uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 22-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 610,04 so‘m (+ 8,96)
1 RUB 143,28 so‘m (– 0,22)
1 EUR 13 720,98 so‘m (– 53,26)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️2025-yil 1-yanvardan belgilangan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi — Prezident Qarori.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️⚡️1-oktyabrdan rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi boʻlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi — Prezident Qarori.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

2024/2025 oʻquv yilidan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Ilgʻor muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi. Bunda, yirik ishlab chiqarish korxonalari Ilgʻor muhandislik maktabiga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

Mustaqilligimizning 33 yillik shonli sanasi chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida koʻtarinki kayfiyatda kutib olinadi hamda mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish surʼatlariga munosib tarzda nishonlanadi — Prezident Qarori.

Tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan holda oʻtkaziladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentlar rafiqalari bilan birga Oʻzbekiston va Qirgʻiziston sanʼat ustalarining konsertini tomosha qildilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Futzal muxlislari diqqatiga!

19-iyul kuni “Yunusobod” sport majmuasida “Mirabror Usmonov kubogi” start oladi.

Ushbu xalqaro turnirning ilk uchrashuvida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Tojikistonga qarshi maydonga tushadi.

Barcha futzal muxlislarini Markaziy Osiyoning murosasiz derbisi va ochilish marosimiga taklif etamiz

🇺🇿 O‘zbekiston 🆚 Tojikiston 🇹🇯

🗓 19-iyul | 19:30

🏟 “Yunusobod” sport majmuasi


🎫 Uchrashuvga kirish bepul

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qambarota GESi qurilishi toʻgʻrisida uch tomonlama bitim qabul qilishni tezlashtirish choralarini koʻramiz. Ushbu megaloyiha, shubhasiz, butun mintaqamizning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi,
 — dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#ob_havo

Bugun
Toshkent viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va shimolda Navoiy viloyatida (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat 32-37° bo'ladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Surxondaryoda Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini yiriklashtirish orqali Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bu samarali boshqaruv tizimini joriy etish, takrorlanuvchi fakultet va kafedralarni qisqartirish, ayrim shtat birliklarini maqbullashtirish imkonini beradi.

Yangi universitetda Ilgʻor muhandislik maktabi tashkil etiladi. Unga bilimi yuqori talabalar tanlov asosida olinib, amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi. Bu maktabning yoʻnalishlariga mos sanoat hamkorlari belgilanib, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi. Ularning takliflari asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari yoʻlga qoʻyiladi.

Universitetning boshqaruv va oʻqituvchilik lavozimlariga xorijiy tajribaga ega, ilmiy va amaliy malakasi yuqori mutaxassislarni jalb etish, ularning ish samarasini xalqaro standartlar asosida baholash vazifalari qoʻyildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 16-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 607,62 so‘m (– 27,65)
1 RUB 144,40 so‘m (– 0,07)
1 EUR 13 758,70 so‘m (+ 5,21)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️«Arslon» zirhli transportyori qoʻshinlar sinoviga olindi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq soʻzlayotgan chogʻida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi.

Davlatimiz rahbari ushbu zoʻravonlik harakatini keskin qoralaydi va Donald Trampga tez fursatda sogʻayib ketishini tilaydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari rasmda...

👉 PDF shaklida yuklab olish

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

2024-yil 1-oktyabrdan har yili “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlarining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi boʻlgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlariga yoʻnaltiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️2026-yil 1-yanvargacha nogironligi boʻlgan shaxslarning harakatlanishi uchun respublikaning barcha hududlarini qamrab oluvchi toʻsiqlarsiz muhit yaratilgan obyektlarni aniqlash imkonini beruvchi “Interaktiv xarita” axborot tizimi ishga tushiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenni ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Davlatimiz rahbari oʻz maktubida soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli munosabatlarini sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga koʻtarishda, mamlakatimizdagi ortga qaytmas tus olgan demokratik va iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda Yevrokomissiya Prezidentining ulkan shaxsiy hissasi borligini alohida taʼkidladi.

Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan hamkorlik barcha ustuvor yoʻnalishlarda yanada yuksak bosqichga koʻtarilishiga ishonch bildirildi.

Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda mutlaqo yangi sahifa ochadigan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tez orada imzolash tarafdori ekani qayd etildi.

“Yaqin kelajakda Samarqand shahrida birinchi “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” sammiti oʻtkazilishi mintaqaviy aloqalarimizni manfaatli loyihalar va dasturlar bilan boyitish yoʻlida muhim amaliy qadam boʻlishiga aminman",
— deyiladi Prezidentimiz maktubida.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini qoʻshib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi — Prezident Qarori.

Muhandislik, qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkentdagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston sammiti – kelgusida ikki tomonlama munosabatlarda yanada yuqori darajaga chiqish uchun mustahkam asos

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qardosh xalqlar madaniyati: Prezidentlar konsertda

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov rafiqalari bilan birga Oʻzbekistonda Qirgʻiziston madaniyati kunlari boshlanishiga bagʻishlangan konsertda ishtirok etdi.

Ikki mamlakat sanʼat ustalarining ushbu konserti chuqur tarixiy ildizlar bilan bogʻlangan, dini bir, qadriyat va anʼanalari mushtarak oʻzbek va qirgʻiz xalqlarining koʻp asrlik doʻstligi ifodasi boʻldi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi hamda OAV vakillari uchun bayonot berildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

“Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish strategik loyihasi boʻyicha uch tomonlama bitim imzolangani tarixiy voqea boʻldi,

 — dedi mamlakatimiz yetakchisi OAV vakillari uchun bergan bayonotda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Quyidagi hujjatlar imzolandi:

- Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xoʻjaligi obyektlari boʻyicha hukumatlararo bitim;

- Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;

- Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash toʻgʻrisida bayonnoma;

- Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Madaniyat va sanʼat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- 2024-2030-yillarda oʻzaro savdo hajmini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;

- 2024-2026-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;

- 2024-2026-yillarda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;

- 2024-2026-yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti oʻrtasidagi memorandum va boshqalar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda

Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil sentyabr oyida AQSHga tashrifi chogʻida taʼlim sohasi boʻyicha ham kelishuvlarga erishilgan edi. Shunga muvofiq, Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda.

Uning faoliyati 2024/25 oʻquv yilidan boshlanadi. Universitetda muhandislik, arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun kadrlar tayyorlanadi.

Bitiruvchilarga Arizona davlat universiteti yoki AQSHda tan olinadigan hamkor xorijiy universitetning diplomi beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy taʼlim tizimida sifatni oshirish va xalqaro oʻquv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.

Mutasaddilar 2024/2025 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasi rejasi boʻyicha axborot berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, shu jumladan Malayziya Bosh vazirining joriy yil may oyida Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi koʻrib chiqildi.

Sanoat, “yashil” energetika, neft-kimyo, elektrotexnika va boshqa tarmoqlarda yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#ob_havo

Bugun Xorazm, Navoiy, Toshkent, viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ham (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

▫️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 050 000 soʻm;

▫️bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 soʻm;

▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 soʻm;

▫️yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 soʻm;

▫️nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 soʻm;

▫️mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 soʻm;

▫️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 soʻmdan) 800 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 soʻm;

▫️zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 648 000 soʻm;

▫️ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 648 000 soʻm.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentning Fargʻonaga tashrifi: yangicha fikrlash va ishlash, imkoniyatlardan unumli foydalanish – xalqimizni rozi qilish, iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish garovi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал