Fargʻonada sanoatga katta turtki beradigan loyihalar koʻpaytiriladi.
Energetika, neft-gaz va kimyo sohalarida 2 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilgan.
Kuni kecha Beshariqda 500 megavattli, Oʻzbekiston tumanida 180 megavattli fotoelektr stansiyalarini qurish ishlariga start berildi.
Toshloqda 120 million dollarlik float oynasi, Oʻzbekiston tumanida 80 million dollarlik 20 turdagi qurilish materiallari korxonasi, Quvasoyda 65 million dollarlik keramo-granit loyihasini tezlashtirish zarurligi qayd etildi.
Quvasoyda elektromobilni zaryadlash stansiyalarini ishlab chiqarish korxonasini joriy yilda ishga tushirish, Rishtonda yiliga 17 ming tonna biologik parchalanadigan notoʻqima mato ishlab chiqarish boʻyicha loyihani jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident viloyatning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Jumladan, Quvasoyning Pakana, Kokilon va Soʻfon mahallalari hisobidan Qoʻqon iqtisodiy zonasi hududi 210 gektarga kengaytiriladi.
Bu yerlarda 200 million dollarlik, kelgusi yilda 500 million dollarlik loyiha qilish, kamida 10 ming ish oʻrni yaratish vazifasi qoʻyildi.
Viloyat hokimiga 19 ta tuman-shaharning har birini Xitoy tajribasi asosida sanoatning aniq yoʻnalishiga ixtisoslashtirish va ularda sanoat zonalarini tashkil qilish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Endilikda viloyat rahbariyatining masʼuliyatini oshirish boʻyicha Fargʻonada yangi tizim boʻlishi belgilandi.
Viloyat hokimining oʻzi va har bir oʻrinbosari, 19 ta tuman va shahar hokimi kuniga kamida 5 tadan tadbirkor va xorijiy investorni qabul qilib, ularni muammosini hal qiladi.
Ular har hafta televideniye, radio orqali aholi va tadbirkorlarga boʻlayotgan oʻzgarishlarni aytib boradi.
Yil yakunida ularning faoliyati sarhisob qilinib, tegishli chora koʻriladi.
Viloyat kengashi deputatlari ham komissiya tuzib, har bir raqamni nazoratga olishi muhimligi qayd etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Tannarx balandligi uchun Fargʻonadagi sement zavodlarining mahsulotlari import bilan raqobat qila olmayotgani qayd etildi. Oqibatda 10 ta sement zavodi quvvatining uchdan birida ishlayapti.
Bu viloyat hokimi oʻrinbosarlari korxonalardagi tannarx va energiya sarfini kamaytirish boʻyicha ishlamayotganidan dalolat.
Shu yilni oʻzida viloyatda 9 ming xonadonli 220 ta koʻp qavatli uy-joylar qurilayapti. Viloyatdagi 36 ta temir-beton korxonasi quvvati bu qurilishlarning 50 foiz ehtiyojini qoplashga yetadi, xolos.
Yaʼni, quruvchilar mahsulotini boshqa viloyatdan olib kelayapti.
Shu munosabat bilan yil yakunigacha temir-beton korxonalarini koʻpaytirish shartligi taʼkidlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Viloyatdagi baʼzi korxonalarda ishlab chiqarish hajmi pasaygani, ayrimlari ishlamayotgani, 3 ta loyihani ishga tushirish 4-5 yildan beri choʻzilib kelayotgani tanqid qilinib, masʼul rahbarlar bunday korxonalarga yordamlashishi zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirildi.
Roʻyxatga olingan tadbirkorlarning muayyan qismi faoliyat yuritmayotgani, ayrimlarida esa aylanma va ish oʻrinlari qayd etilmagani “yashirin iqtisodiyot”dan dalolat berishi qayd etildi.
Mutasaddilarga bu holatlarni oʻrganib, “soyadan” chiqishga koʻmaklashish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Davlatimiz rahbari kecha viloyatda yangi korxonalarni boshqarayotgan tadbirkorlar, zamonaviy texnologiyalarda ishlayotgan yoshlarimiz, chiroyli uy-joy massivlariga koʻchib oʻtgan odamlarni koʻrib, mamnun boʻlganini taʼkidladi.
Shu bilan birga, dunyodagi hozirgi oʻta murakkab sharoitda yangi yoʻl ochish, investitsiya olib kelish oʻz-oʻzidan boʻlmayotgani qayd etildi.
Fargʻona aholisi 4 milliondan oshdi. Bunday oʻsish bilan viloyat aholisi 2030-yilga borib 5 millionga yetadi. Bu – Fargʻona viloyatini oʻzida yiliga 100 ta yangi bogʻcha, 40 ta maktab, 20 mingta xonadon va 500 mingta qoʻshimcha ish oʻrni yaratish kerak, degani.
Bu esa viloyat hokimi, uning 8 ta oʻrinbosari, 19 ta shahar-tuman hokimi oldiga katta vazifalar qoʻyib, ulardan qattiq masʼuliyat talab etishi koʻrsatib oʻtildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#ob_havo
Bugun Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechqurun Toshkent viloyatida (ba’zi joylarda) biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda 40-42° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda ham kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 36-38° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda (ayrim hududlarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona shahrida qurilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivini borib koʻrdi.
300 gektarli hududda 65 ming aholiga moʻljallangan 365 ta koʻp qavatli uy bosqichma bosqich bunyod etilmoqda.
Hozirgi kunda ilk uylar va bogʻlar obod aholi manziliga aylanib ulgurdi. 2 ming 887 xonadonli 75 ta uy foydalanishga topshirildi. Joriy yil yana 25 ta uy bunyod etiladi.
Aholini ish bilan taʼminlash uchun massiv hududining 50 gektarida kichik sanoat zonasi tashkil etiladi. Oziq-ovqat, tikuvchilik, toʻqimachilik, charm-poyabzal, farmatsevtika, mebelsozlik va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar ish boshlaydi. Bugunga qadar 423 milliard soʻmlik 5 ta loyiha joylashtirildi. Ularning natijasida 700 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Massivni ekoshahar deyish mumkin. Sababi 70 gektar maydonda “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”, soʻlim xiyobonlar, sunʼiy koʻl, toʻrt ming oʻrinli amfiteatr barpo qilindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fargʻonaga tashrifi chogʻida Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabi ochildi.
Lola Murotova Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi, “El-yurt hurmati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari sohibasi boʻlgan.
Shavkat Mirziyoyev Lola Murotovaning koʻp yillik mehnati, insoniy fazilatlarini yodga oldi.
— Lola opa oʻzbek ayolining nimalarga qodirligini koʻrsatdi, shu bilan birga, juda kamtar va soddadil edi. Fidokorligi, mehnatsevarligi bilan yurtimiz rivoji va obodligiga katta hissa qoʻshgan edi. Bu jihatlar yoshlarga oʻrnak boʻlishi, ular kasbni yaxshi oʻrganishi kerak,— dedi davlatimiz rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
Korxona yiliga 30 million dollar mahsulotni eksport qilish quvvatiga ega. Bugungi kunda MDH, Yevropa, Afrika va Osiyoning 16 davlatiga mineral oʻgʻitlar eksport qilinmoqda.
Davlatimiz rahbari zavod boʻylab yurib, ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirdi. Korxona yirik kimyo klasteriga aylanib, nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy namuna boʻlishi kerakligi taʼkidlandi. Zavod xodimlari uchun zamonaviy uy-joylar qurish, kelajakda maktab va shifoxona loyihalarini ham nazarda tutish boʻyicha fikr almashildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga keldi
Mart oyida Qoʻqon aeroporti yangidan ochilgan edi. Bugun Oʻzbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qoʻndi.
Mazkur aeroport 1977-yilda qurilgan boʻlib, yaqin yoʻnalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida ushbu aeroport orqali yana fuqaro aviatsiyasi parvozlari yoʻlga qoʻyildi.
Davlatimiz rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Aeroportda 100 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qoʻnish yoʻlagi qoplamasi taʼmirlangan. Zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari oʻrnatilgan. Bu ishlar natijasida aeroport A 320-200 va ATR 72-600 rusumli samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻldi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Navoiy viloyati IIB xodimi bevosita xizmat vazifasiga kirsada, jabrlanuvchidan pul talab qilib, olgan vaqtida ushlandi
Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik boʻlinmasi katta tezkor xodimi Karmana tumanida yashovchi fuqaroning plastik kartasidan 62 mln. soʻm pul mablagʻini noqonuniy yechib olgan shaxslarni aniqlab berish evaziga 600 AQSH dollari talab qiladi.
Bunday holatlarni fosh etish katta tezkor xodimning bevosita xizmat vazifasiga kirsada, u jabrlanuvchidan soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi qamoqqa olindi
Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi 2023-yilning may oyidan 2024-yilning may oyiga qadar ushbu korxonada elektr energiyasi oqimini hisobga olish va nazorat qilish muhandisi vazifasida ishlab kelib, savdo faoliyatini olib borishga ixtisoslashgan MCHJning elektr energiyasidan 202 mln. 500 ming soʻmlik qarzdorligini tanishlari orqali hisobdan chiqartirib berish evaziga 90 mln. soʻm talab qiladi.
U 2023-yilning iyun-dekabr oylari davomida tadbirkordan jami 78 mln. soʻm oladi, ammo vaʼdasini ustidan chiqa olmasdan, yaʼni, qarzdorlikni bazadan oʻchirtira olmasdan, barcha olgan pullaridan dastlabki 3 mln. soʻmni uchinchi shaxs orqali qaytarib bergan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX: joylarda korrupsiya bilan bogʻliq noqonuniy holatlar aniqlandi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni (my.uzbmb.uz orqali) yuklab olishlari hamda chop etib qo‘yishlari so‘ralmoqda.
Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish va ish oʻrinlarini koʻpaytirish sharti bilan qoʻshimcha 1 ming 210 gektar yer ajratish mumkin.
Buning uchun viloyat hokimligi huzurida direksiya tashkil qilinadi. Sanoat zonalaridagi binolarni mahalliy tadbirkor hamkori bilan qurib, ijaraga oladi yoki muddatli sotib oladi.
Sanoatni tuman va mahallaga tushirish uchun infratuzilma xarajatlariga 50 million dollar ajratiladi.
Ushbu mablagʻni viloyatning oʻzi tasarruf qiladi va qaytgan mablagʻni keyingi loyihalarga ishlatishi mumkin boʻladi.
Viloyat hokimligiga 161 ta yirik mahallada ham 1 gektardan maydonda 4-5 qavatli sanoat markazlarini tashkil qilish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Endi kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta, yaʼni Ijtimoiy himoya agentligi tizimida boʻladi
Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ham tizimni oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.
Mahalla yettiligida qanday ishlash kerakligi boʻyicha tajriba toʻplandi, ularga bank-moliya instrumentlari bilan koʻmaklashish joriy qilindi. Shu bilan birga, tizim kengaygan sari yangicha yondashuvga ehtiyoj sezilmoqda.
Ehtiyojmand aholi daromad manbai bilan taʼminlanmasa, yana ijtimoiy yordamga qayta-qayta murojaat etishi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois, endi kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta, yaʼni Ijtimoiy himoya agentligi tizimida boʻladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Bu yil “Tashabbusli byudjet” doirasida Fargʻonadagi 266 ta loyihaga 340 milliard soʻm ajratildi.
Lekin uch oydan beri koʻplab loyihalar boʻyicha hali amaliy ish boshlanmagani qattiq tanqid qilindi.
Shu oyni oʻzida “Tashabbusli byudjet”ga viloyat byudjetidan hozirgacha berilmagan mablagʻlarni oʻtkazib berish topshirildi.
Buning hisobiga 35 ta mahalladagi elektr, gaz va yoʻl masalasi hal boʻladi.
Umuman, tumanlar mahalliy byudjetida mablagʻni koʻproq qoldirish maqsadida jismoniy shaxslardan daromad soligʻini yarmini tuman byudjetida qoldirish masalasini koʻrib chiqish topshirildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Soʻnggi yetti yilda respublika sanoati 1,6 barobar oʻsgani bilan, Fargʻona bu koʻrsatkich boʻyicha respublikada eng oxirgi oʻrinda.
Viloyat sanoatining yarmi Fargʻona va Qoʻqon shaharlari, Uchkoʻprik tumaniga toʻgʻri keladi.
Oʻtgan yillarda viloyatga kiritilgan har bir ming dollar xorijiy investitsiya soliq tushumlarini oʻrtacha 207 dollarga koʻpaytirgan. Lekin bu koʻrsatkich boʻyicha Toshloq, Dangʻara, Yozyovon, Rishton va Uchkoʻprik ancha orqada.
Mutasaddilarga meva-sabzavot eksporti va paxtani qayta ishlashda ham kamchiliklar borligi, bu boradagi rejalar yetarli emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Fargʻona korxonalari 60 ta yangi bozorga kirib bordi
Oʻtgan yetti yilda viloyatda katta oʻzgarishlar boʻldi.
Kiritilgan investitsiyalar hajmi 3 karra oʻsdi. Tovar aylanmasi 10 million dollardan oshgan 122 ta korxona paydo boʻldi. Fargʻona korxonalari 60 ta yangi bozorga kirib bordi.
Bugungi kunga kelib, viloyatda yangi korxona ochaman, kengaytiraman, innovatsion loyiham bor, yuzlab, minglab odamni ishli qilmoqchiman, degan tadbirkor koʻpaydi.
Shu bilan birga, agar viloyat rahbariyati yangicha tizim qilib, tadbirkorlar bilan koʻproq shugʻullanganida edi, Fargʻonada 2-3 karra koʻp natijaga erishish mumkin boʻlar edi, dedi davlatimiz rahbari.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Test sinovi o‘tkaziladigan binolar roʻyxati eʼlon qilindi
Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2024
Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Fargʻonada Prezident “Yangi Oʻzbekiston” massividagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, bu yerga koʻchib kelgan oilalar bilan muloqot qildi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezidentimiz Fargʻona shahrida Oʻzbekiston Qahramoni Lola Murotova nomidagi kasb-hunar maktabi bilan tanishdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlatimiz rahbari Margʻilon shahrida nuroniylar bilan dildan suhbatlashdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun yangidan ochilgan Qoʻqon aeroporti bilan tanishdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Yangiyer shahar IIB katta inspektori oʻz xizmat xonasida pora olgan vaqtida ushlandi
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi katta inspektori probatsiya nazoratida turgan, shu yilning fevral oyida sud hukmiga asosan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan shaxsni jazoni Yangiyer shahrida oʻtamaslik, Toshkent shahrida erkin tadbirkorlik faoliyatini olib borishi uchun yordam berish, yashash manzilini tekshirmaslik hamda chora koʻrmaslik evaziga Yangiyer shahridan 2 xonali uyni sotib olib, uning nomiga rasmiylashtirib berishini hamda 500 AQSH dollari miqdorida pul mablagʻi berishini talab qiladi.
U 400 AQSH dollari hamda 1 mln. 260 ming soʻmni oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Toshkentda xususiy korxona rahbari mansabdor tanishlari orqali tenderda yutib berish evaziga tadbirkordan 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi
Qibray tumanida faoliyat yurituvchi xususiy korxona rahbari oʻzining mansabdor tanishlari orqali, Namangan viloyatining Davlatobod tumanida barpo etilayotgan “Yangi Namangan shaharchasi”ni ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun Kosonsoy shahridagi suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish loyihasini tender savdolarida yutib berish evaziga tadbirkordan 4 mlrd. soʻm talab qiladi.
DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbari ushbu noqonuniy ishga aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Fargʻona viloyatiga tashrif buyuradi.
Tashrif davomida hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#ob_havo
Bugun respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida (ayrim joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda 40-42° gacha bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda (ayrim hududlarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.
Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.
Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz