uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Bugungi kunda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

Bunday yoshlarimiz yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda.

Lekin, bizda ularni boshini qovushtiradigan, muammolarini eshitib, huquqlarini himoya qiladigan tizim yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.

Qoʻshilgan qiymat yaratib, uni eksport qilayotgan bunday yoshlar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib berish zarurligi taʼkidlandi.

Endilikda:

- IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi;

- ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;

- IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi;

- yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uygʻunlashadi.

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi oʻqigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan oʻqishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi boʻyicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yangi oʻquv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.

Bu dasturlar asosida sertifikat olgan oʻquvchilar oʻsha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.

Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda oʻqish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash boʻyicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.

- Endi bunday yoshlarni oʻzimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz,

— dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish doirasida oʻtgan toʻrt yilda:

- “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 13,5 trillion soʻm kredit ajratilib, 1 million yosh band boʻldi;

- “Yoshlar daftari”dan 107 ming oʻgʻil-qizlarimizga 338 milliard soʻm subsidiya berildi;

- 205 ta “Yoshlar sanoat zonasi”da 2,5 trillion soʻmlik 1,2 ming loyiha ishga tushdi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.

– Qilsa boʻlarkan-ku! Eng muhimi, yoshlarimizni yangi-yangi gʻoyalari koʻp. Ularga faqat eʼtibor va sharoit kerak,

— dedi Prezident.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugungi kunda 110 ming oʻgʻil-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

Bu nufuzli oliygohlarda oʻqiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Xorijiy tilni C1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi

Prezident Qaroriga muvofiq, 1-oktabrdan 2024–2026-yillarda oliy ta'lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida o'qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️1-oktyabrdan yangi so'yilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go'shti va qo'shimcha ozuqabop mahsulotlari (butun go'sht, qanot, bel, bo'yin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) O'zbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji bo'yicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari Toshkent viloyatida narkolaboratoriya tashkil etishgan

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona hamda ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Zominda nufuzli xalqaro tashkilotlar va 80 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirokida II Xalqaro maqom sanʼati anjumani tantanali ochildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilish marosimidagi nutqi

Nutq matni — https://uza.uz/posts/611383

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil: https://uza.uz/posts/611361

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Zomin tumanida xitoylik investorlarning rejalari bilan tanishdi va yangi loyihalarga start berdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev “BYD” kompaniyasi prezidenti Van Chuanfuni qabul qildi.

Uchrashuvda Jizzaxda gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonaning muvaffaqiyatli faoliyati katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugun zavoddan birinchi elektromobil chiqdi.

Loyihaning birinchi bosqichi doirasida 160 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi, 1,2 mingta ish oʻrni yaratildi. Korxonada payvandlash, boʻyash va yigʻish jarayonlarini oʻz ichiga olgan yuqori texnologik ishlab chiqarish tashkil etilgan.

Uchrashuvda Prezidentimiz yaqin istiqbolda modellar qatorini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatini yiliga 500 mingtaga yetkazish zarurligini taʼkidladi.

Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatida tashrif bilan bo'lib turibdi.


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Tabrik matni: https://uza.uz/posts/611021

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, yaqin idoralararo aloqalarni mustahkamlash, qoʻshma tadbirlar tashkil etish, harbiy mutaxassislarni tayyorlash va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Xavfsizlik sohasida, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash va muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

Qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda ishlayapti, degan savolga javob boʻladi.

Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak boʻlgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Nogironligi boʻlgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

Jumladan, chet tili boʻyicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qoʻlda yozish imkoniyati boʻlmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.

Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy koʻnikmalar kam boʻlgani uchun pastroq ball olayapti.

Endi, Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik koʻradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra koʻpaytirish boʻyicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “toʻrtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bogʻliq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni oʻzida bilimlarni oʻzlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi.

Bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod oʻquvchi oltin va kumush medallar bilan bitirdi.

“Katta beshlik” fan olimpiadalarida qoʻlga kiritilgan medallar oxirgi toʻrt yilda 2 karra koʻpaydi.

Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, oʻqitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi boʻlgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda soʻnggi yetti yil yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini roʻyobga chiqarishda “katta sakrash davri” boʻlganini taʼkidladi.

Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.

Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan boʻlgan yana 110 ming talabaning kontraktini toʻlashga 332 milliard soʻm ajratildi.

Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Ayrim yoshlar til o'rganganligi uchun moddiy rag'batlantiriladi

Prezident Qaroriga ko'ra, imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensasiya qilishga qo'shimcha ravishda o'qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so'm) miqdorida bir martalik moddiy rag'batlantirish tizimi joriy etiladi;

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️1-iyuldan parranda go'shtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadiPrezident Qarori.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentning Jizzaxga tashrifi: yuqori texnologik iqtisodiyot va boy merosga asoslangan yuksak madaniyat oʻzaro uygʻun rivojlanayotgan Yangi Oʻzbekiston

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Zominda II Xalqaro maqom sanʼati anjumani tantanali ravishda ochildi

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlab, maqom sanʼatining tarixi va ahamiyatini eʼtirof etdi.

– Bizning qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlarimizning ramzi boʻlgan maqom sanʼati teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy anʼanalari bilan maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallaydi. Maqom – umumbashariy tuygʻularni avj pardalarda tarannum etadigan nodir sanʼat turi sifatida ham biz uchun gʻoyat qadrlidir,

– dedi davlatimiz rahbari.

Marosimda YUNESKO Bosh konferensiyasi 42-sessiyasi prezidenti Simona Mikulesku, AYSESKO Bosh direktori Salim Muhammad al-Malik ham soʻzga chiqib, ishtirokchilar va mehmonlarni qutladi.

Festivalda Osiyo, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika qitʼalarining 80 dan ortiq mamlakatidan qariyb 400 nafar mehmonlar ishtirok etmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Zominda ikkinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumani boshlandi. Uning ochilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev nuqt soʻzlab, barchani ushbu voqea bilan samimiy muborakbod etdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️O'zA muxbiri Markaziy bank xodimlari, Bank moliya akademiyasi dotsenti, shuningdek, yurist ishtirokida “Kreditni boshqarish va muammoli kreditlarning yuridik yechimi” mavzusida suhbatlashdi.

To'liq video https://www.youtube.com/watch?v=NLpRZMG5Pcs

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Zomin texnoparkida ilk investitsiya loyihalari qurilishi boshlandi

Zomin tumanida Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Texnopark” maxsus sanoat zonasi barpo etilmoqda. Buning uchun 400 gektar yer maydoni ajratilgan. Uni infratuzilma bilan taʼminlash boʻyicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

Mazkur zonada tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar chiqaruvchi korxonalar tashkil etiladi. Xususan, elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, oziq-ovqat va xizmat koʻrsatish yoʻnalishdagi loyihalar amalga oshiriladi.

Natijada 5 mingdan ortiq ish oʻrinlari paydo boʻladi, 4,7 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi hamda 70 million dollarlik eksport salohiyati yaratiladi.

Marosimda davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, texnoparkdagi ilk investitsiya loyihalari qurilishini boshlab berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#ob_havo

❗️Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 37-42°, janubda 44° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 39-41° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 27-32°, ba’zi joylarda 34-35° gacha bo‘ladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️BMTning nufuzli tadbiri 2025 yilda Samarqandda o'tkazilishi e'lon qilindi

Joriy yilning 24-26-iyun kunlari Janubiy Koreyada “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumi tashkil etilgan tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Tadbirning eng muhim voqeasi ushbu xalqaro tadbir 2025-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Buni UNDESA rahbari-BMTning Bosh kotibi o‘rinbosari Li Szyanxua e’lon qildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Pastdarg’om tumaniga yangi hokim tayinlandi

Raxmanov Sherzod Shuxratovich Pastdarg’om tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Sh.Raxmanov mazkur tayinlovga qadar Narpay tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал