@Navoiy_uni_uz 🏛️ @prTSUULL 📎 @yosholimlarjamiyati⚡ @NavoiyNigoh 📷 @tasvirvatajalli 🎨 @Kitobxonlar_klubi_TSUULL 📚 @Audio_kitob_javoni 🎙️ @audiokitoblaruz 🎙️
❗️56,7 balldan kam to'plaganlar talaba bo'lolmaydi
🔵Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36%);
🔵To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30%) etib belgilangan.
Bu yilgi imtihon natijalariga qaraydigan bo'lsak, O'zbekiston bo'yicha:
🟢442.337 nafar abituriyent 56.7 balldan past ball toplagan;
🟢59.866 nafar abituriyent esa imtihonga bormagan;
🟢148 nafar abituriyent esa imtihondan chetlashtirilgan;
✅Umumiy hisobda 502.351 nafar abituriyent tanlovdan chiqib ketgan!
Bu yilgi kvota soni 127.259 ta ekanligini inobatga olsak, yuqoridagi statistikadan ko'rinadiki 56.7 balldan ko'p yig'gan har 3 abituriyentdan bittasi talaba aniq o'qishga kiradi deyish mumkin!
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
Mandat chiqmasdan turib o‘qishga kirganini qanday bilish mumkinligini yana bir bor tushuntiraman.
#abituriyent
1-qadam: avval https://mandat.uzbmb.uz saytini ochasiz;
2-qadam: "Kengaytirilgan qidiruv" degan joydan o‘zingiz tanlagan OTM hamda yo‘nalishni qidirib topasiz va “Qidirish” tugmasini bosasiz (1-rasmga qarang);
3-qadam: Shunda umumiy ro‘yxat ochiladi (2-rasmga qarang). O‘sha ro‘yxatda nechanchi o‘rinda turganingizni qidirib topasiz. O‘rinni aniqlash uchun maslahat: har bir sahifada 10 nafardan abituriyent joylashgan bo‘ladi, siz nechanchi sahifadagi nechanchi joydaligingizga qarab, o‘rningizni oson aniqlay olasiz. Masalan, 5-sahifada 3-o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak 43-o‘rindasiz (4 ta to’liq 10 va + 3);
4-qadam: keyin familiyangiz yonidagi “Batafsil” tugmasini bosib, o‘zingizning sahifangizni ochasiz (3-rasmga qarang). O‘sha yerda qaysi yo‘nalishlarga topshirganingiz va ularga nechta kvota berilgani ko‘rsatilgan bo‘ladi;
❗️5-qadam: agar siz kvota doirasidagi o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak, aniq talaba bo‘ldingiz. Masalan, siz topshirgan yo‘nalishda jami 75 ta kvota berilgan, siz esa 68-o‘rinda turibsiz. Bu degani, talabalik bilan sizni tabriklasa bo‘ladi.
6-qadam: xuddi shu ishni topshirgan beshta yo‘nalishingizda tekshirib chiqishingiz mumkin.
Agar kvota doirasidan tashqarida turgan bo‘lsangiz-chi, unda hammasi tamom deganimi? Yo‘q, bunday emas. Kvotadan tashqaridagilar uchun ham yaxshi imkoniyat bor.
👉 @Khushnudbek_uz 👈
P.S. Xonalar yozilishida ma'lum texnik kamchiliklar bo'libdi, uzr so'raymiz! Uni shartnomada to'g'irlab aks ettiramiz!
Читать полностью…🔥🔥🔥
Talabalar turar joyi taqdim etilgan yuqori kurs talabalari ro‘yxati bilan tanishing!
1. To‘liq davlat ta’minotidagi va chin yetim talabalar;
2. Nogironligi bor talabalar (I, II guruh);
3. Boquvchisini yo‘qotgan talabalarning 202 nafariga universitet Talabalar turar joyidan joy ajratildi.
P.S. I kurs talabalaridan arizalar 20-avgustdan boshlab my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.
#test2023 #qabul
Respublika OTMlariga kirish imtihonlari yakunlandi
📝 13 kun davom etgan hayajonli jarayonlarda barcha OTMlar jamoalari faol boʻlishdi, Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi hamda koʻngillari "UzExpo" markaz hududida abituriyentlar va ularning ota-onalari, yaqinlariga barcha zarur yordamlarni koʻrsatishdi.
📌 Imtihonlarning soʻngi kuni munosabati bilan universitetimiz jamoasi tomonidan abituriyentlar, ularning yaqinlari, qolaversa, imtihonlarni koʻngildagidek oʻtkazishda oʻz hissasini qoʻshgan barcha uchun doshqozonlarda osh damlandi.
⏳ Tez orada joriy yilgi kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinadi.
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
🔥🔥🔥
Hurmatli talabalar! Yangi 2023/2024-o'quv yili boshlanishiga ham oz muddat qoldi. Shu boisdan Sizlarga Toshkent shahrida mavjud ijara uylarining manzili, uy egasining F.I.Sh hamda telefon raqami va ijara narxi haqidagi ma'lumotlarni yubormoqdamiz.
#test #qabul_2023
✅ UzExpo Markazda oʻtkazilayotgan test sinovlarida universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Abituriyentlar va ularning ota-onalarining hayajonli lahzalaridan lavhalarni tomosha qiling!
🔗 Batafsil
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
#e’lon
my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 10-avgust kuni soat 12:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
10-avgust soat 12:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#imkoniyat
#magistraturaga_qabul
⚡️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.
Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.
Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Til o‘rganish uchun endi o‘zbekistonliklarning o‘z ilovasi bor: “IBRAT Academy” ishga tushdi
Bugungacha malakali ustozlar tomonidan 10 dan ortiq xorijiy tillarni noldan boshlab, sifatli tarzda, bepulga o‘rgatib kelayotgan “ibratfarzandlari/playlists">Ibrat farzandlari” loyihasi o‘zining “IBRAT Academy” mobil ilovasini ishga tushirdi. Ilova ham mutlaqo bepul ishlaydi. Eng muhimi, internet bo‘lmasa ham ishlaydi. Ilova taqdimoti.
Yuklab olish: Android | iOS
#xalqaro_e’tirof
Kanalimizda oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun xorijiy universitetlarning faxriy unvonlari sazovor bo‘lgan soha vakillari haqida ma’lumot berib bormoqdamiz.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov:
➡️ Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Faxriy doktori
➡️Rossiyaning Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti Fahriy Professori
➡️ Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro mukofot sovrindori
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Professor-oʼqituvchilarning o‘quv yuklamasi 25 foizga kamaytiriladi.
➖ Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi 25 foizga qisqartiriladi va ularning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi. Eng muhimi, bunda ularning ish haqi kamaytirilmaydi;
➖ Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish uchun ajratilayotgan mablagʼlar miqdorini 3 barobarga oshiriladi;
➖ 40 yoshgacha boʼlgan tadqiqotchilarning ulushini 61 foizga yetkazish, ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqini 2 barobarga oshiriladi;
➖ Ilmiy, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish boʼyicha yillik tanlovlar sonini 20 taga yetkaziladi;
➖ Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari sonini 5 200 taga yetkaziladi;
➖ Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1,5 milliard dollar ajratiladi.
Asos: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston – 2030” strategiyasi toʼgʼrisida”gi Farmoni va “Oʼzbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va oʼz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaror loyihasi
Assalomu alaykum
TSUULL INTERNATION OFFICE VOLUNTEERS blankasini to’ldirganingiz uchun minnatdormiz. Sizni bizning Ko’ngillilar jamoamiz a’zosi bo’lish istagingizdan juda ham xursandmiz. Bizning jamoamizning asosiy maqsadi universitetimizning xalqaro reytingda o'rnini mustahkamlash, talaba-yoshlar o'rtasida turli xil tadbirlar, loyihalar uyushtirishdir. Universitetimiz o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish yo’lida o’z hissangizni qo’shishni istasangiz, sizni Chorshanba kuni Universitetimiz Xalqaro aloqalar bo’limi (TSUULL INTERNATIONAL OFFICE) da soat 10:00 da kutib qolamiz.
⚡️ Abituriyentlar diqqatiga!
✅ Ertadan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlanadi.
📆 Test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustga qadar ikki smenada:
1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
📌 Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:
1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.
☝️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!
📺📺 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
Manba: eduuz
Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
✅ @Talimgaoid
🎓 Talabasiz va ijarada kim bilan birga turish haqida bosh qotiryapsizmi? “Roommate” sizga yordam beradi!
Ma’lumki, talabalikka qabul qilingan yoshlar poytaxtga yoki boshqa hududlar markaziga kelganidan so‘ng ko‘pgina holatlarda kim bilan birgalikda ijarada turishi masalasi doim dolzarb muammo hisoblanadi. Bunga sabab esa talabalar birgalikda kvartira ijaraga olish jarayonida bir-birlari haqida oldindan o‘zaro ma’lumotga ega bo‘lmaydilar va bir-birlarini tanishmaydi.
“Roommate” ilovasi esa aynan shu masalani hal qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ilova orqali talabalikka qabul qilingan yoshlar ijaraga uy olish masalasida poytaxtga yoki boshqa hududlar markaziga kelmasidan oldin talabalar bilan tanishishi va o‘ziga mos sherik topishi mumkin!
“Roommate” ilovasini yuklab olish uchun: Android | iOSReklama
Ko‘pchilik so‘rayotgan savolga javob: minimum ball bormi?
#abituriyent
Har yili test sinovlarida minimum ball chegarasi qo‘yiladi. Yaʼni abituriyentlar bilimi orqali nafaqat o‘zgalar bilan, eng avvalo o‘zi bilan ham kurashishi kerak. Agar abituriyent minimum ballni to‘play olmasa, unda hattoki kvotada joy bo‘lsa ham, talabalikka qabul qilinmaydi.
Joriy yilda ham minimum talab xuddi avvalgi yillardagidek:
To‘lov-kontrakt uchun – 56,7 ball;
Davlat granti uchun – 68 ball.
❓Bu nima degani?
Aniq misol bilan tushuntiraman.
Yuqoridagi suratda 2019-yilgi mandat natijalari aks etgan. 1-rasmdagi Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo‘nalishining rus guruhiga 2019-yili jami 24 ta kvota ajratilgan. Shundan 4 ta grant, 20 ta kontrakt.
Lekin natijalarga qarasak, 22, 23 va 24-o‘rindagi abituriyentlar 56,7 balldan kam to‘plaganini ko‘rish mumkin. Demak, ular garchi kvota ichida turgan bo‘lsa ham talabalikka qabul qilinmagan.
2-rasmga qarang. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Biotexnologiya” yo‘nalishida Andijon viloyati uchun davlat grantiga 1 ta maqsadli qabul kvotasi ajratilgan. O‘sha 1 ta grant o‘rni uchun 2019-yili 10 kishi hujjat topshirgan. Lekin 10 nafar abituriyentning barchasi 68 balldan kam to‘plagan. Demak, o‘sha davlat granti uchun ajratilgan 1 ta o‘ringa hech kim kira olmagan. Bo‘sh qolgan.
Minimum ball degani shunaqa bo‘ladi.
To‘g‘risini aytsam, hamma savolga tavakkal faqat 1 ta variantni belgilab chiqqanlar omadi kelib 60-70 ball oladigan bir zamonda yoshlarimizning atigi 56,7 ball to‘play olmasligi bizni xavotirga solishi kerak, albatta. Masalan, 2022-yili 51,2% abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagandi. Yaʼni abituriyentlarning yarmidan ko‘pi 30%lik natijani ham qayd etolmagan.
Bu shubhasiz, fojiamiz.
👉 @xushnudbek 👈
Xabar to'ldirildi:
Ushbu ro'yxatdagi talabalarning qaysi birini TTJ to'lovidan avvalgi yilgi qarzdorligi mavjud bo'lsa, o'sha qarzdorlik yopilgach, shartnoma taqdim etiladi.
Shartnoma fakultet dekanatlariga taqdim etiladi. TTJ dan joy olgan talabalar shartnomani fakultet dekanatidan olishi mumkin. Qaysi sanadan boshlab shartnoma tarqatilishini alohida ma'lum qilamiz!
❗️Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash va ijara pulini byudjetdan kompensatsiya qilish tartibi o’zgartirilmoqda
Xabaringiz bor, 2 yildan buyon talabalarning ijara xarajatlarining bir qismi davlat byudjetidan qoplanayotgan edi.
Aniqrog‘i, 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.
Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur tartib o‘zgartirilmoqda. Yaʼni ijarada turgan talabalar uchun yagona aniq summa belgilanmoqda. Bunda ijara puli:
➖ Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (330 ming so‘m);
➖ qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (165 ming so‘m) miqdorida davlat tomonidan qoplanadi.
Ya’ni masalan talaba Toshkentdagi biror xonadonda kursdoshlari bilan birga 600 ming so’mdan ijarada tursa, shuning 330 ming so’mi davlat tomonidan qoplanadi.
✅ Shuningdek, sentyabr va oktyabr oylarida ijara puli qoplanishi uchun hech qanday ijara shartnomasi ko‘rsatish shart bo‘lmaydi, shartnoma bo‘lmasa ham qoplab berilaveradi.
Bundan tashqari OTMlardagi talabalar turar joylari endi tarqatiladi va bunda byurokratiya hamda inson omili minimal darajaga tushiriladi.
Yangi o‘zgarishlarda talabalarni yotoqxona bilan taʼminlashga oid boshqa yaxshi yangiliklar ham bor. Bu borada tegishli masʼullar bilan ovozli chat tashkil qilishni rejalashtiryapmiz.
👉 @xushnudbek 👈
Nogironligi bo'lgan yosh mutaxassislar uchun "Media plyus" o'quv loyihasi!
Yoshlar ishlari agentligi, "SHAROIT PLYUS" Toshkent shahar nogironlar jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda nogironligi bo'lgan yosh mutaxassislarni qo'llab-quvvatlash maqsadida media savodxonlik kurslariga qabul e'lon qiladi.
"Media plus" media savodxonlik kurslarida siz:
🔹Ommaviy axborot vositalari xabarlarini tahlil qilishni, noto'g'ri va fake xabarlarni aniqlashda o'z tanqidiy fikrlash qobiliyatlaringizni shakllantirishni;
🔹 Media va uning turlari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishni, ularning manbalarini tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirishni;
🔹Ommaviy axborot vositalarining yangi tendensiyalari va blogerlik haqida o'rganish bilan birga o'z kontentingizni yaratish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
❗️Kurslarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
Ishtirokchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
Quyidagi havola orqali ariza yuborishingiz mumkin!
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
“Uzbekistan Airways“ Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma eʼlon qildi
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/18401
Rasmiy sahifalarimiz👇
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari
✅Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda quyidagi tartibda taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – Smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.
📌 Tanlov nizomi bilan tanishish
Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
⚡️⚡️⚡️
Talabalar turar joyi uchun yuborilgan hujjatlar oʻrganib chiqilishi yakunlanmoqda. 13-avgustga qadar belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos keladigan talabalarga joy ajratilib, natijalari e'lon qilinadi. Oʻquv yili boshida II, III, IV kurs talabalaridan talabalar turar joyi uchun hujjatlar qabul qilinmaydi. Oʻquv yili boshida faqatgina yangi qabul qilingan I kurs talabalaridan ariza qabul qilinib, ularning hujjatlari koʻrib chiqiladi.
P.S. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Talabalar turar joyidagi mavjud joylarning kamida 60 foizi I kurslar uchun ajratiladi.
🔥 XORIJIY TILLARNI MUTLAQO BEPUL OʻRGANING!
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetidagi talabalarimiz uchun ajoyib imkoniyat!
🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi va "Registon" o‘quv markazi “Kelajak kasblari” doirasida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun ta’lim granti e’lon qiladi.
Endi siz kuchli tajribali ustozlardan ingliz, koreys, rus tillarini hamda IELTS va CEFR kurslarini "Registon" o'quv markazida bepul o‘rganishingiz mumkin!
Loyiha haqida batafsil
Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi 2 ta soʻrovnomani toʻldirish talab etiladi:
1) https://forms.gle/R68JjJUas7VNP4SCA
2) https://javokhir-media.uz/yoshlardaftari.uz
Viloyatda taʼtilda boʻlsangiz, ayni muddao! Shoshiling, joylar soni cheklangan!
Manzil: Sh. Rustaveli va Bobur koʻchasi chorrahasi, 53-uy. ( Eski Teatralniy chorraha)
+998935842700
@Menejer_Registan_Yakkasaray
@Registan_Yakkasaray
🔥🔥🔥
Hurmatli talabalar va kanal kuzatuvchilari!
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI QARORI loyihasi muhokamasida o‘zlaringizni taklifingiz bilan faol ishtirok eting:
https://regulation.gov.uz/oz/d/83811
#loyiha
📚🎙KITOBPLUS – KO‘RISH BO‘YICHA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN ONLAYN AUDIO KUTUBXONA YARATISH
💁🏻♂️ Xabaringiz bor, Asaxiy, Audionoma, UzBook kabi ilovalarda audio-kitoblar tinglash mumkin. Ammo birinchidan ular pulli, ikkinchidan dastur ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi foydalanuvchilarga moslashtirilmagan.
👩🏻🦯 Ushbu loyihaning maqsadi barcha audio-kitoblarni bir joyga jamlagan vebsayt hamda Android va iOS platformalarida ishlovchi, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilarga har tomonlama qulay va bepul ilovani yaratish.
Bu bo‘yicha "KitobPlus" nomi ostida jamoamiz o‘z ishini boshladi! Loyiha donori O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi.
📌 Batafsil vebsaytimizda o‘qing:
https://sharoitplus.uz/kitobplus-korish-boyicha-nogironligi-bolgan-shaxslar-uchun-onlayn-audio-kutubxona-yaratish/
❓ Loyiha boʻyicha savol va takliflaringizni loyiha menejeri Mirali G'iyosovga m.giyosov@sharoitplus.uz elektron pochta manziliga yuboring yoki ushbu telefon raqami orqali bog'laning: +998 (97) 708-73-31
🤝 Bizni qo‘llab-quvvatlang:
Xayriya qiling | Ko‘ngilli bo‘ling | A’zo bo‘ling
Bizning sahifalarimiz:
🕊@sharoitplus 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 @sharoitplus
✅ “Ilm-fan oromgohi” uchun qabul boshlandi!
“Ilm-fan oromgohi” loyihasining maqsadi - yosh ayol-qizlarni ilmiy tadqiqot ishlarining natijadorligini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli tadqiqotchi qizlarni izlab topish hamda rag‘batlantirish.
📍 Loyiha: Toshkent viloyati, Bo'stoliq tumani, “Semurg‘” oromgohida 18-22 avgust kunlari tashkil etiladi.
Ishtirok etish uchun quyidagi havolani to'ldiring: google havola
Deadline: 10.08.2023
⚡️ “WikiStipendiya II”dan avgust oyida yana bir loyiha — Voha oyligi
❗️Ishtirokchilar Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatiga oid maqolalarni yozish va boyitish orqali turli pul mukofotlarini qoʻlga kiritishlari mumkin!
💰Mukofot jamgʻarmasi — 18 mln. soʻm.
🔗 Shartlar bilan ushbu havola orqali tanishing.
⏳Shoshiling, jarayon boshlandi!
#Tilimiz_uchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hurmatli abituriyentlar!
Ertadan respublikamizning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi — necha yillar davomida olgan bilimlaringiz sinovdan o‘tadi.
Albatta, bu hayotingizdagi eng hayajonli damlar, shunday bo‘lsa-da, imkon qadar xotirjamlikni saqlang: bor imkoniyatingiz, kuchingizni ishga solib, bilimingizni namoyon qiling, o‘zingizga ishonchni yo‘qotmang! Siz hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun yaratilgansiz, unutmang!
Sizning iqtidoringiz, ko‘zlagan maqsadingiz sari intilishingiz, mehnatingiz zo‘r natijalarga olib kelishiga ishonaman! Sizga imtihonlarda omad va muvaffaqiyatlar tilayman.
Ibrohim Abdurahmonov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik
—————
Уважаемые абитуриенты!
С завтрашнего дня во всех регионах нашей республики начнутся вступительные экзамены в высшие образовательные учреждения – будут испытаны полученные за эти годы знания.
Конечно, это самые волнующие моменты в вашей жизни, но используйте все возможности, свои силы, покажите свои знания, не теряйте уверенности в себе! Не забывайте - вы созданы для того, чтобы преуспеть в жизни!
Я верю, что ваш талант, стремление к цели и трудолюбие принесут отличные результаты! Желаю удачи и успехов на вступительных экзаменах.
Иброхим Абдурахмонов,
Министр высшего образования, науки и инноваций, академик
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Magistratura_2023
⚡️ Magistraturaga hujjatlar qabuli o‘z yakuniga yetdi
🔰 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn 20 054 nafar abituriyent ariza yuborgan.
Hozirda kelib tushgan hujjatlar tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida. Bunda abituriyentlarning bakalavriat diplomi ilovasidagi ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblanib, yuklangan til sertifikatlarining haqiqiyligi tekshirilmoqda.
Talabgorlar magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali o‘z arizalarining bosqichma-bosqich ko‘rib chiqish holatini kuzatib borishlari mumkin.
Hujjatlar ishchi guruhi tomonidan to‘liq ko‘rib chiqilganidan so‘ng, yakuniy natija yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube