⚡️BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori:
Nodir Mavzurovich Ganiyev — O‘zbekiston Respublikasining
Shvetsiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod
etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident yosh ekofaollarning xalqaro strategiyani ishlab chiqish va bosh qarorgohi Oʻzbekistonda boʻladigan Xalqaro ekologik yoshlar qoʻmitasini tuzish takliflarini qoʻllab-quvvatladi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yigʻilishda talabaning onasi yoshlarga yaratilgan sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Eronning Toshkentdagi elchixonasida Eron prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi
Sayid Ibrohim Raisiy vafotidan soʻng, bugun, 28-iyun kuni Eronda hamda davlatning xorijiy mamlakatlarda ochilgan saylov uchastkalarida navbatdan tashqari prezident saylovlari boʻlib oʻtdi.
Jumladan, mamlakatimizda vaqtincha yashab turgan eronliklar elchixonada ochilgan saylov uchastkasiga kelib, 4 nafar nomzoddan oʻzlari xohlagan bittasini tanlab, ovoz berishdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yigʻilish yakunida Prezidentimiz yoshlarga koʻmaklashish, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish – eng xayrli ishligini taʼkidladi.
- Har biringiz hayotda munosib oʻrningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni toʻliq ishga solamiz,
Bugun Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi.
Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Bundan keyin ham qizlarning taʼlim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi.
Jumladan, ogʻir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin boʻladi.
Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi.
Sogʻligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan taʼminlash choralari koʻriladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yaqinda boʻlib oʻtgan “Turon” teatri tanlovida 12 mingdan ziyod teatr jamoasi qatnashdi.
Tanlov natijasida har bir tumanda oʻziga xos kichik teatr jamoasi shakllandi.
“Turon” teatri tanlovi har yili maktab oʻquvchilari orasida oʻtkaziladigan boʻldi. Gʻolib boʻlgan oʻquvchilar Ijod maktablariga qabul qilinadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Tarbiyasi ogʻir, qiyin sharoitdagi yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi boʻladi.
Jumladan, oilaviy ajrim yoqasidagi, jinoyat qilishga moyilligi bor, muntazam dars qoldiruvchi yoshlar bilan manzilli ishlanadi.
Tuman hokimlari har hafta, viloyat hokimlari va vazirlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Magistral yoʻllar boʻyida 50 mingta koʻchma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi.
Bu yil 60 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Endilikda har bir viloyatda 2 tadan tumanda Yoshlar kooperatsiyasi tashkil qilinadi, ularga kerakli texnika, uskunalar va urugʻlik yetkazib beriladi.
Tadbirkorlar ham yoshlar uchun bunday loyiha qilaman desa, jamgʻarma ularning kredit foizini qisman qoplab beradi. Ushbu maqsadlarga ham 10 million dollar ajratiladi.
Shuningdek, dehqonchilikni yangidan boshlagan 150 ming yoshlarga tajribali fermerlar va usta dehqonlar biriktirilib, serdaromad va eksportbop mahsulotlar yetishtirishga oʻrgatiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
“Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes oʻrtasida muloqot maydonchasi boʻladi.
Jamgʻarma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million soʻmgacha ssuda beradi.
Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million soʻm imtiyozli kredit beriladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Jamgʻarma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “toʻrtinchi sanoat” kasblariga oʻqitish markazi ochadi va toʻliq jihozlab beradi.
Ushbu markazlar yosh tadbirkorlarga 1 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga ijaraga beriladi. Markazlarning oʻquv dasturlari xalqaro standartlarga moslashtiriladi.
Jamgʻarma Surxondaryo tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan Yoshlar sanoat zonasida sanoat binolari quradi.
Bu joylar “sanoat ipotekasi” asosida yuqori qiymat yaratadigan loyihalar uchun yoshlarga 7 yilda boʻlib toʻlash sharti bilan beriladi. Bunda yoshlardan birinchi yil uchun toʻlov undirilmaydi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 30-iyun — 1-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX: Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida Tojikistondan olib kelingan jami 25,8 kg. “gashish” giyohvandlik vositasi musodara qilindi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yosh tadbirkorning imkoniyati cheklangan yoshlarni ish bilan taʼminlash tashabbusiga zarur koʻmak koʻrsatiladi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident yoshlarga: “Davlat, millat, mamlakat, Prezident hamma sharoitni yaratib berishga tayyor”
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdagi eng nufuzli oliygohlarga oʻqishga kirgan yoshlarni tabikladi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning “Cengiz Holding” kompaniyasi raisi Mehmet Jengiz va “Kalyon Holding” kompaniyasi raisi Jemal Kalyonju boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda kompaniyalar tomonidan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.
Yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qurish, “yashil” energetika quvvatlarini barpo etish, qoʻshma geologik tadqiqotlar oʻtkazish va istiqbolli konlarni oʻzlashtirish loyihalari shular jumlasidan.
Taʼkidlash joizki, “Cengiz Holding” ishtirokida Oʻzbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi – Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirildi. Bundan tashqari, Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ziyod boʻlgan yana bir elektr stansiya qurilishi davom etmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Faol va ilgʻor yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi
Yoshlar kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, azmu shijoati, bilim va salohiyati bilan mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh faol yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Bugun Koʻksaroyda ana shu mukofotlarni topshirish marosimi boʻldi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Shuningdek, yoshlar koʻchma “Sheʼriyat teatri”ni tashkil etib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti asarlarining tarjimalarini xalqaro ommaga yetkazish tashabbuslari ilgari surildi.
Top-100 talikka kirgan universitetlarga kirish tartiblari, grant yutish sirlari, bu oliygohlarda oʻqish uchun qanday strategiya tuzish boʻyicha yoshlarimizni oʻrgatish maqsadida oromgohlar tashkil etish va onlayn-platforma yaratish va boshqa takliflar ham bildirildi.
Prezidentimiz muloqot chogʻida bildirilgan fikr va takliflarni chuqur oʻrganib, amaliyotga joriy etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Soʻng davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qildi.
Soʻzga chiqqan yigit-qizlar bir qator taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.
Jumladan, mustaqil Oʻzbekiston temir yoʻllari tashkil topganining 30 yilligiga temir yoʻl sohasida xalqaro forum tashkil qilish, Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar yoshlari bilan ekologik masalalarni doimiy muhokama qilish maqsadida Xalqaro kengash tuzish taklif qilindi.
Yurtimizda organik mahsulot yetishtirishni qoʻllab-quvvatlash, “Iqtidorli yosh kadrlar” elektron platformasini ishga tushirish, “Kelajak kasblari loyihasi” doirasida til oʻrganish tartibini takomillashtirish yuzasidan fikrlar bildirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Viloyat, tuman hokimlariga yoz mavsumida maktab, texnikum, oliygoh, istirohat bogʻlarida mehnat yarmarkalarini oʻtkazish topshirildi. Bu orqali vakant oʻrinlarga kamida 150 ming yoshlarni ishga joylashtirish mumkin.
Yoz oylarida “qurilish otryadlari”ni tashkil etib, 100 ming yoshlarni oylik beradigan ishlarga jalb qilish muhimligi qayd etildi.
Tadbirkorlarning yoshlarni kasbga oʻqitish va ishga joylashtirish borasidagi tashabbuslari bundan buyon ham qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlandi.
Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum oʻquvchilarini kasbga oʻrgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. Oʻquvchilarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.
Yoz mavsumida “Yangi Oʻzbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.
Shuningdek, jamoaviy sport oʻyinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish boʻyicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi oʻtkaziladi.
Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, sheʼrxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi.
Har bir istirohat bogʻi, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “vay-fay” oʻrnatish vazifasi qoʻyildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Mamlakatimizda qiyin ahvolga tushgan, alohida eʼtiborga muhtoj yoshlar ham bor.
Shu bois, yil boshida hokimlar, vazirlar va davlat tashkilotlari rahbarlariga sharoiti ogʻir yoshlar biriktirilgani oʻz samarasini berayapti.
Masalan, qiyinchilikka duch kelgan 420 ming yoshlar muammosi hal etildi, 65 mingini bandligi taʼminlandi.
Tarbiyasi ogʻir 20 ming yoshlar jinoyat yoʻlidan qaytdi, xulq-atvori yaxshilangan 11 ming yoshlar muddatidan oldin probatsiya hisobidan chiqarildi.
Alohida eʼtiborga muhtoj 1 million yoshlar sport bilan shugʻullanishni boshladi, 700 mingida sanʼatga qiziqish paydo boʻldi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni oʻzida 10 million dollar yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, 2-4-oktyabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot boʻyicha Toʻrtinchi butunjahon anjumani oʻtkaziladi.
Tadbir kuniga qadar kreativ industriyani rivojlantirish boʻyicha qonun qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 1-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 557,67 so‘m (+ 2,51)
1 RUB 147,37 so‘m (– 0,01)
1 EUR 13 448,01 so‘m (+ 17,76)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga oʻrgatish, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratadigan loyihalarni koʻpaytirish boʻyicha ham katta oʻzgarishlar boʻladi.
Buning uchun har yili 100 million dollar ajratiladi. Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamgʻarmasi Yoshlar agentligiga oʻtkaziladi.
Eng koʻp ish oʻrni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamgʻarma kengashiga kiradi. Jamgʻarma rahbarini ham ushbu yoshlarni oʻzi saylaydi.
Jamgʻarma, yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga “biznes paket” qilib beradi, loyihani tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonida koʻmaklashadi, bozorini topadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz