Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qoʻshma bayonot hamda Oliy davlatlararo kengashning 2024-2034-yillarda strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturini tasdiqlash va Tashqi ishlar vazirlari kengashini tuzish toʻgʻrisidagi qarorlarini imzoladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlat rahbarlari qoʻshma loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdi
▫️Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universitetining filiallarini tantanali ravishda ochdi.
Mazkur taʼlim muassasalarida talab yuqori boʻlgan texnik yoʻnalishlar boʻyicha malakali kadrlar tayyorlanadi.
▫️Prezidentlar “Sian - Xorgʻos - Olmaota - Sariyogʻoch - Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha birinchi yuk poyezdining yetib kelishiga bagʻishlangan marosimda ham ishtirok etdi.
Yuk poyezdi Sian shahridagi Qozogʻiston-Xitoy terminalidan “Xorgʻos” quruq portiga yoʻl oldi. U yerda konteynerlar qayta ortildi va Qozogʻiston temir yoʻllari boʻylab “Sariyogʻoch” stansiyasi orqali soʻnggi manzilga – “Toshkent” stansiyasiga joʻnatildi.
Ushbu yoʻnalish yuk tashish vaqtini qisqartirib, savdo hajmini oshirishga kuchli turtki beradi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#Parij2024
⚡️Javrail Shapiyev ham gʻalaba bilan boshladi
Javrail Shapiyev erkin kurashchilarimizning gʻalabali ishtirokini boshlab berdi. -86 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz ilk bosqichda gruziyalik Vladimeri Gamkrelidzedan ustun kelib, ikkinchi davraga yoʻl oldi. Endi u chorak finalda bolgariyalik Magomed Ramazanov bilan bellashadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Chirchiq shahrida Qozog‘iston universitetining, Olmaota shahrida esa O‘zbekiston universitetining filiali ochildi
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalarining filiallari tantanali ochildi.
Jumladan, Chirchiq shahrida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universitetining filiali ochilgan bo‘lsa, Olmaota shahrida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining filiali o‘z ishini boshladi.
“Bugungi kunda Qozog‘istonda 6 ming nafar o‘zbekistonlik talaba ta’lim olmoqda. O‘z navbatida Qozog‘istonlik yoshlar ham O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qimoqda”, — dedi Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda.
#TAYINLOV
⚡️Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi
Oʻrazbayev Ruslan Xajibayevich — Xorazm viloyatining Gurlan tumani hokimi etib tayinlandi.
Bunga qadar u Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#Parij2024
⚡️Nilufar Zokirova oʻz guruhida uchinchi boʻldi
Kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nilufar Zokirova ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini boshladi. 200 metr masofaga kechgan poygada hamyurtimiz oʻz guruhida 3-boʻlib marraga yetib keldi. Endi u kunning ikkinchi yarmida chorak final orqali yarim yarim final yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Tomonlar Markaziy Osiyoda integratsiya va hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori ekanliklarini tasdiqladi
Taʼkidlanganidek, Maslahat uchrashuvi mintaqa oldida turgan vazifalarni birgalikda hal etish va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mintaqaviy kun tartibini ishlab chiqishning samarali mexanizmiga aylandi.
BMT, ShHT, TDT, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi va boshqa tuzilmalar doirasida yaqin va ochiq muloqotni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisini oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Energetika quvvatlari va infratuzilmasini qurish, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorlik bildirildi
Yirik mintaqaviy loyihalarni, eng avvalo, Qambarota GES qurilishini tayyorlash ishlari jadallashtiriladi.
▫️Transport va tranzit sohasida ishbilarmon doiralarni jalb etgan holda ikki mamlakat oʻrtasida yangi transport yoʻlaklarini qurish loyihalarini ishlab chiqishga kelishib olindi.
▫️Mintaqada suvdan foydalanish masalalariga yagona yondashuv mavjudligi qayd etildi. Ishonchli huquqiy bazani shakllantirish, suv xoʻjaligi obyektlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish ishlari davom ettiriladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi boʻlib oʻtdi
— Bugun biz Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini oʻtkazmoqdamiz. Bu mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojida tarixiy voqea hisoblanadi,
Parij-2024: Bugun, to‘qqizinchi kungi musobaqalarda O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qiladi?
Bugun, 4-avgust.
XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining ushbu kunida O‘zbekiston sportchilari 4 ta sport turidagi bahslarda vatanimiz sharafini himoya qiladi.
- 14:00. Uzunlikka sakrash: Anvar Anvarov (saralash)
- 17:00. Veloshosse: Olga Zabelinskaya (guruh poygasi)
- 17:00. Veloshosse: Yanina Kuskova (guruh poygasi)
- 19:50. Boks: Hasanboy Do‘smatov - David de Pina (Kabo-Verde) (51 kg, yarim final)
- 20:38. Boks: Lazizbek Mullajonov - Davlat Boltayev (Tojikiston) (92 kg, yarim final)
- 22:55. Yengil atletika: Safina Sa’dullayeva (balandlikka sakrash, final).
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#Parij2024
⚡️Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun navbatdagi medalni kafolatladi
Boks boʻyicha jahon chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-71 kg) joriy Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun galdagi medalni taqdim qildi. Hamyurtimiz chorak finalda daniyalik Nikolay Terteryanni kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirishga erishda va yarim finalchilar qatoriga qoʻshildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗️Maktab formasi talablari boʻyicha
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumtaʼlim maktabi bu boradagi oʻz ichki nizomlarini qabul qilgan.
Unga koʻra, maktab oʻquvchilarining maktab formasida kelish tartibi umumtaʼlim muassasalarining ushbu ichki nizomlarida belgilangan. Ushbu talab maktab formalarining majburiy joriy etilmasligini anglatmaydi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡️DXX: korrupsiya va firibgarlik bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻyildi
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#Parij2024
⚡️Hasanboy Doʻsmatov yarim finalda!
Boks boʻyicha Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) ham Parij-2024 dagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirgan holda yarim finalga yoʻl oldi.
Hamyurtimiz chorak finalda oʻzining azaliy raqiblaridan biri qozogʻistonlik Saken Bibossinovni magʻlubiyatga uchratib, oʻzining Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#Parij2024
⚡️Alisher Yusupov Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi bronza medalini keltirdi!
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi gʻaznasi yana bir bronza medali bilan boyidi. Mazkur medalga dzyudochimiz Alisher Yusupov mualliflik qildi.
+100 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Davlat rahbarlari huzurida oliy taʼlim va transport-tranzit sohalaridagi loyihalarni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#Parij2024
⚡️Gʻulomjon Abdullayev ozarbayjonlik raqibidan ustun keldi
Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Gʻulomjon Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini boshladi. Ilk bosqichda ozarbayjonlik Aliabbas Rzazade bilan bellashgan yurtdoshimiz irodali gʻalaba bilan chorak final yoʻllanmasini naqd qildi. Endi u meksikalik Roman Bravo-Yung va armanistonlik Arsen Xarutyunyan oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi gilamga chiqadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning oliy davlat mukofoti — “Oltin Qiron” ordeni bilan taqdirlandi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Ostona shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevni Qozogʻiston Respublikasining “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini Oʻzbekiston yetakchisiga Prezident Qasim-Jomart Toqayev tantanali ravishda topshirdi.
“Oltin Qiron” oliy ordeni bilan davlat arboblari Qozogʻiston bilan doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun taqdirlanadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#Parij2024
⚡️Ulugʻbek Rashitov chempionlikni himoya qilishga kirishdi
Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari g'olibi Ulugʻbek Rashitov taekvondochilarimizning Pari-2024 yozgi Olimpiya o'yinlaridagi muvaffaqiyatli yurishini boshlab berdi. -68 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchimiz reytingdagi yuqori oʻrni sabab birinchi davradan erkin oʻtdi. Ikkinchi bosqichda unga gonkonglik Lo Vai Fung raqiblik qildi. Gonkonglik taekvondochidan har tomonlama yaqqol ajralib turgan hamyurtimiz 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, chorak finalga yoʻl oldi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini oʻtkazdilar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Madaniyat, taʼlim, yoshlar va turizm sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi
- Shu kunlarda Ostonada Oʻzbek kinosi kunlari, koʻrgazmalar, festivallar, konsertlar oʻtkazilmoqda. “Zakovat” intellektual oʻyini muvaffaqiyatli oʻtdi. Bunday tadbirlar yoshlarimizni yanada yaqinlashtiradi, ularni umumiy tariximiz va qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishtiradi,
Tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 10 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi
Shu maqsadda oy oxirigacha alohida dastur qabul qilinadi. Bunda bozorlarni oʻzaro shakllantirish, mavjud cheklovlarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Mamlakatimiz yetakchisi sanoat kooperatsiyasining yangi strategiyasini qabul qilish zarurligini taʼkidladi.
Tomonlar kecha boʻlib oʻtgan biznes forumi va ishbilarmonlik uchrashuvlari yakunlari boʻyicha 7 milliard dollarlik salmoqli kelishuvlar imzolanganini ijobiy baholadilar. Gap energetika, logistika, qurilish, kimyo, elektrotexnika, toʻqimachilik, agrosanoat va boshqa sohalardagi hamkorlik haqida bormoqda.
Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirishni jadallashtirish va istiqbolli loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshma jamgʻarma tashkil etish masalasini oʻrganishga kelishib olindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari tor doirada uchrashuv oʻtkazdilar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
4 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 34-39°, janubda ba’zi joylarda 41-42° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 37-39° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 24-29° bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#Parij2024
⚡️Abdumalik Xalokov yarim finalda!
Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi bayroqdori Abdumalik Xalokov yarim finalga yoʻllanma oldi.
-57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz chorak finalda ispaniyalik Xose Kilesdan ustun kelib, oʻzi uchun Olimpiada medalini naqd qildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#Parij2024
⚡️Dzyudochilarimiz jamoaviy bahslarda chorak finalga chiqdi
Parij Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha musobaqalarning aralash jamoaviy turi bo‘yicha 1/8 final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda dzyudochilarimiz Shukurjon Aminova, Murodjon Yoʻldoshev, Gulnoza Matniyozova va Davlat Bobonov Kanada vakillari bilan bellashdi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Chorak finalda O‘zbekiston Italiyaga qarshi bahs olib boradi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#Saylov2024
⚡️Saylov kampaniyasi nima va u qanday bosqichlardan iborat?
Tafsilotlar videoda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#Parij2024
⚡️Bahodir Jalolov yarim finalda!
Boks boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi.
Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz chorak finalda avstraliyalik Teremoana Teremoanani kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.
Endi u 7-avgust kuni germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning temir yoʻl transporti xodimlariga tabrigi
Tabrik matni — https://uza.uz/posts/621834
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz