uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Aralash saylov tizimida deputatlik oʻrinlarini taqsimlash tartibi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati Raisining oʻrinbosari Vitaliy Savelyev, Rossiya Prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va “Российские железные дороги” kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovdan iborat delegatsiyani qabul qildi.

26-28-may kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Mintaqada samarali transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.

Transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temir yoʻl va aviatsiya yoʻnalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonada “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammitida ishtirok etdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 18-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 732,56 so‘m (+ 3,08)
1 RUB 139,37 so‘m (– 0,35)
1 EUR 14 181,53 so‘m (+ 25,08)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo mintaqasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish muhimligiga alohida eʼtibor qaratdi.

Shu nuqtai nazardan, bugun boʻlib oʻtgan sammitda oʻzaro manfaatli muloqot uchun doimiy maydon — “Markaziy Osiyo va Germaniya” Investorlar va tadbirkorlar kengashini taʼsis etish va uning birinchi uchrashuvini kelgusi yil bahorida Toshkent investitsiya forumi doirasida oʻtkazish tashabbusi ilgari surildi.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya oʻrtasidagi investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tayyorlashni taklif qildi. Ushbu hujjatga Germaniya kompaniyalari investitsiyalari oqimini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, ularning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari kiritilishi mumkin.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston rahbari Markaziy Osiyoda xavfsizlik sohasidagi vaziyat Afgʻonistonda roʻy berayotgan jarayonlar bilan chambarchas bogʻliq ekanini taʼkidladi.

— Oʻz muammolari bilan deyarli yakka oʻzi qolgan ushbu mamlakatda gumanitar inqirozning chuqurlashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik muhim, deb hisoblaymiz,

 — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlari bilan birigalikda Afgʻonistonni mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka jalb qilish va chegaradosh Termiz shahridagi Taʼlim markazi negizida Afgʻoniston tinch hayoti uchun zarur boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar, shu jumladan xotin-qizlarni tayyorlashga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirdi.

Tadbir yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Germaniyaning ilgʻor bilim va texnologiyalarini joriy etish asosida oʻta muhim xomashyo resurslari sohasidagi hamkorlik istiqbolli yoʻnalish sifatida koʻrsatib oʻtildi.

— Bu oʻrinda gap geologiya razvedkasi, jadal oʻzlashtirish, qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga yetkazib berish loyihalari haqida bormoqda,
 — dedi davlatimiz rahbari.

Oʻzbekiston bunday loyihalarni qoʻshni davlatlarda birgalikda amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligi bildirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyoning Germaniya bilan har tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator yangi tashabbus va takliflarni ilgari surdi.

Avvalo, Oʻzbekiston rahbari Markaziy Osiyo va Germaniya oʻrtasida strategik mintaqaviy sheriklik oʻrnatilganini yuqori baholab, ustuvor yoʻnalishlarda dasturiy tadbirlarni qamrab olgan uzoq muddatli Hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilishni taklif etdi.

Ushbu hujjatni ishlab chiqish uchun “Markaziy Osiyo - Germaniya” tahliliy markazlari forumini taʼsis etish va uning birinchi uchrashuvini kelgusi yili Xivada oʻtkazish zarurligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida ikkinchi “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammitida ishtirok etdi.

Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida oʻtgan tadbirda Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitidagi nutqi

Batafsil — https://uza.uz/posts/636354

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonaga tashrif buyurdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Urganch shahrida 2,9 mlrd. soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Tezkor tadbirda Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1983-y.t. fuqaro oʻzining yashash xonadonida 64.452 dona dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi. 
Baholash faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJ xulosasiga koʻra, mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 2.908.608.000 soʻmni tashkil qiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga koʻra, ushbu dori vositalarining ayrim turlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, ayrimlari esa sifatsiz va yaroqsiz holatda ekanligi maʼlum boʻldi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 17-sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 17-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 729,48 so‘m (– 20,27)
1 RUB 139,72 so‘m (– 0,53)
1 EUR 14 156,45 so‘m (+ 14,43)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Samarqandda birgalikda daraxt ekdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Ayrim tovarlar va xizmatlar boʻyicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Prezident Farmoniga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan:

▫️yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi;

▫️yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari boʻyicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 19-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 739,95 so‘m (+ 7,39)
1 RUB 139,14 so‘m (– 0,23)
1 EUR 14 191,03 so‘m (+ 9,50)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qoʻydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Ombudsmanga Prezident va Vazirlar Mahkamasiga “maxsus maʼruza” taqdim etish huquqi berilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi. Qonun loyihasiga koʻra, Ombudsmanga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasiga “maxsus maʼruza” taqdim etish huquqi berilmoqda. Shuningdek, xalqaro majburiyatlar yuzasidan “muqobil maʼruza” tayyorlash vakolati ham kiritilmoqda.

Ombudsman lavozimiga qoʻyilgan baʼzi talablar bekor qilinib, taʼsir choralari (ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma) alohida bobda bayon etilgan. Shuningdek, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar va jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslar bilan ishlashga oid huquqlari mustahkamlanmoqda.

Qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi.


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari hamda Germaniyaning ilgʻor kompaniya va banklari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

Germaniya ishbilarmon doiralariga “KNAUF”, “Gunter Papenburg”, “CLAAS”, “Siemens Energy”, “Aurubis”, “Ernst Klett”, “Siemens Healthineers”, “Herrenknecht”, “DB Engineering & Consulting”, “Svevind Energy”, “Rhenus”, “HMS Bergbau” kabi yetakchi kompaniya va banklar rahbarlari vakillik qildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

— Transport kommunikatsiyalarining, jumladan, yer usti va havo tashuvlarining zaif rivojlanganligi sherikligimizni chuqurlashtirishda eng katta toʻsiq boʻlmoqda,

 — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan Prezidentimiz Germaniya tomonini Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bogʻlaydigan muqobil transport yoʻlaklarini rivojlantirishga Yevropa institutlarini jalb qilishda koʻmaklashishga chaqirdi.

Davlatimiz rahbari 2025-yilda bunday yoʻnalishlarning tranzit salohiyatini oshirish yoʻllarini izlash boʻyicha vazirlar konferensiyasini oʻtkazishni taklif etdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya oʻrtasidagi investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, mintaqada qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklarini faol jalb etish, “Markaziy Osiyo va Germaniya” Investorlar va tadbirkorlar kengashini tuzish, shuningdek, investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish boʻyicha koʻp tomonlama hukumatlararo bitimni qabul qilish imkoniyatlarini oʻrganish taklif etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Prezidenti oʻz nutqida Germaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida olib borilayotgan demokratik oʻzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, mintaqadagi hamkorlik va integratsiyani qatʼiy hamda oʻzgarmas qoʻllab-quvvatlayotganini yuqori baholadi.

— Bizning Berlindagi ilk uchrashuvimiz va bugungi sammit aniq, amaliy natijalarga erishishga qaratilgan ochiq va konstruktiv muloqotimizni davom ettirishga boʻlgan umumiy intilishimizni yana bir bor tasdiqlamoqda,

 — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekistonga oʻqotar qurol olib kirmoqchi boʻlgan fuqaro ushlandi

17-sentyabr kuni “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Yekaterinburg–Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan fuqaroning 1 dona yashil rangli yoʻl sumkasi tegishli tartibda tekshirilganda, sumka ichida bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalariga ega boʻlmagan 1 dona “STALKER” pnevmatik toʻpponchasi hamda 860 dona oʻq aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida boshlangan Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etmoqda

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga keldi

Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Shunga koʻra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

▫️Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

▫️viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Samarqanddagi Oʻzbekiston-Germaniya sammiti koʻp qirrali munosabatlarda yangi bosqichni boshlash, xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Sholsning mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.Xoʻjayev va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Germaniya yetakchilari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qoʻshma maktabni ochib berdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал