respublikaga yoyish zarurligi qayd etildi.

Bunda, “ipoteka bogʻlari” yaratilib, hosilga kirganidan keyin odamlarga 5 yilda boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga beriladi.

Bogʻ yarataman, degan tadbirkorga yerni arzon krediti va tayyor loyihasi bilan birga beradigan tizim boʻladi.

Ushbu tizimni yoʻlga qoʻyib, shu yilni oʻzida 14 ming, kelgusi yil 29 ming gektarda mana shunday bogʻ va tokzorlar tashkil qilish vazifasi qoʻyildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga oʻtadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.

Kun tartibidagi asosiy masalalarga oʻtishdan oldin davlatimiz rahbari kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish masalalariga toʻxtaldi.

Prezident kuni kecha imzolagan 2 ta muhim hujjatga muvofiq, shu yilning oʻzida 500 ming, kelgusi yilda yana 1 million odamni kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi boshlanmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish uchun siyosiy partiyalar oʻz saylovoldi dasturlarida qanday yechimlarni taklif etmoqdalar?

Batafsil videoda tanishing!

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oliy sud raisiga o‘rinbosarlar saylandi

Prezident taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Ikram Tuxtamuratovich Muslimov besh yil muddatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosarisudlov hayʼati raisi lavozimiga hamda Olimjon Xamitovich Ismailov besh yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosarisudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindiston, Janubiy Koreya, Moʻgʻuliston, Germaniya, Isroil va Yevropa Ittifoqining mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Dashtobod temir yoʻl stansiyasi boshligʻi pora olgan vaqtida ushlandi
 

“Temiryoʻlinfratuzilma” AJning Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Dashtobod stansiyasi boshligʻi ixtisoslashmagan doʻkonlarda boshqa tovarlar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJ tomonidan Tojikiston hududidan Oʻzbekistonga olib kelinadigan koʻmir mahsuloti ortilgan 100 ta yuk vagonlarini oʻzining tanishlari orqali bojxona koʻrigidan navbatsiz oʻtkazib berish, stansiyada yukni tushirish jarayonida vagonlar belgilangan vaqtdan ortiq turib qolgan taqdirda temir yoʻl jarimasini qoʻllamaslik hamda yuk belgilangan vaqtda tushirib olinganligi boʻyicha hujjatni rasmiylashtirib berish evaziga MCHJ vakilidan har bir vagon uchun 100 AQSH dollaridan jami 10 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda stansiya boshligʻi 40 ta vagon uchun 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Yashil xayriya jamgʻarmasi” tashkil etiladi

Ekologiya vazirligi huzurida jamoatchilik nazorati ostida boshqariladigan va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Yashil xayriya jamgʻarmasi” tashkil etiladi. Elektron xarid ilovalarida “Yashil toʻlov” ixtiyoriy ustama turi ochiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish taklif qilindi

Ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Faol va jonkuyar insonlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish taklifi bildirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Sanitar tozalash ishlarini tartibga solish maqsadida mavjud markaz negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligini tuzish taklif etilmoqda. Sanitar tozalash korxonalarining samaradorlik koʻrsatkichlariga qarab, uchta toifaga ajratgan holda reyting tizimi joriy qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohalaridagi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Uzumzor va olmazorlar barpo etishning yangi tizimi joriy qilinadi

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hududlarning ixtisoslashuvi hamda tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib, loyihalarning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi. Yerni tayyorlash, koʻchat olish, ekish va sugʻorish tizimlari oʻrnatish hamda bogʻ hosilga kirguncha 3 yil parvarishlash uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Yangi tashkil etilgan sanoatlashgan bogʻlarga 100 foiz zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar oʻrnatiladi.

Shuningdek, bunday loyihalarga yer ajratish tizimi ham oʻzgaradi. Mahalliy hokimlar hosildorligi past yerlar oʻrnida bogʻ barpo etish boʻyicha taklif kiritadi. Ular ochiq elektron tanlov asosida 30 yil muddatgacha ijaraga beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligidagi islohotlar ijrosiga oid taqdimot bilan tanishdi.

Yurtimizda 136 ta tumanda 1 million gektardan ziyod yerda paxta yetishtiriladi. Hosildorlikni oshirish maqsadida bu yil, odatdagilariga qoʻshimcha, 42 ta istiqbolli va 18 ta xorijiy navlar ekilgan. Jumladan, ilk bor Xitoy, Hindiston va Turkiyadan olib kelingan navlar qariyb 100 ming gektarda yetishtirilmoqda.

Shuningdek, yangi tajribalar sifatida 112 ming gektarga tindirilgan urugʻ, 200 ming gektarga viloyatlararo va tumanlararo navlar almashlab ekildi.

Mutasaddilar ushbu yangiliklarning natijalari va kelgusi yil uni yanada kengaytirish rejalari yuzasidan axborot berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qurilish materiallari uyushmasi qoshida Koreya namunasi asosida sinov laboratoriyasini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Laboratoriyada energiya samarador, yuqori qoʻshilgan qiymatli issiqlik saqlovchi materiallar, sanfayans, lak-boʻyoq, keramika, PVX mahsulotlari hamda xomashyo sifatini tekshirish yoʻlga qoʻyiladi.

Ekologik muvozanatni tiklash maqsadida daryo oʻzanlarini qazishga moratoriy joriy etilgan. Shu munosabat bilan muqobil xomashyo bazasini yaratish boʻyicha topshiriq berilgan.

Respublika boʻyicha 135 ta qum-shagʻal uchastkalari aniqlanib, hozirgacha ulardan 40 tasi auksionga chiqarildi. Qolgan 95 ta uchastkalarni auksionga chiqarish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish topshirildi.

Yil yakunigacha Olmaliq kombinatida yigʻilgan uyumlarni qayta ishlovchi sanoat maydonini tashkil etib, yiliga qoʻshimcha 3 million kub metr qum-shagʻal yetkazib berish yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mamlakatimizda soʻnggi yetti yilda qariyb 100 milliard dollarlik qurilish ishlari bajarilib, bu borada katta tajriba orttirilgani taʼkidlandi.

Lekin iqlim oʻzgarishi, energiya va tabiiy resurslar tobora tanqis boʻlayotgani, demografiya va ekologiya masalalari butun dunyoda qurilish industriyasida har kuni yangi yondashuv va yangi yechimlarni taqozo qilmoqda.

Masalan, hozirgi loyihalar faqat binoni oʻzini qurish bilan cheklanmasdan, avtoturargohi, yashil hududi, maktab-bogʻchasi, sport va xizmat obyektlari qanday boʻladi, degan savollarni ham kompleks qamrab olishi kerak.

Davlatimiz rahbari bu borada hali qiladigan ishlar juda koʻpligini koʻrsatib oʻtdi.

Ayniqsa, bizni sharoitda tannarx, sifat va qurilish madaniyati eng dolzarb masala boʻlib qolmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Hukumat boʻysunuviga oʻtkaziladi va Bexzod Musayev unga rahbar etib tayinlanadi.

Agentlikka fuqarolarimizning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi boʻyicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi. Hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar boʻlishi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Botir Zohidov kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalar toʻgʻrisida axborot berildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlar hamda ularning sifat tarkibi

Kanalga ulanish: 

➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Taqdimotda tibbiy turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Shu maqsadda Oʻzbekiston bu yoʻnalishda Markaziy Osiyoning “chorlovchi nuqtasi” sifatida targʻib qilinadi. “Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi” dasturi amalga oshiriladi. Tibbiy va sogʻlomlashtirish muassasalari faoliyati ragʻbatlantirilib, ularning yagona reyestri ishga tushiriladi. Mehmonxonalar kabi yulduzli sanatoriylar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Daraxtlarni kesish va qasddan quritish, daryo oʻzanlaridan noqonuniy qum-shagʻal qazib olish, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash kabilar uchun jarimalarni oshirish va qatʼiylashtirish choralari koʻriladi.  

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Yangi quriladigan, balandligi 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan binolarni loyihalashtirishda unga tutash hududlarning kamida 25 foizini koʻkalamzorlashtirish talabi qoʻyiladi.

Shuningdek, atrof-muhitga zarari koʻp sanoat korxonalari ham “yashil belbogʻ”lar barpo etish majburiyatini oladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Havoni musaffo saqlash, ekologik hodisalarning taʼsirini kamaytirish borasida ikkita dastur ishlab chiqildi

Birinchisi – Chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha 2024 - 2030-yillarga moʻljallangan milliy dasturdir. Bu hujjatda “Yevro-4” standartidan past toifadagi yoqilgʻini sotish va undan foydalanishni bosqichma-bosqich toʻliq taqiqlash nazarda tutiladi. Buning uchun Buxoro va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodlari yuqori sifatli yoqilgʻi ishlab chiqarish boʻyicha modernizatsiya qilinadi.

Ikkinchisi – Toshkent shahrida atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi boʻlib, unga koʻra, kelgusi 5 yilda poytaxtimiz va unga tutash Toshkent viloyati tumanlarida 441 gektar “yashil belbogʻ” va bogʻlar tashkil qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugungi kunda suvni tejash – dolzarb masala

Hududlarda 732 ming gektar paxta va gʻalla maydoni ichki nasos agregatlari orqali sugʻorilmoqda. Ularning 41 foizida energiya isteʼmoli yuqori.

Shu bois paxta va gʻalla yetishtiruvchilar ixtiyoridagi nasoslarni modernizatsiya qilish uchun bir martalik subsidiya ajratishni yoʻlga qoʻyish taklifi bildirildi. Bu orqali elektr energiyasi sarfi va sugʻorish vaqtini 60 foizgacha kamaytirishga, pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Navlarni sinashning yangi tizimi joriy qilinishi belgilandi

Unga koʻra, 31 ta elita urugʻchilik xoʻjaligi va 6 ta urugʻlik tayyorlash sexidagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqariladi. 46 ta urugʻchilik korxonasi birlashtirilib, hududlarda 13 ta zamonaviy korxona tashkil etiladi. Yangi urugʻlar 2 yilda ekishga joriy qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 20-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 724,84 so‘m (– 15,11)
1 RUB 137,11 so‘m (– 2,03)
1 EUR 14 223,83 so‘m (+ 32,80)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал