“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, 2025-yil 1-yanvardan aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi joriy etiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tezkor tadbirlar oʻtkazdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Nigʻmatilla Toʻlqinovich Yoʻldoshev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga yangi muddatga tayinlandi — Prezident Farmoni.
Bundan ilgariroq N.Yoʻldoshev nomzodi Oliy Majlis Senati yalpi majlisida maʼqullangan edi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi yana tushdi
Markaziy bank 24-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 625,18 so‘m (– 14,63)
1 RUB 146,62 so‘m (– 0,34)
1 EUR 13 505,16 so‘m (– 51,04)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Nig‘matulla To‘lqinovich Yo‘ldoshev — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga yangi muddatga maʼqullandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️ Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar eʼtirof etilmoqda
Senatning yalpi majlisida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi.
Ushbu Qonunning maqsadi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga boʻlgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#ob_havo
Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda va cho‘l hududlarda 41° gacha bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat 23-28° bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oliygohlarda tajriba-ishlab chiqarish korxonalari paydo boʻladi, ularga IT-park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident yurtimiz oliygohlarida ham spin-of tajribasini joriy etish muhimligini taʼkidladi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda innovatsiyalar va muhandis kadrlarning muhim ahamiyatini alohida qayd etdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida boʻldi
Ushbu texnopark uch yil oldin bunyod etilgan. Bu yerda sanoat sohalarini rivojlantirish uchun innovatsion gʻoya va ixtirolar ishlab chiqiladi. Yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻrgatish maqsadida oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Har yili 15 ming nafarga yaqin talaba va oʻquvchilar ishtirokida seminar, amaliy mashgʻulotlar tashkil etiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qoʻllanilayotgan imtiyozlar beriladi.
Shoʻba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat boʻladi.
Kelgusi yildan texnika yoʻnalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi.
Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham taʼsischi boʻlishiga ruxsat beriladi. Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 milliard soʻmgacha buyurtmani toʻgʻridan-toʻgʻri berishi mumkin boʻladi.
Investitsiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️36 ta muhandislik oliygohi va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20 ta oliygoh qoladi. Har bir hududda kamida 1 tadan texnika universiteti boʻladi.
Rektorlar hamkorlik uchun xorijiy oliygohlarni tanlashda ular faoliyatiga toʻgʻri kelishini tahlil qilib, shoshma-shosharliksiz qaror qabul qilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Har bir oliygoh Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi rivojlangan hamkor davlatlarning nufuzli texnika universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi zarur,
Davlat texnika universiteti toʻliq dual taʼlim tizimiga oʻtadi
Davlatimiz rahbari sohani rivojlantirish uchun yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Texnika yoʻnalishidagi 36 ta oliygohda oʻqitish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini ilgʻor tajriba asosida toʻliq oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.
Masalan, Davlat texnika universitetida mehnat bozorida talab yoʻq mutaxassisliklarni qisqartirish, kafedralarni birlashtirish mumkin. Universitet toʻliq dual taʼlim tizimiga oʻtadi. Fanlar kamida 30 foizga qisqaradi.
Oliygohdagi taʼlim Drezden texnika universiteti (Germaniya) va Sukuba universiteti (Yaponiya) dasturlariga moslashtiriladi.
Universitetda dekanatlarni talabalarga xizmat koʻrsatish funksiyalari toʻliq raqamlashadi.
Xorijdagi kabi “Registrator ofisi” tashkil qilinadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Sudyalar oliy kengashi tarkibiga yangi sudyalar saylandi
Prezident taqdimnomasiga asosan:
▫️Kukiyev Muzaffar Zafarovich — besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi aʼzosi – Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga;
▫️Azizov Xudoyqul Tojiyevich, Gafurov Askarjon Boyisovich va Xashimxonov Ahrorxon Muminovich — besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi lavozimiga saylandi.
▪️Qahramon Uljayev Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi aʼzosi lavozimidan ozod qilindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Javlonbek Umarxodjayev — «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
U 2023-yil 9-avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilayotgan edi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Suvonqulov Ahmad Xudayshukurovich — “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlagan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Moʻgʻuliston Prezidentining mamlakatimizga tashrif dasturiga muvofiq:
▫️Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Unda Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqiladi.
Xususan, kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, togʻ-kon sanoati, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, yengil sanoat, sogʻliqni saqlash, transport, logistika va boshqa yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari oʻrin olgan.
Shuningdek, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirishga qaratilgan qoʻshma chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunlari boʻyicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.
▫️Prezidentlarning ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvi hamda qator boshqa ikki tomonlama tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
▫️Moʻgʻuliston Prezidenti Xiva shahriga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan ustuvor vazifalar boʻyicha oʻtgan videoselektor yigʻilishida belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi #infografikada.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Halilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
▫️Abduvaqqos Rafiqov — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi;
▫️Azim Axmedxadjayev — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori;
▫️Olimjon Umarov — Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari;
▫️ Jamshid Tursunov — Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi;
▫️Amriddin Abduraxmonov — Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining yoʻl xoʻjaligi sohasiga ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish va raqamlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident olimlar va professor-oʻqituvchilar bilan muloqot qilib, muhandis kadrlarni tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlatimiz rahbari texnika oliygohlaridagi yoʻnalish va mutaxassisliklar iqtisodiyot talablariga mos boʻlishi zarurligini koʻrsatib oʻtdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident “Inno” innovatsion texnoparkida texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarining loyihalari bilan tanishdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha “Eng yaxshi gʻoya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlovda oʻqituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi mumkin boʻladi. Birinchi oʻringa elektromobil beriladi.
Shuningdek, gʻoya, loyiha va ixtiro muallifi boʻlgan eng zoʻr 10 nafar ishtirokchi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.
Bu maqsadlar uchun har yili 15 milliard soʻm ajratiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
10 ta oliygohda “Oliy muhandislik maktablari” ochiladi
Ushbu maktablarda ikki yillik amaliy magistratura dasturlari yoʻlga qoʻyilib, ishlab chiqaruvchilar buyurtmasi asosida nomzodlar saralab olinadi.
Birinchi yilda talabalar korxonalar buyurtmasi asosida yangi mahsulotlarni loyihalashtiradi, ilmiy izlanishlar oʻtkazadi, bu borada chuqurlashgan modul dasturlar asosida oʻqitiladi.
Ikkinchi yilda yangi mahsulotlar boʻyicha tajriba-konstruktorlik namunalarini yaratish bilan bogʻliq texnologik jarayonlarni korxonalarda sinovdan oʻtkazadi.
Korxonalar “Oliy muhandislik maktabi”da laboratoriya ochish va jihozlash uchun mablagʻ yoʻnaltirsa, bu xarajatlar korxonaning foyda soligʻi bazasidan chegirib tashlanadi.
Davlat ham byudjetdan shuncha mablagʻ ajratadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Toshkent kimyo texnologiyalari institutida bakalavriat va magistratura yoʻnalishlarini maqbullashtirib, 8 ta yangi yoʻnalish va mutaxassislik kiritish mumkin.
Har yili iqtisod boʻladigan mablagʻ institutni moddiy-texnika bazasini kuchaytirishga sarflanadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Fargʻona politexnika instituti 14 ta korxona (spin-of) ochib, 21 milliard soʻm daromad qilgan
Xorijda oliygohlar tajriba ishlab chiqarish korxonalarini (spin-of) ochib, davlat va ishlab chiqaruvchi mablagʻlarini jalb qiladi, tadqiqot oʻtkazadi, innovatsion mahsulot yaratib, tijoratlashtiradi.
Ular 5-7 yil ichida universitetdan ajraladi va kichik korxonaga aylanadi.
Bizda Fargʻona politexnika instituti 14 ta korxona (spin-of) ochib, 21 milliard soʻm daromad qilgan. Bu yil daromadni 40 milliard soʻmga, kelasi yili – 100 milliard soʻmga olib chiqish boʻyicha aniq hisob-kitoblari bor.
Eng muhimi, ushbu korxonalar ishchilarining 90 foizi oliygoh oʻqituvchilari va talabalari.
Umuman, jami 12 ta oliygohda bunday 28 ta korxona tashkil qilinib, ular 47 milliard soʻm daromad olgan. Lekin, qolgan 24 ta oliygoh rektorida ham, hokimlarda ham bu borada birorta tashabbus yoʻqligi qayd etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz