Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
Prezident qarori(PQ–223-son, 11.07.2025 y.)ga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo‘yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi.
Ekspert kengashining majlislari 1 oyda kamida 2 marta o‘tkaziladi.
Ekspert kengashiga soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda quyidagi vakolatlar beriladi:
▫️soliq organlarining qarorlaridan norozi bo‘lgan tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida ko‘rib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;
▫️murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish;
▫️qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda ko‘rib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorni xabardor qilish.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Taxtiqoracha dovonida pullik tunnel quriladi
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi dovonda 7 kilometr uzunlikdagi pullik tunnel qurilishi rejalashtirilmoqda. Uni qurish uchun 3 ta kompaniya da’vogarlik qilmoqda.
Ushbu loyiha bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik shartnomasi imzolanadi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qilgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
#TAYINLOV
Nukus davlat pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi
Alisher Ubbiyev Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huziridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡️Toshkent va Farg‘ona shaharlarida OTMga noqonuniy o‘qishga kiritish holatlari aniqlandi
▫️Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
▫️Boshqa holatda esa Farg‘ona davlat universitetining kafedra o‘qituvchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroni boks bo‘yicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy ta’lim fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3800 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 14-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 615,07 soʻm (– 19,27)
1 EUR 14 754,59 soʻm (– 66,75)
1 RUB 162,02 soʻm (- 0,35)
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Toshkent shahridagi baʼzi ko'chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
2025-yil 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko'chalari kesishmasidagi chorrahada qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli bilan quyidagi cheklovlar amal qiladi:
- Bratislava yoki Glinka ko'chalari yo'nalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada to'g'riga va chapga o'tish yopiladi, faqat o'ngga burilish mumkin;
- Shota Rustaveli ko'chasi yo'nalishida chorraha orqali faqat to'g'riga va o'ngga harakatlanish mumkin.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Magistraturaga jami qancha talabgor hujjat topshirgani ma’lum bo‘ldi
Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Bungacha 6 ming 270 ta ariza kelib tushgan. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Ma’lumot uchun, ariza topshirishda:
➖Bakalavr diplomi;
➖Chet tilini bilish sertifikati kerak bo‘ladi.
Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:
➖Tegishli yutuqlari mavjud;
➖Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar).
Eslatib o‘tamiz, arizalar my.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Yangi Kamolon mahallasining hayoti bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 11-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 634,34 soʻm (– 18,98)
1 EUR 14 821,34 soʻm (– 0,76)
1 RUB 162,37 soʻm (+ 0,48)
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Shayxontohur va Chilonzor tumanlariga tashrif buyurib, mahallalardagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi.
Каналга уланиш:
➖ @uzauz
Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi
2025-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalarni olish uchun arizalar 10-iyul, soat 09:00 dan boshlab qabul qilinmoqda.
Qayerga va qanday qilib murojaat qilish mumkin?
➖Yaqindagi Davlat xizmatlari markaziga borib yoki my.gov.uz sayti orqali onlayn: my.gov.uz/oz/service/325
Subsidiya olish uchun quyidagilar talab etiladi:
➖30 balldan kam bo‘lmagan ijtimoiy reyting (ballar to‘g‘risida my.gov.uz saytida ma’lumot beriladi)
Daromad chegaralari:
➖Viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda: 3,1 mln so‘mdan 9,2 mln so‘mgacha
➖Toshkent shahrida: 3,1 mln so‘mdan 10,6 mln so‘mgacha
➖Ariza beruvchi va turmush o‘rtog‘i nomida uy-joy bo‘lmasligi shart
➖Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun alohida mezonlar mavjud
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining
bosh inspektorlariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
▫️Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori mansab mavqeidan foydalanib, Oltinko‘l tumanida radio va teleapparaturalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ tomonidan soliq va yig‘imlar bo‘yicha topshirilgan soliq hisobotlarida tovarlar realizatsiyasi to‘g‘ri aks ettirilmaganligi natijasida MCHJga juda ko‘p miqdorda soliq hisoblanishi hamda soliq tekshiruvi o‘tkazilishini aytadi.
So‘ngra Soliq boshqarmasidagi hamkasblari orqali ushbu tekshiruvni o‘tkazmaslikni va’da qilib, evaziga 3 ming AQSH dollari talab qiladi va muqaddam MCHJ ta’sischisidan 500 AQSH dollari oladi.
Ammo, u qolgan 2 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
▫️Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasining Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori Jarqo‘rg‘on tumanida mototsikllar va ehtiyot qismlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJga nisbatan o‘zining vakolatli hamkasblari orqali sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish bilan qo‘rqitib, mazkur tekshiruvni amalga oshirmaslik evaziga MCHJ rahbaridan 2 ming 500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu soliq idoralari xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
⚡️DXX: Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi
Guliston shahar prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbariga nisbatan Boyovut tumani IIB Tergov guruhi ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168- va 167-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSH dollari miqdorida pora so‘raydi.
Davlat havfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonun himoyachisi talab qilingan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirilmoqda.
Yangi O‘zbekiston ko‘chasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari sababli ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirilmoqda.
➖2025-yil 9-iyuldan 9-avgustga qadar quyidagi yo‘nalishlar harakati Milliy bog‘ ko‘chasi orqali tashkil etiladi:
➖190-sonli avtobus yo‘nalishi
Yangibozor AShB — Mashinasozlar metro bekati AShB yo‘nalishida avtobuslar Milliy bog‘ ko‘chasi orqali harakatlanadi.
Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
➖ 106-sonli avtobus yo‘nalishi
Saodat savdo markazi — Akfa Universiteti yo‘nalishida avtobuslar Milliy bog‘ ko‘chasi orqali harakatlanadi.
Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡Endilikda qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oyda qarori chiqmasa, haydovchi hech qanday jarima to‘lamasligi belgilandi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Test sinovlari boshlanmoqda
Bugun erta tongdan yurtimiz bo‘ylab oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari boshlanmoqda.
Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.
Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗️Farg‘onada Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan 14 ming 700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1983 va 1993-yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar fuqaro shaxsiy boylik orttirish maqsadida o‘zaro til biriktirib, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining Quvasoy shahri hududidan o‘tuvchi qismida avvaldan kelishilgan holda, Qirg‘iz Respublikasi fuqarosidan 8 ming dona "Zardeks" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qabul qilib olishadi.
So‘ngra, ushbu dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida Qo‘qon shahrida ijaraga olingan xonadonga olib borgan vaqtlarida ushlandi.
Qo‘qon shahrida kuzatilgan yana bir holatda, mahalliy advokatlik byurosi advokati hamda 1974 va 1984-yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, vitamin dori vositalari ko‘rinishida qadoqlangan jami 4 ming 400 dona "Regapen" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 180 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur 3 nafar qonunbuzarning barchasi muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.
Boshqa holatda esa Farg‘ona-Qo‘qon yo‘nalishida harakatlanayotgan, 1983 y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan shaxs boshqaruvidagi avtomashina Uchko‘prik tumani hududida to‘xtatildi.
Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasining salon qismida 100 dona "Tropikamid" va 559 dona "Regapen" nomli jami 110 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsga dorilarni sotgan – Farg‘ona tumanida yashovchi, 1981 y.t. fuqaro Qo‘shtepa tumanida boshqa xaridorga 1 ming 400 dona "Regapen" kuchli ta’sir ta’sir qiluvchi dori vositalarini 2 ming 800 AQSH dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Xuddi shu yo‘nalishda harakatlanayotgan yana bir avtomashina ham Uchko‘prik tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning salonida Qo‘qon shahrida yashovchi, mukaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, 1981 y.t. shaxsga tegishli umumiy qiymati 75 mln so‘mlik 250 dona "Tropikamid" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ta’kidlash lozimki, barcha holatlarda kuchli ta’sir qiluvchi vositalar Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda elektromobillar soni 65 mingdan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 65,2 ming dona elektromobil ro‘yxatga olingan.
Hududlar bo‘yicha elektromobillar soni:
▫️Toshkent shahri — 49 736 dona;
▫️Toshkent viloyati — 4 512 dona;
▫️Samarqand viloyati — 1 739 dona;
▫️Xorazm viloyati — 1 415 dona;
▫️Farg‘ona viloyati — 1 376 dona;
▫️Qashqadaryo viloyati — 1 338 dona;
▫️Buxoro viloyati — 1 133 dona;
▫️Navoiy viloyati — 901 dona;
▫️Andijon viloyati — 878 dona;
▫️Namangan viloyati — 700 dona;
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 525 dona;
▫️Sirdaryo viloyati — 404 dona;
▫️Jizzax viloyati — 302 dona;
▫️Surxondaryo viloyati — 198 dona.
Toshkentdagi “Uz metal” savdo korxonasida yongʻin chiqdi
Bugun, 11-iyul kuni Toshkent shahar FVB tomonidan, videokuzatuv kameralari orqali Olmazor tumani Usta shirin ko'chasidagi “Uz metal” savdo korxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani aniqlandi.
Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:34 da yetib borib, yong'in soat 19:53 da to‘liq o‘chirilgan.
Aytilgan manzilda korxona hududida qurilish chiqindilari 30 kv.m maydonda yonib zararlangani aniqlandi.
Yong’in natijasida tan jarohati olganlar yo’q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗Fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
Unga ko‘ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo‘yicha xabardor qilish tartibida ro‘yxatdan o‘tkazish mas’ul xodimlar tomonidan "E-mehmon" tizimi orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari O‘zbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi shart.
O‘zbekiston fuqarolarini yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:
▪️ ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida;
▪️ davlat xizmatlari markazlarida;
▪️ YAIDXP (my.gov.uz) orqali.
Yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.
Manba: Qonun (O‘RQ–1074-son, 10.07.2025 y.)
⚡Buxoroda sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1985 y.t. fuqaroning yashash xonadoni hamda unga aloqador bo‘lgan avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, "Imudon", "Serebrolizin", "Dofamin", "Maaloks" kabi jami 78 nomdagi 978 quti sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Buxoro shahrida yashovchi, 1962 y.t. shaxs uning jinoiy sherigi ekanligi aniqlandi.
"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM xulosasiga ko‘ra ushbu dori vositalarining 32 nomdagisi davlat reestrida qayd etilmaganligi, 57 nomdagisiga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi,
6 nomdagisi sifatsizligi hamda 4 nomdagisi qalbakilashtirilganligi, shuningdek, saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligi sababli, ularni mamlakatimizda sotish, saqlash va amaliyotida qo‘llash taqiqlanadi.
Holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,186 prim 3-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mustaqilligimizning 34 yilligi yuksak saviyada nishonlanadi
Prezident qaroriga ko‘ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.
Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.
Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlanadi.
"Ona diyor – ranglar jilosida", "Vatan uchun yashaylik!", "Eng ulug‘, eng aziz" kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori darajada o‘tkaziladi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezidentimiz Bunyodkor ko‘chasidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Kattaqo‘rg‘on tumanida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “M.A.” fermer xo‘jaligi rahbari G.R. tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Каналга уланиш:
➖ @uzauz
#BIRLAMCHI_MALUMOT
ToshMI chorrahasida yer tagida truba portlagani yuzasidan:
Ijtimoiy tarmoqlarda "Hozirgina ToshMI chorrahada yer tagida truba portladi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan birlamchi ma’lumot.
Bugun, 10-iyul kuni soat 11:00 larda Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Farobiy ko‘chasi hududidan o‘tuvchi dastlabki taxminlarga ko‘ra diametri 800 mm issiqlik ta'minoti quvirida kuchli bosim ostida yorilish hodisasi yuzaga kelgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot kelib tushmadi.
O‘zA tomonidan hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Каналга уланиш:
➖ @uzauz
#TAYINLOV
Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaziga yangi rahbar tayinlandi
Xoliqov Abduvali Jonizoqovich Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori etib tayinlandi.
Bungacha A. Xoliqov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig’i vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡️DXX Chegara qo‘shinlarining uchuvchisiz aviatsiya majmuasi foydalanishga topshirildi
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
⚡DXX: Sharof Rashidov tumani hokimi 10 ming dollar pora olayotganda qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligining bosh mutaxassisi qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbariga tuman hududidan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qiladi va evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi.
Joriy yilning 5-iyul kuni bosh mutaxassis so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollarini olib, tuman hokimiga beradi. 8-iyul kuni esa tadbirkordan qolgan 20 ming AQSH dollarini ham oladi. Unga tuman hokimining tegishli qarori bilan "Tokchilik" MFY hududida umumiy o‘rta ta’lim maktab binosini barpo etish uchun ajratilgan 1,7 gektar yer maydonida 8 ta ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berilgan hujjatlarni taqdim etadi.
So‘ngra, bosh mutaxassis hokimiyat binosi oldida tuman hokimiga 10 ming AQSH dollarini bergan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Hozirda Sharof Rashidov tumani hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan, bosh mutaxassisga esa Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Parsamatovich Xolbo‘tayev 2019-yil 26-oktyabridan Sharof Rashidov tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi. U O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan "Do‘stlik" ordeni bilan ham taqdirlangan.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
❗Ichki ishlar vazirligiga viloyat hokimlari bilan tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
Prezident: "Men ham tirbandlikda turdim"
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz