#Diqqat
A1 daraja uchun kuzgi qabul ochildi!
Turk tilini anchadan beri o‘qishni reja qilyapsiz, lekin hech vaqtingiz to‘g‘ri kelmayaptimi? Imkon bo‘lsa, xohishingiz yo‘q, xohish va imkon bo‘lganda esa ko‘nglingizdagiday ustoz topa olmayapsizmi?
Bu muammolarga bizda yechim bor. Shoshiling, turk tilidan A1 daraja uchun qaynoq qabul ochildi. Joylar soni cheklangan, ulgursangiz, marra sizniki!
Turk tilini uydan chiqmagan holda malakali ustozdan tezkor va sifatli o‘rganish uchun fursatni qo‘ldan boy bermang!
Darslar haftaning toq kunlari (Dushanba, Chorshanba, Juma) soat 22:00-23:59'da bo‘lib o‘tadi!
✅ Birinchi “probniy” darsimiz 29.09.2024 (Yakshanba) kuni soat 20:00'da tashkil etiladi. “Probniy” darsda qatnashish mutlaqo TEKIN!
Qolaversa, A2, B1, B2 darajadan davom etish imkoni ham aynan sizda bor, shartlar bu yerda.
To‘liq ma’lumot uchun @NUMONNASR manziliga bog‘laning!
Turk tilini oʻqitish va til ta'limi haqida fikrlarga qiziqsangiz 👉 @NumonNasrullayev 👈 kanaliga obuna boʻling
🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤
⚠️⚠️⚠️Universitetda IELTS yoki CEFR imtihonlariga hamyonbop narxda tayyorlanib, yuqori ball olishni istaysizmi?
📣📣📣📣
Yangi ochilayotgan guruhlar:
1. Beginner (0 dan boshlab)
2. CEFR ( kamida A2 va B1 leveldagilar uchun)
3. Elementary level
4. Pre-IELTS
5. IELTS level (Ushbu darajada kurs 4 kun davom etadi + 1 kun practice)
Siz kursimizda:
✅GRAMMAR 📒
✅LISTENING 🎧( IELTS, Multilevel savol turlari)
✅READING 📖 ( IELTS, Multilevel savol turlari)
✅SPEAKING💎 ( tez va oson gapirish)
✅WRITING 📝 ( task 1 va task 2 turlari)
✔️ Instructor
Samandar Yusupov (IELTS 7.0)
🔝Our results:
IELTS 6.0 (2 students),
IELTS 5.5 (2 students)
CEFR B2 ( 15 students),
CEFR B1 ( 10 students)
Natijalar bilan shaxsiy kanalim orqali kuzatishingiz mumkin
✅ Haftada 3 kun
✅ Narx 300 ming
✅ IELTS va Multilevel imtihonlariga tayyorgarlik
🔈🔈🔈Murojaat uchun:
1.@YusupovSamandar 🕊 ( +998949821107)📞📞📞
/channel/EnglishwithSamandar
🏛DIQQAT E’LON!!!
2024-yil 30-noyabrda bo‘ladigan “Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkilotchilarini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari
So‘rovnomada ishtirok etgan va tashkilotchi sifatida o‘zini ko‘rsatish istagidagi talabalar ko‘pligi bizni quvontirdi. So‘rovnoma to‘ldirganlar orasida tajribali, bir necha yildan beri konferensiya ishida bosh-qosh talabalarimiz bilan bir qatorda tajribasiz bo‘lsa-da shijoatli va yangi ovozlarni ko‘rib, ularga-da imkon berishga qaror qildik. Bu yil yangiliklarimiz va sizga o‘rgatmoqchi bo‘lgan xalqaro tajribalarimiz juda bisyor.
Shu boisdan, birinchi saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlarni 2024-yil 18-sentyabr kuni 10:00 da boshlanadigan ikkinchi saralashga taklif etamiz! Ikkinchi saralash bosqichida sizni ajoyib mahorat darsi va kichkinagina sinov, imtixon kutmoqda. Barchangizni kutib qolamiz!
Hurmat bilan,
Yosh filolog olimlar jamiyati
Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 212-xona
Eslatma! Barcha jarayon o‘z vaqtida bo‘lishi uchun ishtirokchilardan kechikmasliklarini va ertaroq kelib o‘z o‘rinlarini band qilishlarini so‘rab qolamiz. Ko‘rsatilgan vaqt darsi bor talabalardan ushbu e’lonni ko‘rsatib, fan ustozlari va tyutorlaridan oldinroq ruxsat so‘rab qo‘yishlarini tavsiya qilamiz.
/channel/yosholimlarjamiyati
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🏛Yosh filolog olimlar jamiyati 30-noyabr kuni o‘tkaziladigan “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga quyidagi yo‘nalishlarda ko‘ngillilar izlamoqda.
Tahrirchilar+moderatorlar (Sho‘balarga kelgan maqolalarni imloviy va uslubiy jihatdan tekshira oladigan, konferensiya kuni sho‘baga biriktirilgan ustozlar bilan gaplashib, sho‘balarda anjuman sifatli o‘tishiga javobgar shaxs)
Dizaynerlar (Konferensiya to‘plami, beyjik, diplom, sertifikatlar, konferensiya banneri dizaynini yarata oladigan shaxs)
Fotograf, mobilograflar (Konferensiya kuni sho‘ba va asosiy ma’ruzalardagi eng yorqin jarayonlarni tasvirga olish mahoratiga ega shaxs)
Videochilar (Konferensiya kuni sho‘ba va asosiy ma’ruzalardagi eng yorqin jarayonlarni tasvirga olish mahoratiga ega shaxs)
Boshqaruvchi + menejerlar (Konferensiyaning tashkiliy jarayonlarida yordam beradigan shaxs)
Sinxron tarjimonlar (Konferensiya xalqaro bo‘lgani sababli, ingliz, turk va rus tillariga tarjima qila oladigan sinxron tarjimonlar va xorijlik talabalar bilan hamrohlik qiladigan gidlar kerak)
Tamaddi uchun mas’ullar
#xalqaro_bazalardan_foydalanish
#videoqo‘llanma
Ilmiy maqolalarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash bo‘yicha videoqo‘llanmalar yaratildi
Tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy bazalardan foydalanish borasidagi tajribalarini oshirish maqsadida xalqaro reyting va boshqa bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikda samarali ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Buyuk Britaniyaning Clarivate kompaniyasi hamkorlikda ilmiy maqolalarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash yo‘nalishda videoqo‘llanmalar tayyorlandi.
Videoqo‘llanmalardan foydalanish davomida ilmiy maqolalarni xalqaro maʼlumotlar bazalaridan unumli foydalangan holda ilmiy jurnal talablariga mos ravishda tayyorlash va chop etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘linadi.
👉https://youtu.be/pJ8m_w63d_w?si=bv2UGphHwb42k9Ir
Bizni kuzating
❗️❗️❗️ E'lon ❗️❗️❗️
Darajalar:
"NEW BEGINNER"
"PRE-IELTS"
"IELTS GRADUATION"
Ustoz: Sattarova Nodira shaxsiy IELTS natija 7.
Malaka: 3-yil dars berishim
Natijalar:
7- 1 o'quvchi
6- 3 o'quvchi
5.5- 1 o'quvchi
B2- 11 o'quvchi
B1- 10 o'quvchi
Ro'yhatdan o'tishga shoshiling, guruhlar soni cheklangan!
Qiziqganlar @expert_analyst ga murojaat qiling.
O'rtoqlaringizga jo'natishni unutmang!
#ijara xonadon
850 mingdan
4 ta qiz olinadi
Xalqlar dostligi metro
3 xonali
Ijara shartnoma qilinadi
947651133
#ijara
Yakkasaroy Muqimiy ko'chasi "Sim Sim" restorani yonida bolalar uchun mo'ljallangan kvartira bor. Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Tekstilniy, TMC, TMI, UMFT, YODJU , EMU oliy ta'lim muassasalariga yaqin joyda joylashgan.
Hamma sharoitlar bor.
Narx 55$
990594569
@Nurullo_Turgunov
Aziz ustozlar, xodimlar va hurmatli talabalar.
Yangi o'quv yilingiz bilan! 🌱🌱🌱
Universitetimizda joylashgan mo'jaz oshxona 🍲 ertaga soat 11:00 dan o'z faoliyatini boshlashini ma'lum qilamiz.
🍏🍇🍋
Doimo yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo'lsin! ☕️🫖
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida" 2024-yil 19-iyuldagi F-36-son farmoyishi bilan oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san'at va hunarmandchilik yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan.
Ushbu davlat grantlari asosida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili hamda Oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishlarida oʻqish uchun xorijlik vatandoshlarimiz ariza yuborishlari mumkin.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama, yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu bo‘yicha izoh so‘rab, abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushdi.
Buning javobi juda oddiy.
2️⃣ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.
‼️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o’tirmang.
3️⃣ Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
#mustaqillik🎇 #33yil🇺🇿
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!
🎗Istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
#super_kontrakt
2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.
💾 PDF shaklida yuklash
Bizni kuzating
Izoh: hurmatli talabalar! "Kreditga kirish haftaligi" ham 9-sentyabrdan boshlanishini ma'lum qilamiz. Demak, 9-dan kelsangiz boʻladi😊.
Читать полностью…⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.
Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Boshlanĝich sinf va ona tili adabiyot ustozlari uchun❗️❗️❗️
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatga OFLAYN kurs yòlga qòyildi.
✅Haftada 3 kun
✅Barcha bo'limlar òrgatiladi.
Manzil: Mirzo Uluĝbek metrosi,
Bunyodkor stadioni.
@axmedovna0327 ga yozing
❗️❗️❗️ E'lon ❗️❗️❗️
"NEW PRE-IELTS GROUP"
Manzil: ERTAGA SOAT 18:20DA, FILOLOGIYA FAKULTET, 216-XONADA
Dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 18:20-20:20 oralig'ida darslar bo'lib o'tadi.
Ustoz: Sattarova Nodira shaxsiy IELTS natija 7.
Malaka: 3-yil dars berishim
Natijalar:
7- 1 o'quvchi
6- 3 o'quvchi
5.5- 1 o'quvchi
B2- 11 o'quvchi
B1- 10 o'quvchi
Ro'yhatdan o'tishga shoshiling, guruh soni cheklangan!
Qiziqganlar @Serious_entrepreneur ga murojaat qiling.
O'rtoqlaringizga jo'natishni unutmang!
#prezident #yig‘ilish #kambagʻallikni_qisqartirish
⚡️Talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yigʻilishda maʼlum qilindi.
Prezident har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini e’lon qildi. Bunda:
- oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;
- oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.
Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.
Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.
Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Bizni kuzating
📣 E’LON
Hurmatli talabalar! INGLIZ, FRANSUZ, NEMIS tili fanlari bo’yicha Respublika miqyosida o’tkaziladigan olimpiadaga qatnashish istagida bo’lgan talabalarni 13-sentabr soat 14:00 da B blok 407- xonaga kelishlarini so’raymiz.
⏺#TaʼlimKrediti
📊 Imtiyozli taʼlim krediti ajratayotgan banklar ro‘yxati
🗒 Ayni vaqtda faqat SQB bank, MKBank hamda Agrobank tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda:
🖋 Kredit shartlari quyidagicha:
➡️ Miqdori — Shartnoma asosida;
➡️ Muddati — oʻqish davri + 7.5 yil;
➡️ Foiz stavkasi — 13.5% (xotin-qizlar uchun 0%);
🏦 Murojaat uchun SQB: 1180
🏦 Murojaat uchun MKBank: 1285
🏦 Murojaat uchun Agrobank: 1216
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 yoshlarittifoqi/">You tube
#ijara xonadon
3 xonali
Qizlarga
800 mingdan
Ijara shartnoma qilinadi✅
📌Samarqand darvoza
Telegram. Dunyo_o04
Telefon raqami . 910821178
❗️Rasman: super-kontrakt bo‘yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.
Abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.
Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
✅ ESLATMA: super-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma beriladi.
Qo‘shimcha maʼlumotlar:
➖ Yo‘nalishlar kesimida super-kontrakt narxi qancha?
Javob: /channel/xushnudbek/25518
➖ 4 ballgacha yetmaganlarga ham 10% chegirma beriladimi?
Javob: /channel/xushnudbek/25453
➖ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
Javob: /channel/xushnudbek/21153
➖ 56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
Javob: /channel/xushnudbek/21132
➖ Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?
Javob: /channel/xushnudbek/21159
👉 @xushnudbek 👈
E’lon!
✍️ Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz, turk, fransuz, nemis, arab tillari bo‘yicha gapirish ko‘nikmasini baholash uchun yangi format loyihasi ishlab chiqilgan edi.
Ushbu yangi format bo‘yicha gapirish ko‘nikmasini baholashning aprobatsiya test sinovi 2024-yil 10-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
➡️ Aprobatsiya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 8-sentyabrga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
⏰ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-sentyabr soat 08:00 gacha.
📱 @bba_ilmiy_markaz
📱 /channel/BaholashUz/6512
📞 (95) 515-68-68
Bizni kuzating
✅ Talabalar uchun ijara to'lovlarini bir qismini qoplab berish uchun onlayn ariza berish boshlandi
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
#super_kontrakt #so‘ragan_edingiz
⚡️“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi
Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.
Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:
🔹oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;
🔸moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda👈
Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda👈
❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
Bizni kuzating
#tabriklaymiz
Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi Sevinch Muzaffarova respublika oliy ta'lim muasasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan "Kitobxon yoshlar ligasi" koʻrik-tanlovining final bosqichida 1-o'rinni qoʻlga kiritdi.
Sevinchni g'alaba bilan qutlaymiz!
#mandat #magistratura #qabul2024
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Bizni kuzating
Izoh: universitetda 4-7-sentyabr kunlari barcha kurs talabalari uchun "Kredit-modul tizimiga kirish" kunlari boʻlib oʻtadi. Ushbu muddatda talabalar tanlov fanlarni tanlash va boshqa tashkiliy (toʻlov-shartnoma, TTJ, ijara kabi) masalalarni hal qilishadi.
Читать полностью…#tezkor #kontrakt #shartnoma
Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️
⚡️Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.
🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun
Bizni kuzating