uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun to‘lovlarda hisobga ikki barobar pul hisoblanayotgani to‘g‘risida xabar tarqalmoqda.

Ayni paytda to‘lov tizimlari bilan bog‘liq texnik nosozlik kuzatilganligi sabab, to‘lov amalga oshirilganda iste’molchi balansida to‘lov qoldig‘i ko‘proq ko‘rsatishi kuzatilmoqda. Hozirda billing tizimi orqali elektr energiyasi uchun to‘lovlar xatoliksiz qabul qilinmoqda hamda balans qoldiqlari tо‘g‘ri shakllantirilmoqda.

Tez fursatlarda nosozliklar bartaraf etiladi.

Iste’molchilardan elektr energiyasi hisobi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning rasmiy veb-saytidagi «Shaxsiy kabinet» orqali olishlari tavsiya qilinadi.

«Shaxsiy kabinet»ga kirish uchun qo‘llanma.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#ob_havo

Bugun kunning birinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida (ayrim joylarda), kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Toshkent viloyatlarida (ayrim joylarda) biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda — Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat 32-37° boʻladi.

Poytaxtimizda ham kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 34-36° bo‘ladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shusha shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi. Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi rasmiy shaxslari kuzatib qoʻydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining sammitidagi nutqi

Nutq matni — https://uza.uz/posts/613889

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Davlatimiz rahbari yigʻilganlar eʼtiborini Gʻazo sektorida murakkab vaziyatga qaratdi

Davlatimiz rahbari yigʻilganlar eʼtiborini Gʻazo sektorida murakkab vaziyat yuzaga kelib, qonli urush 40 mingga yaqin aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar hayotiga zomin boʻlganiga qaratdi. Tomonlarni zoʻravonliklarni zudlik bilan toʻxtatishga, tinchlik jarayonlarini tezroq boshlashga chaqirdi.

Mustaqil va ozod Falastin davlatining tashkil etilishi Yaqin Sharqda strategik barqarorlik va tinchlikni taʼminlashning eng asosiy sharti ekani qayd etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mamlakatimiz yetakchisi iqlim oʻzgarishiga qarshi birgalikda kurashish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Mavjud muammolarni tizimli hal etish uchun Turkiy ekologiya kengashini tuzish va uning bosh qarorgohini ekologik ofatdan eng koʻp zarar koʻrgan hudud – Orolboʻyidagi yirik shahar Nukusda joylashtirish taklif qilindi.

Davlatimiz rahbari turkiy dunyo bugungi kunda iqlim boʻyicha xalqaro hamkorlikda oʻzining baland ovoziga ega boʻlib borayotganini taʼkidladi.

Shu maʼnoda, joriy yilning noyabr oyida Bokuda oʻtkaziladigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim sammiti (COP–29) TDT mamlakatlari uchun ulkan tarixiy voqea boʻlishiga ishonch bildirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida ushbu uchrashuv turkiy dunyoning madaniyat poytaxtlaridan biri boʻlgan Shusha shahrida oʻtkazilayotganida chuqur maʼno mujassamligini taʼkidlab, Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida Qorabogʻda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini yuksak baholadi.

Oʻtgan qisqa davrda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida 30 dan ortiq muhim yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli va keng qamrovli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani alohida taʼkidlandi.

– Ushbu sammitimiz global xavf va xatarlar ortib, oʻzaro ishonch inqirozi tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda oʻtmoqda. Bunday murakkab vaziyatda azaliy qardoshlik ruhidan kuch olayotgan aloqalarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishni, umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishni davrning oʻzi taqozo etmoqda,

— dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shushada Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Vengriya koʻp qirrali munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining katta inspektori hamkasbiga pora bergan vaqtida ushlandi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi yongʻinga qarshi profilaktikasi katta inspektori Yunusobod tumanida yangi qurilgan noturar binoga oʻrnatilgan yongʻin xavfsizlik tizimlarini qabul qilishda va binoning foydalanishga topshirilishi boʻyicha ijobiy xulosa berilishida vakolatli hamkasbi orqali koʻmaklashish evaziga 12 ming AQSH dollari talab qilib, avvalroq 3 ming AQSH dollari oladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u 2900 AQSH dollarini oʻzining hamkasbiga bergan vaqtida ushlandi.

Hozirda katta inspektorga nisbatan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, garov ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Toshkent shahar prokuraturasining katta prokurori protsessual tartibda ushlandi

Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi, maxsus texnikalar bilan xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan MCHJ rahbari 2021-yilda koʻp funksiyali burgʻulash uskunasi olib kelish maqsadida Xitoy davlati kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi orqali shartnoma tuzadi hamda bankdan olgan 1 mln. 71 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻini ushbu kompaniyaning hisob raqamiga oʻtkazib beradi. Ammo, shartnoma talablariga zid ravishda Xitoydan koʻp funksiyali oʻrniga, bir funksiyali burgʻulash uskunasi yuboriladi.

Natijada prokuratura organlari tomonidan xorijiy kompaniyaning mamlakatimizdagi vakillariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Jizzax viloyati IIB tomonidan tergov harakatlari olib boriladi.

Jinoyat ishi doirasida oʻtkazilgan ekspertizada mazkur uskuna koʻp funksiyali ekanligi toʻgʻrisida xulosa beriladi. Bundan norozi boʻlgan tadbirkorga esa Toshkent shahrida yashovchi, 1969-y.t. shaxs oʻzining mansabdor tanishlari orqali uskunaning bir funksiyali ekanligi toʻgʻrisida qayta ekspertiza tayinlatish boʻyicha tergovchining qarorini chiqartirib, ekspertiza xulosasini uning foydasiga ijobiy hal qilib berishni taklif etadi va evaziga 155 ming AQSH dollari soʻraydi.
U 105 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs ushbu masalani Toshkent shahar prokuraturasining maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boʻlimi katta prokurori hamda uning vositachisi boʻlgan, Toshkent shahridagi sugʻurta markazi rahbari orqali hal qilishi kerakligi maʼlum boʻlib, ular ham protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz qardosh Ozarbayjonda Shusha shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga keldi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 8-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 603,72 so‘m (+3,67)
1 RUB 143,21 so‘m (+ 0,04)
1 EUR 13 646,05 so‘m (+ 40,52)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

Baxtiyor Toyirjonovich Ibroximov — Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

B.Ibroximov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️ 1-sentyabridan my.gov.uz portali orqali Yoʻl harakati qoidalari buzilishi yuzasidan chiqarilgan qarorlar va yuborilgan xabarnomalar bo'yicha Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron tartibda shikoyat qilish imkoniyati paydo bo'ladi.

Yuborilgan shikoyat arizalari YHXX tomonidan 10 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

Murojaat koʻrib chiqilayotgan vaqt mobaynida jarima uchun belgilangan chegirma muddati toʻxtatib turilmaydi.

Agar shikoyat oʻrinli deb topilsa, YHXX tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 271-moddasiga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish tugatiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Shushaga tashrifi: turkiy dunyo xalqaro hamjamiyatda oʻzining baland ovoziga ega boʻlib bormoqda

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident turkiy davlatlarning Shushadagi norasmiy sammitida ishtirok etdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Sammit yakunida Qorabogʻ deklaratsiyasi hamda hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qator kelishuvlar qabul qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish ahamiyati haqida soʻz yuritar ekan, davlatimiz rahbari Oʻzbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarining energetika balansidagi ulushini 40 foizga yetkazishni maqsad qilganini maʼlum qildi.

Xususan, xorijiy sheriklar bilan birga yiliga 2 gigavatt quvvatdagi yangi shamol va quyosh elektr stansiyalari ishga tushirilmoqda.

– Qoʻshni Qirgʻizistonda gidroelektr stansiyalarini Qozogʻiston bilan birgalikda qurish ishlarini ham boshlayapmiz,

– dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Yashil energetika sari turkiy harakat” konsepsiyasini qabul qilish taklif etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Turkiy davlatlar oʻrtasida koʻp tomonlama va uzoq muddatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston yetakchisi qator ustuvor masalalarga eʼtibor qaratdi.

Tashkilotga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida savdo hajmi barqaror oʻsayotgani va oʻtgan yilda 27 foizga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bunday yuqori oʻsish surʼatlari joriy yilda ham kuzatilmoqda.

Hamkorlikning huquqiy asoslari mustahkamlangani, raqamli tizimlar ishga tushirilgani natijasida Transkaspiy xalqaro transport yoʻlagi orqali yuk tashish hajmi muttasil oʻsib borayotgani taʼkidlandi.

Biznes uchun eng maʼqul tariflarni joriy etish ushbu yoʻlakning raqobatdoshligi va jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, “Yagona oyna” tizimini yoʻlga qoʻyish, bojxona-chegara oʻtkazish punktlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash muhimligi qayd etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Transport, oʻzaro bogʻliqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish” shiori ostidagi norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida oʻtgan tadbirda Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, shuningdek, TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va TDT Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim ham qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt va farovonlik tiladi.

Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga koʻtarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Masʼud Pezeshkiyonni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari oʻz maktubida  mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yoʻnalishlarda yanada yuqori bosqichga koʻtarilishiga ishonch bildirdi.

“Biz katta salohiyat va imkoniyatga ega boʻlgan, soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan davlatingiz bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil va samarali kengaytirishdan manfaatdormiz”,

— deyiladi maktubda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Surxondaryo viloyati prokuraturasining katta prokurori firibgarlik bilan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Surxondaryo viloyati prokuraturasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi katta prokurori viloyatdagi fermer xoʻjaliklariga tegishli boʻlgan 280 gektar yer maydoniga tomchilatib sugʻorish texnologiyasini oʻrnatish boʻyicha mahalliy MCHJ rahbariga buyurtmachi fermer xoʻjaliklar topishda va ular bilan shartnomalar tuzishda hamda MCHJning xizmati uchun bankdan pul mablagʻlari ajratilishida yordam berganligini roʻkach qilib, 28 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, katta prokuror oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Prokuratura va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan bogʻliq noqonuniy holatlar fosh etildi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Shusha shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini bu yerda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.

TDT ishtirokchi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari Ozarbayjon yetakchisi hamrohligida Shusha shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Oʻzbekiston Prezidentining Ozarbayjonga amaliy tashrifi davom etmoqda. TDT norasmiy sammitining asosiy tadbirlari ertaga, 6-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi.

Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjonga joʻnab ketdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun 5-6-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda boʻladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал