Oliygohlarda ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish lozim — Shavkat Mirziyoyev
Soʻnggi toʻrt yilda oliygohlarni ilmiy tadqiqot uchun tuzgan shartnomalari 3 karra koʻpaydi. Ulardan daromad 6 karra oshgan.
Lekin, ayrim oliygohlardagi ilmiy ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish juda past. Ixtirolarini patentlashda ham hamma birdek emas.
Kooperatsiya yarmarkalarida oliygohlarning aksariyati faqat sotib oluvchi boʻlib ishtirok etayotgani, daromadni xorijiy loyihalar hisobiga ham oshirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Yangiyoʻl tumanida yashovchi shaxs issiqxona qurish uchun tuman hududidan ajratilgan yer maydonini tanishlari orqali xaridor nomiga oʻtkazib berish evaziga 400 ming dollar olgan vaqtida ushlandi
Yangiyoʻl tumanida yashovchi, 1975-y.t., muqaddam sudlangan shaxs oʻzining oʻgʻlini nomida boʻlgan MChJga investitsiya kiritish sharti bilan issiqxona qurish uchun tuman hududidan ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali, 50 ta kottej qurmoqchi boʻlgan xaridor nomiga oʻtkazib berish evaziga 500 ming AQSH dollari, shuningdek, turmush oʻrtogʻining nomidagi MChJga qarashli, Yangiyoʻl shahrida joylashgan bino va uning 486 m2 yer maydonini ham xaridorga sotish va u yerda 12 qavatli uy qurishi uchun masʼul idoralardan ruxsat olib berish evaziga 440 ming AQSH dollari, jami 940 ming AQSH dollari talab qiladi. U soʻralgan pul mablagʻidan 400 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Sayxunobod tumani hokimining oʻrinbosari 25 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan tadbirkorga qoʻshni Sardoba tumani hududidan 6 gektar yer maydoni olib berish evaziga 20 ming AQSH dollari hamda viloyat Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi tasarrufida boʻlgan va Sayxunobod tumani hududida joylashgan 50 sotix yer maydonini yengil konstruksiya koʻrinishida qurilish qilishi uchun ijara shartnomasi asosida rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari, jami 25 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Koʻpgina professor-oʻqituvchilar amaliyotdan uzilib qolgan — Prezident
Oxirgi yetti yilda oliy taʼlim qamrovi 5 barobar, yaʼni 9 foizdan 42 foizga oshgani bilan yoshlarning muhandislik-texnikaga qiziqishi juda pastligi qayd etildi. 2023-yil soʻrovnomasida atigi 8 foiz maktab bitiruvchisi shu sohani tanlagan.
Koʻpgina professor-oʻqituvchilar amaliyotdan uzilib qolgan. Muhandislik boʻyicha 9 ming 600 nafar professor-oʻqituvchining 40 foizi soʻnggi 5 yilda malaka oshirmagan.
Ayrim institutlardagi oʻqituvchilarning yuklamasi xorijga nisbatan 2 karra koʻp. Baʼzi universitetlar ilmiy laboratoriyalaridagi uskunaning 50 foizi eskirgan, qoʻshimcha laboratoriya va zamonaviy jihozlarga ehtiyoj mavjud.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Hokimlar rektorlar bilan ishlamayotgani tanqid qilindi
Joriy yilda toʻqimachilikda 776 ta loyiha amalga oshirilib, 72 ming ish oʻrni yaratiladi. Shundan 4 mingta muhandisga talab bor.
Lekin, bu yil muhandislik oliygohlarini “yengil sanoat konstruksiyasi” yoʻnalishida Buxoroda – 86 nafar, Jizzaxda – 117 nafar, Surxondaryoda – 56 nafar, Fargʻonada – 126 nafar, Toshkent shahrida bor-yoʻgʻi 153 nafar talaba bitirmoqda.
Hokimlar oʻz hududida aniq mutaxassisga shuncha ehtiyoj boʻla turib, rektorlar bilan ishlamayotgani, oliygohlarga buyurtma bermayotgani tanqid qilindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Oliygohlar fundamental tadqiqotlar oʻtkazish bilan cheklangani, iqtisodiyot uchun amaliy ishlanmalar juda kamligi koʻrsatib oʻtildi.
Muhandislik yoʻnalishida yuzlab startap va innovatsion loyihalar amalga oshmay qolib ketayotgani qayd etildi.
Sababi – oliygoh bilan sanoat oʻrtasida uzilish bor. Rektorlar korxonalarga borib, yangi texnologiyalar bilan tanishmayotgani, uskuna va dastgohlarni oʻrganmayotgani, hokim va vazirlar esa oʻrtada koʻprik boʻlib, buni tashkillashtirmayotgani haqida qatʼiy eʼtiroz bildirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 21-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 639,81 so‘m (– 4,10)
1 RUB 146,96 so‘m (– 4,63)
1 EUR 13 556,20 so‘m (– 19,57)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurib, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishini oʻtkazadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️20—24-iyun kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli 8 ta viloyatning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin bo'lgan hududlar:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raladi.
Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlatimiz rahbari tuman va shaharlarning master rejalarini ishlab chiqishga oid taqdimot bilan tanishdi
Bu haqda joriy yil 16-yanvarda boʻlib oʻtgan iqtisodiyotdagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida topshiriq berilgan edi. Mutasaddilar shu borada qilingan dastlabki ishlar, master rejalardan kutilayotgan natijalar toʻgʻrisida axborot berdi.
Oʻtgan vaqtda 14 ta tuman va shahar boʻyicha master reja ishlab chiqilgan. Ularda 759 ta koʻp qavatli uy-joy, 22 ta savdo majmuasi, 800 dan ziyod xizmat koʻrsatish obyekti barpo qilish imkoniyati aniqlangan.
Shu tarzda 112 ta tuman va shahardagi drayver yoʻnalishlar asosida yana 136 ta master reja tayyorlanishi koʻzda tutilgan.
Umuman, master-rejalar asosida boʻladigan loyihalar hisobiga 40 mingta ish oʻrni yaratilishi, byudjetga yiliga qoʻshimcha 350 milliard soʻm daromad tushishi kutilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevga zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, tayyor mahsulotlar eksportini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimot qilindi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda qazib olinayotgan oltinning atigi 6 foizi qayta ishlanib, bor-yoʻgʻi 78 million dollarlik eksport boʻlayotgani qayd etib, tadbirkorlar uchun alohida sharoitlarga ega zargarlik zonalari tashkil qilinishi, sohaga xomashyo yetkazish, mutaxassis tayyorlash, ishlab chiqarish zanjiri va sotish tizimini butunlay qayta koʻrib chiqish muhimligini taʼkidlagan edi.
Shu bois Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish taklifi ham muhokama qilindi.
Yangilangan institutga “mahalla – ota-ona – maktab” hamkorligini kuchaytirish, ota-onalar va bolalar uchun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratish, jadidlarning tarbiyaviy qarashlarini ilmiy tadqiq etish kabi vazifalar qoʻyiladi. 5 ta ixtisoslik boʻyicha Ilmiy kengash faoliyati hamda magistratura va doktorantura boʻyicha kadrlar tayyorlash ham yoʻlga qoʻyiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️⚡️2025-yil sentyabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab taʼlimi sifati va pedagoglar malakasini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Obidjonov Jahongir Obidjonovich — “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
U bungacha turli mas'ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2017 — 2019-yillar “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, keyinchalik boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi, 2020 — 2022-yillar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Gayane Umerova YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi
17-iyun kuni Fransiya poytaxti Parijda YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha ixtisoslashgan agentligi – YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.
Tomonlar 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan YUNESKO (1945-yil 16-noyabrda tashkil etilgan) Bosh konferensiyasining boʻlajak yubiley sessiyasiga puxta taraddud koʻrishning amaliy jihatlarini muhokama qilishdi.
Mazkur Bosh konferensiya davomida YUNESKO vakolatlari doirasida yangi jahonshumul tashabbuslarni hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir strategik loyiha va dasturlarni takomillashtirish, qabul qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Fargʻonada yer sotmoqchi bo'lgan fermer xoʻjalik rahbari 120 ming dollar bilan ushlandi
Fargʻona viloyatining Quva tumanidagi fermer xoʻjalik rahbari tuman hokimining 2015-yildagi qarori bilan paxtachilik va gʻallachilik yoʻnalishida foydalanish uchun ajratib berilgan yer maydonining 5,5 gektar qismini xaridorga 150 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kelgusida yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan jami 190 ming AQSH dollaridan 120 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Qibray tumanida yer sotmoqchi bo'lgan fermer xoʻjalik rahbari 200 ming dollar bilan ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan fermer xoʻjalik rahbari xoʻjalikning 3,37 gektar yerini hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan qoʻshimcha yer maydonini – jami 7 gektar yer maydonini sirdaryolik xaridorga 2 mln. AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 200 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX: Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida
yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Mahalliy sanoat tarmoqlari katta mablagʻ sarflab, ishchilarini xorijda oʻqitishga yoki chetdan mutaxassis olib kelishga majbur bo'lmoqda
Bugungi kunda butun dunyoda sanoatda tannarxni kamaytirish masalasi juda dolzarb. Xorijiy oliygohlarda “tannarx muhandisligi” (kost injiniring) degan fan bor, hatto kadrlar tayyorlanadi.
Yoki, “qiyoslash muhandisligi” (benchmarking) orqali eng yaxshi amaliyot va yutuqlar tahlil qilinib, ulardan andoza olib, ishlab chiqarishda joriy qilish oʻrgatiladi. “Qayta muhandislik” (reversiv injiniring) tayyor mahsulotni olib, ishlash mexanizmini boʻlaklarga boʻlib, mualliflik huquqini buzmagan holda, oʻxshash mahsulot yaratishni oʻrgatadi.
Prezident birorta texnika oliygohida bularga oʻqitish yoʻlga qoʻyilmaganini afsus bilan qayd etdi.
Oqibatda mahalliy sanoat tarmoqlari katta mablagʻ sarflab, ishchilarini xorijda oʻqitishga yoki chetdan mutaxassis olib kelishga majbur,
❗️Texnika oliygohlarida yoʻnalish va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talablariga mos emas — Prezident
Davlatimiz rahbari sohadagi muammo va yechimlarga toʻxtalib oʻtdi
Yurtimizda yiliga 3 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilib, ularda 150 ming atrofida ish oʻrni yaratilmoqda. Shundan 35 mingtasi texnika yoʻnalishida.
Hozirda 36 ta davlat oliygohida ushbu yoʻnalishda 264 ming bakalavr, 3 ming magistr oʻqimoqda. Yiliga 67 ming nafar talaba bitirmoqda.
Lekin, texnika oliygohlarida yoʻnalish va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talablariga mos emas. Masalan, Davlat texnika universitetidagi 76 ta bakalavr yoʻnalishidan 45 tasi, 73 ta magistratura mutaxassisligidan 51 tasi bugungi kunda yetakchi xorijiy texnika oliygohlarida oʻqitilmaydi.
▪️Oqibatda muhandislarning 60 foizi oʻzi oʻqigan yoʻnalishida ishlamayapti.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
Yigʻilishda 36 ta oliygoh rektorlari ham qatnashmoqda.
Davlatimiz rahbari bugungi murakkab vaziyatda barcha davlatlar ichki resurslarga tayanib, innovatsiyaga intilayotganini qayd etdi.
Mamlakatimizda ham soʻnggi yillarda ilm, taʼlim va innovatsiyaga eʼtibor tubdan oʻzgardi.
Masalan, oʻtgan toʻrt yilda 1 ming 727 ta amaliy, innovatsion, fundamental va startap loyihalarga 2,2 trillion soʻm yoʻnaltirildi. Shundan muhandislik-texnika yoʻnalishidagi 176 ta loyihaga 152 milliard soʻm berilgan.
Tadqiqot, tajriba-konstruktorlik uchun xarajatlar 2 barobar oʻsgan. Bu mablagʻlarning 41 foizi davlat ulushi bor korxonalarga, 34 foizi xususiy sektorga va 25 foizi oliygohlarga toʻgʻri kelgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Har yili Oliy Majlisi Senatida Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani muhokama qilish tartibi joriy etiladi — Prezident Farmoni.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Prezident tomonidan imzolangan Qonunga ko'ra:
▫️Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to'sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto'g'ri ko'rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish:
— mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 3 mln 400 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi;
▫️Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa:
— mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevga diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Taqdimotda:
▫️Sohadagi ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari uchun berilgan imtiyozlar “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etish taklif etildi.
▫️2026-yil 1-oktyabrga qadar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, qadoqlash va etiketkalash mahsulotlariga nisbatan bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasini qoʻllash imkoniyati oʻrganilmoqda.
▫️Ishlab chiqarish, koʻrgazma va savdo maydonlarini oʻz ichiga olgan maxsus zargarlik markazlarini tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi. Bu boradagi pilot loyihalarni Toshkent shahri va Namangan viloyatlarida joylashtirish yuzasidan axborot berildi.
▫️Zargarlik mahsulotlari eksportini koʻpaytirish masalasiga toʻxtalib oʻtildi. Ikki tomonlama kelishish yoʻli bilan mamlakatimiz hududida ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini Amerika Qoʻshma Shtatlariga “GSP” tizimi boʻyicha eksport qilish uchun bojxona toʻlovlarining nol stavkasini belgilash taklif etildi.
Davlatimiz rahbari muhokama qilingan chora-tadbirlarni takomillashtirib, 2027-yilgacha boʻlgan davrda mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha dastur ishlab chiqishga topshiriq berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi ko'tarildi
Markaziy bank 20-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 643,91 so‘m (+ 16,89)
1 RUB 151,59 so‘m (+ 9,41)
1 EUR 13 575,77 so‘m (+ 81,27)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Attestatsiyadan oʻtolmagan, tajribasi yetarli boʻlmagan oʻqituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Bu borada malaka oshirish markazlari hamda pedagogika kollejlari imkoniyatlaridan toʻla foydalanish zarur. Shu maqsadda, Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bogʻcha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Karabayev Shohruh Esаnaliyevich — “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sh.Karabayev bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha loyiha ofisi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#ob_havo
Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida (ba'zi joylarda) biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 34-39°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 35-37° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezidentning O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigidan...
— Bugun biz koʻpmillatli xalqimiz bilan birga Yangi Oʻzbekistonni barpo etmoqdamiz. Yangi Oʻzbekiston – bu yangi hayot, yangi taraqqiyot, baxtli kelajak degani.
Barchamiz hamjihat boʻlib, boshlagan islohotlarimizni yanada qatʼiy davom ettirsak, bu ulugʻ maqsadga soʻzsiz yetamiz.
Farzandlarimizni albatta bilimli, hunarli, odobli insonlar, chinakam vatanparvar avlod etib voyaga yetkazamiz.
Shu yoʻlda barchamizga baxt va omad yor boʻlsin!
El-yurtimizni Yaratganning oʻzi panohida asrasin!
Siz, azizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.
Ulugʻ ayyom barchamizga muborak boʻlsin!