uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

«Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi

Farmoyish matni — https://uza.uz/posts/624755

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️1-sentyabrdan nafaqalar miqdori oshirilganidan soʻng qancha miqdorda toʻlanadi?

• Yoshga doir nafaqa miqdori - oyiga 745 000 so'm;
• I-guruh nogironlik nafaqasi miqdori - 1 027 000 so'm;
• II-guruh nogironlik nafaqasi miqdori - oyiga 920 000 so'm;
• Nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalar nafaqasi miqdori – oyiga 920 000 so‘m;
• Parvarishlash nafaqasi miqdori – oyiga 745 000 so‘m;
• Boquvchisini yoʼqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 745 000 soʼm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 244 000 soʼmdan qoʼshiladi;
• Dafn etish nafaqasi - 1 712 000 so’m.

▫️1-oktyabrdan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli – 811 965 so’mni tashkil etadi.

▫️Fuqarolarga to‘lanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlarining oshirilgan qiymati farmonga muvofiq belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt va IT sohasidagi startap loyihalarni rivojlantirish chora-tadbirlariga doir taqdimot bilan tanishdi.

Batafsil — https://uza.uz/posts/624673

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bayroqdorimiz Abdumalik Xalokov Olimpiadaga kuzatishdan avval unga topshirilgan Vatanimiz bayrog’ini Bosh vazir Abdulla Aripovga qayta topshirdi.

Abdulla Aripov ushbu bayroqni ertaga Paralimpiya delagatsiyamizga topshirilishini ma’lum qildi.


Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️1-oktyabrdan boshlab ish haqi miqdori ham 15 foizgacha oshiriladi

Prezident farmoniga koʻra, 1-oktyabrdan boshlab:

— byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi;

— byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan xodimlar bundan mustasno;

— mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻm;

— bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm etib belgilanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tarixiy natija ko’rsatgan O’zbekiston delegatsiyasi Vatanimizga yetib keldi.


Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston delegatsiyasi yetib kelishiga oz fursatlar qolmoqda. Qahramonlarimizni kutib olish uchun barchasi shay.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizni Olimpiya oʻyinlarida erishilgan ulkan zafar bilan tabrikladi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Buxoroda 900 million kilovatt elektr va 400 million kub metr gazni iqtisod qilish imkoni borligi qayd etildi. Bu umumiy isteʼmolning 20 foiziga teng.

Yirik korxonalarda uskunalarni yangilash va audit oʻtkazish orqali 25 foizigacha elektr va gazni iqtisod qilish mumkin.

Buxoroda 200 ming koʻchmas mulk obyektida kamida 3 kilovattli quyosh paneli oʻrnatib, 600 megavatt quvvat yaratish mumkin. Bu bilan viloyat elektr isteʼmolining yana 20 foizi iqtisod boʻladi.

Lekin, hozirgacha 2 ming xonadon va 750 ta tadbirkor panellar oʻrnatgan boʻlsa-da, tarmoqqa berilgan elektr uchun bor-yoʻgʻi 292 tasiga puli toʻlangani tanqid qilindi. Oqibatda panel oʻrnatganlar ragʻbat sezmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga xonadon, mahalla, panel oʻrnatuvchini bir-biriga bogʻlab, aholiga tushuntirish, panel qoʻyganlarga toʻlovlarni oʻz vaqtida tushirish ishlarini tashkil qilib, yil yakunigacha keskin oʻzgarish qilish topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident sanoat zonalarida yer ajratishni yengillashtirish, bunga xizmat koʻrsatishni ham qoʻshish taklifini qoʻllab-quvvatladi. Har bir tumandan sanoat va xizmat koʻrsatishga 20 gektardan yerlarni belgilab, loyihalarni amalga oshirishga koʻrsatma berildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ikki oy oldin Buxoroga tashrifda hamma muammolar yechimi koʻrsatib berilgan edi. Tashrifdan keyin viloyatga 1,4 trillion soʻm ajratildi. Bugun Prezident tomonidan imzolangan qarorlarga muvofiq viloyatga tadbirkorlik uchun qoʻshimcha 60 million dollar, infratuzilmaga 40 million dollar ajratiladi.

Viloyat hokimi, uni oʻrinbosarlari, tuman hokimlari shunga munosib ishlab, joylardagi tashkilotlar oldiga aniq vazifa, xodimlariga KPI belgilab, har kuni aniq natijaga ishlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

❗️Kelgusida har bitta tarmoq va viloyatdagi haqiqiy ahvol shunday tahlil qilinib, muhokama oʻtkazilishi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalarining ijrosini tahlil qildi

▫️Uychi tajribasi asosida respublika boʻyicha 500 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Lekin, 15 ta tuman va shahar rejasi 90 foizga yetmagan.

▫️Sayxunobod tajribasi asosida har bir mahallada 10 tadan mikroloyiha qilish zarur. Bu orqali respublikada jami 132 mingta mikroloyiha ishga tushirilib, 242 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Biroq 26 ta tumandagi 46 ta mahallada nomigagina 1-2 ta mikroloyiha qilingani tanqid qilindi.

▫️Bir oy oldin Gʻijduvon tajribasi asosida tuman hokimlariga 1 mingta mahallani oʻzida “tepaga oʻsadigan” (vertikal) sanoat binolari tashkil qilish topshirilgan edi. Lekin, birorta tuman hokimi hisob-kitob qilib, nechta loyiha qilishi va qancha ish oʻrni yaratishi boʻyicha rejasini tasdiqlagani yoʻq.

▫️Zarbdor tajribasi boʻyicha rahbarlar ijro muddati 1-oktyabr, deb xotirjam yurganiga qatʼiy eʼtiroz bildirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

Davlatimiz rahbari avvalo sportchilarimizning Parij Olimpiadasidagi ulkan tarixiy zafarlari bilan butun xalqimizni chin qalbidan tabrikladi.

“Tokio olimpiadasidan keyin yaxshi niyat bilan top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qoʻygan edik. 208 ta davlat vakillari qatnashgan musobaqada sportchilarimiz yuksak matonat, mahorat va iroda koʻrsatib, dunyoda 13-oʻrin, Osiyoda 4-oʻrin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-oʻrinni egalladi. Bir yoʻla 3 nafar sportchimiz “ikki karra olimpiya chempioni”, degan yuksak sharafli nomga sazovor boʻldi.

Bu Yangi Oʻzbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga koʻrsatib, ularning natijalari tariximizda zarhal harflar bilan muhrlandi.

Barcha sportchilarimiz, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari Yangi Oʻzbekistonning chinakam qahramonlaridir! Ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, ular bizning gʻururimiz!”,

— dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Parij Olimpiadasidagi ishtirokini yakunlab, tarixiy natijaga erishdi. Oʻyinlarning oxirgi kunida bokschilarimiz Bahodir Jalolov va Abdumalik Halokov, erkin kurashchi Razambek Jamalov oltin, taekvondochimiz Svetlana Osipova va ogʻir atletikachimiz Akbar Joʻrayev kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ular bilan hamda 9-avgust kuni bronza medaliga sazovor boʻlgan erkin kurashchimiz Gʻulomjon Abdullayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Parij2024

🥇 Bahodir Jalolov – ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni!

Mahoratli bokschimiz Bahodir Jalolov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida bugungi final janglariga ajoyib nuqta qoʻydi.

Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chempionlik jangida ispaniyalik Ayub Gʻadfani oʻzining kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.

Ushbu olamshumul g’alabadan keyin O’zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadani 5 ta oltin medal bilan yakunlamoqda.

Yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, oʻzbek boksining qudratini yana bir karra butun dunyoga koʻrsatishdi.

Shuning bilan, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga yetmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Farmon matni — https://uza.uz/posts/624751

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna — O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Shahnoza Mirziyoyeva hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz |

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Parijdagi Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlariga sovg‘alar topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Bahodir Jalolov: “Havaskor boks bilan xayrlashdim”

Olimpiya chempioni jurnalistlarga intervyu berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga asosan, 1-sentyabrdan boshlab:

— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 soʻm;

— yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 soʻm;

— nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 soʻm etib belgilanadi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qahramonlarimiz yetib kelishdi!

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yangi — 2024-2025 oʻquv yili joriy yilning 4-sentyabr kunidan boshlanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida Prezident qator topshiriqlar berdi.

Iqtisodiy kompleks rahbariyatiga aholi va tadbirkorlarga energiya tejamkor uskunalar hamda quyosh panellarini sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish topshirildi.

Soliq qoʻmitasiga quyosh paneli oʻrnatgani uchun yer va mulk soligʻi imtiyozini qoʻllashdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qoʻyildi.

Suyultirilgan gazni aholiga xususiy sektorni keng jalb qilgan holda yetkazib berish masalasini oʻrganib, tegishli takliflar kiritishga koʻrsatma berildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Bundan buyon qurilgan xizmat koʻrsatish joylarini sotib olish uchun alohida kredit turi yoʻlga qoʻyiladi. Mutasaddilarga “xizmat ipotekasi”ni joriy qilib, kredit ajratishni boshlash topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Buxoro viloyatdagi 62 ta massiv va 54 ta koʻchani rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi

Bu koʻchalar ovqatlanish, salomatlik, mehmonxona, hunarmandchilik, savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtiriladi, ularda 4 ming nafar tadbirkor uchun sharoit yaratiladi va 6 ming aholi bandligi taʼminlanadi. Ularda kamida 5 ta xalqaro mehmonxona hamda ovqatlanish tarmoqlarini joylashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Mutasaddilar Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribasi boʻyicha sustkashlikka yoʻl qoʻygan barcha rahbarlarga chora qattiq boʻlishi haqida ogohlantirildi.

▫️Sayxunobod va Uychi tajribalarida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼullarga javobgarlik choralarini koʻrish, qoloqliklarni bartaraf etish topshirildi.

Zarbdor tajribasi asosida har bir tuman va shaharda kamida 5 tadan “drayver” loyihani shakllantirish, Gʻijduvon tajribasi asosida 1 mingta mahallani oʻzida “tepaga oʻsadigan” (vertikal) sanoat binolari loyihalarini tayyorlab, yil yakunigacha ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.

Umuman, tajribalarning har biri boʻyicha masʼullarga aniq KPI belgilanib, ijrosi ustidan qatʼiy surov oʻrnatilishi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 13-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 630,96 so‘m (– 12,04)
1 RUB 139,09 so‘m (– 4,24)
1 EUR 13 801,85 so‘m (– 4,31)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

🇺🇿Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Parij Olimpiadasidagi ishtirokini rasman yakunladi

Parij-2024 yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari:
🥇8 ta oltin;
🥈2 ta kumush;
🥉3 ta bronza medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 13-oʻrinni egalladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

🇺🇿Abdumalik Xalokov sharafiga Parijda Oʻzbekiston madhiyasi yangradi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал