uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Mamlakatimizda XXR oliy oʻquv yurtlari filiallarini ochish, Xitoyning professional taʼlim tizimi - “Lu Ban ustaxonasi”ni keng joriy etish rejalari belgilandi. Ikkinchi Taʼlim forumini kelgusi yilda oʻtkazish taklifi bildirildi.

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Prezidenti XXR Raisini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Prezidentimiz XXR Raisini kambagʻallikka qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlayotganini alohida taʼkidladi. Bu muhim yoʻnalishda tajriba almashish boʻyicha uzoq muddatli dastur qabul qilish taklifi bildirildi.

“Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida transport bogʻliqligini mustahkamlash va mintaqani rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega boʻlgan Xitoy - Qirgʻiziston - Oʻzbekiston temir yoʻlini qurish boʻyicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ostona shahriga amaliy tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Xitoy Raisiga Oʻzbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni qatʼiy qoʻllab-quvvatlayotgani hamda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofotining bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Sugʻurta qildiruvchi subsidiya olish maqsadida “Agroplatforma” ATda roʻyxatdan oʻtadi va quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:

▪️sugʻurta shartnomasi;
▪️sugʻurta polisi;
▪️sugʻurta shartnomasida qayd etilgan sugʻurta mukofotining toʻliq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov topshiriqnomasi va hisob-faktura.

Sugʻurta qilish nazarda tutilgan sugʻurta qildiruvchining qishloq xoʻjaligi ekinlari “CropAgro” ATga elektron joylashtirilgan boʻlishi lozim.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi 3 ish kuni ichida subsidiya ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan xulosani tayyorlaydi va tasdiqlaydi.

Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:


— sugʻurta qildiruvchining oʻz arizasiga asosan;
— belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
— sugʻurta qildiruvchi tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
— qishloq xoʻjaligi subyekti tugatilganda.

Sugʻurta qildiruvchiga subsidiya ajratishni boshqa asoslar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov kutib oldi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahriga joʻnab ketdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️«Qabul – 2024», oʻqishni koʻchirish va test jarayonlariga tayyorgarlik...

«Qoʻshtirnoq»
da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari quyidagi savollarga javob berishdi:

— Ruxsatnomalar qachon beriladi?

— Xorijdan Oʻzbekistonga oʻqishni koʻchirish osonmi?

— Oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan yuqori bosqich talabasi oʻqishini koʻchirsa, qayta birinchi bosqichdan oʻqiydimi?

— Beshtagacha OTMni tanlash saqlab qolinganmi?

— Litsenziyasi bekor boʻlgan xususiy OTM talabalarining taqdiri nima boʻladi?


Koʻrsatuvni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin
👇🏻

🎥https://youtu.be/OhoGLoE81Dw

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 3-4-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkent shahar hokimi deputat etib saylandi

Shavkat Bo‘ronovich Umurzakov — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

BMT Bosh kotibi:

“Prezident Shavkat Mirziyoyevni mintaqadagi koʻprik oʻrnatuvchi tashabbuskor, tinchlik elchisi, desam mubolagʻa boʻlmaydi. Ayni vaqtda adolatga asoslangan farovonlikni tashkil qilish va uni oʻrnatish boʻyicha juda faol ish olib bormoqda. Shunday yuksak darajali va yetuk davlat arbobi, yaqin doʻstimdan shunday mukofotni olish men uchun katta ahamiyatga ega va buni alohida ardoqlayman”


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

BMT Bosh kotibi davlatimiz rahbarining mintaqaviy siyosatini yuksak baholadi:

“Markaziy Osiyoda tarqoqlik juda keng ildiz otgan edi. Sizning faoliyatingiz tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida yangicha muhit yaratildi. Bu doʻstlik, oʻzaro hurmat, muloqot, hamjihatlikda masalalarni koʻrib chiqish, mintaqada mavjud boʻlgan qiyinchiliklarni yengib oʻtishga asoslangan muhit boʻldi”


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Prezidentimizning farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 2-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 585,01 so‘m (+ 27,34)
1 RUB 145,06 so‘m (– 2,31)
1 EUR 13 538,95 so‘m (+ 90,94)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasida boʻldi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Oʻzbekiston tomonining “yagona Xitoy” siyosatini qoʻllab-quvvatlash va “uch yovuz kuch”ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiyasi oʻzgarmas ekani tasdiqlandi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, “Markaziy Osiyo - Xitoy” formati va boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin hamkorlik davom ettiriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Oʻzbekiston — Xitoy:

▫️Hukumatlar, parlamentlar, tashqi siyosat va tarmoq idoralari darajasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi.

▫️Oʻtgan yili tovar ayirboshlash hajmi 14 milliard dollarga yetdi. Yaqin istiqbolda bu koʻrsatkichni 20 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari qayd etildi.

▫️Investitsiya loyihalarining joriy portfeli 50 milliard dollardan oshgan. Shu yil boshidan buyon mamlakatimizda 3 milliard dollardan ziyod Xitoy sarmoyasi oʻzlashtirilib, 500 dan ortiq yangi qoʻshma korxona tashkil etildi.

▫️Infratuzilma, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi va “yashil” energetika sohalarida strategik hamkorlik dasturlarini qabul qilishni jadallashtirishga kelishib olindi.

▫️Yaqinda Jizzax viloyatida Oʻzbekiston-Xitoy texnoparki ishga tushirilgani va mintaqamizda birinchi boʻlib “BYD” elektromobillari ishlab chiqarila boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

▫️“Ipak yoʻli” jamgʻarmasi bilan investitsiya platformasi yaratildi, Xitoy Eksimbanki koʻmagida poytaxtimizda Olimpiya shaharchasi qurilishi yakunlanmoqda. Ushbu bankning Toshkent shahrida hududiy filiali ochilishi kutilmoqda.

▫️Yil boshidan buyon mamlakatimizning barcha hududlari rahbarlari bir necha bor Xitoyga tashrif buyurdi, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni, Anxoy, Szyansi, Szyansu, Chjeszyan, Shandun, Shensi va Shanxay muzofotlari delegatsiyalari Oʻzbekistonda boʻldi. Pekin, Urumchi va boshqa bir qator shaharlarda savdo uylari ochildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi

2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
— o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
— ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga keldi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 4-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 584,05 so‘m (+12,15)
1 RUB 143,80 so‘m (– 0,03)
1 EUR 13 535,40 so‘m (+ 69,64)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Toshkent viloyatining Qozogʻiston bilan chegara hududida noqonuniy yerosti yoʻli (tunnel) aniqlandi va Hindistonda ishlab chiqarilgan 1 mlrd. soʻmlik dori vositalari olindi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 3-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 571,90 so‘m (– 13,11)
1 RUB 143,83 so‘m (– 1,23)
1 EUR 13 465,76 so‘m (– 73,19)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Endi yangi haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish mumkin

My.gov.uz orqali bu jarayon yanada oson va qulay boʻldi.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma maʼlumotlar tizimda mavjud.

Tayyor guvohnomani, istasangiz, oʻzingizga eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki qoʻshimcha toʻlov evaziga pochta xizmati orqali uyingizda qabul qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Taxiatosh, Boʻston va Boʻka tumanlari hokimlari oʻrinbosarlari pora bilan ushlandi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Markaziy Osiyoni dunyo sivilizatsiyasi markazi deb bilaman. Bunga ishonch hosil qilish uchun Samarqand va Buxoroga borishni oʻzi kifoya qiladi — Antoniu Guterrish.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

BMT Bosh kotibi Prezidentimizga:

“Shunga iqror boʻldimki, siz boshlagan islohotlar Oʻzbekiston xalqi munosib boʻlgan porloq istiqbolni taʼminlashga qaratilgan”


Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz va BMT Bosh kotibi birgalikda daraxt ekdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kuksaroy qarorgohida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralar chogʻida global va mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash, Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish holati muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning iyun oyida oʻtgan asosiy tadbir va voqealar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun Oliy Majlis Senatida boʻldi

Uchrashuv davomida Antoniu Guterrish:

“Markaziy Osiyo sivilizatsiya markazi hisobalanadi, Oʻzbekiston esa mintaqaning markazidir. Oʻzbekiston BMTning koʻplab sohalarida, xususan, BRMni amalga oshirishda yoʻlboshchi davlatlardan biri. Oʻzbekiston bilan BMT hamkorligi alohida oʻrin va ahamiyat kasb etadi. Men Markaziy Osiyoga ilk bor tashrif buyurganimda, mintaqa tarqoq va yakkalanib qolgan edi. Endi Prezident Shavkat Mirziyoyev tufayli mintaqa birlashdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oqilona siyosati tufayli Markaziy Osiyoning koʻplab muammoli masalalari hal etildi”,

— deya fikr bildirdi.

Yakunda BMT Bosh kotibi Oliy Majlis Senatining Faxriy mehmonlar kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал