uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

DXX: Toshkent va Jizzaxda 
hokim yordamchilarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi


Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Oʻrtachirchiq tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi K.M. mansabdor tanishlari orqali “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqaroga 1,8 gektar yer maydonini 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 13 ming AQSH dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda esa Gʻallaorol tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi I.K. vakolatli tanishlari koʻmagida fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shavkat Mirziyoyev: Sportchilarimizga oʻxshab tadbirkorlar ham bizning bayrogʻimizni, mahsulotlarimizni dunyoga chiqarishiga ishonaman

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Nima uchun bu yilgi ochiq muloqotni aynan Qoraqalpogʻistonda oʻtkazyapmiz? Chunki Qoraqalpogʻistonga investitsiya kiritib, biznes qilishni boshqa hududlarga nisbatan 3 ta ustunligi bor. Birinchisi – Qoraqalpogʻistonda biznes uchun birorta hududda yoʻq 50 dan ortiq imtiyozlar paketi qilib berilgan. Ikkinchisi – Qoraqalpogʻistonda yer ajratishning sodda tizimi joriy etilgan. Uchinchisi – katta bozorlarga chiqish uchun eng qulay hududimiz, bu – Qoraqalpogʻiston”,

— dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlarni kelgan mehmonlarga bu yerdagi sharoitlarni koʻrsatish, loyiha qilish boʻyicha birgalikda takliflar ishlab chiqishga chaqirdi va barchasini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Ochiq muloqot yakuni bilan “Qoraqalpogʻistonda biznes qiling” dasturi qabul qilinishi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bank mijoziga qarzni boshqa manba hisobidan qoplashga imkon beradi

Kredit oldi-berdisida bank ham, tadbirkor ham tavakkal qiladi. Lekin, amaliyotda bankning huquq va vakolatlari tadbirkorga nisbatan ancha koʻproq.

Masalan, kredit vaqtida qaytmasa, garovga qoʻyilgan mulk shartnoma tuzilgan paytdagi qiymatida sotuvga chiqariladi. 3-4 yil oldin kredit olinganda 100 million soʻmga baholangan mulkning bugungi narxi 30-40 foiz qimmatlashsa, uni qanday qilib eski qiymatida sotish mumkin, deya savol qoʻydi Prezident.

“Toʻgʻri, muammoli kredit bilan qattiq shugʻullanish kerak, lekin bu tadbirkorni “tugatish” hisobidan boʻlmasligi zarur”,

— dedi davlat rahbari.

Endilikda garovdagi mulkni savdoga chiqarishdan oldin uning hozirgi bozor qiymati aniqlanadigan, qaytmagan qarzdorlik garov qiymatining 15 foizidan kam boʻlsa undiruv mulkka qaratilmaydigan tizim yaratiladi. Bank mijoziga qarzni boshqa manba hisobidan qoplashga imkon beradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Beshinchi yoʻnalish – biznes uchun toʻsiq va gʻovlarni yanada qisqartirish.

Tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatishga asos boʻladigan qonun buzilish holatlari darajasi belgilanmagani koʻrsatib oʻtildi. Oqibatda arzimagan kamchiliklar bilan ham tadbirkorlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish holatlari kuzatilmoqda.

Shu bois, 1-noyabrga qadar aholining hayoti va sogʻligʻiga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi.

Prezident reyestrda yoʻq mezon boʻyicha tadbirkor faoliyatini toʻxtatgan mansabdor javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkorga “keshbek” sifatida qaytarib beriladi

Bunda oylik aylanmasining 60 foizini naqd pulsiz amalga oshirgan korxonalarga QQSning 40 foizi toʻlangan zahoti qaytariladi. Agar naqd pulsiz aylanma 60 foizdan kam boʻlsa, “keshbek” 20 foiz boʻladi.

QQS toʻlashga oʻtgan restoran va kafelarga foyda soligʻi 2 karra kamayadi. 1-dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

Ularga bahor va yoz mavsumida oʻzlariga tutash maydonlarda stol-stul va soyabon qoʻyib ishlashga ruxsat beriladi. Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasini tuzishi mumkin boʻladi.

Xuddi shu kabi 1-oktyabrdan mehmonxona va turoperatorlarga ham toʻlangan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Barcha sohada sunʼiy intellekt texnologiyalari keng joriy qilinadi

Toʻrtinchi yoʻnalish – xizmatlar sohasiga yangi turtki berish.

Oʻzbekistonda band aholining 52 foizi xizmatlar sohasida ishlayapti. Ishlab turgan korxonalarning 68 foizi ham xizmatlar sohasiga toʻgʻri keladi.

Lekin, sohada band boʻlganlarning atigi 4 foizi yuqori qoʻshilgan qiymat beradigan yoʻnalishda faoliyat yuritayapti. Shu bois, xizmatlarda, avvalo, IT sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Yetti yil oldin noldan boshlangan bu soha 1 milliard dollarlik eksport qilish salohiyatiga ega boʻldi, har bir hududda eksportga yoʻnaltirilgan IT parklar tashkil qilindi.

Endi, barcha sohada sunʼiy intellekt texnologiyalari keng joriy qilinadi. IT parkda sunʼiy intellekt markazi ochiladi.

Bu yoʻnalishda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Hududiy elektr tarmoqlarining boshqaruvini xususiy sektorga berishda amaliy bosqich boshlanadi

Soʻnggi yillarda energetika sohasi isloh qilinib, xususiy sektorga keng yoʻl ochib berildi.

Bu orqali 3,5 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalari ishga tushdi va yana 31,5 milliard dollarlik 50 ta loyiha boʻyicha ishlar jadal davom etmoqda.

Hududiy elektr tarmoqlarining boshqaruvini xususiy sektorga berishda amaliy bosqich boshlanadi. Xususan, oktyabrda Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlariga xususiy operator jalb qilish boʻyicha tender eʼlon qilinadi.

Kelgusi yil Jizzax va Sirdaryoda ham xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yana bir masala – hozir tadbirkorlar elektron hisob-faktura va tovar-transport yuk xatini alohida 2 ta hujjat sifatida rasmiylashtirmoqda. Tadbirkor yuk xatiga 49 ta maʼlumotni majburiy kiritishi kerak.

Hamma sohaga raqamlashtirish kirib kelgan bir paytda, bunday amaliyotni bekor qilish vaqti kelgani taʼkidlandi. Endi bu hujjatlar yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta maʼlumot kiritishni oʻzi yetarli boʻladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“E-logistika” platformasi ishga tushiriladi

Hozirgi geosiyosiy jarayonda Yevropaga anʼanaviy transport marshrutlari boʻyicha yuk tashish cheklandi.

Tranzit davlatlar oʻz tashuvchisini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekistonga berayotgan ruxsatnomalar sonini 3 barobargacha kamaytirdi. Shu oʻrinda, transport korxonalarida 28 ta davlat boʻyicha 20 mingdan ortiq ruxsatnomalar ishlatilmasdan turibdi.

Transport vazirligiga yuk tashish ruxsatnomalaridan foydalanish tizimi oshkoraligini oshirish topshirildi.

Bunda, “E-logistika” platformasi ishga tushirilib, eksportchilar uchun qaysi korxonada qancha ruxsatnoma borligini koʻrish, toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzish imkoni yaratiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident yon qoʻshnilarimizning yillik importi 90 milliard dollar boʻlgani bilan bizning undagi ulushimiz atigi 4 foiz ekani, yoki MDH doirasida erkin savdo rejimi oʻrnatilgani bilan, Hamdoʻstlikdagi 500 milliard dollarlik importda bizning hissamiz 2 foizga ham bormasligini misol qilib keltirdi.

Demak, raqobat borasida hali ancha ishlashimiz zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Bu borada katta islohot boshlanib, ikki oy oldin alohida farmon bilan metallurgiya, kimyo, energetika va telekommunikatsiya tarmogʻida eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.

Korporativ xaridlarda ishlab chiqarish uchun olinadigan mahsulotlarga ham narx ustuvorligi bekor qilinishi qayd etildi.

Bundan buyon, hech kimda alohida huquq boʻlmasligi, xoh davlat strategik korxonasi boʻlsin, xoh xususiy korxona yoki xorijiy investor boʻlsin, iqtisodiyotda barcha teng sharoitda ishlashi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Endi elektr va gaz isteʼmoli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi

Barcha sanoat korxonalari elektr va gazga oʻrnatilgan limit oshib ketsa, toʻlov 2 karra koʻp undirilayotganidan norozi boʻlmoqda.

Sanoatimizning oʻsishiga taʼsir qiladigan bunday cheklovlar qisqartirilishi belgilandi.

Endi, elektr va gaz isteʼmoli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar isteʼmol 20 foizdan oʻtib ketsa, oshgan qismiga toʻlov 20 foiz qimmatlashadi.

Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “oʻrta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan toʻlovni bir oyda ikkiga boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

Byudjetdan, kreditdan va boshqalardan qarzi bor tadbirkorlarni hisob raqamiga “inkasso” qoʻyilgani uchun, ular elektr, gaz va suvga toʻlov qila olmayapti. Vaholanki, ishlab chiqarish toʻxtamasa, qarzdorlik tezroq uziladi.

Endilikda “inkasso” boʻlganda ham, kommunal xizmatlarga toʻlovlar toʻxtatilmaydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Yer – eng cheklangan resursimiz va u doim iqtisodiy naf keltirishi kerak”,

— dedi Prezident.

Shu bois, yangi yerlarni ajratishda binolarni loyihalashdan obyektni topshirishgacha boʻlgan muddatlar majburiy koʻrsatiladi.

Bunda qurilish davriga yer soligʻi boʻyicha 50 foiz imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari). Qurilishga ruxsat olish muddati davlat organi aybi bilan oʻtkazib yuborilsa, qurilish vaqti shu muddatga uzaytirib beriladi. Muddatida boʻlmasa, yer sud orqali qaytarib olinadi yoki boshqa tadbirkorga sotiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ikkinchi yoʻnalish – biznesni infratuzilma, yer va energiya bilan taʼminlash.

Ochiq muloqot doirasida kelib tushgan 11 mingta murojaatdan 2 mingtasi yer va infratuzilma bilan bogʻliq. Joylarda oʻtkazilgan soʻrovda ham 55 foiz tadbirkor elektr energiyasi, gaz taʼminotida, tarmoqqa ulanishda muammo borligini aytgan.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yer va mulkka yondashuvlar butunlay oʻzgardi, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash boʻyicha katta amaliy ishlar qilindi.

Lekin, yerdan investitsiya sifatida foydalanish tizimi hali orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻtkazilgan soʻrovda tadbirkorlarning 38 foizi islom moliyasi asosida resurs olish istagini bildirgan.

Oʻtgan oyda mikromoliya tashkilotlariga islomiy shartlar asosida xizmat koʻrsatishga ruxsat berildi.

Tayyorlangan yangi qonun loyihasi qabul qilinsa, islom moliyasi bilan banklar ham ishlashi mumkin boʻladi.

Bu – yangi moliyaviy xizmatlar taqdim etilishi, koʻp investorlar kirib kelishi va 5 milliard dollarlik qoʻshimcha resurs paydo boʻlishiga turtki beradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident: Jahon savdo tashkilotiga kirish — chuqur oʻylangan va uzoqni koʻzlagan tanlov, islohotlarimizning ajralmas qismi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️"Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, hech narsadan choʻchimang. Biling, ortingizda Prezident turibdi!"


Prezident soʻzga chiqqan tadbirkor va ishbilarmonlarga bildirgan fikrlari, yangi-yangi ish oʻrinlari yaratib, odamlarni daromadli qilishga, kambagʻallikni qisqartirishga qattiq bel bogʻlashga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

“Sizlar tinch, erkin va farovon hayotimiz garovisizlar, desak, oʻylaymanki, mubolagʻa boʻlmaydi.

“Tadbirkor – elga madadkor” degan naqlda chuqur maʼno bor. Lekin, shunday katta masʼuliyatni zimmasiga olgan tadbirkorni oʻziga kim madadkor? Agar qaysi hokim oʻz hududining gullab-yashnab, taraqqiy topishini istasa, avvalo, tadbirkor va yana bir bor tadbirkorga chinakam madadkor boʻlishi kerak.

Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, hech narsadan choʻchimang. Biling, ortingizda Prezident turibdi!”,

— dedi davlatimiz rahbari muloqot yakunida.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koʻchmas mulk buzilishi boʻyicha kompensatsiya toʻlashda haligacha muammolar borligi qayd etildi.

Hozirda ushbu xarajatlar viloyat byudjeti hisobidan qoplanayapti. Lekin ayrim viloyatlar byudjetida mablagʻ kam qolayotgani uchun tadbirkorning pulini qoplab berish 5-6 yilga choʻzilib ketmoqda.

Endilikda yer savdosidan tushgan mablagʻlar avvalo buzilishlar boʻyicha tadbirkorlardan qarzni soʻndirishga qaratiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tadbirkorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni yanada liberallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Masalan, soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, degan jinoyat turi bor. Bunda tadbirkor toʻlamagan soliq 100 million soʻmdan oshsa, jinoyatchi boʻlib qolmoqda.

Shu bois, soliq toʻlamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan miqdorni 2 baravargacha oshirish taklif qilindi.

Prezident tadbirkorlarimiz ushbu berilayotgan yengillikni, bildirilayotgan ishonchni suiisteʼmol qilmasligiga umid bildirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yaqinda bozorga kirishdagi 7 ta eksklyuziv huquq bekor qilinadi

Soʻnggi ikki yilda bozorga kirishdagi 13 ta eksklyuziv huquq bekor qilingan edi. Yaqinda yana 7 tasi bekor boʻladi. Bu orqali 1,5 mingdan ortiq tadbirkorlar uchun bozorga kirish imkoniyati yaratiladi.

Misol uchun, mehmonxona faoliyatini sertifikatlash bilan akkreditatsiyasi bor barcha korxonalar shugʻullanishi mumkin boʻladi.

Yoki, Qurilish vazirligidagi “Shaffof qurilish” tizimi orqali tender savdolari uchun hujjatlarni faqat vazirlik qoshidagi konsalting markazlari tayyorlab berayapti.

Endi, 1-oktyabrdan xuddi Tadbirkorlik reytingi kabi “Shaffof qurilish” tizimini tadbirkorlarni oʻzi yuritadi. Konsalting markazlari funksiyalari toʻliq xususiy sektorga oʻtkaziladi.

Prezident tadbirkorlar taklif bersa, davlat idoralari koʻrsatayotgan boshqa xizmatlarni ham xususiy sektorga berishga tayyorligini bildirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tadbirkorlikni dastlabki bosqichda – startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash ekotizimi yaratiladi

Joriy yil startaplarga ilk bor 134 million dollar investitsiya kirib keldi. Bu sohada faoliyatini noldan boshlab, aylanmasini 10 million dollardan oshirgan 50 dan ziyod mahalliy kompaniya paydo boʻldi.

Shu bois, startaplarni “oyoqqa turgʻazish” uchun venchur jamgʻarmalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun IT park ham 10 million dollarlik jamgʻarma tashkil qiladi.

Shuningdek, startap xorijdan olib kelgan har 1 dollar investitsiyasiga davlat ham 1 dollar resurs beradi. Startap ishlanmalarini patentlash va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish kabi xarajatlarni davlat qoplab beradi.

Umuman, bu sohaga 50 million dollar yoʻnaltiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yer osti boyliklarini oʻzlashtirishga tadbirkorlarni keng jalb etib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Shu yilning oʻzidayoq 150 tadan ortiq kon va maydonlar tadbirkorlarga sotildi.

Yil yakunigacha yana 300 ta kon va maydonlar tadbirkorlarga taklif qilinadi.

Qurilishda qum-shagʻalga ehtiyojni qoplash maqsadida 110 million kub metr zaxirali 172 ta kon ham tadbirkorlik uchun ajratiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yiliga 250 trillion soʻmdan ziyod davlat xaridlari amalga oshirilmoqda

Shu bois, davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish vaqti keldi.

Kelgusi yilgi davlat investitsiya dasturidagi har bir loyiha boʻyicha mahalliy mahsulotlar ulushi qancha boʻlishi aniq belgilanadi. Davlat xaridida endi mahalliy mahsulot ulushini oshirish ragʻbatlantiriladi.

Jumladan, energetika, neftgaz, kimyo, metallurgiya, temir yoʻl kabi tarmoqlardagi yirik korxonalar 2-3 yillik buyurtmalarini kooperatsiya portaliga oldindan joylashtiradi.

Mahalliy korxonalar esa ushbu buyurtmalar asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Ularning loyihalariga dastlabki bosqichda 100 million dollar yoʻnaltiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Endilikda chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda shartnoma muddati buzilmasa, muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmasligi belgilandi.

Shuningdek, koʻp tadbirkorlar eksport boʻyicha QQSni qaytarishda ortiqcha toʻsiq borligini aytmoqda. Soliq va bojxonani axborot tizimlari bir-biriga ulangan boʻlsa-da, eksportni tasdiqlaydigan hujjat talab etilayapti.

Bundan buyon, bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron maʼlumoti QQSni qaytarish uchun asos boʻladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tadbirkorlarni qayta-qayta tekshirishga chek qoʻyiladi

Prezident Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik xalqaro tranzit yuk tashishda ortiqcha toʻlov yoki cheklovlardan xalos qilishini qayd etdi. Albatta, bu – raqobatdosh boʻlishimizga yana bir turtki beradi.

Umuman, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, tashqi bozorlarda munosib oʻrin topish uchun xalqaro standartlarga oʻtish kerakligi taʼkidlandi.

Masalan, pestitsidlar nazorati yoʻlga qoʻyilmas ekan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini 2030-yilgacha 10 milliard dollarga yetkazish boʻyicha belgilagan marralarga erishib boʻlmaydi. Yetishtirayotgan mahsulotlarimiz bozorini topolmasdan nobud boʻlaveradi.

Shu bois, bu yil oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha katta oʻzgarishlar rejalashtirilgan. Bu orqali karantin, veterinariya, sanepidemnazorat va standart tashkilotlarining takrorlovchi vakolatlari qisqaradi, tadbirkorlarni qayta-qayta tekshirishga chek qoʻyiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Uchinchi yoʻnalish – ichki bozorda teng raqobat muhitini yaratish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish.

Mamlakatimizning yetti oylik eksporti 13 foizga oʻsib, 10 milliard dollardan oshdi, avval eksport qilmagan 1 ming 610 ta korxona tashqi bozorlarga chiqdi. Prezident mahalliy korxonalarni tashqi bozorga chiqishini qoʻllab-quvvatlash izchil davom ettirilishini taʼkidladi.

Xususan, Jahon savdo tashkilotiga 2026-yilda aʼzo boʻlish boʻyicha katta qadamlar qoʻyilmoqda.

“Ushbu tashkilotga kirish – chuqur oʻylangan va uzoqni koʻzlagan tanlov, qolaversa, islohotlarimizning ajralmas bir qismi. Lekin ayrimlar bunga shubha bilan qarayapti, boshqalar “korxonalar sinadi, import bosib ketadi” degan xavotir bilan yuribdi.

Bir narsani tushunish zarur, import bojlari ishlaydi. Shuning uchun, tashkilot aʼzolari bilan muzokaralar oʻtkazayapmiz.

Ertangi kunimiz – bu teng raqobat muhiti va eksportga qaratilgan sanoat va savdo siyosati. Iqtisodiyotimizga oldinlari proteksiya qaysidir maʼnoda kerak edi. Yana shu yoʻlda davom etsak, imkoniyatlarimiz cheklanib qoladi. Chunki, xalqaro ishlab chiqarish zanjirlariga kirmasak, iqtisodiy oʻsish biz kutgandek boʻlmaydi”,
— dedi davlatimiz rahbari.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

1-yanvardan yer uchastkalari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori joriy etiladi. Shuning hisobiga tadbirkorlar bir yilda oʻz yeriga 800 milliard soʻmlik investitsiya kiritadi.

Bulardan tashqari, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik sohalari, meva-sabzavotni qayta ishlovchilarga ular joylashgan bino-inshootlar ostidagi yerlar uchun sanoat toifasi stavkasida yer soligʻi hisoblanayapti.

Klassifikatorni joriy qilish orqali ular ham qishloq xoʻjaligi yerlari kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblash bekor qilinadi

Yer bozori shakllanishi taʼsirida yangi investitsiya loyihalarida yer sotib olish xarajatlari keskin oshayotgani qayd etildi.

Tadbirkor yerga buncha katta xarajat qilgandan keyin qurilish, texnika va uskunaga mablagʻi yetmay qolayapti.

Endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblash bekor qilinadi.

Toshkent shahri va viloyat markazlarida sotilgan yer boʻyicha xarid summasini uch yilgacha, qolgan hududlarda besh yilgacha, 4 va 5-toifa tumanlar uchun esa oʻn yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi. Endi tadbirkorlar darhol toʻlov qilaman desa, 20 foizgacha chegirma beriladi.

Shuningdek, yirik loyihalarda yer qiymatini tadbirkor ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritishi mumkin boʻladi. Tadbirkor istagan paytda bu ulushni oʻzi sotib olishi mumkin. Bu orqali shu yilning oʻzida tadbirkorlar ixtiyorida 3 trillion soʻm qoladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlat jalb qilgan mablagʻlarni yirik korxonalarga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechiladi

Davlat banklari bergan kreditning 92 trillion soʻmi yoki 30 foizi 10 ta yirik davlat korxonasiga toʻgʻri keladi.

Yirik korxonalar transformatsiya qilinmoqda, moliya bozorlariga mustaqil chiqib, oʻzi mablagʻ jalb qilishga oʻrgatilmoqda.

Masalan, “Uzbekneftegaz”, “Uzavtosanoat” 1 milliard dollardan ortiq yevrobond chiqardi. Navoiy kombinati ham chetdan oʻzi bond olib kelishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Endi davlat jalb qilgan mablagʻlarni yirik korxonalarga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechilishi taʼkidlandi.

Bunday mablagʻlarni berish ikki yil ichida kamida 40 foizga qisqaradi. Banklar buning hisobidan kamida 30 trillion soʻmni xususiy biznesga yoʻnaltiradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Bundan buyon bank boʻlmagan yangi institut – faktoring tashkiloti uchun yoʻl ochiladi

Tadbirkordan garov talab qilmaydigan eng qulay instrument bu – faktoring. Xalqaro moliya korporatsiyasiga koʻra, bizda 10 milliard dollarlik faktoring xizmatiga talab bor. Hozir bu xizmatni faqat banklar, mikromoliya tashkilotlari koʻrsatayapti.

Bundan buyon bank boʻlmagan yangi institut – faktoring tashkiloti uchun yoʻl ochiladi. Ular xorijiy valyutada ham xizmat koʻrsatishi mumkin boʻladi. Bu jarayonda qatnashadigan bank, mikromoliya, faktoring tashkiloti va tadbirkorlar foydalanadigan alohida elektron platforma ishga tushadi. Yaʼni, tadbirkor undan oʻziga qulay moliyaviy mahsulotni tanlash imkoniyatiga ega boʻladi.

Umuman, faktoringni ommalashtirish hisobidan tadbirkorlarga aylanma uchun 20 trillion soʻm, eksportchi korxonalarga 1 milliard dollar qoʻshimcha moliyaviy resurslar paydo boʻladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал