Контракт тўловидан 12% даромад солиғини қандай қайтариб олиш мумкин?
@Yurist_Xizmati 4653-савол:
Assalomu alaykum. 35 yoshdaman. Ikkinchi oliy ta'limda o'qiyman. Birinchi ta'limda olgan diplomim bo'yicha ta'lim tashkilotida ishlayman. O'zimni mazkur ikkinchi ta'limda o'qishim davomida o'zim to'lagan kontrakt pullarimdan 12% daromad solig'i summasini qaytarib olsam bo'ladimi? Kontrakt summalarini ish haqi tushadigan rasmiy bank plastik kartamdan, shuningdek, o'zimga tegishli lekin ish haqi tushadigan rasmiy karta hisoblanmaydigan boshqa bank plastik kartamdan to'lovlarni ilovalar orqali amalga oshirganman. Kontrakt to'lovlardan 12% daromad solig'i hisoblanadigan miqdordagi pulni qaytarib olishda aynan to'lovlarni o'zimning rasmiy ish haqi tushadigan bank plastik kartadan o'tkazgan bo'lishim shartligi, men esa ish haqi tushadigan bank plastik kartadan boshqa plastik kartadan ham kontrakt to'lovlarni o'tkazganimni sabab qilib 12% pullarni qaytarib bermasliklari ham mumkinmi? Iltimos, menga yuridik asoslantirilgan huquqiy javob bersangiz
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
✅ Сиз контакт пулидан солиқларни қайтариб олишингиз мумкин.
💁♂ Бунда айнан иш ҳақи тушадиган пластик картадан фойдаланиш шарт эмас, муҳими сиз контракт тўлаган сумма расмий даромад ҳисобланиб, ундан солиқ ундирилган бўлса кифоя.
Солиқ кодексининг 378-моддасига асосан Ўзбекистон Республикасининг профессионал ва олий таълим ташкилотларида таълим олиш (ўзининг, фарзандларининг, шунингдек йигирма олти ёшга тўлмаган эрининг (хотинининг) таълим олиши) учун тўлов жисмоний шахслардан ундириладиган даромад солиғидан озод қилинади.
Ўзбекистон Республикасининг профессионал ва олий таълим ташкилотларида таълим олиш учун йўналтириладиган маблағларга жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи бўйича имтиёзни қўллаш тартиби тўғрисидаги низом (Рўйхат рақами 2107) 16-бандига асосан:
Ўзбекистон Республикасининг профессионал ва олий таълим ташкилотларида ўқиш учун тўлов жисмоний шахс томонидан мустақил равишда (нақд пул ҳисобига, жисмоний шахсларнинг банклардаги ҳисоб рақамларидан ёки пластик карталардан фойдаланган ҳолда) амалга оширилганда, солиқ чегирмаси Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексининг 396 — 398-моддаларида назарда тутилган тартибда давлат солиқ хизмати органларига жисмоний шахснинг жами йиллик даромади тўғрисидаги декларацияни топшириш йўли орқали берилиши мумкин.
Abituriyentlar nechanchi o‘rinda turganini ko‘rishi mumkin bo‘ldi
mandat.uzbmb.uz saytida kengaytirilgan qidiruv funksiyasi ochildi va unda OTM, tegishli yo‘nalish, ta’lim shakli va tilini tanlagan holda yakuniy mandatda abituriyentlarning joylashgan joyini ko‘rish mumkin bo‘ldi.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❓O‘qishga kirish qiyinmi? Joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yo‘nalishga kontraktga kirsa bo‘lar edi
#abituriyent
O‘qishga kirish qiyin yoki osonligini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkich, bu o‘tish ballarini tahlil qilishdir. Menga doim qiziq bo‘lgan, masalan, 100 ball olgan abituriyent qayerlarga o‘qishga kira oladi? Nechta joyga bali yetgan bo‘lardi?
Yuqoridagi jadvalda davlat granti uchun 4 ming 256 ta, to‘lov-kontrakt uchun esa kunduzgi ta’limda 3 ming 215 ta, sirtqida 1 ming 458 ta, kechkida 285 ta va masofaviyda 80 ta yo‘nalishlardagi 2024-yilgi o‘tish ballarining tahlili aks etgan.
Davlat granti bo‘yicha
Davlat granti misolida ko‘radigan bo‘lsak, 100 ball olgan abituriyentlar 1 ming 532 ta yo‘nalishga grantga kira olgan. Bu umumiy yo‘nalishlarning 36% ini tashkil qiladi.
Joriy yilda 70 ball bilan 570 ta (13,4%) yo‘nalishga davlat grantiga kirish mumkin bo‘ldi.
150 ball olganlar esa 70 foiz grantga kirdi, degani bo‘lgan. Faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olgan bo‘lsa bo‘ldi.
To‘lov-kontrakt bo‘yicha
Kontraktda esa kirish ballari aaaancha past. Masalan, atigi 80 ball bilan kunduzgi ta’limning 56 foiz yo‘nalishiga, sirtqida 72%, kechkida 60%, masofaviyda esa 96% yo‘nalishga kontraktga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i 80 ball to‘plasa yetadi.
Yoki 60 ball bilan barcha ta’lim shakllarini qo‘shganda 1 ming 466 ta yo‘nalishga kontraktga kirish mumkin edi.
100 ball to‘plasangiz-ku, kontraktga kirish ehtimolingiz juda yuqori bo‘lgan. Masalan, kunduzgida 2 ming 286 ta (71%), sirtqida 1 ming 274 ta (87%) yo‘nalishga o‘tish ballari 100 dan past bo‘lgan.
Albatta, bu umumlashtirilgan natijalar. Ayrim talabgir yo‘nalishlarda kirish ballari yuqori bo‘lganini bilaman. Lekin unaqalar soni juda kam bo‘lgan.
Umumiy holat shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qishga kirish juda oson, faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olishga ham ko‘p narsa bog‘liq. Boshqacha aytganda, yoki orzu qilingan o‘ta nufuzli yo‘nalishga kirish uchun yetarli darajada o‘qish kerak, yoki to‘plangan ballga yarasha yo‘nalish tanlash kerak.
👉 @xushnudbek 👈
Касаллик сабабли эртароқ пенсияга чиқиш мумкинми?
@Yurist_Xizmati 4651-савол:
Salom. Menda bitta savol bor edi. Men o'qituvchi bo'lib ishlayman. Keyingi paytlarda mendagi grija va bo‘g‘im og‘riqlar kuchaydi yana jigarim kassallandi. Yoshim 50 ga to'layapti. Men kasallik sababli erta nafaqaga chiqa olamanmi Davollansam ma'lum muddatga og‘riqlar to‘xtaydi sal fursatdan keyin yana boshlanadi
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
Пенсияга чиқишда иш стажидан ташқари ёшга оид меёр ҳам белгиланади.
Умумий қоида бўйича ёшга доир пенсия олиш ҳуқуқига:
• эркаклар — 60 ёшга тўлганда ва иш стажлари камида 25 йил бўлган тақдирда;
• аёллар — 55 ёшга тўлганда ва иш стажлари камида 20 йил бўлган тақдирда эга бўладилар.
❗️Президентнинг 2024 йил 16 августдаги ПФ-111-сонли фармони
Эндиликда, субсидия олиш учун мурожаат қилган ариза берувчининг хоҳишига кўра унинг даромадларига у билан бирга яшамайдиган яқин қариндошларининг даромадлари ҳам киритилиши мумкин бўлади.
#Янги_ҳужжат
Саволингизни: @yuristgamurojaat ga қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️ЯНГИ ИШ БОШЛАГАН ШИФОКОРЛАРГА 1 000 000 СЎМГАЧА УСТАМА БЕРИЛАДИ
📄 16.01.2023 йил кунги 3416-сон Тиббиёт муассасаларини моддий рағбатлантириш ва ривожлантириш жамғармаси тўғрисидаги низом тасдиқланган
❗️ Низомга кўра, Жамғарма маблағлари қуйидаги 2 йўналиш бўйича сарфланади:
1) ✅ 75 фоизи барча давлат тиббиёт муассасалари тиббиёт, фармацевтика ва бошқа ходимларини моддий рағбатлантиришга;
2) ✅ 25 фоизи тиббиёт муассасасининг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш, модернизация қилиш ҳамда таъмирлашга.
❗️Биринчи тоифада кўрсатилган 75 фоизлик улушдан янги иш бошлаган салоҳиятли ёш шифокорларга 1 миллион сўмгача махсус ойлик устамалар берилади
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Kechki yoki sirtqida o’qiyotgan xodimlarga qonunda nazarda tutilganidan ko’ra ko’proq (30 yoki 40 kundan ko'proq) o’quv ta’tili bersa bo’ladimi?
#qonunbilan MK 385-moddasi kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʼyicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalarni belgilab bergan.
Oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʼyicha oʼqiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun oʼquv taʼtillari:
oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida oʼqiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida 20 kalendar kun, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida 10 kalendar kun, oliy va oʼrta maxsus taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida oʼqiyotganlarga esa — kamida 30 kun;
oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda oʼqiyotganlarga — kamida 30 kalendar kun, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida 20 kalendar kun, oliy va oʼrta maxsus taʼlim, kasb hunar taʼlimi tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida oʼqiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun muddatga oʼrtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.
Mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganiga nisbatan davomiyligi koʼproq boʼlgan oʼquv taʼtillari nazarda tutilishi mumkin.
Ishni oʼqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat taʼtillari ular oʼquv taʼtillaridan foydalanganligidan qatʼi nazar beriladi.
Ish beruvchi oliy taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun taʼlim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yoʼlkira haqining 50 foizidan kam boʼlmagan miqdorini toʼlaydi. Davlat attestatsiyasidan oʼtish uchun xuddi shunday miqdorda yoʼlkira haqi toʼlanadi.
⚠️ Demak, yuqoridagi kafolatlar va kompensatsiyalar kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʼyicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun taqdim qilinadi.
📍Davomiyligi koʼproq boʼlgan oʼquv taʼtillari (aytaylik, 30 yoki 40 kalendar kundan ko’proq) mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilishi mumkin. MK 12-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
jamoa kelishuvlari;
jamoa shartnomalari;
ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishuvga koʼra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi oʼz vakolatlari doirasida yakka oʼzi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.
❌ Kunduzgi yoki masofaviy ta’lim shaklida ta’lim olayotganlar uchun esa yuqoridagi kafolatlar va kompensatsiyalar tatbiq qilinmaydi, ular uchun korxonaning ichki lokal hujjatlari yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida alohida kafolatlar taqdim qilinishi mumkin. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 22-bandiga ko’ra, ish faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholashdan o‘tish, bitiruvchilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish, bitiruv malakaviy va magistrlik ishini himoya qilish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi https://lex.uz/docs/-6221502
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️"ПРОПИСКА" ЯШАШ ҲУҚУҚИНИ БЕРАДИ, МУЛКДОР БЎЛИШ ҲУҚУҚИНИ ЭМАС.
⚡️САВОЛ:
Мен оилавий келишмовчиликлар сабабли ҳозирги кунда қизлик уйимга қайтиб келганман лекин, келин бўлиб тушган ҳонадонимда доимий "прописка"да тураман. Уй қайнотамни номида. Саволим шуки, доимий "пропискам" ўша уйда бўлганлиги учун мени хам уйдан ҳаққим борми ?
⚡️ЖАВОБ:
Саволингизни тўғри тушунган бўлсак, Сиз қайнотангизни номида бўлган уйдан улуш талаб қилишим мумкинми демоқчи бўляпсиз, лекин йўқ. Сизни у уйда улушингиз йўқ. Сизни у ерда доимий "прописка"да туришингиз Сизга ўша уйда яшаш ҳуқуқини беради холос, мулкдор бўлиш ҳуқуқини эмас.
📄 Уй-жой кодексининг 32-моддасига асосан,
➖ Уй, квартира мулкдорининг оила аъзолари, шунингдек у билан доимий яшаётган фуқаролар, агар уларни кўчириб келган пайтда ёзма равишда бошқа ҳол қайд этилган бўлмаса, уйдаги, квартирадаги хоналардан мулкдор билан тенг фойдаланишга ҳақлидирлар деб кўрсатилган.
✏️ Нормадан маълумки, Сизни доимий рўйхатингиз ўша уйда бўлганлиги учун қайнотангизни номида бўлган уйдан уйни мулкдорлари билан бирдек фойдаланишга ҳақлисиз. Агар уйга Сизни киритмаётган бўлса судга даъво қилиб мажбурий тартибда киритиб қўйишларини талаб қилишингиз мумкин ва бўлди. Суд Сизни ўша уйга нисбатан шу талабингизни қаноатлантириши мумкин. Доимий "пропискангиз" Сизга бошқа нарса ваъда қилолмайди..
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
#Кадровик
Қисқартиришга тушган ходимнинг икки ойлик огоҳлантириш даврини пуллик компенсацияга алмаштиришда ходимнинг розилиги шарт эмас.
Меҳнат кодексининг 165-моддаси Меҳнат шартномасини иш берувчининг ташаббусига кўра бекор қилиш тўғрисида огоҳлантириш тартибини белгилайди мазкур моддада иш берувчининг ташаббуси билан меҳнат шартномаси бекор қилинаётганда тули хил огоҳлантириш муддатлари келтирилган масалан, технологиянинг, ишлаб чиқариш ва меҳнатни ташкил этишнинг ўзгаришига, ишлар (маҳсулот, хизматлар) ҳажмининг қисқаришига боғлиқ бўлган ташкилот ходимларининг сони ёки штати ўзгарганлиги муносабати билан меҳнат шартномаси бекор қилинганда ходим 2 ой олдин огоҳлантирилиши ёки меҳнат шартномаси ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги туфайли бажараётган ишига мувофиқ эмаслиги муносабати билан бекор қилинганда камида икки ҳафта олдин огоҳлантирилиши кераклиги белгиланган.
Эски таҳрирдаги меҳнат кодексида агар иш берувчи мазкур огоҳлантириш муддатини пуллик компенсацияга алмаштирмоқчи бўлса, унда ходим билан келишиши лозим эди бироқ, амалдаги меҳнат кодексида бунинг акси. МК 165-моддаси 3-қисмига кўра Иш берувчи ушбу модданинг биринчи қисмида назарда тутилган ходимни огоҳлантириш муддатларини огоҳлантириш муддатининг давомийлигига мувофиқ келадиган пулли компенсация билан алмаштиришга ҳақлидир. Ҳодимга огоҳлантириш муддатига мутаносиб пулли компенсация тўлаш иш берувчини қонунчиликда назарда тутилган бошқа тўловларни амалга ошириш мажбуриятидан, шунингдек ўзга тўловларни, агар улар меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларда ёки меҳнат шартномасида назарда тутилган бўлса, амалга оширишдан озод этмайди.
Яъни иш берувчи пулли компенсация билан алмаштиришга ҳақлидир деб айтилмоқда бундан англашиладики бу ерда огоҳлантириш муддатини пуллик компенсацияга алмаштиришда ходим билан келишмай иш берувчининг ўзи буйруқ билан расмийлаштирган ҳолда амалга ошириши мумкин. Ҳодимнинг розилиги ёки у билан келишиш талаб қилинмайди.
Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️ИККИ ВА УНДАН ОРТИҚ 12 ЁШГА ТЎЛМАГАН БОЛАЛАРИ БЎЛГАН ОТА-ОНАЛАРГА ҚЎШИМЧА ТАЪТИЛ БЕРИЛАДИ
📄 Меҳнат кодексининг 401-моддасига асосан,
➖ ўн икки ёшга тўлмаган икки ва ундан ортиқ боланинг ёки ўн олти ёшга тўлмаган ногиронлиги бўлган боланинг ота-онасидан бирига ҳар йили давомийлиги камида тўрт календарь кун бўлган ҳақ тўланадиган қўшимча таътил берилади.
✅ Ушбу таътил йиллик меҳнат таътилига қўшиб берилиши ёки иш берувчи билан келишиб белгиланадиган даврда ушбу таътилдан алоҳида (тўлиқ ёхуд қисмларга бўлиб), лекин фақат тегишли иш йили давомида фойдаланилиши мумкин.
❗️Ушбу таътилни кейинги иш йилига кўчиришга ёки уни пулли компенсация билан алмаштиришга йўл қўйилмайди.
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️ИШГА ҚАБУЛ ҚИЛИШНИ НОҚОНУНИЙ РАД ЭТИШ ТАҚИҚЛАНАДИ !!!
📄 Меҳнат кодексининг 119-моддасига асосан, ишга қабул қилишни қонунга хилоф равишда рад этишга йўл қўйилмайди.
❗️Қуйидагилар ишга қабул қилишни қонунга хилоф равишда рад этиш хисобланади:
➖ меҳнат ва машғулотлар соҳасида камситишни тақиқлаш тўғрисидаги талабларни бузиш;
➖ иш берувчи томонидан ишга таклиф этилган шахсларни ишга қабул қилмаслик;
➖ иш берувчи қонунга мувофиқ меҳнат шартномасини тузиши шарт бўлган шахсларни (иш ўринларининг белгиланган энг кам сони ҳисобига ишга юборилган шахсларни, иш берувчи алоҳида асослар бўйича меҳнат шартномасини бекор қилган шахсларни, улар қайта ишга қабул қилинган тақдирда ва бошқаларни) ишга қабул қилмаслик;
➖ ҳомиладорлик ёки фарзандлар борлиги билан боғлиқ сабабларга кўра ишга қабул қилмаслик;
➖ судланганлиги, шу жумладан тугалланган ва олиб ташланган судланганлиги сабабли шахсларни ишга қабул қилмаслик, бундан қонунчиликда назарда тутилган ҳоллар мустасно, ёхуд шахсларни уларнинг яқин қариндошлари судланганлиги, шу жумладан тугалланган судланганлиги муносабати билан ишга қабул қилмаслик;
❗️Ишга қабул қилиш рад этилган тақдирда, иш берувчи ишга қабул қилиш ҳуқуқига эга бўлган мансабдор шахс томонидан имзоланган ишга қабул қилишни рад этиш сабабларининг ёзма асосини ишга қабул қилиниши рад этилган шахснинг талабига кўра уч кунлик муддатда тақдим этиши шарт.
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
#Кадровик
Ходим 6 ой ўтмасдан таътилга чиқса бўладими?
Меҳнат кодексининг 227-моддасига асосан Биринчи иш йили учун ҳар йилги меҳнат таътилидан фойдаланиш ҳуқуқи ходимда у ушбу иш берувчида узлуксиз ишлаган олти ой ўтганидан кейин юзага келади. Меҳнат шартномаси тарафларининг келишувига кўра ходимга ишлаган олти ой ўтгунига қадар ҳам меҳнат таътили берилиши мумкин.
Яъни модда шуни кўрсатяптики, ходимга биринчи йил учун меҳнат таътили бериш ҳуқуқи 6 ойдан кейин вужудга келсада иш берувчи ва ҳодим ўзаро келишган ҳолда бу таътилни 6 ойга етмаган тақдирда ҳам бериши мумкин. Яъни бу ерда ходимни ишга кирганига 6 ой бўлмасада тўлиқ меҳнат таътили беришга жиддий тўсиқ мавжуд эмас.
Мазкур модданинг 2-қисмига кўра, Биринчи бор ташкил этилган ташкилотлар учун ходимларга биринчи иш йили учун ҳар йилги меҳнат таътили биринчи иш йили тугагунига қадар ушбу таътилни бериш шарти билан олти ой ишламасидан илгари ёки ундан кейин берилиши мумкин. Яъни биринчи бор ташкил этилган корхоналарда ҳам иаътил 6 ой ўтмасдан берилиши мумкин.
Мазкур модданинг 3-қисмида қуйидаги ходимарнинг уларнинг ҳоҳишига кўра 6 ой ўтмасдан таътил берилади:
👉 аёлларга — ҳомиладорлик ва туғиш таътилидан олдин ёки ундан кейин;
👉ўн тўрт ёшга тўлмаган битта ёки ундан ортиқ болани (ўн олти ёшга тўлмаган ногиронлиги бўлган болани) тарбиялаётган шахсларга (ёлғиз ота-онага, шу жумладан бева аёлларга, бева эркакларга, никоҳдан ажралганларга, муддатли ҳарбий хизматдаги ҳарбий хизматчиларнинг хотинларига, ота-онанинг ўрнини босувчи шахсларга);
👉ўн саккиз ёшдан кичик бўлган шахсларга;
👉резервга бўшатилганидан кейин уч ойдан кечиктирмай ишга кирган муддатли ҳарбий хизматни ўтаган собиқ ҳарбий хизматчиларга;
👉1941 — 1945 йиллардаги уруш қатнашчиларига ва имтиёзлари бўйича уларга тенглаштирилган шахсларга;
👉I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган ходимларга;
👉ишдан ажралмаган ҳолда таълим ташкилотларида ўқиётганларга, агар улар ўзининг ҳар йилги меҳнат таътилини имтиҳонлар, синовлар (зачётлар) топшириш, битирув малакавий ишларини, магистрлик диссертацияларини, курс, лаборатория ишларини ва бошқа ўқув ишларини бажариш вақтига тўғрилаб олишни хоҳласа;
👉жамоа келишувларида, шунингдек жамоа шартномасида ёхуд ички ҳужжатларда белгиланган бошқа ҳолларда бошқа ходимларга. Яъни бу учинчи қисм бўйича, келишув шарт эмас. Агар ходим ҳоҳласа иш берувчи таътил беришга мажбур.
Ҳақ тўалш масаласига тўхталсак, Ушбу модданинг биринчи, иккинчи ва учинчи қисмларида назарда тутилган ҳолларда ҳар йилги меҳнат таътили тўлиқ давомийликда ва тўлиқ ҳақ тўланган ҳолда берилади. Яъни таътил ҳам тўлиқ пули ҳам тўлиқ тўланиши керак.
Агар ходим таътилни тўлиқ олиб ишдан бўшаб кетса, нима бўлади? Меҳнат кодексининг 269-моддаси 2-қисм 6-бандига асосан ходим қайси иш йили ҳисобига таътил олиб бўлган бўлса, ўша йил тугагунига қадар меҳнат шартномаси бекор қилинганда таътилнинг ишлаб берилмаган кунлари учун пул ходимнинг розилигидан қатъий назар ушлаб қолинади.
Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Таътилдан ўз хоҳишим билан қайтсам бўладими?
@Yurist_Xizmati 4650-савол:
Ассалому алайкум! Мактабда укитувчи булиб ишлеман. Дикретдан 31 июль куни кайтдим. Хозирда мехнат таътилига чиққанман. Ўз хоқишимга биноан меҳнат таътилим тугамай ишга қайтсам буладими. Менга октябрда қайтасиз, дарсиз тарификация бўлмади деб жавоб беришди
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
Йўқ, сиз ўзингиз хоҳишингиз билан таътилдан қайта олмайсиз.
Ходимни таътилдан чақириб олиш мумкин.
Фақат бунда бир қатор талаблар бор. Агар иш берувчи сизни ишга чиқаришда рози бўлса ва ҳозирда сизда меҳнат мажбуриятлари мавжуд бўлса, унда ишга чиқишга имкониятингиз бор.
Янги таҳрирдаги Меҳнат кодексининг 232-моддасига мувофиқ ҳар йилги меҳнат таътилидан чақириб олишга таътилнинг исталган вақтида фақат ходимнинг розилиги билан йўл қўйилади. Бироқ иш берувчида ҳақиқатда сизни меҳнат таътилидан чақириб олишга арзирли сабаб бўлиши керак.
Шунингдек, ушбу кодекс 231-моддасига асосан таътилдан чиқариб олиш учун таътилнинг ҳеч бўлмаганда бир қисми ўн тўрт календарь кундан кам бўлмаслиги керак.
Бундан ташқари, МК 230-моддасига кўра таътилнинг қолган қисми шу иш йили ичида берилиши шарт.
Демак, сиздаги ҳолатда ҳам ушбу талабларга жавоб берган ҳолда сизни таътилдан чақириб олиш мумкин. Бунда юқоридаги қоидаларга мувофиқ сиз ишга қайтасиз.
Бунда сизга таътил пули Мк 233-моддаси иккинчи қисмига кўра ҳар йилги меҳнат таътили вақти учун ҳақ тўлаш жамоа шартномасида, ички ҳужжатларда ёхуд меҳнат шартномасида белгиланган муддатларда, бироқ таътил бошлангунига қадар охирги иш кунидан кечиктирмай амалга оширилади.
Бунда таътил пулининг қолган қисми компенсация сифатида қолдирилади.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Ўзбек мактабда ўқиган ўқувчини рус мактабга қабул қилмаслик тўғрими?
@Yurist_Xizmati 4649-савол:
Ассаломалекум. Қандай асосларга кўра 1- синфдан 8-синфга қадар ўзбек мактабда ўқииган ўқувчини , рус мактабга қабул қилмаслик мумкин. Қабул қилмаса тўғри бўладими. Қабул қилмаслик учун Асослари бўлса яхши бўлар эди
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
❗️Фарзанднинг қайси мактабда ўқишини ота-она мустақил ҳал қилади.
Аввало, Таълим тўғрисидаги қонун 9-моддасида болаларнинг ўзлари яшайдиган ҳудуддаги мактабга бориши ҳақида қоида белгиланмаган.
Шунингдек, Вазирлар Маҳкамасининг 2017-йил 15-мартдаги 140-сон қарорига 1-иловада тасдиқланган Умумий ўрта таълим тўғрисидаги Низом 39-бандига мувофиқ мактаб ёшидаги болаларни умумий ўрта таълимга қамраб олиш туман (шаҳар) ҳокимликларининг қарори билан умумтаълим муассасаларига бириктирилган ҳудудлар (микроҳудуд) доирасида умумтаълим муассасаси томонидан рўйхатга олиш орқали амалга оширилади.
☝️Мана шу қоидадан келиб чиқиб, сиздаги ҳолатда фарзандингизни ўз ҳудудингиздаги мактабга беришингиз ҳақида айтишган бўлиши мумкин. Лекин ушбу низомда мажбурий қоида сифатида айнан шу микроҳудуддаги мактабга бориш ҳақида эмас, балки мактабларга ўқишга қабул қилиш мажбурийлиги айтилмоқда.
❗️Низомнинг 49-бандига асосан ота-оналар фарзандларини ўқув йили давомида ёки у тугаганидан кейин бир синфдан бошқа синфга ёки бир умумтаълим муассасасидан бошқасига ўтказиш ҳуқуқига эга.
Иккинчидан, Халқ таълими вазирининг 2015 йил 2 июндаги 13-мҳ-сон буйруғига илова билан тасдиқланган “Ўқувчиларни синфдан синфга ва бир умумий ўрта таълим муассасасидан бошқасига ўтказиш тартиби тўғрисида”ги низом (рўйхат рақами № 2684) 11-бандида Ота-оналар ўз хоҳишига кўра ўқув йили давомида ёки у тугаганидан сўнг фарзандини бир мактабдан бошқасига ўтказиш ҳуқуқига эгалиги белгиланган.
💁♂ Сизлардаги вазиятда ҳам юқоридаги низом талабларига риоя қилган ҳолда ўқувчини мактабга қабул қилинади. Бунда академик литсей кетиш талони расмийлаштиради. Шундан сўнг ота-она мактабга ариза беради ва аризага ушбу талонни илова қилади.
Низом 15-бандига асосан Ўқишни давом эттириш учун танланган мактаб директори ариза ва мактабдан кетиш талонини қабул қилиб олгач, шу куннинг ўзида ота-оналарга ўқувчи таълим олаётган мактабга тақдим этиш учун ушбу Низомнинг 2-иловасига мувофиқ шаклда мактабга келиш талонини беради.
☝️Мана шу қоида ҳам ота-оналарга фарзанди қайси мактабга боришини эркин белгилаши мумкинлигини исботи саналади.
Энди қаранг! Ўзбекистон Республикасининг “Давлат тили ҳақида”ги Қонуни 6-моддасида Ўзбекистон Республикасида яшовчи шахсларга таълим олиш тилини эркин танлаш ҳуқуқи берилиши қайд этилган. Шундай экан бу ҳолатда рад жавобини бериш мумкин эмас.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Ассалому алайкум, барчага.
Меҳнат таътилидан чақириб олинган ходимларга фойдаланмаган меҳнат таътили кунлари учун тўланган меҳнат таътили пулларини ходим ишлаган даври учун ҳисобланган иш ҳақи суммаси билан қайта ҳисоб-китоб қилган ҳолда тўловларни амалга оширишингиз ҳамда таътилнинг фойдаланилмай қолган қисмини мазкур иш йили давомида бошқа вақтда берилишини ёки кейинги иш йилида берилиши бўйича кўрсатма хат.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Kim nechanchi o‘rinda turganini qachon bilsa bo‘ladi?
#abituriyent
Joriy yilgi test sinovi natijalari chiqqach, abituriyentlar faqat o‘zining natijasini ko‘ra olayotgan edi. Ammo OTMlar kesimida umumiy ro‘yxat e’lon qilinmagan va kim nechanchi o‘rinda turganini bilib bo‘lmasdi. Avvalgi yillarda bunaqa imkoniyat bor edi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar bugun mandat.uzbmb.uz saytida e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar bo‘lsa, yana alohida xabar beramiz.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
#savolimbor
Assalomu alaykum. Ishga olishni rad etganda sudga shikoyat kiritishning muddati qancha vaqt?
Javob
Mehnat kodeksining 119-moddasiga asosan, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etishi shart. Yozma asosni berishni rad etish ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilinishiga monelik qilmaydi.
Mehnat kodeksining 560-moddasiga binoan, yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning aniq muddatlari belgilab qo’yilgan. Xususan, ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran uch oy ichida sudga da’vo kiritishi mumkin.
Biroq sizning savolingizda shaxs (xodim emas) ishga qabul qilishni rad etilganligi ustida sudga qancha muddatda shikoyat qilishi mumkinligi so’ralmoqda. Mehnat kodeksining 560-moddasida ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etilganda, buning ustidan qancha muddatda sudga shikoyat qilish mumkinligi haqida aniq javob ko’rsatilmagan. Qonun normalari mazmunini sharhlash orqali quyidagicha javob beramiz. Agar siz o’sha rad etilgan ishingizga ishga joylab qo’yishlarini so’rab sudga murojaat qilmoqchi bo’lsangiz, Mehnat kodeksi 119-moddasida nazarda tutilgan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini olib, shu paytdan e'tiboran uch oylik muddatda sudga shikoyat qilishingiz mumkin.
Bunda Mehnat kodeksi 32-moddasiga ko’ra, ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi sud qarori qabul qilinishi natijasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent
O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.
‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.
2023-yilgi narxlar mana bu yerda:
/channel/xushnudbek/21116
❓4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?
Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:
➖ o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.
❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.
4,1 ball va undan ko‘proq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.
❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?
Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.
❓Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?
Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.
Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.
❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?
Yo‘q. 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.
❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.
O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.
❓O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?
Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.
❓ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.
Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.
❓Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?
Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.
ДИРЕКТОР ЎРИНБОСАРИ НЕЧИ СОАТГАЧА ДАРС БЕРИШИ МУМКИН?
Саволим шундан иборатки,мен ММИБДУ лавозимида, 0.5 ставка мактабда ишлайман, конун доирасида неччи соат дарс беришим мумкин,хозирда мени кушимча 10 соат уриндош килиб белгиланган,шу тугрими?
📍ЖАВОБ:
Вазирлар Маҳкамасининг 275-сонли қарори билан тасдиқланган “Халқ таълими ходимлари меҳнатига ҳақ тўлаш тўғрисида”ги низомнинг 14-бандига кўра халқ таълими муассасасининг раҳбар ходими томонидан асосий лавозимнинг бир ҳафтада 10 соатгача ҳажмда ўқитувчи лавозими билан қўшиб олиб борилишига (ўқув юкламаси юритилишига) йўл қўйилади.
Шунингдек, “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низом (рўйхат рақами № 3271) 23-бандига кўра умумтаълим муассасасининг раҳбар ходими (директор ва унинг ўринбосарлари) томонидан асосий лавозимнинг бир ҳафтада 10 соатгача ҳажмда ўқитувчи лавозими билан қўшиб олиб борилганлига ҳамда улар томонидан бажарилган дарс соатларига соатбай ҳақ тўланганлиги ҳудудий халқ таълими бўлинмалари ва ҳудудий молия органлари томонидан ўқитувчиларнинг тарификация рўйхатига кирилган мезонлардан бири ҳисобланади.
Мактбларда халқ таълими муассасасининг раҳбар ходимлари10 соатгача бўлган миқдорда дарс бериши мумкин.
Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Муҳим бир қоида
Оила кодексининг 90-моддасига асосан ота-она ҳаётлигида болалар уларнинг мол-мулкига нисбатан мулкдор бўлиш ҳуқуқига эга эмас.
Ота-она ҳам вояга етмаган болаларнинг мол-мулкига нисбатан мулкдор бўлиш ҳуқуқига эга эмас.
Ота-она ва болаларнинг улар ўртасидаги умумий мол-мулкка бўлган мулк ҳуқуқи Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодекси билан белгиланади.
Вояга етмаган болалар ўз ота-онасидан ва бошқа шахслардан қонунда назарда тутилган миқдорда ва тартибда таъминот олиш ҳуқуқига эга. Вояга етмаган болалар таъминоти учун олинган маблағ, пенсия, нафақа унинг отаси ёки онаси тасарруфида бўлиб, боланинг таъминоти, тарбияси ва таълим олиши учун сарфланиши керак.
Саволингизни: @yuristgamurojaat ga қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️ТАЪЛИМ КРЕДИТИ КИМЛАРГА БЕРИЛАДИ ВА ҚАНЧА МУДДАТДА ҚАЙТАРИЛАДИ ?
📃 Вазирлар Маҳкамасининг 18.08.2021 йилдаги 527-сон қарори билан тасдиқланган низомга кўра,
➖ таълим кредитлари таълим ташкилотлари бакалавр ҳамда магистратуранинг кундузги, сиртқи ва кечки таълим шаклида тўлов-контракт асосида ўқишга тавсия этилган ёки қабул қилинган, шунингдек ўқишини кўчирган Ўзбекистон фуқароси бўлган талабаларга берилади.
✅ кредит олувчининг доимий даромад манбаига эга бўлган оила аъзолари (ота-онаси, ака-укаси, опа-синглиси, эри ёки хотини) ёки бошқа учинчи шахслар таълим кредити шартномасида биргаликда кредит олувчи сифатида қатнашишлари мумкин.
✅ Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг ўқиш муддати расман тугаганидан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️Вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик варақалари ва бошқа тиббий маълумотномаларни қоғоз шаклда талаб қилиш тақиқланади
✅Президентнинг 2023 йил 28 февралдаги ПФ-27-сонли фармони 9-бандига асосан:
🗓2024 йил 1 январдан бошлаб вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик варақалари ва бошқа тиббий маълумотномаларни қоғоз шаклда талаб қилиш мумкин эмас.
⚠️Бундай ҳужжатларни бериш ва расмийлаштириш тегишли тиббиёт муассасалари томонидан электрон шаклда амалга оширилиши лозим.
❗️Маълумот ўрнида, вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик варақалари ва бошқа тиббий маълумотномаларни бериш:
➖01.06.2023 йилдан бошлаб — Навоий ва Сирдарё вилоятларида;
➖01.10.2023 йилдан бошлаб — Тошкент шаҳри, Тошкент ва Самарқанд вилоятларида;
➖01.01.2024 йилдан бошлаб — республиканинг бошқа ҳудудларида электрон шаклга ўтказилган.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️БУГУНГИ КУН ҲОЛАТИГА БОЛАЛАР НАФАҚАСИ ВА МОДДИЙ ЁРДАМНИНГ АНИҚ МИҚДОРЛАРИ
📃 Президентнинг 11.08.2021 йил кунги ПФ–6277-сон фармонига кўра,
❗️ Болалар нафақаси ва моддий ёрдамнинг ҳар ойлик миқдори:
🟢 250 000 сўм – 3 ёшдан 18 ёшгача бўлган битта фарзанд учун,
🟢 325 000 сўм – ёши 3 ёшгача бўлган битта кичик фарзанд учун;
🟢 150 000 сўм – оиланинг иккинчи фарзанди учун қўшимча;
🟢 100 000 сўмдан – оиланинг учинчи ва ундан кейинги ҳар бир фарзанди учун;
❗️ Кам таъминланган оилалар учун моддий ёрдамнинг ойлик миқдори – 380 000 сўм.
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️МАЖБУРИЙ МЕҲНАТ УЧУН ЖАВОБГАРЛИК!
📄 Конституциянинг 44-моддаси хамда Меҳнат кодексининг 5-моддасида мажбурий меҳнатнинг тақиқланиши тўғридан-тўғри кўрсатилган.
❗️Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 51-моддасига кўра, меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш, — базавий ҳисоблаш миқдорининг эллик бараваридан юз баравари (34 000 000 сўм)гача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.
❗️Мажбурий меҳнат ташкилотчиси бўлган шахс маъмурий жавобгарликка тортилганидан кейин яна шундай қилмишни такрорласа, Жиноят кодексининг 148 прим 2-моддасига асосан, у жиноий жавобгарликка тортилади.
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
ОРТИҚЧА ТЎЛАНГАН СОЛИҚНИ ҚАЙНДАЙ ҚАЙТАРИБ ОЛСАК БЎЛАДИ?
Bir masalada maslaxatingiz kerak edi. Har yili yer, mol-mulk soliqlarini to'laymiz. 2023-yilda noyabr oyida oxirgi marta soliqlarni to'lagan edik. 2024 yil boshida 2021-2024 yillar uchun boshqatgan 3karra soliq hisoblanib 4millioncha qarzdor bo'lib qoldik. Sababi Kadastr ma'lumotlar bazasida yerimiz qarorsizga o'tib qolibti. Soliq organi soliqni kadastr ma'lumotlari asosida o'tgan yillar uchun ham 3karra soliq hisoblab qo'ygan. Yerni qarorini Arxivdan oldik 1991-yilda yer ajratish haqida qarorni. Kadastr qildik barcha hujjatlar tayyor bo'ldi davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Endi soliqni qayta hisoblatishni iloji bormi. Mana yerimiz qarori mavjudligi isbotlandi davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
📍ЖАВОБ:
Албатта солиқни қайта ҳисоблад ортиқча тўланган солиқни қайтариб олсангиз бўлади.
Солиқ кодексининг 104-моддасига асосан Ортиқча тўланган солиқ суммасини солиқ қарзини қоплаш ҳисобига ҳисобга олиш тўғрисидаги қарор солиқ органи томонидан солиқнинг ортиқча тўланганлиги факти аниқлаган кундан эътиборан ёки агар солиқ органи ва солиқ тўловчи томонидан у тўлаган солиқларни биргаликда ўзаро солиштириш ўтказилган бўлса, бундай биргаликдаги солиштириш далолатномаси солиқ органи ва солиқ тўловчи томонидан имзоланган кундан эътиборан ёхуд суднинг тегишли қарори қонуний кучга кирган кундан эътиборан ўн кун ичида қабул қилинади.
Ортиқча тўланган солиқ суммаси, ушбу Кодекснинг 103-моддаси қоидаларини инобатга олган ҳолда, солиқ тўловчига унинг ёзма аризасига биноан солиқ органи томонидан бундай ариза олинган кундан эътиборан ўн беш кун ичида қайтарилиши лозим. Ортиқча тўланган солиқ суммасини қайтариш тўғрисидаги қарор солиқ органи томонидан солиқ тўловчининг тегишли аризаси олинган кундан эътиборан ёки, агар биргаликда ўзаро солиштириш ўтказилган бўлса, солиқ органи солиқ тўловчи билан у тўлаган солиқларнинг биргаликдаги ўзаро солиштириш далолатномасини имзолаган кундан эътиборан ўн кун ичида қабул қилинади.
Мазкур кодекснинг 105-моддасига асосан Ортиқча ундирилган солиқ суммаси ушбу Кодекснинг 103-моддаси қоидаларини ҳисобга олган ҳолда солиқ тўловчига унинг ёзма аризасига мувофиқ солиқ органи томонидан бундай ариза қабул қилинган кундан эътиборан ўн беш кун ичида, унга ҳисобланган фоизлар билан бирга қайтарилиши лозим.
Мазкур асога кўра сиз солиқ қўмитасига ариза юбориш орқали ортиқча тўланган солиқларингизни қайтариб олишингиз мумкин.
Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Стажёр ўқитувчиликка фақат биринчи марта ишга қабул қилинаётган олий маълумотли талабгорлар қабул қилинади. Вазирлик тушунтириши.
Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Касаллик сабабли эртароқ пенсияга чиқиш мумкинми?
@Yurist_Xizmati 4651-савол:
Salom. Menda bitta savol bor edi. Men o'qituvchi bo'lib ishlayman. Keyingi paytlarda mendagi grija va bo‘g‘im og‘riqlar kuchaydi yana jigarim kassallandi. Yoshim 50 ga to'layapti. Men kasallik sababli erta nafaqaga chiqa olamanmi Davollansam ma'lum muddatga og‘riqlar to‘xtaydi sal fursatdan keyin yana boshlanadi
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
Пенсияга чиқишда иш стажидан ташқари ёшга оид меёр ҳам белгиланади.
Умумий қоида бўйича ёшга доир пенсия олиш ҳуқуқига:
• эркаклар — 60 ёшга тўлганда ва иш стажлари камида 25 йил бўлган тақдирда;
• аёллар — 55 ёшга тўлганда ва иш стажлари камида 20 йил бўлган тақдирда эга бўладилар.
Ўқитувчиларни мажбурий меҳнатга жалб қилганлар 34 млн сўмдан 51 млн сўмгача жаримага тортилади
Қонунчиликка кўра, меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш таълим ташкилотининг педагог ходимига нисбатан содир этилган бўлса, БҲМнинг 100 бараваридан 150 бараваригача (34 млн сўмадан 51 млн сўмгача) миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Дарс тақсимотида 20 соатдан ортиқ дарс ололаманми?
@Yurist_Xizmati 4648-савол:
Savolim: dars taqsimoti boʻyicha
jismoniy tarbiya oʻqituvchilaridan bittasi ham sport maktabida yarim stavkida ishlaydi. Va maktabdaxam 13 soat yani yarim stavkidan koʻp darsi bor u toifasi yoʻq mutaxasis.
lekin meniki 1 stavki faqat maktabdan mening 1 toifam bor xam tuman viloyat miqyosida oʻquvchim oʻrin olgan men 20 soatdan koʻp dars ololammanmi, uning sport maktabidagi yarim stavkasi maktabnikiga qoʻshiladimi mening toifam boʻlsa xam u mendan koʻp stafkada ishlaydi
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
❗️20 соатдан ортиқ дарс олиш осон эмас.
Вазирлар Маҳкамасининг 275-сонли қарори билан тасдиқланган “Халқ таълими ходимлари меҳнатига ҳақ тўлаш тўғрисида”ги низомнинг 20-бандига кўра ўқитувчиларнинг тарификация рўйхати асосида ўқитувчиларга бир ярим ставка миқдоригача белгиланган дарс соатларининг бир ставкадан ортиқ бўлган қисми бўш иш ўринлари сифатида қайд этилмайди.
✅ Бошқача айтганда ўқитувчи 30 соат ишлаши мумкин.
“Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низом (рўйхат рақами № 3271) 17-бандига мувофиқ умумтаълим муассасаларининг ўқитувчиларига йиллик бир ярим ставкадан (йиллик 2 322 соат) ортиқ дарс соатлари белгиланишига йўл қўйилмайди.
✅ Мана шу қоидага кўра ўқитувчига 30 соат дарс ажратиш мумкин. Лекин бунда низомнинг 15-бандидаги кўрсаткичлар инобатга олинади.
Мазкур кўрсаткичларга мувофиқ дарс соатларини тақсимлашда:
ўқитувчининг эришган ютуқлари (бунда ўқувчиларининг олимпиадаларда олган ўринлари, чет тили бўйича олинган сертификатлар, кўрик танловларда иштироки ва бошқалар) ҳамда малака тоифаси, маълумоти кабилар инобатга олиниши лозим.