❗️ИШ БЕРУВЧИ ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ҲОДИМГА ЕТКАЗИЛГАН ЗАРАРНИ ЎРНИНИ ҚОПЛАШИ КЕРАК ?
📄 Меҳнат кодексининг 319-моддасига асосан, иш берувчи қуйидаги ҳолларда ходимга етказилган зиённинг ўрнини қоплаши шарт:
➖ходим меҳнат қилиш имкониятидан ғайриқонуний равишда маҳрум қилинганда;
➖ходимнинг ҳаёти ёки соғлиғига зиён етказилганда;
➖ходимга иш ҳақи тўлаш ва унга тўланиши лозим бўлган бошқа тўловлар кечиктирилганда;
➖ходимнинг мол-мулкига зиён етказилганда.
➖Агар иш берувчининг қонунга хилоф ҳаракатлари (ҳаракатсизлиги) билан ходимга жисмоний ёки маънавий азоб етказилган бўлса, ходимга етказилган маънавий зиён компенсация қилиниши лозим.
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️1-kurslarga ham yotoqxona uchun ariza yuborish imkoni ochildi
Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.
Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun havola:
https://my.gov.uz/oz/service/870
👉 ®xushnudbek
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❓Byudjetga kirdim, boshqa yo‘nalishga kontraktga o‘zgartira olamanmi?
❌JAVOB: Yo‘q, o‘zgartira olmaysiz.
Xullas, endi hech narsani o‘zgartira olmaysiz. Qaysi yo‘nalishga grantga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda grantda, kontraktga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda kontraktda o‘qiysiz.
Yo’nalish tanlayotganda o‘z shaxsiy tanlovingizni qilib bo‘lgansiz, “endi bunga o‘tsam-chi, endi unga o‘tsam-chi”, degan savollardan foyda yo‘q.
👉 xushnudbek
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Ustuvorlik masalasida tushuntirish
Mandat natijalari chiqqach, javoblar sahifasidagi yozuvlar bo‘yicha ayrim tushunmovchiliklar bo‘layotgan ekan.
Kimlardir men ta’lim yo‘nalishi ustuvorligini tanlagan edim, lekin davlat grantiga o‘tib qolibdi, yoki teskarisi bo‘ldi deyishmoqda.
Shu sababli ushbu ma’lumot sizga foydali bo‘lsa kerak:
Agar javoblar varaqangizda "BARCHA yo‘nalishda" degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi "Davlat granti" ekanligini anglatadi. Ya’ni barcha yo‘nalishda avval davlat granti ko‘rib chiqilgan, keyin kontraktga o‘tilgan;
Agar javoblar varaqangizda "HAR BIR yo‘nalishda" degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi "Ta’lim yo‘nalishi" ekanligini anglatadi. Ya’ni birinchi yo‘nalish bo‘yicha grant va kontrakt ko‘rib chiqilgan va keyin ikkinchi yo‘nalishga o‘tilgan.
Demak, yana bir xulosa qilamiz:
BARCHA so‘zi bo‘lsa — davlat granti ustuvorligi;
HAR BIR so‘zi bo‘lsa — ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Imtiyozlilar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi
Bunda abituriyentlar imtiyoz turini tanlagan holda, 2024-yilgi o‘tish ballarini ko‘rishlari mumkin.
👉 https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2024
Ma’lumot uchun: imtiyozlilarning o‘tish ballari super-kontrakt uchun amal qilmaydi. Ya’ni imtiyoz olgan qaysidir abituriyent imtiyozlilarning o‘tish baliga 2-3 ball yetmay qolgan bo‘lsa, unda 4 ballik shkalada super-kontrakt qila olmaydi. Super-kontrakt uchun faqat umumiy o‘tish ballari inobatga olinadi.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
⚡️⚡️ДАРС ТАҚСИМЛАШ ТАРТИБИ ҚАНДАЙ?
✳️ Савол: Ўрта таълим мактабларида дарсларни ўқитувчилар ўртасида тақсимланиш тартиби қандай?
✅ Жавоб: “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги Низомнинг 15-бандига асосан ўрта таълим мактабларида дарслар тақсимланади. Умумтаълим муассасалари томонидан шакллантирилган дарс соатлари сеткаси умумтаълим муассасасининг педагогик кенгаши томонидан икки иш куни ичида кўриб чиқилиб, ҳар йили 15 сентябрга қадар ўқитувчиларга дарс соатлари қуйидаги кўрсаткичларнинг устувор кетма-кетлиги асосида тақсимланади:
👉халқаро олимпиадалар ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар;
👉ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган халқаро олимпиадалар ғолиблари;
👉чет тили ва STEAM фанларидан мутахассислиги бўйича халқаро сертификатларга эга ўқитувчилар (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 ва ундан юқори, шунингдек, Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги томонидан белгиланадиган бошқа сертификатлар);
👉TOP-1000 университетлар рейтингига кирадиган дунёнинг етакчи университетларини битирган ўқитувчилар;
👉асосий олимпиадаларнинг республика босқичи ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар;
👉ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган асосий олимпиадаларнинг республика босқичи ғолиблари;
👉республика босқичидаги кўрик танловларда (йил ўқитувчиси) совринли ўринларга эга бўлган ўқитувчилар;
👉олий малака тоифасига эга ўқитувчилар;
👉биринчи малака тоифасига эга ўқитувчилар;
👉асосий олимпиадаларнинг вилоят ва туман босқичи ғолибларининг ўқитувчилари;
👉иккинчи малака тоифага эга ўқитувчилар;
👉педагогик йўналиш бўйича магистр даражасига эга ўқитувчилар;
👉белгиланган тартибда ўз фанидан ўтказилган назарий ва амалий синовлар натижаси бўйича аъло баҳоларга эга ўқитувчилар;
👉олий маълумотли тоифасиз ўқитувчилар;
👉қайта тайёрлаш бўйича дипломга эга ўқитувчилар;
👉олий таълим муассасаларининг педагогик йўналиш бўйича битирувчи босқич талабалари;
👉педагогик йўналиш бўйича хорижий давлатларнинг олийгоҳларини битирган, бироқ дипломи тан олинмаган ўқитувчилар;
👉олий маълумотли ўқитувчилар билан таъминлангунига қадар ўрта махсус, профессионал маълумотга эга ўқитувчилар;
👉олий маълумотли ўқитувчилар билан таъминлангунига қадар умумтаълим муассасасининг тегишли мутахассислиги бўйича раҳбар ходимлари.
Умумтаълим муассасасининг педагогик кенгаши томонидан дарс соатлари қайта тақсимланиши мумкин
Савол юбориш учун 👇👇
@Online_maslaxatchii
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Ўзбекистон таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Республика кенгаши раисининг ўринбосари Джалилов Шухрат Илхамович Ўзбекистон Республикасининг Фахрий ёрлиғи билан мукофотланди.
Давлат идоралари ва жамоат ташкилотларидаги кўп йиллик самарали меҳнати, юртимизда маҳалла институти ва касаба уюшмалари фаолиятини такомиллаштириш, кекса авлод вакилларини қўллаб-қувватлашга қўшаётган муносиб ҳиссаси, ёшларни тарбиялаш йўлидаги ибратли ишлари, ижтимоий ҳаётдаги фаол иштироки, шунингдек, таваллудининг 85 йиллиги муносабати билан берилган ушбу мукофотни бугун Ўзбекистон Касаба уюшмалари Федерацияси раиси Қудратилла Рафиқов билан биргаликда Шухрат Джалиловга тантанали равишда топширдик.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Rasman: MANDAT e’lon qilindi
2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.
my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
SMS-xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilinmaydi
Hukumat qarori(02.02.2024 №87)ga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma- bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi hamda qaror bilan tasdiqlangan reglamentda “talabgor — kasbiy sertifikat olishga da’vogar bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotidagi stajor-o‘qituvchi yoki mutaxassis lavozimidagi o‘qituvchi” — ekanligi belgilab qo‘yilgan.
❌ Biroq, ayrim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktorlari tomonidan pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, turli sabablarga ko‘ra ish joyini o‘zgartirayotgan nomzodlarni ham stajor-o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish hamda oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan pedagoglarni kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan, vazir o‘rinbosari imzolagan xatda hududiy boshqaramalarga mazkur ko‘rsatib o‘tilgan tavsiya asosida barcha umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari rahbarlariga tegishli tushuntirish ishlarini olib borish hamda muammoli holatlar yuzaga kelganda bartaraf etish choralarini ko‘rish so‘ralgan.
MMTVning 2023-yil 9-avgustdagi 02-01/3-1188-son xatida stajor-o‘qituvchini ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha zarur tasviyalar berilgan.
📩 Yuristga savol yuborish
👉 @Yurist_Xizmati 👈
#savolimbor? Assalom aleykum! Ótkan yiligi qolib ketgan mehnat ta'tilimni bu yilgi mehnat ta'tilimga qóshib olsam bóladimi?
mehnathuquqi javobi 📤:
❗️Savol mavhumroq yaʼni taʼtilning toʼliq qisminimi yoki 14 kalendar kundan ortiq boʼlgan qismini nazarda tutyapsizmi? Аgar taʼtilning 14 kalendar kundan ortiq boʼlgan qismi nazarda tutilayotgan boʼlsa, u holda MK 230-moddasi 2-qismiga koʼra, ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga koʼra joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini toʼliq berish imkoni boʼlmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning 14 kalendar kundan ortiq boʼlgan qismi keyingi ish yiliga koʼchirilishi mumkin boʼlib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.
❗️Аgar taʼtilning foydanilmagan toʼliq qismini nazarda tutayotgan boʼlsangiz, aslida Siz ish yili tugagunga qadar taʼtilga chiqishingiz kerak edi, taʼtilning barcha qismini butunlay keyingi yilga koʼchirib yuborilishi mehnat qonunchiligining buzilishi hisoblanadi. Buning uchun mansabdor shaxsga MJTK 49-moddasiga koʼra, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (3mln 400 ming soʼmgacha) miqdorda jarima solinishi mumkin.
⚠️Chunki, MK 230-moddasi 1-qismiga koʼra, har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak.
⚠️Foydanilmagan taʼtillar “kuyib” ketmaydi. MK 234-moddasi 1-qismiga koʼra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʼshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʼlanadi.
❗️Oʼtgan yoki avvalgi yillardan qolib ketgan foydanilmagan taʼtillarni ish beruvchi bilan kelishgan holda bu yilgi taʼtilga qoʼshib olish mumkin. Bu borada qonunchilikda cheklov yoʼq.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
#savolimbor
❓Men tashkilotga xat tashuvchi (kuryer) boʻlib ishga kirmoqchi edim, tashkilot siz bilan moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzamiz deb aytdi. Men rozi boʻlmaganligim sababali ishga qabul qilishni rad etishdi.
Xat tashuvchilikka ham moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi qonunchilikka qanchalik toʻgʻri, bu vaziyatda ish beruvchining harkati toʻgʻrisi?
👇Javob: MKning 119-120-moddalarida ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmasligi va qonunga xilof ravishda rad etishning huquqiy oqibatlari belgilangan.
👉Biroq, Ish beruvchining talabi toʻgʻri, ya’ni qonunchilik talabi shunday. MKning 343-moddasi 3-qismida agar xodim talabgor boʻlgan ish (lavozim) toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzishni talab qilsa, xodim esa bunday shartnomani tuzishga rozi boʻlmasa, ish beruvchi uni ishga qabul qilishni rad etishga haqli ekanligi belgilangan.
👉Qolaversa, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 20.07.2023 yildagi 61-2023/V-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida oʻzi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin boʻlgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy nizom (roʻyxat raqami 3452, 21.08.2023) 175-bandida “kuryer” lavozimi uchun moddiy javobgarlik shartnomasi tuzilishi nazarda tutilgan.
👉Bundan tashqari, MKning 343-moddasi talabidan kelib chiqib, ish beruvchi toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida oʻzi bilan shartnoma tuziladigan xodimlarning toifalari roʻyxatini jamoa shartnomasida, agar jamoa shartnomasi tuzilmagan boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga binoan belgilab olishi mumkin.
⚠️Xulosa: Yuqoridagi norma talabilaridan kelib chiqib, ish beruvchi MK 119-modda talablarini buzmagan. Agarda tashkilot jamoa shartnomasida ham kurer (xat tashuvchi) bilan shunday shartnoma tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, buni tuzmasdan turib ishga kirib boʻlmaydi va ishga kirishdan avval, ular bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
®adliyahr
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Контракт тўловидан 12% даромад солиғини қайтариб олишда нималарга эътибор бериш керак?
Контракт тўловидан 12 % даромад солиғини қайтариб олиш учун биринчи навбатда имтиёздан фойдаланувчи “my3.soliq.uz” сайтидан жами йиллик даромадлар тўғрисида декларация юбориш керак.
Декларация юборилганда, унинг шахсий карточкасида ортиқча тўлов шаклланади ва шундан сўнг ушбу ортиқча тўловни қайтариш тўғрисида банк пластик картаси реквизитларини кўрсатган ҳолда ариза тақдим этиши лозим.
Ариза 5 кун муддатда кўриб чиқилади. Тақдим этилган ҳужжатларда камчиликлар бўлмаса ортиқча тўлов суммаси ариза топширилган кундан этиборан 15 кун ичида қайтариб берилади.
Маълумот учун: профессионал ва олий таълим ташкилотларига жисмоний шахслар ўзи ва фарзандларининг, шунингдек 26 ёшга тўлмаган турмуш ўртоғининг таълим олиши учун йўналтирган иш ҳақи ва бошқа даромадлари солиққа тортилмайди.
Мазкур имтиёз ўқиш учун тижорат банклари томонидан ажратилган таълим кредитларини қоплашга нисбатан ҳам қўлланилади.
Солиқ кодекси 378-модда
#Бизнес_солиқ
БИР ВАҚТНИНГ ЎЗИДА ИККИ СОЛИҚ ТЕКШИРУВИ ЎТКАЗИЛИШИ МУМКИНМИ?
Бир даврда солик аудит ва сайер солик текшируви утказилиши мумкинми? Масалан 10 июл октябрь куни солик аудити келиб, 18 куни сайер солик текшируви келиши мумкинми, аудит солик текшируви бундан бехабар холатда.
📍ЖАВОБ:
Солиқ кодексининг 139-моддасига асосан солиқ тўловчиларнинг солиқлар ва йиғимларни ҳисоблаб чиқариш ҳамда тўлаш соҳасидаги айрим мажбуриятларини, шунингдек солиқ тўғрисидаги қонунчиликда белгиланган бошқа мажбуриятларини бажарилишини текшириш сайёр солиқ текширувидир.
Сайёр солиқ текшируви солиқ органи раҳбарининг (раҳбари ўринбосарининг) буйруғи асосида ўтказилади. Буйруқда солиқ тўловчининг номи, текширувчи шахсларнинг фамилияси, исми, отасининг исми ҳамда лавозими, текширувларни ўтказиш муддатлари ва мақсади кўрсатилади.
Шунингдек мазкур моддага асосан сайёр солиқ текширувида алохида давр қамраб олинмайди. Бундан ташқари солиқ қонунчилигида бир вақтда сайёр солиқ текшируви ва солиқ солиқ аудити ўтказилишига чекловлар мавжуд эмас.
Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️ҲОЗИРГИ КУНДА ЎЗБЕКИСТОН ҲУДУДИДА:
✅ меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – 1 050 000 сўм;
✅ базавий ҳисоблаш миқдори – 340 000 сўм;
✅ пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – 372 000 сўм;
✅ ёшга доир энг кам пенсия – 725 000 сўм;
✅ ногиронлик пенсиялари, жумладан иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ногиронлик пенсиясининг энг кам миқдори – 800 000 сўм;
✅ меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган ногиронлик нафақаси ва болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга бериладиган нафақа – 800 000 сўм;
✅ белгиланган ёшга доир энг кам пенсия миқдоридан (725 000 сўмдан) 800 000 сўмгача пенсия олувчиларнинг ёшга доир пенсиялари – 800 000 сўм;
✅ зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа – 648 000 сўм;
✅ иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – 648 000 сўм.
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
⚡️ДИҚҚАТ
❗️ОЙЛИК ВА ПЕНСИЯЛАР ОШСА БОЛАЛАР НАФАҚАСИ ХАМ ОШАДИМИ ЙЎҚМИ ?
⚡️САВОЛ;
Сентябрь ва октябрь ойларида пенсия, ойликлар хамда нафақалар миқдори оширилиши ҳақида ўқидик. Саволим шуки, ушбу тўловлар миқдори оширилса болалар нафақаси хам ошириладими ёки йўқ ?
⚡️ЖАВОБ;
ЙЎҚ. Ойликлар, пенсия ва нафақалар миқдори оширилиши бу болалар нафақаси ва моддий ёрдам тўловларини оширилишига сабаб бўлмайди. Сабаби шундаки, болалар нафақаси ва моддий ёрдам тўловларининг миқдори Президентнинг 11.08.2021 йилдаги ПФ-6277-сон "Кам таъминланган оилаларга моддий ёрдам кўрсатиш ҳамда камбағаллик билан курашиш кўламини янада кенгайтириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Фармони билан белгиланган бўлиб, ушбу тўловларнинг оширилиши на ойлик, пенсия ва нафақалар оширилишига ва на базавий ҳисоблаш миқдори оширилишига боғлаб қўйилмаган.
✏️ Болалар нафақаси ёки моддий ёрдам тўловларининг оширилиши алоҳида эътибор қаратилиши керак бўлган масала бўлиб, манашу тўловлар миқдори хам оширилсин деган Қарор ёки Фармон қабул қилинишига боғлиқ. Агар анашундай Қарор ёки Фармон қабул қилинмаса 18 марта ойлик ва 28 марта пенсиялар ошганлиги билан хам бу тўловлар миқдорида ўзгариш бўлмай тураверади...
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
ҚЎШИМЧА ИШ УЧУН ҲАҚ ТЎЛАНМАЯПТИ, УНИ БАЖАРИШДАН БОШ ТОРТСАМ БЎЛАДИМИ?
САВОЛ.
Биз билан битта бўлимда ишлайдиган ходим декретга чиқиб кетди. Унинг вазифаси буйруқ билан менга юклатилди, лекин орадан 3 ой ўтган бўлсада, менга қўшимча иш ҳақи тўланмаяпти. Мен бу ишдан бош тортишга ҳақим борми?
ЖАВОБ.
Ҳа, бош тортишга ҳақлисиз деб ҳисоблаймиз.
Меҳнат кодексининг 116-моддаси еттинчи қисмида:
“3 иш кунидан кечиктирмай бошқа тарафни ёзма шаклда огоҳлантирган ҳолда ходим қўшимча ишни бажаришни муддатидан олдин рад этиш, иш берувчи эса уни бажариш тўғрисидаги топшириқларни муддатидан олдин бекор қилиш ҳуқуқига эга” дейилган.
Демак, сиз сизга юклатилган қўшимча ишдан бош тортмоқчи бўлсангиз, бу ҳақида 3 иш куни олдин иш берувчини ёзма равишда огоҳлантирасиз ва шундан сўнг ўша қўшимча ишни тўхтатишга ҳақли бўласиз.
Умуман, мана ☝️ шу тартибни бошқалар ҳам билиб қўйгани яхши. Айрим иш берувчилар вақтинча бўлмаган бошқа ходимларнинг ёки вакант бўлиб турган лавозимларнинг вазифаларини ишлаб турган ходимга юклатадида, лекин унга ҳеч қандай қўшимча ҳақ тўламайди.
Бундай ҳолатларда икки карра юклама билан ишлаётган ходим қўшимча ишни бажаришни юқорида кўрсатилган тартибда тўхтатишга ҳақлидир.
👉®yuristkadr
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❓Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi?
❌ JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylayapti. Bu xato fikr.
Abituriyentlar testdan keyin yo’nalish tanlayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan.
Endi bugun yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q.
mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi.
Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas. https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❓Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi?
#abituriyent
✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan.
Joriy yilda ham xotin-qizlar uchun maxsus 2 mingta qo‘shimcha davlat granti uchun joy ajratilgan (xalq orasida 4%lik grant deyiladi).
Va bu 2 mingta o‘rin hududlar hamda fanlar kesimida taqsimlangan (/channel/xushnudbek/24830).
‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️
Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.
Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (/channel/xushnudbek/20045).
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.
Izoh: bu yerda siz topshirgan yo‘nalish qaysi fanlar guruhiga kirishi ham muhim. Afsuski, kvotalarning sohalarga taqsimlanish tufayli baʼzi hududlarda 69 ball bilan ham grantga kirishgan, ba’zi joylarda 160 ball bilan ham tavsiya etilmagan🤦♂️ Har yili shunday bo’lmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
2024-yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi
Mandat chiqqandan so‘ng, hozircha abituriyentlar faqat o‘zlarining kirgan yoki kirmaganligini, agar kirgan bo‘lsa, grant yoki kontraktligini bilishlari mumkin bo‘lmoqda.
Kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar hozircha mavjud emas.
Ammo 2024-yilgi o‘tish ballari e’lon qilingan. Siz o‘z yo‘nalishingizni tanlab, o‘sha yo‘nalish uchun grant va kontraktga o‘tish balini ko‘ra olasiz.
👉 https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2024
Bu ma’lumot o‘qishga kira olmaganlar uchun ham muhim. Chunki super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, 4 ballik arzon shkalaga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qmi, o‘tish bali haqida tekshirib olishlari mumkin.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
❗️БОЛА ПУЛИ ОЛАЁТГАН ОИЛАДА БОЛАЛАР СОНИ ОРТСА НИМА БЎЛАДИ ?
⚡️САВОЛ:
Мен икки нафар фарзандимга болалар нафақаси олиб келаётган эдим. Шу ойда биз яна кўпайишдик ва болаларимиз энди уч нафарга етди. Саволим шуки, учинчи фарзандимга хам болалар нафақаси олиш учун мен энди нима қилишим керак ?
⚡️ЖАВОБ:
Вазирлар Маҳкамасининг 654-сон қарори билан тасдиқланган низомга асосан,
➖ Болалар нафақаси тайинланган оилада болалар сони ўзгарган тақдирда (навбатдаги бола туғилганда, 18 ёшгача болалардан бири вафот этганда, болалар 3 ёшга ва 18 ёшга тўлганда ва шу кабилар), болалар нафақаси миқдори болаларнинг тегишли сонидан келиб чиқиб, кейинги ойдан бошлаб «Ягона реестр» АТ томонидан автоматлаштирилган тарзда манфаатдор вазирлик ва идораларнинг ахборот тизимларидан электрон шаклда тақдим этилган маълумотларга асосан қайта ҳисобланади деб кўрсатилган.
✏️ Сизни оилангизда болаларингиз сони яна биттага кўпайган бўлса Сиз янги туғилган фарзандингизга хам болалар нафақаси олиш учун нимадир қилишингиз шарт эмас. Юқоридаги асосга кўра, «Ягона реестр» АТ деган электрон базани ўзи кейинги ойдан бошлаб янги туғилган фарзандингизга хам автоматик равишда болалар нафақасини тайинлаши керак.
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Дарс тақсимотида 20 соатдан ортиқ дарс ололаманми?
@Yurist_Xizmati 4648-савол:
Savolim: dars taqsimoti boʻyicha
jismoniy tarbiya oʻqituvchilaridan bittasi ham sport maktabida yarim stavkida ishlaydi. Va maktabdaxam 13 soat yani yarim stavkidan koʻp darsi bor u toifasi yoʻq mutaxasis.
lekin meniki 1 stavki faqat maktabdan mening 1 toifam bor xam tuman viloyat miqyosida oʻquvchim oʻrin olgan men 20 soatdan koʻp dars ololammanmi, uning sport maktabidagi yarim stavkasi maktabnikiga qoʻshiladimi mening toifam boʻlsa xam u mendan koʻp stafkada ishlaydi
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
20 соатдан ортиқ дарс олиш осон эмас.
Вазирлар Маҳкамасининг 275-сонли қарори билан тасдиқланган “Халқ таълими ходимлари меҳнатига ҳақ тўлаш тўғрисида”ги низомнинг 20-бандига кўра ўқитувчиларнинг тарификация рўйхати асосида ўқитувчиларга бир ярим ставка миқдоригача белгиланган дарс соатларининг бир ставкадан ортиқ бўлган қисми бўш иш ўринлари сифатида қайд этилмайди.
Бошқача айтганда ўқитувчи 30 соат ишлаши мумкин.
“Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низом (рўйхат рақами № 3271) 17-бандига мувофиқ умумтаълим муассасаларининг ўқитувчиларига йиллик бир ярим ставкадан (йиллик 2 322 соат) ортиқ дарс соатлари белгиланишига йўл қўйилмайди.
Мана шу қоидага кўра ўқитувчига 30 соат дарс ажратиш мумкин. Лекин бунда низомнинг 15-бандидаги кўрсаткичлар инобатга олинади.
Мазкур кўрсаткичларга мувофиқ дарс соатларини тақсимлашда:
ўқитувчининг эришган ютуқлари (бунда ўқувчиларининг олимпиадаларда олган ўринлари, чет тили бўйича олинган сертификатлар, кўрик танловларда иштироки ва бошқалар) ҳамда малака тоифаси, маълумоти кабилар инобатга олиниши лозим.
20-21-avgust sanalarida Kasbiy Sertifikat nazorat sinovlari imtihonlari bo'lib o'tadi
Ushbu imtihon ishga yangi kirgan va toifaga ega bo'lmagan pedagog kadrlardan ishga kirganidan so'ng bir yil davomida olinadi. Ushbu imtihon huddi attestatsiya kabi bo'lib, quyidagi 2 bosqichda olinadi:
1️⃣ Mutaxassislik fanidan -40 ta;
2️⃣ Pedagogik mahorat bo‘yicha -10 ta;
➖Jami 50 ta savol beriladi.
➖Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan beriladi.
Kasbiy Sertifikat olish uchun 56 va undan yuqori ball to‘plash kerak бўлади
Kasbiy Sertifikat sinovlar joriy yilning 20-21 avgust kunlari kompyuter dasturlari orqali onlayn test shaklida o‘tkaziladi.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?
Yurist javobi:
Odatda, maktablarda direktor va o‘rinbosarlar birinchi o‘zlariga 10 soat dars olib, so‘ng boshqa o‘qituvchilarga dars taqsimlashadi.
Biroq aslida mutlaqo noto‘g‘ri.
To‘g‘ri, direktor va o‘rinbosarlarning dars berish huquqi mavjud. Lekin u anchagina murakkab sanaladi.
Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom 14-bandiga ko‘ra xalq ta’limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l қўйилади.
Shu qoidaga ko‘ra direktor va uning o‘rinbosarlari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 10 soatgacha dars olishi mumkin.
Ushbu nizomning 12-bandiga muvofiq pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash o‘rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.
Bunda qoida bo‘yicha 10 soat vakant sifatida hududiy mehnat organiga chiqarishi shart.
Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 3271) 15-bandida mazkur masala yanada aniq tartibga solingan.
Unga ko‘ra oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlariga dars berish mumkin.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, rahbar xodimlar oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlangunga qadar dars berishlari mumkin.
Shunga ko‘ra direktor va o‘rinbosarlar barcha xodimlar dars bilan ta’minlangandan keyin soatlar ortib qolsagina, 10 soatgacha dars berishi mumkin. Bunda ularga ajratilgan dars soatlari vakant sifatida har oyda bandlik bo‘limiga chiqariladi.
Agar ushbu vakant dars soatlari uchun o‘qituvchi kelsa, rahbar xodimlar darslarini mazkur o‘qituvchiga berishi shart.
Shunga oʻxshash foydali maqolalarni Yuristpro.uz loyihamizdan ham topishiningiz mumkin.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
#savolimbor
❓Xodim tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati kelgan, lekin tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga yuborsam ham oʻtmayapti, dalolatnoma ham tuzdik, xop deb bormayapti, bu holatdan qaydan chora koʻrish toʻgʻri boʻladi?
👇Javob: Bunday holatda xodim ishga qoʻyilmaydi, ishdan chetlashtirish chorasi qoʻllaniladi. MKning 151-moddasi 1-qismiga koʻra ishdan chetlashtirish xodimni mehnat majburiyatlarini, qoida tariqasida, ish haqi saqlanmagan holda bajarishga vaqtincha yoʻl qoʻymaslikdir.
👇Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shart:
➖qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlarining talabiga koʻra;
➖ alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda boʻlganida;
➖mehnatni muhofaza qilish sohasida oʻquvdan hamda bilim va koʻnikmalari tekshiruvdan oʻtmaganda;
➖majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmaganda;
➖xodim tomonidan mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan ishni bajarish uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi koʻrsatmalar aniqlanganda;
➖tibbiy xulosaga muvofiq sogʻligʻining holatiga koʻra toʻrt oygacha muddatga vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishga muhtoj boʻlgan xodimni oʻtkazish rad etilganda yoxud ish beruvchida ish mavjud emasligi munosabati bilan bunday xodimga tegishli ishni taklif etish mumkin boʻlmaganda;
➖ xodim mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq foydalanilishi shart boʻlgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.
‼️Ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilguniga qadar butun davrga uni ishdan chetlashtiradi.
⚠️Demak, xodim tibbiy koʻrikdan oʻtib kelmagunicha, ish haqi toʻlamasdan uni ishga qoʻymaslikka haqlisiz.
®adliyahr
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
#savolimbor
Ходим ишдан бўшаганда "расчётной" тўланадими?
Ассалому алайкум! Саволим бор эди. Мен университет филиалида ишлайман. Йил бошида шартнома бир йилга тузилган эди. Йил якунида шартнома иш тугаганлиги сабабли бекор килинди. Менга мехнат таътилига чикишда расчётный бериладими ёки отпускнойми?
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
Кўпчилик ходимлар ишдан бўшатилганда расчёт (ҳисоб-китоб) қилинади ва унда алоҳида пул берилади деб ҳисоблайди.
Аслида ундай эмас, қаранг Меҳнат кодексининг 172-моддаси иккинчи қисмига асосан ҳисоб-китоб ходимга:
• охиригача олинмаган иш ҳақини;
• ходим томонидан фойдаланилмаган барча асосий ва қўшимча таътиллар учун компенсацияларни;
• агар меҳнат тўғрисидаги қонунчиликда ёки меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларда ёхуд меҳнат шартномасида бошқа тўловларни тўлаш назарда тутилган бўлса, ушбу тўловларни тўлашни ўз ичига олади.
❗️Мана шу қоидага кўра сиз билан меҳнат шартномаси бекор қилинган вақтда юқоридагилардан биронтаси мавжуд бўлсагина, сизга улар берилади.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Таътил пулини ҳисоблашда устамалар, мукофот пуллар ва бошқа қўшимча ҳақлар ҳисобга олинмайдими?
@Yurist_Xizmati 4646-савол:
Assalomu alaykum. Meni savolim tatil puli bo'yicha. Savollarga javoblarning birida tatil pulini hisoblashda xodim olgan barcha pullar(ustama, rag'bat, mukofot puli) qo'shiladi degan ekansiz. Bizga bu yil buxgalterimiz tatil pulini hisoblashda ustamalar, daftar tekshirish va "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovi doirasida g'olib bo'lgan o'qituvchilarga beriladigan 25% miqdoridagi mukofot puli qo'ahilmasdan tatil pulini hisoblandi dedi. Shu qanchalik to'g'ri.
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
❌ Бу нотўғри.
Қаранг! Меҳнат кодексининг 257-моддасига мувофиқ ходимларга меҳнат таътили пули унинг ўртача иш ҳақи миқдоридан келиб чиқиб ҳисобланиши белгиланган.
Бунда ўртача иш ҳақи у ҳисобланадиган ойдан олдинги ўн икки ойни ташкил этувчи ҳисоб-китоб даври ёхуд агар ходим ўн икки ойдан кам ишлаган бўлса, амалда ишланган давр учун ходимга ҳисобланган иш ҳақидан келиб чиққан ҳолда белгиланади (МК 257-м 1-қисм).
Вазирлар Маҳкамасининг 1997 йил 11 мартдаги 133-сон қарорига 6-иловада “Ўртача ойлик иш ҳақини ҳисоблаб чиқариш” ТАРТИБИга кўра таътиллар вақтига ҳақ тўлаш учун ўртача ойлик иш ҳақи биринчи йил ишловчиларга ҳисоблаб чиқариб кунидаги тарификация бўйича белгиланган иш ҳақи ёки лавозим маошидан келиб чиққан ҳолда уларни ўн иккидан бирга (олти ой тўлиқ ишлаганларга олтидан бирга; етти ой тўлиқ ишлаганларга еттидан бирга ва ҳоказолар), ўрта махсус ва ҳунар-техника ўқув юртлари ўқитувчилари учун ҳисоблаш даврида тарификация бўйича белгиланган иш ҳақи ёки лавозим маошидан ошган суммани ўндан бирга оширган ҳолда ҳисоблаб чиқарилади.
Уларга ишбай асосида ишлаб топилган қўшимча иш ҳақи, мукофотлар, қўшимча тўловлар, иш ҳақига қўшимча ҳақлар ва ижтимоий суғурта бўйича бадаллар ҳисобланадиган бошқа тўловлар киради (коронавирус пандемияси даврида ходимларга бериладиган барча қўшимча рағбатлантириш тўловлари, жумладан махсус тўловлар, кунлик қўшимчалар, бир йўла бериладиган тўловлар ва зарарлиги учун қўшимча устамалардан ташқари).
☝️Шу қоидага кўра ходимнинг ўртача ойлик иш ҳақини ҳисоблашда у 12 ойдан ортиқ ишлаган бўлса, унинг таътилга чиқишдан олдинги 12 ойлик даврда корхонадан олган барча тўловлари (иш ҳақи, моддий ёрдам, мукофот пули ва бошқалар) қўшилган ҳолда 12га бўлинади.
❗️Бу вазиятда сизлар бухгалтернинг ҳаракатлари устидан туман адлия бўлимига шикоят қилишингиз лозим.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
⚡️ДИҚҚАТ!
❗️ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА БОЛАЛАР НАФАҚАСИ ВА МОДДИЙ ЁРДАМ БЕРИШ ТЎХТАТИЛАДИ ?
📄 Ҳукуматнинг 654-сон қарори билан тасдиқланган низомга асосан, қуйидаги ҳолларда болалар нафақаси ва моддий ёрдам берилиши тўхтатилади:
1)➖ тайинланган муддат тугаганда:
2) ➖ болалар нафақаси ёки моддий ёрдам пулини олаётганларнинг ўзлари ушбу ёрдамни тўхтатишларини сўраб мурожаат қилганда; ("Почти" учрамайдиган ҳолат)
3) ➖ оила доимий яшаш учун Ўзбекистон Республикаси ҳудудидан ташқарига кўчиб кетганида; (Юр муҳаббат кеттик бу ердан)
4) ➖ айрим техник хатолар сабабли ушбу ёрдам пуллари нотўғри тайинланганлиги аниқланганда;
5) ➖ оиланинг иқтисодий аҳволи қайта ўрганилганида оила кам таъминланган оила деб эътироф этилмаса; (Ҳозир кўп учраётган ҳолат)
6) ➖ ушбу ёрдам пуллари тайинланиши учун топширилган хужжатлар нотўғри ва ишончсиз бўлса ёки хужжатлар тўлиқ тақдим этилмаган бўлса;
7) ➖ оила таркибида ҳарбийлашган тизимда ишловчилари бўлган оила томонидан ариза топширилса;
8) ➖ Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 9 январдаги 11-сон қарори билан тасдиқланган Судьялар ва уларнинг оила аъзолари пенсия таъминоти шартлари, меъёрлари ҳамда тартиби тўғрисидаги низомга асосан пенсиялар билан таъминланган оила аъзолари мавжудлиги аниқланганда; (👀Шунчаки тушунарсиз ҳолат)
9) ➖ ортиқча тўловлар аниқланганда. (10 йилда хам учрамайдиган ҳолат)
✏️ Юқорида санаб ўтилганларни айримларига ушбу ёрдам пуллари тайинлаш бошиданоқ рад қилинади, лекин нимадир бўлиб битта-яримта ўтиб кетган бўлса кейинчалик бўлса хам ҳолат аниқланиб улар сафдан чиқарилади
❗️Саволларингизни @yuristdan_javob_bot 👈 га юборинг!
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Ахлоқи ёмон ўқитувчига дарс бермаса бўладими?
@Yurist_Xizmati 4645-савол:
Ўтган ўқув йилида бошланғич синф ўқитувчиси бир неча бор ўқувчиларни дўппослаб бошига урганлиги тўғрисида синфдаги камерага тушиб қолган.
Ўқитувчини тоифаси бир стажи 20 йилдан ошиқ. Дарсда қўл телефонидан кўп бор фойдаланади. Шу ўқитувчига дарс , синф бериш мумкинми?
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
Ҳозир мактабда ишлаётган бўлса, унда дарс олишга ҳақли.
Аслида педагогнинг болаларни ҳақорат қилиши ва уларга қўл кўтариши ҳеч бир мезонга, на ҳуқуқ ва аҳлоқ мезонларига мос келмайди.
Бу вазиятда ўша шахсни Меҳнат кодекси 161-моддаси иккинчи қисми бешинчи банди билан (ходимнинг ўз меҳнат мажбуриятларини бир марта қўпол равишда бузганлиги) ишдан бўшатиш мумкин.
Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023-йил 31-августдаги 282-сон буйруғига 1-иловада тасдиқланган Умумий ўрта таълим муассасасининг такомиллаштирилган намунавий одоб-ахлоқ қоидалари 13-бандига кўра ўқитувчиларга ўқувчилар билан муносабатда ўқувчиларни жазолаш мақсадида уларга нисбатан жисмоний куч ишлатиш ёки руҳий тазйиқ ўтказиш ҳолатларига йўл қўйилмайди.
Айнан шу қоидага кўра ўқувчига тазйиқ ўтказмаслик (қўл кўратиш) ўқитувчининг мажбуриятларидан бири ҳисобланади.
Эътибор берган бўлсангиз, МК 161-моддасида меҳнат интизомини бир марта қўпол равишда бузиш ҳолати келтирилган. Ушбу кодекс 162-мододасига мувофиқ ходим билан тузилган меҳнат шартномасини бекор қилишга олиб келиши мумкин бўлган меҳнат мажбуриятларининг бир марта қўпол равишда бузилишлари рўйхати:
• ички меҳнат тартиби қоидалари;
• ушбу Кодексда назарда тутилган ҳолларда ташкилот мулкдори ва раҳбари ўртасида тузилган меҳнат шартномаси, шунингдек ходим ва иш берувчи ўртасидаги меҳнат шартномаси;
• ўзига нисбатан интизом тўғрисидаги уставлар ва низомларнинг амал қилиши татбиқ этиладиган айрим тоифадаги ходимларга нисбатан қўлланиладиган интизом тўғрисидаги уставлар ҳамда низомлар билан белгиланади.
Шунга кўра ўқитувчиларга қўл кўтармаслик ва уларни ҳақорат қилмаслик мажбурияти ММТВ 282-сон буйруғида қайд этилган.
Демак, бу ҳолатда ўқитувчини ишдан бўшатиш ҳуқуқий асосга эга.
Шунга кўра сизлар ҳам ўша ўқитувчини ишдан бўшатишингиз мумкин. Агар ишдан бўшатмасангиз у дарс олишга ҳақли.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g
Хусусий университетлар дипломи тан олинадими.
@TvTalimKasaba каналига қўшилиш https://t.me/joinchat/AAAAAEbHK-fu44Z5shwl9g