uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident: Har bir kambagʻal oilada, ayniqsa xotin-qizlar orasida kamida bir nafar oliy maʼlumotli boʻlishi uchun sharoit qilib beramiz

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toʻrt yil avval boshlangan katta saʼy-harakatlar natijasida kambagʻallik darajasini 11 foizga qisqartirishga erishildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident bundan buyon Hukumatdan tortib tuman tashkilotigacha barcha boʻgʻindagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambagʻallik sharoitidan olib chiqish boʻlishi kerakligini koʻrsatib oʻtdi.

Mutasaddilar bu borada nazorat ham, soʻrov ham qattiq boʻlishi haqida ogohlantirildi.

Bosh prokurorning sohaga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun masʼul alohida oʻrinbosari tayinlandi.

U har hafta kamida bitta tumanga borib, kambagʻal oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini oʻrganadi, kambagʻal oilalarga berilayotgan mablagʻlar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Hozirda xususiy inson resurslari kompaniyalari ish beruvchilarga bilim va koʻnikmasi, salohiyati bor kadrlarni topib bermoqda.

Endilikda bu tajribani kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Savdo-sanoat palatasi huzurida ishlash istagi bor kambagʻal aholi orasidan tadbirkorlarga ishchi topib, ularni tayyorlab beradigan markaz tashkil qilinadi.

Ushbu markaz orqali qaysi yoʻnalishda qancha ishchi kerakligi oʻrganiladi, kambagʻal aholi nimaga qiziqishi va koʻnikmasi borligi aniqlanadi, tadbirkorlar talabiga mos kambagʻal oila aʼzolari ishga yoʻnaltiriladi, malakasi yetmaganlar esa tadbirkorlar bilan birga kasbga oʻqitilib, keyin ishli qilinadi.

Umuman, aytilgan barcha imkoniyatlar hisobiga yil yakunigacha 500 ming, bir yilda 1,2 million aholini kambagʻallikdan chiqarish masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat hokimlari oldiga vazifa qilib qoʻyildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bir yil davomida yana 50 ming gektar yerni 100 mingta kambagʻal oilaga boʻlib berish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.

Ushbu yerlarda “kompaniya – kooperativ – dehqon xoʻjaligi” tamoyili asosida dehqonchilik va bogʻdorchilik tashkil etiladi. Bunda, yerdan uch xil daromad olinadigan yangi tizim yaratiladi:

- qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchi va eksport qiluvchi katta kompaniya kambagʻal oilalardan yerni ikkilamchi ijaraga oladi;

- yoki yer egalari ulushdor sifatida kooperatsiyaga birlashib, kompaniyalardan buyurtma oladi va topilgan daromad ular oʻrtasida taqsimlanadi;

- har ikki holatda ham ushbu aholi yerda oʻzi mahsulot yetishtirib, buning uchun oylik oladi.

Yaʼni, kambagʻal oila oʻziga berilgan yerdan yanada samarali foydalanib, oylik olish bilan birga, ijara yoki dividenddan daromad koʻradi.

Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birgalikda bu orqali kamida 200 ming aholini band qilish topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Umumiy ovqatlanish sohasiga berilgan yengilliklarga javoban sohadagi yirik brendlar qisqa muddatda Samarqand, Andijon va poytaxtda 2 ming odamga ish berdi.

Ikki yil avval umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlariga ijtimoiy soliqdan imtiyoz berilgan edi.

Tadbirkorlarga shu imtiyoz yana 2 yilga uzaytirib berilsa, ular 150  ming ehtiyojmand aholini ish bilan taʼminlashga tayyor.

Ayrim korxonalar koll-markaz tashkil qilib, hozirni oʻzida 2 ming nafar nogironligi boʻlgan aholiga kompyuter va telefon olib berish orqali ularni uyini oʻzida ish bilan taʼminlamoqchi.

Xizmatlar sohasidagi tadbirkorlar kambagʻal aholini ishli qilaman desa, imtiyoz muddatini yana uzaytirish mumkinligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yangi Oʻzbekiston koʻchasidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi.

Bu yerda “Toshkent-Sharqiy” aeroporti va Olimpiya shaharchasi qurilmoqda.
Tashrif chogʻida landshaft dizayni takliflari koʻrib chiqildi. Unga koʻra, Yangi Oʻzbekiston koʻchasining ikki tarafi yanada obod qilinadi. Davlatimiz rahbari landshaft kompozitsiyasi boʻyicha oʻz tavsiyalarini bildirdi. Bu yerda ekologiya, sifat va madaniyat uygʻunlashishi kerakligini taʼkidladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 11-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 686,71 so‘m (+ 4,92)
1 RUB 139,09 so‘m (– 1,02)
1 EUR 14 004,86 so‘m (– 18,66)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mixail Mishustinning mamlakatimizga ikki kunlik rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi

Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

OʻzJOKUda uch nafar jurnalist faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kengashining qaroriga koʻra, universitet hayotiga salmoqli hissa qoʻshgan jurnalistlar faxriy professor va faxriy dotsent unvonlari bilan taqdirlandilar.

Faxriy professor unvoniga sazovor boʻldilar:

— Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Koʻchimov;

— “Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari bosh muharriri Oʻtkir Rahmat.

Faxriy dotsent unvoni bilan taqdirlandi:

— Yozuvchi, jurnalist Habib Temirov.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng boʻlgan, biroq 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatda yer soligʻi stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat koʻrsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladiPrezident Farmoni.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Paralimpiya oʻyinlari chempion va sovrindorlariga mukofotlar topshirilmoqda

🥇 Oltin medal sohiblariga:

— 200 ming AQSH dollari;
— Tahoe avtomobili;
— 2 qavatli kottedj.

🥈 Kumush medal sohiblariga:

— 100 ming AQSH dollari;
— BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
— kvartira.

🥉 Bronza medal sohiblariga:

— 50 ming AQSH dollari;
— BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;
— kvartira.

Paralimpiya bahslarida ikki nafar sportchimiz ikkitadan medal qoʻlga kiritishdi. Ular — Tolibboy Yoʻldoshev (oltin va bronza) hamda Nurxon Qurbonova (oltin va bronza).

Ularga Prezident qarorida belgilanganidek, 200 ming va 50 ming AQSH dollari alohida beriladi. Mashina va uy esa bitta — oltin medal sohiblariga beriladigan Tahoe hamda 2 qavatli kottedj sovgʻa qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Texnoparkda boʻldi

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonga bu yerdagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar namoyish etildi.

Mehmonlar yurtimizning sanoat salohiyati, mahsulotlarning keng assortimenti va sifatini yuqori baholadi. 

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Paralimpiya oʻyinlarida tarixiy rekord natija qayd etgan Oʻzbekiston delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi boshlanmoqda.


Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bosh vazir oʻrinbosari boshchiligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari bilan shugʻullanuvchi komissiya tuzilishi belgilandi. Ijtiimoiy himoya agentligi direktori unga oʻrinbosar boʻladi.

Viloyat va tuman komissiyalariga hokimlar boshchilik qiladi.

Komissiya har bir viloyatda bittadan tumandagi ishlarni haftalik muhokama qilib, biriktirilgan rahbarlar faoliyatiga baho beradi. Joylarda koʻtarilgan masalalarni zudlik bilan hal qilib boradi. Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha rejalar ijrosi yuzasidan har oyda Prezidentga axborot kiritadi.

Shuningdek, 9 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari ham ilmiy yondashuvlar asosida kambagʻallikni qisqartirish masalalari bilan shugʻullanishi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident har bir kambagʻal oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy maʼlumotli boʻlishi uchun sharoit yaratilishini eʼlon qildi. Bunda:

- oliygoh, kollej va texnikum talabalarining oʻzlashtirish koʻrsatkichi kamida 80 foiz boʻlsa, ularga keyingi oʻquv yili uchun foizsiz taʼlim krediti beriladi;

- oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini toʻplagan kambagʻal oila farzandlariga qoʻshimcha grant ajratiladi.

Moliyaviy mustaqil boʻlgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard soʻmlik grant eʼlon qiladi.

Bu grantlar hisobidan, fanlarni oʻzlashtirishidan kelib chiqib, kambagʻal oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Kambagʻal oilalar farzandlarini bogʻcha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli taʼlim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama koʻmak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yaqinda mikromoliya xizmatlari boʻyicha yangi mexanizmlarni joriy qilindi.

Endilikda 2024-2025-yillarda odamlar oʻzini oʻzi band qilishi, kichik va oʻrta tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun mikrokreditlar ajratishga 10 trillion soʻm beriladi.

Shuningdek, kambagʻal oilalarga 30 million soʻmgacha uskuna, koʻchma doʻkon (fud-trak), motoroller, skuter kabi vositalar 5 yilda boʻlib toʻlash sharti bilan beriladi.

Kambagʻal oila farzandlariga kompyuter sotib olish uchun 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit ajratiladi.

“Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohasida kamida 5 tadan “drayver” loyihani infratuzilma bilan taʼminlash uchun yil yakunigacha 500 milliard soʻm, kelasi yili yana 1 trillion soʻm ajratiladi.

Hokimlarga bu loyihalarni tezlashtirib, yil oxirigacha 150 ming aholini ishli qilish topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Hozir sanoatda eng koʻp ish oʻrni yaratadigan soha – toʻqimachilik.

Tadbirkorlar 2 yil avval tayyor trikotaj, boʻyalgan mato va gazlama korxonalariga ijtimoiy soliqdan berilgan imtiyozni uzaytirib berishni soʻramoqda.

Agar korxonalar kambagʻal aholini band qilsa, oʻsha ishchiga ijtimoiy soliqdan imtiyoz yana uch yilga saqlanib qoladi.

Ushbu imtiyoz nafaqat toʻqimachilikka, balki barcha sohadagi korxonalarga beriladi.

Bu imkoniyatdan foydalanib, toʻqimachilik, qurilish materiallari, charm-poyabzal va hunarmandchilikda 120 ming, dehqonchilik va chorvachilikda 120 ming, qurilish sohasida 25 ming, elektrotexnikada 20 ming kambagʻal aholini ishli qilish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari Yangi Oʻzbekiston koʻchasi va Olimpiya shaharchasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Saylov byulletenlarining shakli qanday boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida saylov byulletenining shakli va matni namunasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Zangiota tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida birlamchi maʼlumot

Bugun, 10-sentyabr kuni soat 14:15 da Toshkent viloyati Zangiota tumani, “Erkin” MFYda joylashgan boʻyoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Yongʻin oʻchirish ekipajlari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borishgan va hozirda yongʻinni oʻchirish ishlari davom etmoqda.

Yongʻin natijasida jabrlangan yoki halok boʻlgan fuqarolar haqida xabar berilmagan.

Voqea joyiga vazirlik rahbariyati va masʼul tashkilotlarning vakillari yetib kelgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Toshkent shahrida 2 nafar advokat va yuristning noqonuniy qilmishlari fosh etildi

▫️Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati M.M. Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishida ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan sud tizimidagi tanishlari orqali oqlov hukmi chiqarib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi. U soʻralgan pul mablagʻidan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda advokatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

▫️Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati Sh.U. va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MChJ yuristi T.N. oʻzaro kelishgan holda, 2021-yilda Jinoyat Kodeksining 131 va 135-moddalari bilan sudlanib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va hozirda jazo muddatini oʻtayotgan shaxsning ayblovidan 135-moddani olib tashlash orqali, unga nisbatan tayinlangan jazoni sud tizimida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali boshqa yengilroq jazo turiga almashtirib berish evaziga 75 ming AQSH dollari talab qilishadi.
Mart oyida ular soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtlarida ushlandi. Holat yuzasidan Sh.U. va T.N. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudi tomonidan Sh.U. va T.N.larning har biriga nisbatan 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda 136 mln. soʻm jarima jazosi tayinlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda koʻrsatiladi — Prezident Farmoni.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi:

— Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

— boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida toʻliq toʻlangan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Sportchilarimiz oʻtirgan avtobus kortejlari shahar boʻylab harakatlanmoqda

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori, uch karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni Husniddin Norbekov Vatanimiz bayrog‘ini Bosh vazir Abdulla Aripovga topshirdi.


Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mixail Mishustin Toshkent shahridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida boʻldi

Yuqori martabali mehmon Zulfiya aya Zokirova xotirasiga oʻrnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qoʻydi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning urushdagi ishtiroki tarixiga bagʻishlangan Shon-sharaf muzeyini koʻzdan kechirib, Faxriy mehmonlar kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал