⚡️XORIJDA ISHLASH OSON, ammo…
«Qoʻshtirnoq»ning 4-soni xorijda ishlash niyatida yurganlar va xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan vatandoshlarimizga bagʻishlandi.
Loyiha mehmonlari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi masʼullari Ortiqxoʻja Norov va Bunyod Yoʻldoshevlar boʻldi.
Koʻrsatuvni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
🎥 https://youtu.be/BF78g4ynNME
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Fargʻonani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy tuzilmalariga quyidagi vazifalar yuklandi:
▫️davlat xaridlari sohasida qonun buzilishi holatlari aniqlanganda, toʻlovlarni vaqtincha toʻxtatish (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlar bundan mustasno), shartnomani roʻyxatdan oʻtkazmasdan qaytarish, uni bekor qilish va qonun buzilishi holatlari mavjudligi toʻgʻrisida davlat buyurtmachisiga hamda davlat moliyaviy nazorati organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabarnoma yuborish;
▫️moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonlarida shubhali holatlar boʻyicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini 3 ish kunida xabardor qilish;
▫️roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar boʻyicha muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklar hisobini yuritish hamda har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha Hisob palatasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga tegishli maʼlumot taqdim etib borish.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlari tashkil etilgan vazirlik va idoralarga, Markaziy bank va tijorat banklaridan byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablagʻlarini oluvchilarning byudjet va davlat qarzi mablagʻlarining harakatiga doir maʼlumotlarni markazlashgan tartibda soʻrab olish vakolati beriladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi
Prezident Farmoniga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️2025-yildan har chorakda Hisob palatasi tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari bo'yicha taqdim etilgan axborotlar Hukumatning majlislarida muhokama qilib boriladi — Prezident Farmoni.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️2025-yildan davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablagʻlar boʻyicha ma'lumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etiladi.
Bunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan ajratilayotgan mablagʻlar boʻyicha soʻrovi va nazorati yoʻlga qoʻyiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
2024-yildan O'zbekistonning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga erishish dasturlarining ijrosi har yili Hisob palatasi tomonidan baholashdan o'tkaziladi hamda natijalari yuzasidan Prezidentga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot kiritiladi — Prezident Farmoni.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Margʻilonda ham aholi soni oshib, tadbirkorlik rivojlanib borayotgani uning infratuzilmasini kengaytirishni taqozo etmoqda.
Soʻnggi besh yilda Margʻilonda 1 ming 164 ta xonadonli 33 ta uy qurildi, xolos. Hozirni oʻzida 5 mingta xonadonga talab mavjud.
Shu munosabat bilan shaharda 30 ming xonadonli “Yangi Oʻzbekiston” massivi, savdo kompleksi va biznes markazi, 2 ta maktab, 6 ta bogʻcha va 2 ta klinika quriladi.
Bundan tashqari, 20 gektar hududga “Burxoniddin Margʻiloniy bogʻi” koʻchiriladi, yana 50 gektarda sanoat zonasi tashkil qilinadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qoʻqondagi “Tepaqoʻrgʻon” arxeologik yodgorligini turistlar uchun jozibador marshrutga aylantirishga 10 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Yangi Oʻzbekiston massivi” loyihasi mahallagacha tushirilishi belgilandi
Bunda shahar va tuman markazlarida 5 tadan eski mahallalar tanlab olinadi. Ularda 7-10 qavatli uylar qurish uchun xususiy sektor jalb qilinadi, uylar birinchi galda ushbu mahalla aholisiga beriladi.
Mutasaddilarga Qoʻqondagi birinchi “Mahalla massivi” qurilishini boshlash uchun joy tanlash va loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qoʻqonda maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi, unda 1 milliard dollarlik loyihalarni boshlash, kamida 10 mingta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish reja qilingan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Karkidon” suv omboridagi juda katta salohiyat ishga solinmayotgani qayd etildi.
Master reja qilib, suv ombori atrofidagi 250 gektarda ekoturizm majmuasini, 100 dan ziyod dam olish, savdo-servis va koʻngilochar maskanlar, zamonaviy mehmonxona barpo etish loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Suv ombori atrofida oʻzlashtirilmagan 1,6 ming gektar adirga investitsiya kiritib, gilos, shaftoli, bodom, oʻrik bogʻlarini yaratish mumkin.
Shuningdek, Katta Dehqonobod mahallasida bir necha yildan beri boʻsh turgan, unumsiz 73 gektarda intensiv baliqchilik suv havzalarini tashkil qilsa boʻladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yigʻilishda Quva tumani, Qoʻqon va Margʻilon shaharlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Quva aholisi 280 mingga yaqinlashdi. Tumanda tadbirkorlar juda koʻp, imkoniyat ham, sharoit ham yetarli. Tuman hokimligi toʻgʻri yondashuv qilsa, investitsiya, ishlab chiqarish, ish oʻrni va eksportni karrasiga oshirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, Quvada meva-sabzavotni qayta ishlash quvvati 10 foiz. Mustaqillik mahallasidagi 100 dan ziyod xonadon yaqin joydan 15 gektar yer ajratilsa, meva ulgurji bozorini tashkil qilishga tayyor.
Rossiyalik investorlar ham 5 gektarda 20 million dollarlik 100 ming tonna mevani qayta ishlaydigan agrologistika markazini qurish, saudiyalik hamkor isitish va sovutish tizimlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish boʻyicha taklif bildirgan.
Bu loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Viloyatdagi yirik bogʻbonlarning yerida 50-100 tonnalik muzlatkichli ombor tashkil qilish taklifi qoʻllab-quvvatlandi. Buni hisobiga ularni eksport salohiyati 2 karra oshadi, yoʻqotishlar 25 foizga qisqaradi, 4 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston, Rishton, Beshariq, Bogʻdod tumanlarida joriy yilda har biri 10 ming tonnalik saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish topshirildi.
Viloyat bogʻbon-tadbirkorlarining meva-sabzavotni saqlash, saralash va qayta ishlash loyihalariga xorijiy valyutada olingan kreditlarning 6 foizgacha qismi qoplab beriladi.
Shuningdek, Quvasoydagi 12 ming gektar yeri boʻlgan 616 ta fermerning ogʻirini yengil qilish uchun yer soligʻi yarmiga kamaytirilsa, adolatdan boʻlishi taʼkidlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Fargʻonaga tashrifi yakunida Quvada tashkil etilgan bogʻdorchilik majmuasi bilan tanishdi.
Shu bilan davlatimiz rahbari Fargʻona viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️13 — 16-iyul kunlari yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning oltita viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Hisob palatasida quyidagilar tashkil etiladi:
— Mudofaa majmui va huquq-tartibot organlari xarajatlarini audit qilish shoʻbasi;
— Xalqaro standartlar asosida davlat auditini tashkil etish shoʻbasi;
— Tadqiqot, ekspert-tahlil va oʻquv markazi (Tadqiqot markazi).
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Hisob palatasiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek, uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish vakolati beriladi — Prezident Farmoni.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 15-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 635,27 so‘m (– 19,75)
1 RUB 144,47 so‘m (+ 0,19)
1 EUR 13 753,49 so‘m (+ 27,86)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuziladi
2025-yil 1-yanvardan moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuziladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Margʻilonga har yili 250 ming ichki va 75 ming xorijiy turistlar kelmoqda. Bu koʻrsatkichlarni yanada oshirish uchun mehmonxona va xizmat koʻrsatish joylarini koʻpaytirish zarur.
Shu bois, Margʻilonda 5 ta mehmonxona, Shoirlar va sanʼatkorlar xiyoboni, Maqom teatri, 50 dan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari quriladi.
Shuningdek, Pichoqchi mahallasidan joy berilsa, mahalliy tadbirkorlar 240 oʻrinli zamonaviy 2 ta mehmonxona qurish va hududni turizm maskaniga aylantirish taklifini bergan.
Umuman, Margʻilon hokimligiga aytilgan imkoniyatlar hisobiga joriy yilda tumanga 300 million dollar investitsiya jalb etish va 50 ming yangi ish oʻrni yaratish vazifasi qoʻyildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yangi oʻquv yilidan Qoʻqon universiteti turizm fakultetida Italiya, Fransiya va Shveysariya oʻquv dasturlari joriy qilinadi, xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dushanbadan boshlab yangilangan Qoʻqon aeroportidan Toshkentga har kuni, Samarqand, Buxoro va voha shaharlariga esa har hafta aviaqatnovni yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qoʻqon superfosfat zavodi oʻrnida tashkil qilingan “Indorama Qoʻqon” korxonasi mineral oʻgʻit ishlab chiqarishni boshladi.
Singapurlik hamkorlar “Fargʻona azot”ni modernizatsiya qilishga ham 250 million dollar investitsiya kiritib, mahsulot hajmini yana 850 ming tonnaga oshirish boʻyicha ishlarni boshlab yuborgan.
Endilikda Qoʻqon va Fargʻonadagi ushbu zavodlar yagona kimyo klasteri boʻladi. Ularda suyuq oʻgʻitlar, natriy nitrati, magniy xlor kabi hozirda import boʻlayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, Qoʻqondagi mexanika zavodining 11 gektarida kimyo texnoparkini tashkil qilish va joriy yilni oʻzida 100 million dollarlik loyihalarni boshlash rejalashtirilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
“Fargʻona – Andijon” magistral yoʻlini Quvadan oʻtgan qismidagi 11 gektarda 40 million dollarlik savdo va servis obyektlarini joylashtirish mumkin.
Prezident tumanda mebelchilikni rivojlantirish, “Shahriston Kubosi” arxeologiya yodgorligida osmon ostida muzey tashkil etish va turistlarni jalb qilish kabi imkoniyatlarni ham koʻrsatib oʻtdi.
Bularni hisobga olib, sanoat, qishloq xoʻjaligi, savdo va turizmni jadal rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash boʻyicha yangi yondashuvlar asosida Quva tumani uchun ikki yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
Quva iqtisodiyotining oʻsish nuqtasi boʻlgan har bir hudud boʻyicha master reja ishlab chiqiladi va 100 milliard soʻm ajratiladi.
Transport vazirligiga “Toshkent – Andijon” yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdi Quvada ham toʻxtab oʻtishini tashkil qilish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Viloyatda madaniy tadbirlarni koʻpaytirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.
Madaniyat vazirligiga Fargʻona filarmoniyasida Simfonik orkestr va Milliy cholgʻu ansamblini tashkil qilish topshirildi.
Ushbu orkestr va ansambl sayyohlar eng koʻp keladigan Fargʻona, Qoʻqon, Margʻilon shaharlari, Rishton, Quva va Fargʻona tumanlarida haftalik konsertlar oʻtkazadi.
Shuningdek, Fargʻona shahrida yangi tashkil boʻlayotgan “Eko shahar”da musiqa maktabini tashkil qilish boʻyicha taklif kiritishga koʻrsatma berildi.
Umuman, bugun Fargʻona uchun yaratilayotgan sharoitlar kamida 10 milliard dollarlik investitsiyaga zamin boʻlayotgani taʼkidlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Chegaradan ID-karta orqali oʻtish boʻyicha Qirgʻiziston bilan kelishuvga erishilgani Fargʻona uchun imkoniyatlar eshigini ochgani taʼkidlandi.
Qariyb 20 yil yopiq boʻlgan Shohimardon va Yordon anklav qishloqlariga oʻtgan yili 400 mingga yaqin turist bordi.
Lekin, “Vodil” va “Oq-qiya” chegara oʻtkazish punktlari xalqaro maqomga ega emasligi bois xorijiy turistlar Shohimardon va Yordonga Oʻsh orqali aylanib kelishiga toʻgʻri kelmoqda. Bu masala hal boʻlsa, tadbirkorlar ushbu 2 ta qishloqqa 100 million dollar investitsiya kiritishga tayyor.
Bu borada qoʻshni mamlakat bilan tegishli muzokaralar olib borilayotgani maʼlum qilindi.
Mutasaddilarga Shohimardon va Yordon qishloqlari, Vodil shaharchasining master rejasini ishlab chiqish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Soʻnggi uch yilda viloyatdagi 110 ming aholiga dehqonchilik qilish uchun 25,5 ming gektar yer berilgan. Ushbu yerlarda 3 marta hosil olish boʻyicha Fargʻona tajribasini yaratish topshirildi.
Kelgusi yili viloyatdagi barcha paxta maydonlarida Shinjon-Uygʻur tajribasi asosida paxtani koʻchatlab ekish texnologiyasi joriy qilinadi, zamonaviy urugʻchilik korxonasi tashkil etiladi.
Shuningdek, 15 ta tumanda 500 gektardan yerda bogʻlar tashkil qilinib, 50 sotixdan 30 ming aholiga boʻlib beriladi, viloyatdagi 8 ming gektar samarasiz bogʻlar yangilanadi.
Fargʻona tumanida sanoat usulida Italiya va Polshaning serhosil malina navlari ekiladi. Qoʻshtepa va Yozyovonda 1 ming gektardan yuqori hosildor bodom, shaftoli, gilos va olxoʻri bogʻlari tashkil qilinadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz