uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

– Biz mavjud salohiyat va imkoniyatlardan deyarli foydalanmayotganimizni taʼkidladik. Shu munosabat bilan yaqin yillarda oʻzaro savdoni, eng avvalo, xaridorgir mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish orqali karrasiga oshirish vazifasini qoʻydik,

– dedi Oʻzbekiston Prezidenti ishbilarmonlar bilan uchrashuvda.

Bular – Moʻgʻulistonga oziq-ovqat, oʻgʻitlar, dori-darmonlar, maishiy texnika, plastmassa va rezina, qurilish materiallari, tayyor toʻqimachilik va poyabzal mahsulotlarini eksport qilish, shuningdek, yurtimizga goʻsht va goʻsht mahsulotlari, teri, jun va boshqa tayyor mahsulotlarni import qilish.

Tez fursatda Moʻgʻuliston va Oʻzbekistonda savdo uylarini ochish va ikki mamlakat poytaxtlarida sanoat koʻrgazmalarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim va bozorlarga kirishni yengillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlashga kelishib olindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux ommaviy axborot vositalari uchun bayonot berdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi direktori Abdusaid Ko‘chimov hamda Mo‘g‘uliston Milliy axborot agentligi rahbari Sodontogos Erdenesogt Axborot agentliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Muzokaralar yakunida quyidagi ikki tomonlama hujjatlar imzolandi:

Savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi 2024-2026-yillarga moʻljallangan hukumatlararo dastur;

Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

Havo aloqasi toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

Xalqaro avtomobil aloqasi toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2024-2025-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;

Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

Qishloq xoʻjaligi vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Veterinariya va chorvachilik sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Fanlar akademiyalari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Milliy axborot agentliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

Savdo-sanoat palatalari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

Qoʻshma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish toʻgʻrisida bayonnoma;

Toshkent va Ulan-Bator shaharlari maʼmuriyatlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari Prezident Uxnaagiyn Xurelsuxning samarali muloqotni davom ettirish uchun Moʻgʻulistonga javob tashrifi bilan kelish taklifini qabul qildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Moʻgʻulistondan goʻsht va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni import qilish, shuningdek, Oʻzbekistondan tovuq goʻshti, meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha takliflar tayyorlandi.

“Halol” standartlariga muvofiq goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha klaster tashkil etish va mintaqadagi mamlakatlarga eksport qilish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

Shuningdek, teri va junni chuqur qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha loyihalar taklif etildi.

Bu yoʻnalishlarda, shu jumladan, chorvachilik sohasida ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish lozimligi taʼkidlandi.

Tomonlar xususiy sektor loyihalarini amalga oshirishga va biznes tashabbuslarini ilgari surishga koʻmaklashishga kelishib oldilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida oʻtgan muzokara davomida:

▫️Shu kunlarda Toshkentda Moʻgʻuliston elchixonasining rasmiy ochilishi boʻlib oʻtadi.

▫️Moʻgʻuliston Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishini toʻliq qoʻllab-quvvatlagan birinchi davlatlardan biri boʻlgani va tegishli bayonnomani imzolagani qayd etildi.

▫️Yaqin yillarda oʻzaro savdo hajmini, eng avvalo, talab yuqori boʻlgan mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish hisobiga 5-10 barobarga oshirish uchun salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

▫️Shu maqsadda hukumatlarga tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalari boʻyicha qoʻshma ishchi guruh tuzish, Ulan-Bator va Toshkentda rasmiy savdo uylarini ochish, Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga tayyorlash hamda bozorlarga kirish sharoitlarini oʻzaro yengillashtirish boʻyicha takliflar kiritish topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koʻksaroyda Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Darband va Mahachqala shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida koʻplab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon boʻlgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yoʻllab, chuqur hamdardlik bildirdi.

Oʻzbekiston yetakchisi Dogʻistondagi terrorchilik hujumlarini qatʼiy qoraladi hamda ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Moʻgʻuliston Prezidenti “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Urganch xalqaro aeroporti vaqtincha yopiladi

20-iyul 00:01 dan 7-avgust 23:59 gacha Urganch xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan faoliyatini to‘xtatadi.

Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi, yo‘lovchilar Nukus va Urganch aeroportlari o‘rtasida transferlar bilan ta’minlanadi. Parvozlar haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun aviakompaniyalarga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Parlament aʼzolari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari ijrosi haqidagi masala koʻrib chiqildi.

Qoraqalpogʻistonda aholi bandligini taʼminlash, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qulay agrobiznes muhitini yaratish, inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bunda albatta soʻnggi yillarda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan mintaqada yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilayotgan jiddiy eʼtibor, hududni rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan qator farmon va qarorlarning alohida oʻrni bor. Oliy Majlis Senati tomonidan esa ularning ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazorati olib borilmoqda.

Muhokama yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab olindi hamda Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da tashkil etiladigan maxsus dasturlar va kontent 2024-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqiladi.

Akademiyada taʼlim oluvchilar uchun Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida sifatli multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni yaratish choralari koʻriladi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Virtual akademiyada oʻquv faoliyatini tashkil etish va yuritish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Agentlik va Akademiyaga qaror doirasida bir qator muhim vazifalar yuklatildi. Jumladan, Agentlik oʻqitilishi lozim boʻlgan davlat xizmatchilari kontingentini shakllantiradi va Akademiya bilan kelishgan holda yillik oʻqitish reja-grafigini tasdiqlaydi, oʻquv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilib boradi.

Har yili Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga Virtual akademiya faoliyati yuzasidan axborot kiritiladi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Tadbirda Moʻgʻulistonning MCS Investment, Mongol Basalt, Tavan Bogd Group, Asia Pharma, Khanbogd Cashmere, Erdenezoo Trans, ICT Group, ORDGEO, LBH Technology, NCD Group, Mega Wood, Modern Nomads kabi yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston tomonidan Basalt Uzbekistan, BMB Holding, New Way Industries, Panaev Farms, Ezel Central Asia, Azia Metall Prof, “Jizzax Jun”, Procab va boshqa xususiy kompaniyalar qatnashdi.

Taʼkidlash lozimki, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan bunday formatdagi uchrashuv Moʻgʻuliston bilan ilk bor oʻtkazildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Moʻgʻuliston biz uchun Osiyo mintaqasidagi anʼanaviy va ishonchli hamkordir — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston yetakchilari oliy darajadagi muzokaralar yakunlari boʻyicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdi.

Davlatimiz rahbari Moʻgʻuliston Prezidentining ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi birinchi tashrifi Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston doʻstligini mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga boʻlgan oʻzaro intilishning tasdigʻi boʻlganini qayd etdi.

Moʻgʻuliston biz uchun Osiyo mintaqasidagi anʼanaviy va ishonchli hamkordir. Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston munosabatlari doʻstlik, oʻzaro hurmat va qoʻllab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan boʻlib, konyunkturaga bogʻliq emas,

– dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Muzokaralardan soʻng davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlat tashrifi davomida jami 14 ta hujjat imzolandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Madaniy-gumanitar aloqalar va almashinuvlarni mustahkamlashga ham alohida eʼtibor qaratildi

▫️Eng nufuzli universitetlar oʻrtasida akademik almashinuvlarni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, grantlar asosida iqtidorli moʻgʻulistonlik talabalarni Oʻzbekistonda oʻqitishni qayta tiklash boʻyicha kelishuvga erishildi.

▫️Ikki mamlakat xalqlarini yaqinlashtirish maqsadida Gumanitar hamkorlik dasturini tayyorlash va kelgusi yilda Toshkent va Ulan-Batorda madaniyat kunlarini oʻtkazish taklif qilindi.

▫️Ikki mamlakat oʻrtasida mavjud vizasiz tartibni inobatga olgan holda, qoʻshma dasturlar va mahsulotlar asosida turizm almashinuvlarini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

▫️Shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sport va yoshlar sohalarida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tayyorlash topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston yetakchilari ikki mamlakat biznes doiralari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Ular tomonidan yangi loyiha takliflari tayyorlangan. Toshkentda ilgʻor texnologik yechimlar asosida zamonaviy diagnostika markazini ochish, yengil sanoat, raqamlashtirish, farmatsevtika sohasidagi loyihalar shular jumlasidan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari oʻrta muddatli Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi. Hamkorlikning bir qator yoʻnalishlari aniqlab olindi.

Bu, avvalo, geologik qidiruv, xomashyo resurslarini oʻzlashtirish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish, shu jumladan, bu sohada kadrlar tayyorlashni tashkil etish.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligi va turdosh tarmoqlarda kompleks hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Bu borada Qoraqalpogʻiston, Namangan va boshqa viloyatlarda yirik chorvachilik komplekslarini tashkil etish boʻyicha aniq rejalar bor.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Prezidentlari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara oʻtkazdi

Suhbat avvalida Moʻgʻuliston Prezidenti davlatimiz rahbariga Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va koʻrsatilayotgan samimiy qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildirdi.

Mamlakatimiz rahbari oliy martabali mehmon va rasmiy delegatsiyaning barcha aʼzolarini dildan qutlab, Moʻgʻuliston Prezidentining ilk davlat tashrifi Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston koʻp qirrali munosabatlarini rivojlantirishda yangi sahifa ochishini alohida taʼkidladi.

Muzokaralar davomida mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#ob_havo

Bugun respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat  Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat 32-37° boʻladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 34-36° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ham (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat 20-25° bo‘ladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida Moʻgʻuliston rahbari va uning rafiqasini Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.  

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Samarqand viloyati mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha ishlar holati ham muhokama qilindi.

Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratishda qator ijobiy natijalarga erishilgani taʼkidlandi.

Majlisda, shuningdek, senatorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda ayrim kamchilik va muammolar ham mavjudligiga eʼtibor qaratildi.

Viloyatda 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining soni 2023-yilga nisbatan 10,5 mingtaga kamaygan. Ishchi sonini umuman koʻrsatmagan korxonalarning 322 tasida jami 518 nafar nolegal ishchilar mavjud boʻlib, ulardan bir yilda kamida 800 million soʻm daromad soligʻi yoʻqotilgan.

Samarqand viloyatida tadbirkorlar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqishda ham kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ellik uchinchi yalpi majlisi oʻz ishini davom ettirdi.

Senatorlar oʻz ishini “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunning muhokamasidan boshladi.

Muhokama qilingan qonun bilan siyosiy partiyalarni moliyalashtirish, davlat mablagʻlarining siyosiy partiyalar oʻrtasida taqsimlanishi tartibini, qonunchilik palatasi deputatlarining, Senat aʼzolarining va mahalliy vakillik organlari deputatlarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish asoslarini belgilashni, shuningdek, oʻz vazifalarini va odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ularga nisbatan tartibga solish choralarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Akademiyada har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniyati yaratiladi. Jumladan, bogʻcha yoshidagi bolalardan tortib, maktab oʻquvchisi, talaba-yoshlar, tadbirkorlar, nodavlat tashkilotlari vakillari uchun ularning yoshi va rivojlanish darajasi, sohasidan kelib chiqib turli formatdagi oʻquv dasturlari ishlab chiqiladi.

Barcha davlat xizmatchilari uchun esa mazkur Akademiya orqali korrupsiyaga qarshi boʻyicha bilim va malakasini oshirib borish majburiy etib belgilandi.

Bu esa aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirishda, shubhasiz, katta ahamiyat kasb etadi.

Virtual akademiyada oʻqitish bazaviy kurslarda barcha uchun bepul, maxsus (chuqurlashtirilgan) kurslarda esa toʻlov-shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qarorda aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi.

☑️ aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;

☑️ korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori boʻlgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;

☑️ davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish;

☑️ korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yuritish;

☑️ korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал