⚡️“Ijtimoiy karta” tizimi joriy etiladi
Bu orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari toʻliq avtomatlashtiriladi. “Ijtimoiy karta” bir vaqtning oʻzida ham toʻlov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdigʻi hisoblanadi.
Bu tartib dastlab Toshkent shahri va Yangiyoʻl tumanida, keyingi yildan boshqa hududlarda joriy etiladi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordamlar va 200 ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga umumlashtiriladi. Qogʻoz shaklidagi hujjatlar bekor qilinib, vaqt va mablagʻ tejaladi. Soha toʻliq raqamlashtirilishi orqali har bir oilaning ehtiyojlari va imkoniyatlarini aks ettiradigan “ijtimoiy-raqamli pasporti” joriy etiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Jamoat transporti boʻyicha tenderlarda faqatgina nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirilgan avtobuslar ishtirok etishi mumkin boʻladi. Shahar jamoat transportida I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul xizmat koʻrsatiladi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni madaniy tadbirlar, koʻngilochar tomosha va marosimlarga jalb qilish boʻyicha amaliy choralar koʻriladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Endi ekspert komissiyalari tomonidan kasbga, taʼlimga, sportga tavsiya berish, mehnatga layoqatsizlikni belgilash tartibi bekor qilinadi. Bunday shaxslar ish, sport va taʼlimga individual yondashuv asosida yoʻnaltiriladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 11-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 632,88 so‘m (+2,85)
1 RUB 144,52 so‘m (+ 0,03)
1 EUR 13 667,51 so‘m (– 1,97)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
BYD bilan hamkorlik mahalliy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ham oʻz ichiga oladi
Jizzaxdagi “BYD Uzbekistan Factory” kompaniyasiga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida Jizzax politexnika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan birgalikda yuqori malakali mutaxassislarni oʻqitish boʻyicha muhandislik oʻquv markazini tashkil qilish rejalashtirilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi “BYD Uzbekistan Factory” zavodida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar haqida hisobot bilan tanishdi.
Mazkur korxona shu yil 27-iyun kuni davlatimiz rahbari ishtirokida ishga tushirilgan edi. U BYD yengil avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Xitoydan tashqaridagi ilk zavod boʻldi.
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi mazkur investitsiya loyihasining dastlabki natijalari va uni kengaytirishga qaratilgan rejalar toʻgʻrisida axborot berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
2024-yil 1-sentabrdan 2025-yil 31-dekabrgacha kichik biznesga ko'maklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug'urtalash hamda xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarining 50 foizigacha qismini, biroq BHMning 30 baravaridan (10 mln 200 ming so'm) oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
▫️Hisob palatasi tomonidan konsolidatsiyalashgan byudjet ijrosini tashqi auditdan oʻtkazish taklif etilmoqda. Bu byudjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda tashqi qarz hisobidan xarajatlarni ham qamrab olish imkonini beradi.
▫️Hisob palatasi faoliyatida davlat dasturlaridagi milliy maqsad va vazifalarga erishishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarni baholashga qaratilgan strategik audit hamda davlat tashkilotlaridagi dasturiy taʼminotlar samaradorligi boʻyicha axborot texnologiyalari auditi joriy etilishi moʻljallanmoqda.
▫️Hisob palatasi byudjet jarayonini nafaqat Oliy Majlis palatalarida, balki mahalliy kengashlarda ham muhokama qilib borishi kerakligi qayd etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Xitoy Hukumati, Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Hukumati oʻrtasida “Xitoy – Qirgʻiziston –Oʻzbekiston” temir yoʻli loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi — Prezident Qarori .
Bitim 2024-yil 6-iyun kuni Pekin shahrida imzolangan.
Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️“Toshkent-Markaziy” (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi aksariyat poyezdlar 15-iyuldan 15-avgustgacha “Toshkent-Janubiy” vokzaldan qatnovni amalga oshiradi.
Bu “To‘qimachi” hamda “Toshkent yo‘lovchi” bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilishi bilan bogʻliq.
Shunga koʻra, “Olma-ota–Toshkent–Olma-ota”, “Toshkent–Novosibirsk–Toshkent”, “Toshkent–Samara–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari hamda “Toshkent–Hojikent–Toshkent” shaharlararo poyezdlaridan tashqari bugungi kunda “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshirib kelayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlar “Toshkent-Janubiy” vokzaldan o‘z harakatini boshlaydi.
Jumladan, bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari, “Sharq”, “Nasaf” hamda “Toshkent–Andijon–Toshkent”, “Toshkent–Volgograd–Toshkent”, “Dushanbe–Toshkent–Dushanbe” yo‘lovchi poyezdlari “Toshkent-Janubiy” vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.
“Toshkent-Markaziy” hamda “Toshkent-Janubiy” vokzallaridagi barcha chiptaxonalar tun-u kun faoliyat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, chiptalarni elektron tarzda ham olish mumkin.
Shuningdek, bir oy mobaynida “Toshkent-Markaziy” vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan yoki yanglishib Markaziy vokzalga kelib qolgan yo‘lovchilarni “Toshkent-Janubiy” vokzalga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar ham qo‘yiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Iqbol Mamasodiqovich Meliqoʻziyev — Toshkent shahridagi “S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining direktori lavozimga tayinlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Agrippina Vasilyevna Shin — Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Tarmoqda qator investitsiya loyihalari ham amalga oshirilmoqda
Xususan, Nishbosh konini oʻzlashtirishga Xitoyning “Henan” kompaniyasi 400 million dollar toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya kiritishi koʻzda tutilgan. Bu loyiha samarasida yerosti usulida yiliga 8 million tonnagacha koʻmir qazib chiqarish va shundan 5 million tonnasini boyitish rejalashtirilgan.
Toshkent viloyatidagi “Apartak-3” koni negizida Turkiyaning “Bab Energy ve Petrol Urunleri A.S.” kompaniyasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. 15 million dollarlik mazkur loyiha natijasida 40 ta yangi ish oʻrni yaratilib, yiliga 70 ming tonna boyitilgan kaolin tayyorlanadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi ishlar va investitsiya loyihalari ijrosi bilan tanishdi.
Mutasaddilar yil boshida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan axborot berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qildi.
Uchrashuvda XMT bosh direktori samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekistonning mehnatkashlar huquqlarini taʼminlash, ish oʻrinlarini yaratish va xalqaro konvensiyalarni implementatsiya qilish borasidagi yutuqlariga yuqori baho berdi.
Shu munosabat bilan oʻz tashrifini Oʻzbekiston rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan samarali islohotlarni qoʻllab-quvvatlash ifodasi deb atadi.
Tashkilot koʻmagida Oʻzbekistonda mehnat sohasida 40 dan ortiq normativ hujjat qabul qilindi, 22 ta xalqaro konvensiya ratifikatsiyalandi.
Uchrashuv yakunida 2026–2030-yillarga moʻljallangan yangi Mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Taqdimotdagi yana bir taklif Jahon banki ishtirokidagi “Inson” loyihasi haqida boʻldi.
Bu loyiha aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan boʻlib, uning doirasida 55 ta koʻpfunksiyali hududiy xizmatlar markazi tashkil etiladi va 20 turdagi ijtimoiy xizmat yoʻlga qoʻyiladi. Toshkent, Fargʻona va Samarqandda 4 ta namunali inklyuziv kasb-hunar taʼlimi markazlari tashkil etiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Nogironligi boʻlgan shaxslarning xavfsiz va toʻsiqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish ham koʻzda tutilmoqda.
Shu bois quriladigan va taʼmirlanadigan binolar bunga moslashganligi boʻyicha majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi. “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” jamgʻarmasining kamida 10 foiz mablagʻi har yili chorrahalarni nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish boʻyicha qurilish va jihozlashga yoʻnaltiriladi. Toʻsiqlarsiz muhit yaratilgan obyektlarning elektron interaktiv xaritasi yaratiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya sohasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
▫️Nogironlikni belgilashda raqamlashgan tizimga oʻtish taklif etilmoqda.
Unga koʻra, bu dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025-yil 1-sentyabrga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ekspert komissiyalariga tibbiy hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron yuboriladi. Baholash Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining moslashtirilgan mezonlari asosida “Inson” markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda uning reabilitatsiya dasturi hamda protezga muhtojligi boʻyicha maʼlumotlar shakllantiriladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Taqdimotda ishlab chiqarish hajmini belgilangan koʻrsatkichlarga yetkazish hamda mahalliylashtirish jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi.
Davlatimiz rahbari “BYD Uzbekistan Factory” qoʻshma korxonasi quvvatlarida ishlab chiqarishni tezlashtirish, hamkorlikning keyingi bosqichlari boʻyicha strategiya ishlab chiqish, kelgusida ishlab chiqarish quvvatini yillik 500 ming donaga yetkazish va eksport bozorlariga chiqish boʻyicha aniq vazifalarni qoʻydi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston korxonalari tomonidan plastik qismlar, oynalar, bamperlar, disklar va boshqa koʻplab komponentlar ishlab chiqarilishi boʻyicha BYD sifat tizimiga mos kelishi uchun tahlil oʻtkazildi.
Aholining yengil avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyojini qondirish va ularning turlarini kengaytirish maqsadida xitoylik hamkorlar bilan V, S va byudjet avtomobillari segmentidagi avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Ularning birinchi namunalari xitoylik hamkorlar tomonidan zamonaviy standartlashtirish tizimi sinovlarini oʻtkazish uchun laboratoriyalarga topshirildi.
Shuningdek, zamonaviy texnologiya va standartlarni nafaqat ishlab chiqarish, balki savdo, servis va kafolat yoʻnalishlarida ham tatbiq etish masalasi dolzarb boʻlib qolmoqda. Bu sifatsiz mahsulot chiqarilishining oldini oladi hamda avtotransportga yuqori sifatli servis va kafolatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️1-dekabrgacha davlat xaridlari tizimining mobil ilovalari yaratiladi
Shuningdek, 1-oktyabrgacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat buyurtmachilari amalga oshirgan davlat xaridlari natijalariga ko'ra tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan, ularning turlari kesimida shakllangan narxlarni jamoatchilik uchun ochiq ifodalovchi alohida sahifa joriy etiladi hamda davlat buyurtmachilariga ushbu sahifa asosida boshlang'ich narxni shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Davlat xaridlari tizimida jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
Prezident Qaroriga ko'ra, Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va ushbu tizimda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida 2024-yil 1-oktyabrdan davlat buyurtmachilari tomonidan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar ular tuzilishidan oldin kamida 1 ish kuni, shuningdek, tender savdolari natijalariga ko'ra rasmiylashtirilgan bayonnomalar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali kamida 2 ish kuni davomida jamoatchilik muhokamasidan o'tkaziladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX: Toshkent shahrida bankdan pul oʻgʻrilamoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, bank hisob raqamlari hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan pul mablagʻlarini xakerlik hujumi orqali noqonuniy oʻzlashtirishga uringan shaxslarning qilmishlari fosh etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#ob_havo
Bugun respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida (ayrim joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda 40-42° gacha bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham (ayrim hududlarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Eldor Oʻralovich Shermanov — Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib 6 oy sinov muddati bilan tayinlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Viktor Veniaminovich Nam — Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimga tayinlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Tarmoqqa yetakchi xorijiy kompaniyalar va malakali ekspertlarni jalb qilib, oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish choralari koʻrilmoqda.
Jumladan, oʻtgan oyda Koreya Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi doirasida “KIGAM” instituti bilan noyob minerallarni izlash, texnologik tadqiqotlar oʻtkazish va raqamlashtirish boʻyicha 10 million dollarlik grant loyihasi yuzasidan kelishuv imzolandi.
Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikdagi umumiy qiymati 800 million dollarlik loyihalarning borishi haqida ham axborot berildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻtgan 6 oyda qariyb 3 million tonna koʻmir qazib olingan
“Shargʻunkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida mexanizatsiyalashgan yerosti komplekslari toʻliq ishga tushirilib, koʻmir qazib chiqarish bir kecha-kunduzda 3,5 ming tonnaga yetkazilgan. Ikkinchi yarim yillikda yana 5 million tonnadan ziyod koʻmir qazib olinishi rejalashtirilgan. Shundan 1,8 million tonna issiqlik elektr stansiyalariga, 1 million tonnadan ortigʻi aholiga, 540 ming tonna ijtimoiy muassasalarga yetkazib beriladi, 1,8 million tonna mahalliy koʻmir birja savdolariga chiqariladi.
Umuman, bu yil koʻmir qazib chiqarish oʻtgan yilga nisbatan 1,4 million tonnaga koʻp boʻlib, import hajmi sezilarli qisqaradi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Tadashi Maeda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda JBICning mamlakatimizda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi muhim oʻrni qayd etildi. Bugungi kunda neft-kimyo, toʻqimachilik sanoati, energetika va infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi sohalarni qamrab olgan qoʻshma loyihalar portfeli 3,7 milliard dollardan oshdi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan uch yillik hamkorlik dasturini, shuningdek, “Sojitz Corporation” bilan Oʻzbekiston iqtisodiyotining yuqori texnologik tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Elektr energiyasi uchun to‘lov tizimlari bilan bog‘liq texnik nosozliklar to‘liq bartaraf etildi
Ayni paytda iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lovlarni istalgan to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishlari mumkin.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz