uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident paralimpiyachilar bilan uchrashuvda:

Paralimpiya oʻyinlarida bunday rekord natija ilgari hech qachon boʻlmagan edi


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ko‘ksaroy qarorgohida davlat mukofotlarini topshirish marosimi yakunlangandan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya o‘yinlarining chempion va sovrindorlari, ularning ota-onalari hamda murabbiylari bilan esdalik uchun suratga tushdi.

“Bitta niyatim, to‘y qilsangiz, meni ham taklif qiling”, — dedi davlatimiz rahbari.


Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Kuni kecha Prezident XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarining gʻolib va sovrindorlari, ularning murabbiylari hamda sport delegatsiyamiz aʼzolaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Bugungi marosimda davlatimiz rahbari ushbu yuksak mukofotlarni oʻz sohiblariga tantanali topshirdi.

Soʻzga chiqqan sportchilar, murrabiy va ota-onalar qaratilayotgan eʼtibor va yaratilgan sharoitlar, eʼtirof va ragʻbat uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezident ularga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va farovonlik, kelgusi faoliyatida yangi-yangi zafarlar tiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Kelgusida yurtimizda parasport turlari bilan birga nogironligi boʻlgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan sport turlarini ham keng rivojlantirishga alohida ahamiyat berilishi taʼkidlandi.

Asosiy eʼtibor nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvini taʼminlashga qaratiladi.

Parijda erishilgan natijalarni atroflicha tahlil qilib, 2028-yilda Los-Anjelesda boʻladigan Paralimpiya oʻyinlari uchun tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Para atletlarimiz yugurish, yadro va nayza uloqtirish, uzunlik va balandlikka sakrash boʻyicha musobaqalarda juda faol ishtirok etishdi. Endi bunday sport turlaridagi ishtirokni yanada kengaytirish lozimligi qayd etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tadbirda mohir va jonkuyar murabbiylarga, barcha mutasaddi va mutaxassislarga ham minnatdorlik bildirildi.

Ayniqsa, para yengil atletika boʻyicha tajribali trenerlar – Ibrohimjon Yusupov, Yahyobek Yaqubov, Sardor Xudayberganov, Grigoriy Kamulya, Azizjon Normatov, Rahmonberdi Xoʻjamov, Galina Kazakovaga, para dzyudo boʻyicha mohir murabbiylar – Mahmud Omonov, Muratboy Dusumbetov, Alfiya Ibragimova, Fozil Karamatov va para taekvondo boʻyicha taniqli murabbiy Bobur Qoʻziyevga, pauerlifting boʻyicha tajribali ustozlar – Fazliddin Umirzoqov, para suzish boʻyicha Ravshanbek Amilov va oʻq otish boʻyicha Natalya Yefimovaga, shuningdek, psixolog mutaxassis Lola Agzamovaga alohida tashakkur izhor etildi.

“Bugun bir haqiqatni toʻla ishonch bilan ayta olamiz: Yangi Oʻzbekistonning oʻz matonat maktabi, shon-sharaf maktabi bor. Bu maktabning chinakam bunyodkorlari sizlar, desak, buyam ayni haqiqat boʻladi”,
- dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari bu gal ozgina omad yetishmagan boʻlsa-da, Vatanimiz sharafini bor kuch-gʻayrati bilan himoya qilgan, qizgʻin bellashuvlarda katta tajriba orttirgan sportchilarimiz – para dzyudochilar Turgʻun Abdiyev, Uljon Amriyeva, Shohruh Mamedov, Feruza Ergasheva va para kanoechi Shahzoda Mamadaliyevani ham samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ularning barchasiga zafar yor boʻlishini tiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mohir sportchimiz Tolibboy Yoʻldoshev ham biryoʻla ikkita marrani zabt etgani, ikki karra paralimpiya chempioni Yorqinbek Odilov nayza uloqtirish boʻyicha Osiyo rekordini yangilagani qayd etildi.

Prezident Qudratilloxon Maʼrufxoʻjayev, Elbek Sultonov,  Asadbek Toshtemirov, Sherzod Namozov kabi oʻgʻlonlarimizni ham oltin medallar bilan yana bir bor chin yurakdan qutladi.

Poʻlat irodali qizimiz Roʻza Qoʻziyeva pauerlifting boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgani, aslida bu oltinga teng gʻalaba ekanini butun dunyo tan olgani taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz oʻyinlarda erishilgan rekord natijalarga urgʻu berdi.

Afsonaviy sportchimiz Husniddin Norbekov mamlakatimiz tarixida birinchi marta uch karra Paralimpiya chempioni boʻlgani, shu bilan birga yangi rekord oʻrnatgani alohida taʼkidlandi.

Pahlavon oʻgʻlonlarimiz Bobirjon Omonov va Sherzod Namozov yadro uloqtirish va dzyudo boʻyicha ikkinchi bor oltin medallarni qoʻlga kiritdilar. Bobirjon esa paralimpiya rekordini ham yangiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tokio Paralimpiya oʻyinlaridan soʻng keyingi safar albatta kuchli “oʻn beshtalikka” kiramiz, deb ezgu niyat qilingan edi.

Oʻtgan yillar davomida shu maqsad yoʻlida tinimsiz mehnat qilindi. Sportchilarimiz uchun barcha zarur sharoitlar yaratilib, yuksak marralar uchun puxta zamin tayyorlandi.

Natijada Oʻzbekiston bu yilgi Paralimpiya oʻyinlarida birinchi marta eng koʻp tarkib bilan, yaʼni 9 ta sport turi boʻyicha 65 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

Ayniqsa, para velosport boʻyicha vakillarimiz ushbu musobaqalarda ilk bor qatnashganini alohida eʼtirof etish lozim.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ushbu xalqaro sport anjumanida dunyoning 168 ta davlatidan 4 ming 400 ga yaqin eng kuchli va mahoratli sportchilar ishtirok etgani uning nufuzi va miqyosi naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi.

“Shu maʼnoda, Paralimpiya oʻyinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi, desak, toʻgʻri boʻladi.

Siz, azmu shijoatli farzandlarimiz gʻoyat keskin bellashuvlarda yuksak marralarni egallab, musobaqalarning haqiqiy qahramonlariga aylandingiz”,

- dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

Markaziy bank 16-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 749,75 so‘m (+ 7,99)
1 RUB 140,25 so‘m (+ 0,40)
1 EUR 14 142,02 so‘m (+ 106,97)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkentda Oʻzbekiston va Turkiya
maxsus xizmatlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi


Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, 12-sentyabr kuni Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati markaziy apparatida DXX raisi Abdusalom Azizov Ibrohim Qalin rahbarligidagi Turkiya Milliy razvedka tashkiloti delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida xavfsizlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, terrorchilik faoliyatiga aloqador boʻlgan qidiruvdagi shaxslarni ushlash va deportatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Farmon matni — https://uza.uz/posts/634811

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Turkiya delegatsiyasi Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil 6-7-iyun kunlari ushbu mamlakatga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq Toshkentga tashrif buyurdi.

Ikki tomonlama muzokaralar hamda tashqi siyosat, huquqni muhofaza qilish idoralari va maxsus xizmatlar rahbarlarining qoʻshma uchrashuvini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Mamlakatlarimiz yetakchilarining qarorlarini amalga oshirish, xavfsizlik uchun zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda oʻzaro muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

Taʼkidlash joizki, bunday formatdagi uchrashuvlar ilk bor oʻtkazilmoqda hamda Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining ustuvor yoʻnalishlarida tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yangi Oʻzbekistonda tinimsiz mehnat, bukilmas iroda, matonat va mahorat albatta qadr topadi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashdi.

Tadbirda Milliy Paralimpiya qoʻmitasi va sport federatsiyalari rahbarlari, murabbiylar, sportchilarning ota-onalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Prezidentning 12-sentyabrdagi farmoniga muvofiq, Parij shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhi faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijda bo‘lib o‘tgan XVII Yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekiston sport delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi

Nutq matni — https://uza.uz/posts/635347

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Kelgusi Paralimpiya oʻyinlarida amalda yuksak samara berayotgan sport turlari qatorida para suzish va oʻq otish kabi bellashuvlar boʻyicha ham tayyorgarlik va natijadorlik yuqori boʻlishi uchun aniq strategiya asosida ish olib borish lozimligi taʼkidlandi.

Buning uchun, sportchilarimizga barcha sharoitlar yaratib berilishi aytildi.

Xususan, ularni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, farmakologiya va diyetologiya boʻyicha ishlar kuchaytiriladi.

Shuningdek, para sportchilarimiz bilan ishlaydigan sport psixologlari faoliyatini kuchaytirish uchun ularni ragʻbatlantirish boʻyicha alohida tizim joriy etiladi.

Bunga erishish uchun tegishli vazirlik, sport federatsiyalari hamda sportchilarning taklif va mulohazalari asosida maxsus dastur ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yurtimizda sport va jismoniy tarbiya sohasini, paralimpiya harakatini ravnaq toptirishga berilayotgan eʼtibor, imkoniyati cheklangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, ularga inklyuziv sharoit yaratish boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Oʻtgan yildan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyat boshlagan. Adaptiv sportni rivojlantirish hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni sportning ushbu yoʻnalishiga jalb etish maqsadida Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil qilindi.

Prezident Parij maydonlarida erishilgan tarixiy gʻalabalarda ularning ham munosib hissasi borligini qayd etib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi hamda barcha sport federatsiyalari rahbarlari va faollariga ham samimiy minnatdorlik bildirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Chindan ham, bu hayotda koʻp narsani hal qiladigan omil – bu yuksak iroda va matonatdir. Lekin odamning qalbiga mana shunday iroda va matonatni singdirish, uni tarbiyalab, kamolga yetkazish – bu albatta oson ish emas.

Ochiq aytish kerakki, bunday jasorat hammaning ham qoʻlidan kelmaydi. Oʻz oldingizga qoʻygan maqsadga erishish yoʻlida sizlarning boshqalarga qaraganda oʻn marta, balki yuz marta koʻproq mehnat qilishingizga, mashaqqat chekishingizga toʻgʻri kelganini ham men yaxshi anglayman.

Mana shunday murakkab damlarda sizlarning yuragingizga umid va ishonch, qatʼiyat va jasorat tuygʻusini bagʻishlagan, sizlar bilan yonma-yon turib, sizlarni doimo qoʻllab-quvvatlab, zafarli marralar sari ruhlantirgan fidoyi insonlar bor.

Bular – avvalo sizlarning mehribon ota-onalaringiz, yaqinlaringiz, jigarlaringizdir. Sizlar erishgan gʻalabalarda ularning ham albatta munosib hissalari bor”,

- dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Taekvondo boʻyicha terma jamoamiz birinchi marta Paralimpiya oʻyinlarida 3 ta medalni qoʻlga kiritdi va umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egalladi.

Yengil atletika boʻyicha vakillarimiz esa birinchi marta 8 ta oltin medalni, yaʼni eng yuqori sovrinlarning 80 foizini egallaganlari alohida diqqatga sazovordir.

“Bir soʻz bilan aytganda, sizlar Oʻzbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodi sifatida maydonga chiqib, mamlakatimizga mislsiz ulkan yutuqlar olib keldingiz.

Mana, biz maqsad sari chin dildan intilsak, qanday buyuk marralarni egallashga qodirmiz!

Mana, biz birlashib, hamjihat boʻlib harakat qilsak, qanday buyuk xalq, qanday buyuk Vatanmiz!”,

- dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Ayni vaqtda yuksak matonatli qizlarimiz ham Oʻzbekiston gʻalabasiga munosib hissa qoʻshganlari toʻgʻrisida har qancha gʻurur va iftixor bilan gapirsak arziydi, albatta.

Jamoamiz qoʻlga kiritgan medallarning 11 tasi aynan qizlarimiz hisobiga yozilgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi”,

- dedi davlat rahbari.

Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash, Nurxon Qurbonova esa nayza uloqtirish boʻyicha Paralimpiya chempionlari boʻlgani qatorida jahon miqyosidagi rekordlarni ham yangilaganiga qoyil qolmaslikning iloji yoʻq.

15 yashar Shahinaxon Yigitaliyeva kumush medalni qoʻlga kiritib, Paralimpiya oʻyinlaridagi eng yosh sovrindor sifatida tarixga kirgani ham alohida taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident:

“Albatta, Paralimpiyadada erishilgan har bir yutuq, har bir natija beqiyos ahamiyatga ega.

Chunki toʻrt yilda bir marta oʻtadigan bunday yirik xalqaro musobaqa orqali dunyo hamjamiyati har bir qatnashchi mamlakatda insonning jismoniy va maʼnaviy salohiyatini roʻyobga chiqarishga qanday eʼtibor qaratilayotganiga baho beradi.

Shu bois, sizlar tarixiy yutuqlaringiz bilan Oʻzbekiston shaʼnini, yurtimiz nufuzini yuksak bosqichga olib chiqdingiz, desak, haqiqatni aytgan boʻlamiz”.


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston jamoasi 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza – jami 26 ta medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 13-oʻrinni, Osiyo qitʼasida 3-oʻrinni, turkiy va islom mamlakatlari hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi boʻyicha 1-oʻrinni egallagani taʼkidlandi.

Paralimpiya oʻyinlarida bunday rekord natija ilgari hech qachon boʻlmagani qayd etildi.

“Bu – sizlarning tinimsiz mehnatingiz, bukilmas irodangiz, isteʼdod va mahoratingiz samarasidir. Bu – yurtimizda inson qadrini amalda taʼminlashga qaratilgan tizimli ishlarimiz natijasidir.

Oʻz Vatanini jonu dili bilan sevadigan, metin irodali, yuragida oʻti bor insonlargina shunday ulugʻ ishlarga qodir boʻladi.

Xalqimiz sizlar bilan cheksiz faxrlanadi. Katta rahmat sizlarga!”,

- dedi davlatimiz rahbari.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.

“Siz, aziz sportchilar Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan 17-yozgi Paralimpiya oʻyinlarida rekord natijalarga erishib, mamlakatimizga mana shunday bayram ruhini olib keldingiz.

Barchangizni olamshumul yutuq va natijalaringiz bilan oʻz nomimdan, el-yurtimiz nomidan chin yurakdan samimiy tabriklayman”,

- dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Bugunga kelib butun turkiy olam birlashyapti”

Bokuda 9–11-sentyabr kunlari Xalqaro Turkiy akademiya va Turk tilshunoslik jamiyati tomonidan tashkil etilgan Umumiy turkiy alifbo boʻyicha komissiyaning uchinchi sessiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu sessiyada 34 ta harfdan iborat umumiy turkiy alifbo boʻyicha kelishuvga erishildi.

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (OʻzJOKU) rektori Sherzodxon Qudratxoʻja mazkur kelishuvga oʻz munosabatini bildirdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

Markaziy bank 13-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 741,76 so‘m (+ 26,69)
1 RUB 139,85 so‘m (+ 0,14)
1 EUR 14 035,05 so‘m (– 6,20)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtgan videoselektor yigʻilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada.

Kanalga ulanish: 

➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️“MUHTESHEM DONER” kafesi faoliyati vaqtincha toʻxtatildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining rasmiy munosabatiga ko'ra, 5-sentyabr kuni Yunusobod tumanida joylashgan “MUHTESHEM DONER” kafesida bir necha turdagi taomlarni isteʼmol qilgan 23 nafar fuqaro 6—8-sentyabr kunlari ovqatdan zaharlanish belgilari bilan Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga (22 nafar) hamda Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga (1 nafar) joylashtirilgan.

Olib borilgan davolash muolajalari natijasida bemorlarning ahvoli yaxshilangan va 12-sentyabr soat 09.00 holatiga ularning 13 nafariga uyiga ruxsat berilgan. Qolgan 10 nafar bemorga davolash muolajalari davom ettirilmoqda va kasallik dinamikasida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Barcha bemorlarning ahvoli qoniqarli holatda.

Hozirda Sanepidqoʻmning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “MUHTESHEM DONER” kafesi faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan. Isteʼmol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Birlamchi epidemiologik surishtiruv natijalariga koʻra, zaharlanishga kafeda tayyorlangan sous (bemorlarning barchasi isteʼmol qilgan mahsulot) sabab boʻlgan boʻlishi mumkin degan xulosaga kelinmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал