uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Nodir Ganiyev — Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Oʻzbekistonning Shvetsiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik boʻladi

Prezident Qaroriga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni “blok-modul” tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️2025-yil 1-yanvardan kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi boʻlgan 3 kundan kam boʻlmagan biznes tadbirlarni Oʻzbekiston hududida tashkil qilgan tadbirkorlar 2028-yil 1-yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda soligʻini ushbu soliq boʻyicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Urgutda qadimiy Soʻgʻd madaniyatiga oid ibodatxona va noyob devoriy suratlar topildi

Arxeologlar bu ibodatxona VII-VIII asrlarda faoliyat koʻrsatgan, lekin 712-yilda arablar Samarqandga yurish qilganida yoqib yuborilganini taxmin qilishmoqda.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Davlatimiz rahbari Olimpiya oʻyinlarida sportchilarimizga muvaffaqiyat tiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha axborot berildi.

Maʼlumki, ushbu nufuzli musobaqa 26-iyul – 11-avgust kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida boʻlib oʻtadi. Unda 206 ta mamlakatdan 10 mingdan ortiq sportchi ishtirok etadi.

Oʻzbekistondan 19 ta sport turi boʻyicha jami 90 nafar sportchi qatnashadi. Ahamiyatlisi, anʼanaviy sport turlaridan tashqari bu yil ilk bor futbol, suvga sakrash, kamondan otish, ayollar kurashi boʻyicha ham yoʻllanmalar olingan.

“Terma jamoalarimiz ushbu nufuzli musobaqaga yuqori darajada hozirlik koʻrdi”,

— deya taʼkidlandi prezidentga berilgan axborotda.

Yakunda, davlatimiz rahbari Olimpiya oʻyinlarida sportchilarimizga muvaffaqiyat tiladi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 23-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 593,04 so‘m (– 17,00)
1 RUB 143,82 so‘m (+ 0,54)
1 EUR 13 716,34 so‘m (– 4,64)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️ Chorshanba kuni «Avtomobilsiz kun» ommaviy aksiyasi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida 24-iyul, chorshanba kuni poytaxt IIBB YHXB bilan hamkorlikda navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi bo'lib o'tadi.

Bu kuni poytaxtimizdagi barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Rasmiy

⚡️Magistratura uchun davlat granti

2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Qarshi xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda

Tarmoqlarda Qarshi xalqaro aeroporti hududida yong‘in kelib chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.

Maʼlum boʻlishicha, yong‘in Qarshi aeroporti yaqinida joylashgan «S.Smart» ishlab chiqarish korxonasi hududida sodir bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilar tezda yong‘inni bartaraf qilish uchun yetib kelishgan. Shuningdek, Qarshi aeroportidan 3 ta o‘t o‘chirish mashinasi ham yordamga kelgan.

Sanoat hududidagi yongʻin havo bandargohi faoliyatiga taʼsir qilmagan. Qarshi xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Xalqimizning boy tarixiy merosi va iqtisodiy yutuqlari qardosh Qirgʻizistondan kelgan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentlar “Xiva gilamlari” kombinatida boʻlib, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʻrgazmasini koʻzdan kechirdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️1-oktyabrdan shahar yoʻlovchi transportida I guruh nogironligi boʻlgan shaxs va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bepul xizmat koʻrsatiladi.

Shu bilan birga, I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalarini moslashtirish xarajatlarining 50 foizi (BHMning 30 baravarigacha boʻlgan miqdorda) qoplab beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️2024-yil 1-sentyabrgacha vazirlik va idoralar, ularning hududiy boʻlinmalari hamda tizim tashkilotlarida bir nafar rahbar oʻrinbosari nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratilishi boʻyicha masʼul etib belgilanadi — Prezident Qarori.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qirgʻizistonlik mehmonlar qadimiy Xivani tomosha qildi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan birgalikda Xiva shahridagi Ichan qalʼa majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi.

Xiva tarixi va uning fan rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va sanʼati haqidagi hikoyalar qirgʻizistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi yana tushdi

Markaziy bank 24-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 584,28 so‘m (– 8,76)
1 RUB 144,38 so‘m (+ 0,56)
1 EUR 13 676,60 so‘m (– 39,74)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️“Ijtimoiy karta” axborot tizimini joriy etish orqali quyidagilar taqdim etiladi:

2024-yil 1-dekabrdan yangidan tayinlanadigan ijtimoiy toʻlovlar, xizmatlar va imtiyozlar;

2025-yil 1-apreldan bosqichma-bosqich shaxsning nogironligini, talaba, oʻquvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlash.

▫️Bunda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, oʻquvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qogʻoz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinadi;

▫️nogironligi boʻlgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil, temir yoʻl, havo va daryo transporti, yoʻnalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanish boʻyicha imtiyozlar, shuningdek ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega boʻlgan aholining boshqa toifalari uchun imtiyozlar;

▫️kirish bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy obyektlariga, konsert-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarga bepul tashrif buyurish yoki qisman haq toʻlash boʻyicha imtiyozlar.

2025-yil 1-iyuldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda toʻlangan QQS summasini 1 ish kunida qaytarish;

2025-yil 1-oktyabrdan Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq fuqarolarga byudjet mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam, subsidiyalar, grantlar, imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar hamda moddiy xususiyatga ega boshqa toʻlovlar taqdim etish;

2026-yil 1-yanvardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlardan foydalanish.

2025-yil 1-oktyabrdan pensiya oluvchilarga oʻz xohishiga koʻra yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganligi boʻyicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️2025-yil 1-yanvardan hunarmandlarning xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi, ularda namoyish etiladigan mahsulotlarini tashish va aviachipta xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️O'zbekiston uzum mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin

Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, oʻsimliklar klinikalar roʻyxati va boshqa maʼlumotlarni “Agrokoʻmakchi” mobil ilovasidan olish mumkin.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️⚡️ Pul ishlashni maqsad qilgan soxta trenerlarga javobgarlik belgilanmoqda

“Tez boyib ketish” va “oson pul topish yo‘llarini o‘rgataman” kabi e’lonlar bilan turli vebinar va seminar-treninglar o‘tayotgan shaxslar faoliyati tartibga solinadi.

Bu borada “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan ma’rifiy faoliyatni tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Yangi Qonun loyihasida ushbu faoliyatni tartibga solish mo‘ljallangan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritiladigan qo‘shimchalar bilan maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lmagan yoki faoliyat huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga javobgarlik belgilanmoqda.

Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ma’rifiy faoliyat tushunchasi ochib berilib, bu faoliyatni amalga oshirish talablari ko‘rsatilmoqda. Ma’rifiy faoliyatni olib borish taqiqlangan shaxslar toifasi belgilab berilmoqda. Muhokamalar davomida qonun loyihasi qabul qilindi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevga ommaviy sport va olimpiya harakatini kengaytirishga oid ishlar yuzasidan axborot berildi.

Kanalga ulanish:
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

23 — 26-iyul kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning 4 ta viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

Fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda toʻplagan baliga nisbatan maʼlum miqdordagi qoʻshimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025 oʻquv yilida tanlagan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha belgilangan oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda, toʻplagan baliga mos ravishda davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi — Prezident farmoyishi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Rasmiy

⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti

2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Har yili oktyabr oyining birinchi haftasi mamlakatimizda Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi — Prezident qarori.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi.

Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qoʻydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Sadir Japarov “Xiva gilamlari” kombinatida boʻldi

Korxonada yiliga 4,2 million kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilib, Xitoy, Rossiya, AQSH, Qozogʻiston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumini, shuningdek, kombinat hududida tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi sanoat mahsulotlari koʻrgazmasini koʻzdan kechirdilar.

Tegishli vazirlik va idoralarga oʻzaro tajriba almashish, kooperatsiya va savdoni rivojlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️2025-yil 1-yanvardan vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni oʻtkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtirokini taʼminlaydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlarining samimiy muloqoti Xivada davom etdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Bekobodda 1 mlrd. 82 mln. soʻmlik kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Prezidentning 2020-yildagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4576-sonli qarori doirasida Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi aksiyadorlik tijorat banki tomonidan chorvachilik yoʻnalishida ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan tekshiruv tadbirlari oʻtkazildi.

Unda Bekobod tumanidagi sut va sut mahsulotlari yetishtirish hamda naslli chorva mollarni koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi “BF” MCHJga Avstriya davlatidan 65 bosh naslli, yirik shoxli chorva mollari olib kelish maqsadida 2020-yilda bank tomonidan 7 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan yillik 19% ustama toʻlash, shundan 3 foizini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplab berish sharti bilan 1 mlrd. 680 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 280-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, xorijdan keltirilgan chorva mollari uchun 116 mln. soʻmlik subsidiya mablagʻi ham ajratilgan.

Ammo, MCHJ tomonidan bankka taqdim qilingan biznes rejada koʻrsatilgan sut mahsulotlari yetishtirish va naslli mollarni koʻpaytirish, ularni 2 avlod olgungacha saqlash bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilmasdan, aksincha, 44 bosh naslli, yirik shoxli chorva mollari naqd pulga sotib yuborilgan. Buning natijasida 1 mlrd. 82 mln. soʻmlik kredit mablagʻlari talon-toroj qilingan.

Ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan bank tomonidan kerakli darajada monitoring ishlari olib borilmagan.

Hozirda holat yuzasidan MCHJ mansabdor shaxslariga va bank mansabdorlariga nibatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал