Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga tashrifi: Oʻzbekiston SHHT doirasida koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirishga sodiq
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi.
Ostona xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Prezidentini Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
— Aholining hayot sifatini yaxshilash va ijtimoiy himoya masalalari tashkilot kun tartibida markaziy oʻrinni egallashi lozim,
▫️Oʻzbekiston Prezidenti vakolatli organlar rahbarlari va ekspertlar ishtirokida har yili “Xavfsizlik masalalari boʻyicha SHHT plyus muloqoti”ni oʻtkazish tashabbusini ilgari surdi.
▫️Biznes muloqoti uchun samarali platformani shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston yetakchisi barcha sheriklarni jalb qilgan holda har yili “SHHT EKSPO” xalqaro sanoat koʻrgazmasini oʻtkazishni taklif etdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “SHHT plyus” formatining “Koʻp tomonlama muloqotni mustahkamlash — barqaror tinchlik va taraqqiyot sari intilish” mavzusidagi uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda SHHTga aʼzo davlatlar delegatsiyalari va uning doimiy faoliyat yurituvchi organlari rahbarlaridan tashqari kuzatuvchi va muloqot boʻyicha sherik mamlakatlar yetakchilari, faxriy mehmonlar, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Yigʻilish yakunida hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi
Xususan, Ostona deklaratsiyasi va hamkorlikning turli sohalarida sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim koʻp tomonlama hujjatlar qabul qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan SHHT davlat rahbarlari tomonidan Tashkilotga aʼzo mamlakatlarning xalqaro axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlik rejasi hamda Davlat rahbarlari kengashining Yaxshi qoʻshnichilik, ishonch va sheriklik tamoyillari toʻgʻrisidagi bayonoti tasdiqlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston yetakchisi SHHT mamlakatlarining iqtisodiy salohiyatini samarali rivojlantirishga xizmat qiladigan “Sharq-Gʻarb” va “Shimol-Janub” yoʻnalishlarida inklyuziv transport tizimini shakllantirish zarurligiga eʼtibor qaratdi.
— Transport yoʻlaklari koʻp variantli boʻlishi – bu butun mintaqamiz barqaror rivojlanishining eng muhim shartidir,
Oʻzbekiston rahbari SHHT oldida turgan eng dolzarb vazifalar haqida soʻz yuritar ekan, quyidagilarga eʼtibor qaratdi
Global darajada ishonch taqchilligi misli koʻrilmagan darajaga chiqqan sharoitda umumiy xavfsizlikni taʼminlashda yangi yondashuvlarni izlash zarurati oʻsib bormoqda.
Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va taraqqiyot yoʻlidagi hamjihatlik boʻyicha Samarqand tashabbusini amalga oshirish dolzarbligi koʻrsatib oʻtildi.
Davlatimiz rahbari muloqotni mustahkamlash va koʻp tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida SHHTning Yaxshi qoʻshnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksini qabul qilishga chaqirdi.
Iqtisodiy yoʻnalishda strategik yuksalishga erishish uchun tashkilot doirasida savdo tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni, amaldagi raqamli savdo platformalarini integratsiya qilgan holda elektron tijorat sohasida hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi
Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida oʻtgan tadbirda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron Prezidenti vazifasini bajaruvchi Muhammad Muxbir, XXR Raisi Si Szinpin, Qirgʻiz Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, shuningdek, ShHT bosh kotibi Chjan Min va SHHT Mintaqaviy aksliterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Ruslan Mirzayev qatnashdi.
Kun tartibiga muvofiq, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ochiq fikr almashildi, SHHT doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining yangi rasmiy ramzi tasdiqlandi. Rasmiy ramz hozirga qadar amalda boʻlgan MSK emblemasi oʻrniga joriy etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumiga 6-iyuldan start beriladi
Bunda:
1. Loyihalar kiritish: 6–26-iyul;
2. Loyihalarni saralash: 26-iyul–15-avgust;
3. Targ‘ibot qilish: 15–22-avgust;
4. Ovoz berish: 22-avgust–1-sentabr sanalari davomida o‘tkaziladi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#ob_havo
Bugun respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 32-37°, janubda ba’zi joylarda 42° gacha bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 25-30° bo‘ladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Nabiyev Fitratullo Neymatulla o‘g‘li — Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi.
F.Nabiyev bunga qadar Energetika vazirligining Yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrif doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, farmatsevtika, kimyo va boshqa tarmoqlarda loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi 2025-2026-yillarga moʻljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish muhim ekani qayd etildi.
Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi, biznes forumi va sanoat koʻrgazmasini oʻtkazishga kelishib olindi.
Transafgʻon temir yoʻlini qurish loyihasini amalga oshirishda birgalikdagi saʼy-harakatlar zarurligi taʼkidlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlatimiz rahbari “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etib, Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvdagi nutqi
Nutq matni — https://uza.uz/posts/613395
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
— Ekologik muammolar kuchayib borayotgan bir sharoitda iqlim sohasidagi hamkorlik SHHT yangi kun tartibining eng muhim qismiga aylanishi kerak,
Oʻzbekiston Prezidenti oʻz nutqida keng tarkibdagi “SHHT plyus” yigʻilishi ayni vaqtida oʻtkazilayotganini taʼkidladi.
— Hozir dunyo ishonch, adolat va hamjihatlik qayta tiklanishiga har qachongidan ham koʻproq ehtiyoj sezmoqda,
— Qarama-qarshilik va proteksionizm jahon iqtisodiyoti parchalanishi va yetkazib berish zanjirlari uzilishiga sabab boʻlmoqda. Mamlakatlarning savdo, moliya, sarmoya, texnologiya va innovatsiyalar transferi sohalaridagi samarali hamkorligida toʻsqinlik qiladigan yangi ajratuvchi chegaralar vujudga kelmoqda,
Dollarning rasmiy kursi yana oshdi
Markaziy bank 5-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 600,05 so‘m (+16,00)
1 RUB 143,17 so‘m (– 0,63)
1 EUR 13 605,53 so‘m (+ 70,13)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi
Nutq matni — https://uza.uz/posts/613254
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz raqobatbardoshligini taʼminlashda raqamli iqtisodiyotga oʻtish, “sunʼiy intellekt” va ilgʻor IT-yechimlarni joriy etish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi. Shu munosabat bilan ushbu sohada bilim va ilgʻor tajriba almashish imkonini beradigan “SHHT kelajak texnologiyalari” dasturini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularni yetkazib berish imkoniyatlari nomma-nom aks ettirilgan mamlakatlarimizning agrosanoat sohasidagi salohiyati haqidagi maʼlumotlarni birlashtiradigan “SHHT oziq-ovqat xavfsizligi atlasi” qoʻshma elektron platformasini ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi. Bunga BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti ekspertlarini jalb etish taklif etildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qoʻllab-quvvatlash doirasida oʻzaro investitsiyalarni, eng avvalo, infratuzilma, sanoatning yuqori texnologik tarmoqlari va xizmatlar sohasiga jalb qilishni ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Bunday loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish, jumladan, SHHT Jamgʻarmasi va Taraqqiyot bankini taʼsis etish masalasini koʻrib chiqish muhimligi taʼkidlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Mamlakatimiz yetakchisi ushbu sammit xalqaro vaziyat keskinlashayotgan bir sharoitda oʻtayotganini qayd etdi
Yangi vayronkor mojarolar paydo boʻlmoqda, global va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va xatarlar kuchayib bormoqda. Bu davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch kamayayotgan, qarama-qarshilik va raqobat ortishi natijasida geosiyosiy keskinlik tobora oʻsayotgan vaziyatda kechmoqda.
— Bunday murakkab vaziyatda SHHTning asosi boʻlgan tamoyillarga sodiqligimizni saqlash va yanada mustahkamlash favqulodda muhimdir. Ana shu tamoyillar tufayli Tashkilot bugungi yutuqlarga erishdi, xalqaro masalalarda yuksak nufuz va barqarorlashtiruvchi oʻringa ega boʻldi,
Prezident Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida sodir boʻlgan fojia oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi
Bunda, Din ishlari bo'yicha qo'mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.
Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln so'm) etib belgilandi.
Bundan tashqari, Din ishlari bo'yicha qo'mita tomonidan "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3 mln 400 ming so'm) etib belgilandi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Maktabgacha ta'lim agentligi faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufiga o'tkazildi - Prezident Farmoni.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Xodjayev Marufxon Maqsudovich — “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
M.Xodjayev bunga qadar Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Qozogʻistonga amaliy tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonada Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan muzokara oʻtkazdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz