uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Yigʻilishda elektr energiyasini ishlab chiqarishni koʻpaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Barcha generatsiya manbalari hisobidan joriy yilda 4 gigavattlik elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. 11 ta quyosh va 3 ta shamol stansiyasi shular jumlasidan.

Bundan tashqari, 850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani kapital taʼmirlash, 595 kilometr elektr tarmogʻi va 4 ta yangi podstansiyani ishga tushirish rejalari belgilab olindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga oʻtgan yilgi 14 trillion soʻmga qoʻshimcha yana 14 trillion soʻm ajratilishi belgilandi.

Prezident mutasaddilarni ogohlantirdi:

Endi “muddat kam edi, mablagʻ boʻlmadi”, deb bahona qilishga hech kimning haqqi yoʻq.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yigʻilishda bundan buyon ilgʻor tajriba asosida soha va tarmoqlarda energiya samaradorlikni baholash boʻyicha yangicha tizim amal qilishi belgilandi. Bunda:

- yiliga kamida 4 million kilovatt elektr yoki 375 ming kub metr gaz sarflaydigan yirik isteʼmolchilar har uch yilda energiya auditidan oʻtadi;

- Energoinspeksiya har yili yirik isteʼmolchilar roʻyxatini eʼlon qilib boradi;

- auditdan oʻtmagan korxonalarga gaz va elektr oshirilgan tarifda yetkaziladi.

Mutasaddilarga yil yakunigacha yangi tizim bilan bogʻliq texnik reglament va normativ hujjatlarni ishlab chiqish topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Joriy yilda 580 ta maktab, 169 ta bogʻchaning energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilgan.

Yangi ijtimoiy obyektlarni loyihalashtirishda energiya tejamkorlik boʻyicha qatʼiy talab kiritish vazifasi qoʻyildi.

Shuningdek, issiq oylarda maʼmuriy va tijorat obyektlarini sovutishga qish bilan bir xil energiya sarflanayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan maʼmuriy binolar, koʻp qavatli uylar, korxona, savdo va servis binolarida energiya samaradorligi boʻyicha texnik shartlarni ishlab chiqish topshirildi.

Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy obyektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bogʻcha, 393 ta maktab va internat taʼmirlanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston-Turkiya oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida koʻriladigan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.

▫️Ikki mamlakat oʻrtasidagi Imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish, toʻqimachilik, charm-poyabzal, elektrotexnika, hunarmandchilik mahsulotlariga tarif va boj stavkalarini kamaytirish, Istanbul shahrida Oʻzbekistonning savdo vakolatxonasini ochish rejalashtirilgan.

▫️Turkiya tajribasi asosida togʻ-adirlarni oʻzlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish hamda qishloq xoʻjaligini sugʻurtalash tizimini joriy qilish, xalqaro standartlarga mos oʻzbek-turk Urugʻchilik test markazini ochish moʻljallangan.

▫️Prezident Turkiyaning yirik kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha kelgusi rejalar koʻrib chiqildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Ota-onalar shu sanadan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Eslatma: «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Yaʼni bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Saida Mirziyoyeva: Taʼlim sifatini yaxshilash – davlatimiz siyosatining, olib borilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri

Prezident yordamchisi “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro anjumanida ishtirok etdi.

“Konferensiyada taʼlimga oid masalalar bo‘yicha tajriba almashdik, xalqaro hamkorlar bilan muloqot jarayonida sohadagi ilgʻor usullar bilan tanishdik.

Umid qilamanki, bu gʻoyalar metodikalarimizni yaxshilashga, oʻqituvchilarni taʼlim tizimidagi yangiliklarga tayyorlashga yordam beradi”,

Saida Mirziyoyeva.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumani Dilbogʻ mahallasidagi futbol akademiyasida boʻldi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Sogʻlom yoshlar – Yangi Oʻzbekiston kelajagi” shiori ostida 2023-yilda respublika yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan DXX kubogi musobaqalarida futbol boʻyicha 2-oʻrinni egallagan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani “Navbahor” mahallasi jamoasi hamda mini-futbol boʻyicha 2-oʻrinni egallagan Boʻka tumani “Yangi hayot” mahallasi jamoasi uchun universal sport maydonlari qurib, foydalanishga topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Oʻzbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida kinematografiya sohasi uchun oʻrta maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi (kinomaktab) tashkil qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini aks ettiruvchi filmlar turkumi ishlab chiqiladi

Prezident Qaroriga koʻra, kinematografiya sohasini yangi bosqichga koʻtarish, milliy davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024–2027-yillarga moʻljallangan “Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi (“Tirik tarix”) tasdiqlandi.

Dastur orqali vatan ozodligi va ravnaqi yoʻlida kurash olib borgan buyuk sarkarda va davlat arboblarining murakkab hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis va haqqoniy koʻrsatib berish belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimidagi zamonaviy markaz faoliyati bilan tanishdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazini borib koʻrdi.

Bu markaz Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida tashkil etilgan. Majmua mukammal taʼmirlanib va zamonaviy jihozlanib, shu yil martda ishga tushirilgan.

Markaz jamoat xavfsizligi jarayonlarini qamrab olgan yagona axborot makonidir. Bu yerda joylardagi vaziyat va xodimlarning ish-harakati raqamli texnologiyalar orqali tahlil qilib boriladi. Xususan, 10 mingdan ortiq profilaktika inspektorlarining faoliyati 6 ta yoʻnalish boʻyicha nazorat qilinadi va baholanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yil boshidan viloyatlarda 250 ta avariyaviy oʻchish bois ayrim joylardagi isteʼmolchilarga elektr barqaror yetkazilmagani taʼkidlandi. Chunki baʼzi koʻp qavatli uylardagi elektr qutilar va undagi simlar muddatini oʻtab boʻlgan.

Mutasaddilarga bu boradagi kamchiliklarni toʻliq bartaraf etish topshirildi.

Ishlarni eng ogʻir mahallalardan boshlab, yil yakunigacha 30 ming kilometr tarmoq, 10 mingta transformatorni yaxshilash vazifasi qoʻyildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Elektromobilni xonadonda quvvatlashni ragʻbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi

Quvvatlash uskunasiga hisoblagich oʻrnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qoʻllanadi.

Shuningdek, koʻchalar, koʻp qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi oʻrnatish mumkin boʻladi. Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi oʻrnatiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Tejash – yoʻqotishlarni kamaytirish, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga boʻlishi shart
Prezident

Prezident tarmoq rahbarlari va hokimlarning bu yil elektr va gazni tejash rejasi qoniqarsiz ekanini, ular yanada katta marra olishi shartligini taʼkidladi.

Har bir hokimga 1 tadan tumanni tanlab, elektr va gaz tejash boʻyicha namuna qilish topshirildi. Ushbu tumanlarda bu yil 750 million kilovatt elektr va 550 million kub metr gaz iqtisod qilinishiga erishish muhimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

Unda energiya samaradorligi, koʻp qavatli uylarni boshqarish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Oʻtgan yili elektr va gazni tejash boʻyicha tumanbay dasturlar qabul qilindi. Xonadonlar va ijtimoiy obyektlarda oʻrnatilgan birgina quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt tejalmoqda.

Sanoat korxonalari ham “yashil energiya” manbalarini joriy qilmoqda. Masalan, “Oʻzbekkoʻmir” tizimida quyosh kollektorlari va issiqlik nasoslari oʻrnatilgani hisobiga yiliga 150 ming kilovatt elektr iqtisod qilinmoqda.

Lekin ayrim hududlarda ishlar sust boʻlgani uchun elektr iqtisod qilish rejasi toʻliq bajarilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston – Saudiya:

▫️Podshohlik kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 24,1 milliard dollarlik 34 ta investitsiya loyihasi roʻyxati shakllantirilgan. Mazkur loyihalar doirasida joriy yilda jami 2,5 milliard dollar mablagʻni oʻzlashtirish rejalashtirilgan.

▫️Shu jumladan, yil yakuniga qadar transport, raqamlashtirish, infratuzilma, sogʻliqni saqlash, energetika sohalarida qoʻshimcha 13 ta loyihalar doirasida 1,5 milliard dollar investitsiya oʻzlashtirilishi kutilmoqda.

▫️Oʻzbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi ishini yanada faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Kengash doirasida shakllantirilgan ekologiya, togʻ-kon, moliyaviy hamkorlik sohalarida qiymati 6,5 milliard dollarlik yangi istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralarni yakuniga yetkazish va amaliy ishlarni boshlash muhimligi qayd etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbarining yaqinda Turkiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida:

▫️Oʻzbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv yakunlari boʻyicha 10,1 milliard dollarga teng 158 ta yangi loyiha shakllantirilgan.

Ushbu loyihalar sanoat, energetika, togʻ-kon va geologiya, transport, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligi sohalarini qamrab olgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX kubogi musobaqalarining 2-bosqichi start oldi

Sogʻlom yoshlar – Yangi Oʻzbekiston kelajagi” shiori ostida mamlakatimiz yoshlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan futbol va mini-futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqalari qizgʻin pallaga kirdi.

Aprel-may oylarida boʻlib oʻtgan 1–bosqich musobaqalarida 209 ta tuman/shahar kesimida 9.448 ta mahalladan 19.698 ta jamoa shakllantirilib, ularda 251.500 nafar yoshlar ishtirok etdi. Bosqich doirasida oʻtkazilgan 37.745 ta oʻyinlarni 1 milliondan ortiq muxlislar tomosha qildi. 

2–bosqichda (iyun-iyul oylari) mamlakatimiz boʻyicha 7.500 nafardan ortiq yoshlardan shakllantirilgan 627 ta jamoa oʻrtasida saralash musobaqalari oʻtkaziladi va uning gʻoliblari respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. 

Taʼkidlash lozimki, 2023-yilgi musobaqalarning gʻolib va sovrindorlari istiqomat qiluvchi mahallarda mini-futbol, universal va stritbol sport maydonlari qurib berildi.

Bu yilgi final oʻyinlari gʻoliblarini ham ana shunday sovgʻalar kutmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#ob_havo

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 34-39°, janubda va cho‘l hududlarda (ba’zi joylarda) 40-41° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 36-38° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#ob_havo

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Harorat 34-39° shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40-41° gacha bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi Dilbogʻ mahallasida boʻlib, aholi turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi.

Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Toshkent shahar futbol akademiyasi shu mahallada joylashgan. Hozir bu yerda 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 154 nafar bola saboq olmoqda. Mashgʻulotlarga chet ellik mutaxassislar ham jalb qilingan.

Prezident akademiya tarbiyalanuvchilari va sport sohasi masʼullari bilan suhbatlashdi.

– Futbol boʻyicha qarorlarimiz, iqtidorli bolalarga eʼtibor berganimiz tufayli oʻzbek futboli ham jahonga chiqa boshladi. Yevropa jamoalarida legionerlarimiz koʻpayyapti. Yoshlarimiz Olimpiadaga yoʻllanma oldi. Bu davomiy boʻlishi uchun endi mahallalarda futbolni rivojlantirish kerak. Qoʻshimcha stadionlar qurib, uning ommaviyligini qoʻllab-quvvatlash zarur,

– dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari yangi suv sporti saroyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, sportchilar bilan suhbatlashdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️“Kinochilar uyi” “Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyi” deb qayta nomlandiPrezident Qarori.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkentda yana bir suv sporti saroyi ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida bunyod etilgan suv sporti saroyini koʻzdan kechirdi.

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli mazkur majmua suv sporti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan. Eʼtiborlisi, bu yerda ham professional sportchilar, ham havaskorlar uchun sharoit yaratilgan.

Bu yil Parij shahrida oʻtkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidan 13 nafar sportchi litsenziya qoʻlga kiritgan. Prezidentimiz mazkur sportchilar va murabbiylar bilan suhbatlashdi.

— Shaharu qishloqlarda sport majmualari qurib, uni ommalashtirishga katta eʼtibor berayamiz. Chunki sport bilan shugʻullangan yoshlar kam boʻlmaydi, sogʻlom boʻladi, bolalariniyam shunday tarbiyalaydi. Sizdek professional sportchilar bu yoʻlda yoshlarga ham iftixor, ham oʻrnak boʻladi,

— dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbariga jamoat xavfsizligi tizimini raqamlashtirish bo'yicha qilinayotgan ishlar haqida axborot berildi

Prezidentning 2021-yil 29-noyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan jamoat xavfsizligi boʻyicha strategiyada 2025-yil yakuniga qadar tizimni raqamlashtirishni 90 foizga yetkazish belgilangan. Tashrif chogʻida davlatimiz rahbariga shu borada axborot berildi.

Bu jarayon uch bosqichda amalga oshirilmoqda.

Birinchi bosqichda muammolar oʻrganilib, ikkinchisida shu asosida mutaxassislar va dasturlar tayyorlandi. Jumladan, 66 ta axborot tizimi va modullari ishlab chiqildi. Ularga vazirlik va idoralarning 77 ta hamda Ichki ishlar vazirligining 25 ta axborot tizimi integratsiya qilindi. Jamoat xavfsizligi boʻlinmalari xodimlari 18 mingdan ziyod planshetlar bilan taʼminlandi hamda raqamli qurilmalardan samarali foydalanish boʻyicha oʻqitildi.

Natijada 155 ta hisobot, 37 ta ish yuritish sohasi, yuzga yaqin qaydnoma va yigʻma materiallar raqamlashtirilgan. Buning hisobiga 213 milliard soʻm tejalishiga erishilgan.

Endi, uchinchi bosqichda Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etib, sohaga sunʼiy intellektni keng joriy qilish, uskunalarni mahalliylashtirish kabi maqsadlar qoʻyilgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 10-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 646,87 so‘m (– 13,10)
1 RUB 142,44 so‘m (– 0,9)
1 EUR 13 774,97 so‘m (+ 0,92)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал