uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Suv xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Prezident suv xoʻjaligi sohasida keskin oʻzgarish qilishning birdan-bir yoʻli – raqamlashtirish ekanini taʼkidladi.

Nasos stansiyalariga 1,7 mingta “onlayn” nazorat qurilmasi va 12 mingta “aqlli suv” qurilmasi olib kelingan. Lekin ulardan olinadigan maʼlumotlarni jamlab, tahlil qiladigan axborot tizimi yoʻq.

Shu bois, Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi. Ushbu markaz suv isteʼmoli va uni hisobini yuritishning yagona axborot tizimini ishga tushiradi.

Hozirda suv soligʻidan tushumning 40 foizi tuman suvchilarida qolmoqda. Lekin, 27 ta tumanda undirilgan suv soligʻidan mablagʻ suv yetkazish xizmatlariga oʻtkazib berilmagan. Viloyat hokimliklariga bir haftada ushbu kamchilikni bartaraf qilish topshirildi.

Moliya vazirligiga bundan buyon suv soligʻidan tushum byudjet va suvchilar oʻrtasida avtomatik ravishda taqsimlanishini taʼminlash topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Respublika boʻyicha 2 million gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani natijasida oʻtgan yilning oʻzida 2 milliard kub metr suv tejaldi. 50 dan ortiq mahalliy korxona bunday texnologiyalarni oʻzimizda chiqarayapti.

Shunday boʻlsa-da, tomchilab sugʻorish joriy qilindi, deb hisobot berilgan barcha dalalarda ham bu tizim ishlamayapti. Qoraqalpogʻistonda esa lazerli tekislashga 10 milliard soʻm subsidiya berilgan boʻlsa-da, bu mablagʻ ishlatilmasdan qolmoqda.

Masʼul idoralarga lazerli tekislash, suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi va ishlatilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.

Qoraqalpogʻistonda mavjud lazerli tekislangan yerning har gektariga 1 million soʻmdan subsidiya berish tizimi endi Xorazmda ham joriy etiladi.

Umuman, kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalar uchun 700 milliard soʻm subsidiya, 2,5 trillion soʻm kredit ajratilishi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

2025-yil suv xoʻjaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” boʻladi

Prezidentimiz 2025-yil suv xoʻjaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” boʻlishini taʼkidladi.

Hozir respublikadagi 2,5 million gektar yerni sugʻorishga 1 ming 600 dan ziyod nasos stansiya yiliga 6,8 milliard kilovatt elektr sarflayapti. 2017-yilda 2 million gektarga 8,3 milliard kilovatt ishlatilar edi.

Xususiy sheriklik asosida tejamkor nasos va quyosh panellarini oʻrnatib, 20 foiz elektrni tejash mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga Jizzax va Namangan bosh nasos stansiyalarini shaffof va jozibador shartda xalqaro tenderga chiqarish topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Noyabr-mart oylari kanallarni betonlash uchun eng qulay vaqtligi taʼkidlandi. Hali 18 ming kilometr magistral va 94 ming kilometr ichki kanallarni betonlash zarur.

Kanallarda yiliga 13 milliard kub metr suv yoʻqotilayapti. Bu – Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryoning bir yil ishlatadigan suviga teng.

Shu sababli kelgusi yilda betonlashga 800 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.

Masʼul idoralarga 66 ta magistral kanal loyihasi va ekspertizasini yakunlab, qurilish ishlarini tez fursatda boshlash, bunga arzon sement yetkazib berishni tashkil qilish topshirildi.

Umuman, hokimlar oldiga fermer va klasterlar bilan birgalikda 1-aprelgacha 15 ming kilometr ichki ariqlarni beton qoplamaga oʻtkazish vazifasi qoʻyildi.

Mutasaddilar har bir kanalga ajratilayotgan har bir soʻmni maqsadli, tejamkorlik bilan toʻgʻri ishlatish zarurligi haqida ogohlantirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yigʻilishda sohada hali qilinadigan ishlar koʻpligi koʻrsatib oʻtildi.

Klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har bir kub metr suvga respublika boʻyicha oʻrtacha 212 soʻm xarajat qilinayapti. Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida bu koʻrsatkich 2-3 barobar yuqori.

Oxirgi yillarda 1 milliard dollar hisobiga Qarshi, Amu-Buxoro, Amu-Zang kabi yirik nasos stansiyalar modernizatsiya qilindi.

Lekin, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryoda oʻrta va mayda eskirgan nasoslar yangilanmagani uchun suv tannarxi oshib ketmoqda.

Betonlash hisobiga yoʻqotish 10-15 foizga kamaygan boʻlsa-da, 20 ta tumanda yoʻqotishlar respublikada eng yuqori.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Maktablarda saboqlar sifatini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda

▫️Musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu yoʻnalish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, oʻqituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

▫️“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy taʼlim muassasalarining musiqa va sanʼat yoʻnalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.

▫️Jismoniy tarbiya fani boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqilib, oʻquv dasturlari takomillashtiriladi. Ushbu fan oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

▫️Kelgusi oʻquv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich hamma joyda maktab sport klublari tashkil etiladi. Bu yoʻnalishda ham oʻqituvchilarga toifa berishning yangi tartibi, maktablarning sport boʻyicha reyting tizimi ishlab chiqiladi.

▫️Endi chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik oʻqituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga oʻtadi. Endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi.

Mazkur fan boʻyicha yangi oʻquv dasturi va darsliklar yaratiladi. Har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi. Unda Prezident tomonidan koʻrsatilgan nomzod —Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi. Unda Prezident tomonidan koʻrsatilgan nomzod — Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodi Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shuhratbek Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi. Unda Prezident tomonidan koʻrsatilgan nomzod — Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqboyevich Andijon viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Nazirbek Rahmonov Zarafshon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Rahmonov Nazirbek Isroilovich Zarafshon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Qoʻqonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
 
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Qoʻqon shahrida faoliyat olib borgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti tarafdorlaridan iborat jamoat fosh etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Botir Jabborov Urgut tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada deputatlar tomonidan Jabborov Botir Shukurovich nomzodi Urgut tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Nurali Joʻrayev Gʻozgʻon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Gʻozgʻon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Joʻrayev Nurali Shuhratovich Gʻozgʻon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bekzod Bobomurodov Qiziltepa tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada Bobomurodov Bekzod Nuriddinovich bir ovozdan Qiziltepa tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yana bir muhim masala – bahor va kuzdagi sel suvlarini yigʻib, sugʻorishda ishlatish lozim.

Masalan, Qoʻshrabot tumanining “Xonnazor”, “Chorloq”, “Qoʻrgʻon”, “Shovona” va “Qiyqim” mahallalaridan oʻtgan soydan yiliga 36 million kub metr suv samarasiz oqib ketadi.

Bu yerda kichik suv ombori qurilsa, 2,5 ming gektar yerni oʻzlashtirish, yangi yerlarni intensiv sabzavotchilik uchun aholiga berib, 4 ming ishsizni band qilish va 600 ta oilani kambagʻallikdan chiqarish mumkin.

Bunday sel suv omborlarini Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Fargʻonadagi yana 9 ta tumanda barpo qilib, 50 ming gektarda suv taʼminotini yaxshilash imkoni bor.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlash topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Fermer xoʻjaliklarida 1 ming 700 ta nasos yiliga 1 milliard kilovatt elektr sarflaydi.

Ularga elektr xarajati uchun bu yilgi byudjetda 170 milliard soʻm subsidiya reja qilingan edi. Kelgusi yil bunga yana 250 milliard soʻm ajratilmoqda.

Masalan, xorazmlik 92 nafar dehqon zamonaviy nasos oʻrnatib, elektrni 20 foiz tejayapti. Quyosh paneli oʻrnatish hisobiga ehtiyojidan ortgan elektrni davlatga sotib, oyiga qoʻshimcha 7-8 million soʻm daromad olayapti.

Xorazm tajribasini kengaytirish maqsadida elektr xarajati uchun subsidiyani nasoslarni yangilash va quyosh panellari oʻrnatishga bogʻlash kerakligi qayd etildi.

Ushbu tajriba asosida har yili 1000 tadan fermerni yangi tizimga oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Har bir kanalga Irrigatsiya universiteti, Suv muammolari ilmiy instituti, 9 ta texnikumni “dual taʼlim” asosida biriktirish muhimligi taʼkidladi.

Ular loyihadan betonlash tugaguncha boʻlgan barcha jarayonlarni ilmiy yondashuv asosida kuzatib, tavsiya va xulosasini beradi.

Kanallarni betonlash hisobiga suv oqimi tezlashadi. Bu – kichik GESlar qurib, elektr olish uchun katta imkoniyat.

Masalan, Navoiy viloyati kanallarida 11 megavattli 148 ta mikro GES qurish boshlandi. Bunda mahalliy komponent yuqori boʻlgan, Navoiyni oʻzida ishlab chiqarilayotgan uskunalardan foydalanilmoqda.

Umuman, respublikada 2 mingta mana shunday mikro GES qurib, yiliga qoʻshimcha 600 million kilovatt elektr olish mumkinligi taʼkidlandi.

Viloyat hokimlari oldiga Navoiy misolida oʻz hududlarining sanoat salohiyatini ishga solib, mahalliy komponenti yuqori boʻlgan shunday mikro GESlarni loyihalashtirish va barpo etish vazifasi qoʻyildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yigʻilishda Jizzax viloyati Doʻstlik tumani misoli koʻrib chiqildi.

Tumanda xitoylik investorlar bilan suv boshqaruvini aqlli tizimga oʻtkazish boʻyicha loyiha yakuniga yetkazildi.

Suv taqsimlanadigan 2 mingta nuqtaga hisoblagich va videokamera oʻrnatilib, kimga qancha suv borgani aniq koʻrinadi. Avtomatlashgan boshqaruv orqali 20 foiz, sugʻorish tarmoqlarini taʼmirlash hisobiga yana 10 foiz suv tejaladi. Suv boshqaruvi xususiy sektorga berilib, fermerlar bilan kooperatsiya tuziladi.

Viloyatlar hokimlariga Doʻstlikdagi yangi tizimni oʻrganish, viloyatidagi suv taʼminoti ogʻir va xarajati qimmat 1 tadan tumanda Doʻstlik tajribasini joriy qilish topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan yigʻilish boshlandi.

Joriy yilda mamlakatimizdagi suv omborlarida oʻtgan yilga nisbatan koʻp suv yigʻilgani taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari bu holatdan xotirjamlikka berilmaslik lozimligini qayd etdi.

Dunyoda bir vaqtlar choʻl boʻlgan hududlarda yogʻingarchilik koʻpayib, boshqa joylarda qurgʻoqchilik kengayib borayotgan sharoitda mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kanallarni betonlash boʻyicha tanlangan yoʻl toʻgʻri boʻlgani taʼkidlandi.

Birgina 550 kilometr kanal va ariqlar betonlangani hisobiga 200 ming gektarda suv yaxshilandi, yiliga 450 million kub metr suv iqtisod boʻlayapti.

Suv boshqaruvi isloh qilinib, tuman darajasida suvni hisobga olish tizimi shakllandi, fermerlar suvni hisob-kitob qilishni oʻrgandi. Shaffof tizim tufayli bu yil yerga 2 karra koʻp suv bordi, yana 6 milliard kub metr suv hisobi joy-joyiga qoʻyildi.

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi. Unda Prezident tomonidan koʻrsatilgan nomzod —Abdurazzoqov Shavkat Shokirjonovich Namangan viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida:

— chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv dasturlari doirasida “Oʻqotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” amaliy mashgʻulotlari kiritiladi;
— amaliy mashgʻulotlarni tashkil etishda harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning oʻquv-moddiy bazasidan foydalaniladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dilshod Shakarboyev Qo‘shrabot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Qo‘shrabot tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi. Unda deputatlar tomonidan Shakarboyev Dilshod Davronovich Qo‘shrabot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Umidjon Adizov Xatirchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Xatirchi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Adizov Umidjon Hasanovich Xatirchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi: turkiy dunyoni yanada jipslashtirish, uning mavqeini oshirish, oʻzaro manfaatli va doʻstona aloqalarni chuqurlashtirish, hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish yoʻlida

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Uchqun Yelmuratov Uchquduq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada Yelmuratov Uchqun Fayzullayevich Uchquduq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Azamat Fayziyev Nurota tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Nurota tumani Kengashining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Fayziyev Azamat Ismatovich bir ovozdan Nurota tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Odil Musanov Arnasoy tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Arnasoy tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi. Sessiyada Musanov Odil Olimovich Arnasoy tumani hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал