uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Tabrik matni: https://uza.uz/posts/608228

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan yurtimizda boʻlib turgan “BMT Turizm” (Butunjahon turizm tashkiloti) bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan BMTning mazkur ixtisoslashgan instituti oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tashrif tadbirlari yakunlanganidan soʻng aeroportda Koreya Prezidenti Yun Sok Yol va uning rafiqasini Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qoʻydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koreya Prezidenti Yun Sok Yol mamlakatimizga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi.

Yetakchilar madaniy merosni asrash borasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Oʻzbekiston va Koreya yetakchilarining muloqoti Samarqandda davom etmoqda

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol rafiqalari bilan dastlab Registon ansambliga tashrif buyurdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishish maqsadida Samarqand shahriga uchib ketdi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri N. Ismoilov va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Koreya biznes forumida ishtirok etdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yurtimizga Hyundai Rotem tezyurar poyezdlarini yetkazib berish boʻyicha kelishuv imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Hyundai Rotem tezyurar poyezdlari 7 ta vagondan iborat bo‘lib, 351 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan va 250 km/soat tezlikda harakatlana oladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

– Oʻzbekiston-Koreya hamkorligining salohiyati juda yuqori. Bizning iqtisodiyotlarimiz bir-birini samarali toʻldirishga qodir,

 – Prezident

Shu nuqtai nazardan kelgusi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.

Avvalo, strategik xomashyoni ilgʻor texnologiyalar asosida chuqur qayta ishlash va yuqori qiymatli mahsulotlarni uchinchi davlatlarga eksport qilish.

Bu borada muhim qadam sifatida oʻta yupqa mis folgani birgalikda ishlab chiqarish boʻyicha bitim imzolandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston-Koreya nodir metallar ilmiy-texnologik markazi faoliyatini kengaytirish ham koʻzda tutilgan.

Elektrotexnika sanoatidagi sheriklik doirasida Toshkent viloyatida Markaziy Osiyoda birinchi yarimoʻtkazgichlar klasterini barpo etish hamda elektrotexnika va texnik kremniy ishlab chiqarish boʻyicha kooperatsiyani kengaytirish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari soʻnggi yillarda Koreya Respublikasi Oʻzbekiston iqtisodiyoti va sanoatini modernizatsiya qilishda muhim hamkorga aylanganini taʼkidladi.

Bugungi kunda Koreyaning yetakchi kompaniyalari va banklari bilan 5 milliard dollarlik yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

POSCO kompaniyasi bilan toʻqimachilik klasteri, Eksimbank va CNT bilan koʻp tarmoqli bolalar klinikasi, Shingdong Enercom bilan kremniyni qazib olish va qayta ishlash kabi loyihalar bu boradagi muvaffaqiyatli sheriklikka misol boʻladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida Koreya Respublikasi Oʻzbekistonning anʼanaviy va yirik savdo, investitsiya va texnologik hamkorlaridan biri ekanini taʼkidladi.

Oʻtgan yil yakunida 2,5 milliard dollarga yetgan tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar oʻsgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi koreys investitsiyalari hajmi 7,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol Toshkentdagi Texnopark faoliyati bilan tanishdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Koreya yetakchilari Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmonga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar, jumladan, Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi asosida tayyorlanayotgan texnika namunalari namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollar boʻlgan 16 ta ishlab chiqarish quvvati joylashgan. Bu yil logistika markazi ish boshlaydi. Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ularning nazoratida ishlab chiqariladi, ichki va tashqi bozorlarda katta talabga ega. Ular 10 ta davlatga eksport qilinmoqda.

Prezidentlar ikki mamlakat yetakchi korxonalari kooperatsiyasini kengaytirish, oʻzaro tajriba almashish, ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalarni transfer qilish muhimligini taʼkidladilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv organlari (JEK) faqat pul toʻplash uchunmi?

Mavzu muhokamasi “QOʻSHTIRNOQ” loyihasida...

Boshqaruv kompaniyalari oʻzi nima, ularga qanday vazifalar yuklatilgan?

— Shartnoma tuzilmagan taqdirda majburiy yigʻimlarni toʻlamaslik huquqim bormi?

— Qoniqarsiz boshqaruv kompaniyasidan boshqa kompaniyaga oʻtish tartibi qanday?

— Umumiy mulk degani oʻzi nima?


Shu kabi savollarga javoblarni koʻrsatuv davomida topishingiz mumkin.

Koʻrsatuvning toʻliq shaklini OʻzAning YouTube tarmogʻi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koreya Respublikasi Prezidenti “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari koʻzdan kechirildi.

Shu bilan Prezidentimizning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qadim Samarqandning koʻrku tarovati, xalqimizning koʻp asrlik boy merosi va anʼanalari bilan tanishuv Oʻzbekiston-Koreya sammitining yorqin yakuni boʻldi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koreya Prezidenti Yun Sok Yol davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Bahodirov Azizbek Abdulazizovich — Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koreya Prezidenti Samarqandda

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.  

Koreya Respublikasi delegatsiyasi aʼzolari yurtimizning boy tarixi, qadim kent obidalari bilan tanishadi. 

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston-Koreya munosabatlarida yuqori texnologik va innovatsion sheriklikning yangi davri boshlanmoqda

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari koreys ishbilarmon doiralari vakillariga Oʻzbekiston Hukumati barcha kelishuvlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishda faol qoʻllab-quvvatlashini aytdi.

Shu maqsadda qoʻshma loyihalarni muvofiqlashtirish va ilgari surishning yangi tizimi joriy etilishi eʼlon qilindi.

Oʻz navbatida, Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlar dasturini yuqori baholab, oʻzaro manfaatli sheriklik koʻlamini kengaytirish uchun ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koreya kompaniyalari Oʻzbekistonning avtomobilsozlik sohasidagi mintaqaviy yetakchiligida muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.

Masalan, KIA bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Prezidentimiz koreys biznesini mashinalarning yangi modellari va butlovchi qismlarini mahalliylashtirish jarayonida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yetakchilar biznes forumi doirasida 9,6 milliard dollarlik yangi investitsiya loyihalari toʻplami tayyorlanganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Davlatimiz rahbari Yangi Oʻzbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, xususiy mulk daxlsizligi va investorlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar ortga qaytmasligini alohida taʼkidladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzaro munosabatlarimizda “Yuqori texnologik va innovatsion hamkorlikning yangi davri” boshlanmoqda,

– Prezident

Oʻzbekistonda mintaqaviy yuqori texnologik xabni tashkil etish boʻyicha strategik dasturni ishlab chiqishga qaror qilindi.

Dastur oʻta muhim xomashyo resurslari, yarim oʻtkazgichlar, kimyo, mashinasozlik, “aqlli” qishloq xoʻjaligi, infratuzilma va shaharsozlik, “yashil” energetika kabi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab oladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentlar Oʻzbekiston-Koreya biznes forumida ishtirok etdi

Koreya tomonidan tadbirda SK Group, Lotte Corporation, KOGAS, POSCO, Samsung, LG, Hyundai, KIA, Doosan, BoMI, Eksimbank, EDCF jamgʻarmasi, Koreya taraqqiyot banki kabi 80 dan ortiq yetakchi kompaniya va bank-moliya institutlari rahbarlari qatnashdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Uchqoʻrgʻon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Mirxanov Dilshod Abdullayevich —  Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Koreya yetakchilari Koʻksaroyda birgalikda daraxt ekdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlat tashrifi bilan yurtimizda boʻlib turgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida poytaxtimizdagi “U-ENTER” innovatsion tadbirkorlik markazida boʻldi.

Markaz Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasi asosida o‘zbekistonlik yosh tadbirkorlarga o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishlari uchun har tomonlama ko‘mak berishga mo‘ljallangan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

▫️Xaydarov Baxtiyor Xalimovich — Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar u Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

▫️Tadjiyev Sanjar Shuhratovich — Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar u “The Mob” MCHJda bosh direktor lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал