⚡️Koreya Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirlarda:
▫️Poytaxtimizning Chilonzor tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1966 va 1968-yillarda tugʻilgan aka-uka oʻzaro til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 nafar fuqaroning Saudiya Arabistoniga “Haj” safariga borishlari uchun talab etiladigan viza hujjatlarini tayyorlab berish va ularni ziyoratga yuborish evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga Toshkent shahridagi sayyohlik firmasining muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun 2 marotaba sudlangan ijrochi direktori aloqador ekanligi maʼlum boʻldi.
▫️Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi sayyohlik firmasi xodimi mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaroni aldov yoʻli bilan ishonchiga kirib, uni va onasini joriy haj mavsumida muborak safarga yuborish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qiladi. Ammo, u soʻralgan pul mablagʻidan 7 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, u mazkur noqonuniy ishni sayyohlik firmasi rahbari bilan kelishgan holda amalga oshirganligi aniqlandi.
▫️Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanida yashovchi, 1990-y.t. shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni 8700 AQSH dollari evaziga “Haj” ziyoratiga joʻnatishini aytib, Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi, 1981-y.t. fuqaro va uning 1959-y.t. onasini hoji maqomini olishlari uchun Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 17.400 AQSH dollari talab qiladi. Lekin, u soʻralgan pul mablagʻidan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
▫️Margʻilon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari esa Qoʻshtepa tumanida yashovchi fuqaroni haj amallarini bajarishi uchun Saudiya Podshohligiga yuborish evaziga 14 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX: Ohangaronda kredit mablagʻlarini
talon-toroj qilish holati aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida o'tkazilgan tekshiruv tadbirlarida davomida ma'lum bo'lishicha, 2020-yilda tumandagi tijorat banklaridan biri hamda sut mahsulotlari yetishtirish va naslli mollarni koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi “TQD” fermer xoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 18% ustama toʻlash, shundan 3 foizini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplab berish sharti bilan 5,5 mlrd. soʻm ajratilgan.
Mazkur mablagʻ hisobiga Avstriya davlatidan 194 bosh naslli, yirik shoxli chorva mollari olib kelinishida fermer xoʻjalik Prezidentning tegishli qaroriga asosan 843,4 mln. soʻmlik soliq va bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan xorijdan keltirilgan chorva mollari uchun 278 mln. soʻmlik subsidiya mablagʻi ajratilgan.
Ammo, fermer xoʻjalik masʼullari bankka taqdim qilingan biznes rejada koʻrsatilgan sut mahsulotlari yetishtirish va naslli mollarni koʻpaytirish bilan amalda shugʻullanmasdan hamda nasldor qoramolni kamida 2 avlod olguncha saqlamasdan 98 bosh naslli, yirik shoxli chorva mollarini naqd pulga sotib yuborib, 2 mlrd. 833,3 mln. soʻmlik kredit mablagʻlarini talon-toroj qilishgan.
Shuningdek, ajratilgan kredit mablagʻlari maqsadli sarflanishi yuzasidan bank mansabdor shaxslari tomonidan monitoring ishlari kerakli darajada olib borilmagan.
Hozirda holat yuzasidan fermer xoʻjalik va bank mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qurbon Hayiti bayrami kuni Toshkent metropoliteni tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi
Bundan tashqari, Qurbon Hayiti bayrami kunida Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Toshkentda firibgar fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini prokuraturadagi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 50 ming dollar olgan vaqtida ushlandi
Toshkent shahrida yashovchi, 1967 va 1970-y.t, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs 1980-y.t. fuqaroga nisbatan IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituvidagi JKning 168-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini prokuratura organlaridagi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllamaslik evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilishadi.
DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda firibgarlardan biri, yaʼni, 1970-y.t. shaxs soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.
❗️Ayni vaqtda ularni prokuratura tizimidagi tanishlarining shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Jizzax viloyati prokuraturasining boʻlim prokurori pora olgan vaqtida ushlanib, qamoqqa olindi
Jizzax viloyati prokuraturasining boʻlim prokurori Jizzax shahrida yashovchi, 1975-y.t. fuqaroni muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan sudlanganlik holatini oʻzining vakolatli hamkasbi orqali olib tashlashni vaʼda qilib, evaziga 1000 AQSH dollari va 1 dona “Samsung Galaxy S24 Ultra” rusumli telefon apparatini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#ob_havo
Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda (ba’zi joylarda) 42° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-37° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Koreya Prezidentining O'zbekistonga davlat tashrifi doirasida:
▫️Toshkentda oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston-Koreya doʻstlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.
Savdo, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari eʼtibor markazida boʻladi. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi qoʻshma dasturlar muhokama qilinadi.
Shuningdek, mintaqaviy, shu jumladan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.
Sammit yakunlari boʻyicha bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.
▫️Oʻzbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlari qoʻshma biznes forumida ishtirok etadi.
▫️Prezident Yun Sok Yol mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishish maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Saida Mirziyoyeva AQShning Savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashuv o'tkazdi
Muloqot davomida O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni faqatgina statistika – yuqori ko‘rsatkichlar uchun emas, balki e’tiborni, avvalo, xalq manfaatlari va farovonligiga qaratib, buni davlat siyosati darajasiga ko‘targan holda amalga oshirayotgani ta’kidlandi.
Biz xalqaro savdo tizimining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanish niyatidamiz va O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishda AQSh ko‘magiga tayanamiz,
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShning Savdo vakili Ketrin Tayni qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi, GSP tizimini qayta tiklash, “C5+1” formati hamda Savdo va investitsiyalar boʻyicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.
Sanoat kooperatsiyasi uchun yangi sohalarni aniqlash va tegishli loyihalarni ilgari surish boʻyicha qoʻshma platformani ishga tushirish muhim ekani taʼkidlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi pasaydi
Markaziy bank 12-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 598,05 so‘m (– 36,87)
1 RUB 141,43 so‘m (– 0,57)
1 EUR 13 544,16 so‘m (– 28,27)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qurbon hayiti arafasida qaysi kunlari dam olinadi?
Prezident Qaroriga koʻra, Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️2025-yil 1-yanvardan jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi — Prezident Farmoni.
Tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati beriladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Shahrisabz tumani hokimi S.Hasanov va Qashqadaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi F.Mirzayev “Hisorak” suv omboridagi vaziyat boʻyicha suv ombori yonidan maʼlumot berdi.
Mutasaddilar vahimaga oʻrin yoʻqligi va holat nazoratga olinganini taʼkidlashmoqda. Batafsil videoda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida Energetika vazirligi rahbarlari hududlarga biriktiriladigan boʻldi.
Ushbu rahbarlar joylarda ishlarni tashkil qilishga hamda har bir nosozlik va avariyalarni zudlik bilan bartaraf etishga masʼul boʻladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX: “Haj” ziyoratiga noqonuniy yuborishni
vaʼda qilgan shaxslar ushlandi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi ko'tarildi
Markaziy bank 13-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 621,01 so‘m (+ 22,96)
1 RUB 141,55 so‘m (+ 0,12)
1 EUR 13 571,37 so‘m (+ 27,21)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Namanganda advokatlar hayʼati advokati 8 ming dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi
Namangan shahridagi advokatlar hayʼati advokati viloyat IIB tomonidan JKning 168 va boshqa moddalari bilan qoʻzgʻatilib, hozirda JIB Namangan shahar sudida koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishiga yordam berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, 8 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Taʼkidlash lozimki, advokat muqaddam JKning 25,97-moddasi bilan sudlangan shaxs hisoblanadi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Yakkasaroy tumanida Tergov boʻlimi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi 7 ming dollar pora bilan ushlandi
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi oʻzaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda, boʻlim ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllamaslik hamda uning harakatlarini JKning 273-moddasi 5-qismidan 276-moddasining 2-qismi “a” bandiga qayta malakalash evaziga, ayblanuvchining tanishi Q.O. orqali 7 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX: prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, advokat va boshqalarning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari ishtirokchilariga tabrigi
Tabrik matni: https://uza.uz/posts/606874
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 13-15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Jizzax viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Sardor Shukurullayev - Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Soliq-servis” DUK direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon madaniyati kunlarini oʻtkazish doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimlini qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatimiz yetakchisi soʻnggi yillarda madaniy almashinuv faollashganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Joriy yil boshidan buyon Boku shahrida Oʻzbekiston ilm-fani va madaniyati kunlari, koʻrgazma va “Lazgi” milliy baleti premyerasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Bugun boshlangan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida shoir va mutafakkir Muhammad Fuzuliy kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Shuningdek, koʻrgazma, sahna asarlari namoyishlari va boshqa tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
“Yoʻl xaritasi” asosida faol muloqotni va tabirlarga boy madaniy dasturni davom ettirish, YUNESKO, TURKSOY va AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlar doirasida qoʻshma tashabbus va loyihalarni ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshevning «Hisorak» suv omboridagi vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonoti
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi — Prezident Qarori.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#ob_havo
Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kunning ikkinchi yarmida (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda va cho‘l hududlarda (ba’zi joylarda) 40-41° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda ham kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 36-38° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️«Hisorak» suv omborida yuzaga kelgan holat to‘g‘risida ma'lumot
Bugun, 10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida joylashgan «Hisorak GES» UK boshqarmasiga qarashli «Hisorak» suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi kuzatilgan.
Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida«Oʻzbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlar olib borilmoqda.
Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hurmatli fuqarolar, ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Mazut va koʻmir ikki yilga bojdan ozod qilinadi.
Koʻmir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar beriladi.
Mutasaddilar va hokimlar oldiga yaqin muddatda aholi va ijtimoiy soha uchun 1 million 200 ming tonna, yil yakunigacha yana shuncha koʻmir yetkazib berish, 1-oktyabrgacha 600 ming tonna koʻmir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qoʻyildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz