uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Toshkentda 2 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari yoqib yuborilmoqda

Ayni damda Toshkent shahri Yangihayot tumanida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2 tonna 158 kilogrammdan ziyod narkotik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinmoqda.

Tadbir Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Foto: Nosir Haydarov, OʻzA

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Bugun narkotik moddalar yoqib yuboriladi

Bugun yil davomida O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan narkotik moddalar yoqib yuboriladi.

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari yaqinda Dogʻistonda sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida halok boʻlgan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining oila aʼzolariga hamdardlik va dalda soʻzlarini bildirdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi koʻrib chiqildi.

Terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kiberxavfsizlik va raqamli ekspertiza sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Migratsiya sohasida hamkorlik mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

2025-yil yakunigacha ota-onalar, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etiladi

Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'limni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️2024/2025-o'quv yilidan maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi.

Bunda:
— Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bo'ysunuviga o'tkaziladi;

— maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo'yicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Turkiya va Rossiyadan zotdor echkilar olib kelinib, naslli echkichilik klasteri tashkil etildi

Xuddi shu taxlit, Moʻgʻuliston tajribasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatiga 5 ming boshdan naslli echki olib kelib, koʻpaytirish zarurligi aytildi. Bu ikki yilda echkilar sonini 100 ming boshdan oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, echkichilikda ham naslni yaxshilash, junni qayta ishlash orqali kashemir va tivit mahsulotlari yetishtirib, eksportini yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Parrandachilikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar belgilandi

Unga koʻra:

▫️Parrandachilik korxonalari 5 yilga yer soligʻidan ozod qilinadi.
▫️Parranda goʻshti eksportiga ruxsat beriladi.
▫️Tadbirkorlarga berilgan 35 million dollar arzon resursni qaytarish muddati 3 yilga uzaytiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, 2023-yilda parrandachilik tarmogʻida 253 ta loyiha amalga oshirilib, bunday xoʻjaliklar soni 1 ming 300 taga yetgan, 4 mingta yangi ish oʻrni ochilgan. Kelgusidagi istiqbolli loyihalar uchun xalqaro tashkilot va banklardan 420 million dollar jalb qilinmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Mo‘g‘uliston Birinchi xonimi Luvsandorjiyn Bolorseseg bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston sammiti: ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga qatʼiy intilishning ifodasi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkentda Moʻgʻuliston elchixonasi ochildi

Ochilish marosimida Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Faxriy mehmonlar xiyobonida Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston yetakchilari birgalikda daraxt ekdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, qonun ustuvorligi va xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va JSTga qoʻshilish jarayonini faollashtirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev moʻgʻulistonlik ishbilarmonlarga yurtimizda ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanini aytdi.

Oʻz navbatida, Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux erishilgan kelishuvlar hamda Oʻzbekistonda investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, biznes vakillarini faol hamkorlikka va yangi loyihalar boʻyicha aniq kelishuvlarga erishishga chaqirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tomonlar xususiy biznes tashabbuslarini faol qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar

Bu borada ishbilarmon doiralari tomonidan ilgari surilgan yangi biznes gʻoyalari, jumladan, Toshkentda diagnostika markazini ochish, bazaltni qayta ishlash, yengil sanoat, raqamlashtirish, farmatsevtika va boshqa sohalardagi loyihalar qoʻllab-quvvatlandi.

Sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yil oxirigacha investitsiyalarni oʻzaro himoya qilish va soliqqa tortish tamoyillari boʻyicha asosiy bitimlar qabul qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni


Batafsil: https://uza.uz/posts/610796

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Narpay tumaniga yangi hokim tayinlandi

Buranov Sherbek Erkinovich — Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar obodligini taʼminlash boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Bugungi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin mahalla bor. Shundan qariyb 3 mingtasi koʻp qavatli uylardan iborat boʻlib, ularga 821 ta boshqaruv servis kompaniyasi xizmat koʻrsatmoqda. Hovli uylar joylashgan 6 ming 400 dan ziyod mahallada esa obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari, asosan, hashar bilan qilinadi.

Shu bois bunday joylarda “Mahalla servis kompaniyasi” tashkil qilish taklif etilmoqda. Unga koʻra, bu tashkilotlar mahallalarni obodonlashtirish bilan shugʻullanadi, koʻchalar va ariqlar tozaligini taʼminlaydi, koʻchatlar ekib, parvarishlaydi. Shartnoma asosida kommunal tarmoqlarni taʼmirlash, chiqindilarni saralash va tashish xizmatlarini ham koʻrsatadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️2025/2026-o'quv yilidan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emosional ta'lim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalarini joriy qilinadi —Prezident Qarori.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️2025-yil 1-yanvardan maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy rivojlantirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

— maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqib tabaqalashgan ta'lim dasturlari asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik – malaka oshirish muassasasi – ta'lim tashkiloti) yo'lga qo'yiladi;

— maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlarining xodimlari uchun 5 yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda o'tkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi — Prezident Qarori.

Mazkur institutning Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda pedagogik mahorat markazlari tashkil etiladi.

Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi Respublika pedagogik ta'lim resurs markazi faoliyati ularni Institutga qo'shish orqali tugatiladi.

Institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi tashkil etiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qorakoʻl qoʻyini kooperatsiya asosida xonadonlarda boqish taklif qilindi

Hozirgi kunda yurtimizda 39 ta qorakoʻlchilik xoʻjaligi bor. Buxoro viloyatidagi 2 million gektardan ziyod yaylovda 2 million bosh qoʻy boqilayapti. Bular, albatta, yetarli emas.

Shu bois qorakoʻl qoʻyini kooperatsiya asosida xonadonlarda boqish taklifi bildirildi. Xususan, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Gʻijduvon, Peshku, Jondor, Olot tumanlarida aholiga qoʻylar yetkazib berilib, yaylov va quduqlar ajratiladi. Ozuqabop oʻsimliklar maydonlari kengaytiriladi.

Bu kabi choralar orqali qorakoʻl qoʻylarini 6 million boshdan 7 million boshga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Parrandachilik tarmogʻini rivojlantirish strategiyasi hamda bu yilgi rejalari yuzasidan axborot berildi.

Jumladan, bu yil parranda goʻshti hajmi 700 ming tonnadan 800 ming tonnaga, tuxum yetishtirish 8,5 milliard donadan 10 milliard donaga yetkazilishi aytildi.

Bu tarmoqdagi eng muhim masala – nasl. Yurtimizda goʻsht yoʻnalishidagi parrandaning 1-tartibli genetikasi yoʻq, 2-tartibli genetika esa Vengriyadan olib kelinayapti.

Jahon bozorida parranda genetikasining 80 foizi AQSH kompaniyasiga toʻgʻri keladi. Shu bois ular bilan hamkorlikda parrandachilikda genetik texnologiyalarni joriy qilish va naslchilik xoʻjaliklari tashkil etish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 26-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 586,41 so‘m (– 13,51)
1 RUB 144,49 so‘m (+ 0,01)
1 EUR 13 497,67 so‘m (– 13,22)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Moʻgʻuliston Prezidenti Xorazm viloyatiga joʻnab ketdi

Toshkent xalqaro aeroportida Moʻgʻuliston rahbari va uning rafiqasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.

Tashrif dasturiga koʻra, oliy martabali mehmon Xiva shahridagi tarixiy obidalar, xalqimizning boy madaniy merosi bilan tanishadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Prezidentlari birgalikda Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi

Bugungi kunda bu yerda 365 million dollardan ortiq toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar evaziga 16 ta ishlab chiqarish maydoni joylashgan.

Moʻgʻuliston Prezidentiga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar, shu jumladan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, liftlar, suv nasoslari, sanoat konditsionerlari, sovutish uskunalari va boshqalar namoyish etildi.

Prezidentlar ikki mamlakat yetakchi korxonalari oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish tajribasi bilan oʻzaro almashish muhimligini taʼkidladilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Davlatimiz rahbari Dogʻistonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok boʻlganlarning oilalariga taʼziya va dalda soʻzlarini bildirdi.

Oʻzbekiston Prezidenti bu gʻayriinsoniy zoʻravonlikni qatʼiy qoraladi hamda xavfsizlik sohasidagi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalar oʻrtasidagi faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri Batseseg Batmunx Havo qatnovi to‘g‘risidagi hamda Xalqaro avtomobil qatnovi bo‘yicha hukumatlararo bitimlarni imzoladi.

Ushbu bitimlar ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va ishbilarmonlik almashinuvlarini faollashtirish uchun mustahkam asos yaratadi.

Shuningdek, ikki mamlakat Prezidentlari ishbilarmon doiralar vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvda, Transport vazirlariga yuk tashish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mamlakatimiz rahbari moʻgʻul kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi

Ikki davlat iqtisodiyotining bir-birini samarali toʻldirishga qodir sohalarida oʻrta muddatli kooperatsiya dasturini qabul qilish boʻyicha kelishuvga erishilgani qayd etildi.

Bu, birinchi navbatda, geologik qidiruv, boy xomashyo resurslarini oʻzlashtirish va qayta ishlash sohalarida hamkorlik oʻrnatishni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va turdosh tarmoqlarda Moʻgʻuliston bilan kompleks hamkorlikni rivojlantirish niyatida. Qoraqalpogʻiston, Namangan viloyati va boshqa hududlarda chorvachilik majmualarini barpo etish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал