tvchdpi2017 | Неотсортированное

Telegram-канал tvchdpi2017 - CHDPU | Rasmiy kanal

11469

Reklama uchun: @Avazbek_Ybot Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali. http://fb.com/tvchdpi2017 http://instagram.com/tvchdpu Murojaat uchun: Tel: 70-201-02-14

Подписаться на канал

CHDPU | Rasmiy kanal

#Rasmiy

🇺🇿Prezident farmoniga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab Hukumatga boʻysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora toʻliq tugatilmoqda.

❗️Yangilangan vazirliklar roʻyxati: https://telegra.ph/Yangilangan-vazirliklar-ro%CA%BByxati-12-23

⚡️Ta'lim va yoshlar masalalariga aloqador vazirliklardagi o‘zgarishlar. Batafsil...

Asos: https://president.uz/uz/lists/view/5789

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Oʻqishni_koʻchirish

⚡️Uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolar DIQQATIGA!!!

Prezidentning 279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Hududiy ishchi guruhlar 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (oʻsha kuni ham) faoliyat koʻrsatadi.

Yuqoridagi qarorga asosan fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga koʻra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:

🗄talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun;
🗄 davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

🗄oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
🗄talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
✍️pasport nusxasi;
✍️yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#CHDPU_Yangiliklari
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

CHDPU «Besh tashabbus olimpiadasi» respublika final bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari sohalaridagi iqtidorlarini kashf etish hamda qoʼllab - quvvatlash maqsadida joriy yilning aprel-iyun oylarida ilk marotaba besh bosqichda mahalla - sektor - tuman - hudud - respublika darajasida “Besh tashabbus olimpiadasi” oʼtkazildi.

Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida ushbu olimpiadaning ikkinchi mavsumi doirasida “Yoshlar raqs festivali”ning final bosqichi musobaqalari boshlandi.

@tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Prezident_murojaatnomasi
#Live

Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi MTRK teleradiokanallari, shuningdek, nodavlat telekanallar hamda prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efirda namoyish etildi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti prorektorlari va professor-o‘qituvchilari ham ushbu murojaatnomani tinglashdi.

@tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Prezident_murojaatnomasi
#Live

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasidan:

“Taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona toʻgʻri yoʻlidir!”

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#табриклаймиз

Бугун, Чирчиқ давлат педагогика университет ректори, Ўзбекистон фан арбоби Мухамедов Гафурджан Исроилович таваллуд топган кун.

Илм ва маърифат йўлида ҳалол меҳнат қилиш ва элда эъзоз топиш жуда катта масъулият ва улуғ бахтдир.

Янги Ўзбекистонимиз тараққиётига хизмат қиладиган педагог кадрларни тайёрловчи илм масканимизнинг устози сифатида Сизга улкан зафарлар тилаймиз!

#поздравляем

Сегодня день рождения ректора Чирчикского государственного педагогического университета, заслуженного деятеля науки Республики Узбекистан - Мухамедова Гафурджана Исраиловича.

Это большая ответственность и большое счастье – честно трудиться на пути познания и просвещения и обрести почет в стране.

Желаем Вам больших успехов в качестве наставника нашего образовательного учреждения, готовящего педагогов, которые будут служить развитию нашего нового Узбекистана!

@tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun yozilgan dissertatsiyaga qanday talablar qo’yiladi? Javob...

Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori  (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissertatsiya bo’yicha qanday talablar mavjud? Javob...

Qaysi hollarda dissertatsiya himoyasisiz PhD yoki DSc ilmiy darajalari beriladi? Javob...

Nodavlat oliygohlarning diplomi davlat oliygohlari qatorida tan olinadimi? Javob...

❓Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tugatilganda talabalarining taqdiri nima bo‘ladi? Javob...

Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon? Javob...

Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin? Javob...

❓Sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ish joyidan qanday imtiyoz berilishini bilasizmi? Javob...

“Zakovat” Intellektual olimpiadasida g‘olib bo‘lgan OTMlar va jamo tarkibida bo‘lgan talabalar qanday taqdirlanadi? Javob...

Maktablar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan jamoa a'zolariga qanday sovrinlar beriladi? Javob....

⚡️O‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga har oy 150 foiz ustama to‘lanadi. Batafsil...

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#CHDPU
Chirchiq davlat pedagogika universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi yo’nalishi 3-bosqich talabalari tomonidan yangi yil bayrami munosabati bilan hisobot konserti bo'lib o'tdi.

Tadbirda talabalar professor óqituvchilar tomonidan ózbek milliy kuy-qóshiqlari, laparlari mohirona ijro etildi.

Konsert davomida 30-nafar talabalarning ota-onalariga fakultet dekani tomonidan Tashakkurnomalar topshirildi.

Shuningdek, ota-onalar farzandlariga ezgu tilaklarini bildirdi.

Bayram tadbiri yakunida ijro etilgan qóshiqni barcha jo’r bo’lib ijro etdi.

@tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

Bugun universitetimiz sahnasida San'atshunoslik fakulteti talabalari

Musiqa ta'limi yo'nalishi 3 bosqich talabalarining hisobot konserti ekan.....

Biz haqiqiy iste'dod va san'at namoyishi bo'lishiga ishonamiz.

Barchangizni taklif etamiz.

@tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

❗️BHM – 300 ming so‘m (2022-yil 1-iyundan). 50xBHM=15 000 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

✅ Batafsil: https://telegra.ph/Qanday-hollarda-davlat-talabani-50-foizgacha-kontrakt-pulini-tolab-berishi-mumkin-09-03

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Fakultetdan_daraklar

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fizika va kimyo fakulteti talaba yoshlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarziga rioya etilishini targʻib qilish maqsadida sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi MINI_FUTBOL sport musobaqasi Kimyo yo'nalishi talabalari o‘rtasida o’tkazildi.

Musobaqa qiziqarli va intrigaga boy bo'ldi.

1- o'rinni 2-kurs, 2-o‘rinni 3-kurs talabalari qo'lga kiritdi.

Musobaqalar davom etadi.

@tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

⚡️CHDPU O‘ZBEKISTON 24 NIGOHIDA

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

❗️Gʻalaba muborak!

🤼 2022-yil 11-12 dekabr kunlari Paxlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha Markaziy Osiyo Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Sport va chaqiriqqacha harbiy taʼlim fakulteti Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabasi “Pedagog” sport klubi aʼzosi Nurimov Xamidullo 2- oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Nurimov Xamidullaga kelgusi faoliyatida zafarlar tilab qolamiz!

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#xalq_taʼlimi | #1_qism

MAKTAB OʻQUVCHILARI UCHUN QISHKI TAʼTIL QACHONDAN BOSHLANADI? Javob...

Maktablarda dars boʻlmagan payt yaʼni taʼtil vaqti oʻqituvchi ishga kelmaslikga haqlimi? Javob...

⚡️OʻQUVCHILARNING TAʼTIL PAYTIDAGI XATTI-HARAKATLARI UCHUN OTA-ONALAR JAVOB BERADI. Batafsil...

⚡️O'quvchilar bir yilda 365 kunning 190 kunini o'qishda, 175 kunini dam olishda o'tkazib yuboryapti. Batafsil...

❓Oʻquvchilarning ijtimoiy axvolini bilish maqsadida ular yashayotgan uyga borib holat bilan tanishish sinf rahbarlarining vazifasiga kiradimi? Javob...

⚡️Sovuq ob-havo sharoitida oʻquvchi qizlarning maktabga shim kiyishlariga ruxsat beriladi. Batafsil...

⚡️Maktab direktori va oʻqituvchilarni qish mavsumida navbatchilikka jalb etmaslik toʻgʻrisida Xalq ta'limi vazirligi qarori. Batafsil...

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

⚡️Hamkorlik

🏢 Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteri  professor-o‘qituvchilari 2022-yil 5-7- dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida bo‘lishdi.

Professor-o'qituvchilar universitetning Filologiya fakulteti Qozoq tili va adabiyoti kafedrasiga tashrif buyurib, fakultet tarkibida bo‘lgan Qozoq tili va adabiyoti hamda O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalariga 12 soatlik dars mashg‘ulotlarini o‘tishdi.

Filologiya fakulteti dekani A.O.Ibraimov, Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi mudiri B.Taspulatov fakultet tarixi, faoliyati va tarkibi haqida yaqindan tanishtirdi. Professor - o'qituvchilar va talabalar almashinuv, oliygohlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasidagi bir qator rejalar kelishib olindi.

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

Bugun Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatri binosida Fan va innovatsiyalar akademiyasi tomonidan "Olimlar bayrami" tashkil etildi.

"Oʻzbekistonning eng taniqli olimlari" ensiklopediyasidan Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori Gʻ.Muhamedov va koʻplab professor-oʻqituvchilarining yillar davomida olib borgan ilmiy-tadqiqot faoliyati oʻrin egallagan. Bu ensiklopediya yosh olimlar uchun haqiqiy ilmiy javohir boʻlib xizmat qiladi.

Quvonarli jihati ushbu tadbirda Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Abdullayeva Ozoda Odiljon qizi "Ilm-fan targʻibotchisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Ozodaning ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati "Mening muvaffaqiyat yoʻlim" ensiklopediyasi sahifalaridan joy oldi.

Ushbu bayramda Oʻzbek tilshunosligi va oʻzbek adabiyotshunosligi kefedralarining jonkuyar oʻqituvchi va talabalari ham faol ishtirok etishdi.

Bugungi bayram chin maʼnoda haqiqiy ilm-fan kuni sifatida bayramona ruhda nishonlandi.


🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#xalqaro_hamkorlik
#mahorat_darslari

Chirchiq davlat pedagogika universitetiga Germaniyaning Haydelberg pedagogika universitetidan 3 nafar professor-o’qituvchilari xizmat safarida bo’lib turibdi.

Kelishuv doirasida professorlar universitetning nemis tili ta’lim yo’nalishi talabalariga mavzularda mahorat darslarini o’tishdi.

Nemis tili kafedrasi professor-o’qituvchilari va germaniyalik professorlar bilan o’zaro hamroklikni kengaytirish, professor-o’qituvchilar va talabalar malakalarini oshirish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish bo’yicha o’zaro fikr almashildi.

@tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

⚡️“Taqdirimizni muallim, murabbiy hal qiladi”— Shavkat Mirziyoyev

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

⚡️Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasidan:

— Ona tilini bilishni majbur qilish kerak

— 2023-yil “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili!

— Kelasi oʻquv yilidan barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham bepul ovqatlanish joriy etiladi.

— 2023-yilda Oʻzbekistonda 70 ta yangi maktab quriladi, 460 ta maktab kengaytiriladi.

Ikki smenalik taʼlim yoʻq qilinadi

— «Maktablarda taʼlim sifati hamda jamiyatda oʻqituvchi kasbi nufuzini oshirish, sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri boʻladi.

@tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Prezident_murojaatnomasi
#Live

Prezidentimizning 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berish tashabbusini yig‘ilganlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

“Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz?

Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik.

Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi?

Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz”, – dedi davlatimiz rahbari.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#E’lon

2022/2023-o‘quv yili uchun magistratura qishki qabuli boshlanmoqda

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomining oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Ma’lumot uchun, Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

💾 Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Magistratura

⚡️Magistraturaga qishki qabul 20-dekabrdan boshlanadi. Xorijiy til sertifikati albatta bo‘lishi kerak, faqat minimal daraja.

2022/2023 o‘quv yili uchun davlat OTMlari magistraturasiga qishki qabul 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn bo‘lib o‘tadi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning o‘rtacha ballari asosida aniqlanadi. Ya’ni bu safar ham kirish imtihonlari bo‘lmaydi.

Magistraturaga qishki qabul jarayonlarida xorijiy tilni bilish bo‘yicha qaysi darajadagi sertifikatni olsam hujjatim qabul qilinadi? Javob...

🎓@Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Kun_tarixi

17-dekabr Xalqaro aka-ukalar, jigarlar kuni.

Kim gapirsa gapirsin
Degin meni AKAM BOR
Armonim yo‘q dunyoda
Meni senday UKAM BOR

Aka-ukalar oqibatni yo‘qolmasin!

@tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

“Заковат” интеллектуал олимпиадаси доирасидаги Шахсий ўйин турнирининг финали Олимпиаданинг энг ҳаяжонли онларини тақдим этди. Бунақа даҳшатли эмоцияларни яқин ўртада кўрмагандик.

Охирги саволдан олдин 190, 180 ва 170 очко билан 4 кишида чемпион бўлиш имконияти бор эди. Аммо ҳеч ким охирги саволни топа олмади. 3-ўрин учун эса қўшимча ўйин ўтказилишига тўғри келди.

Якуний натижалар:

🥇1-ўрин: Ўрозбой Қудратов (Жиззах давлат педагогика университети);

🥈2-ўрин: Жаҳонгир Темиров (Чирчиқ давлат педагогика университети)

🥉3-ўрин: Давронбек Ашуров (Қарши давлат университети)

💰Ғолиб талабалар қуйидаги миқдордаги пул мукофоти билан тақдирланади:

1-ўрин: 30 млн сўм;
2-ўрин: 20 млн сўм;
3-ўрин: 10 млн сўм.

Шунингдек, билимдонлар ўз олийгоҳлари учун умумжамоа рейтингига қимматли очколарни қўшиб қўйишди.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#xalq_taʼlimi | #2_qism

«Qizil maktab»ga borib ishlagan oʻqituvchiga katta miqdorda oylik maosh toʻlanadimi? Javob...

O‘QUVCHI MAKTABDA TELEFON ISHLATISHI MUMKINMI? Javob...

⚡️PISA HAQIDA KO‘P BERILADIGON SAVOLLARGA JAVOBLAR. Javob...

Maktablardagi fan oʻqituvchilari haftada necha soat toʻgarak oʻtishi kerak? Javob...

Men maktabda informatika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman. Lekin xali Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasiman. Google for Education level 2 sertifikatini olsam menga 50% ustama to‘lanadimi? Javob...

❓Umumtaʼlim maktablarining metodbirlashmalari faoliyati ham tugatildimi? Javob...

⚡️Endi maktab oʻqituvchilariga haftaning istalgan kuniga dars qoʻyish mumkin. Batafsil...

Birinchi qismni o‘qish...

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#5_muhim_tashabbus

Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyida 1-2 bosqich o'quvchilari o'rtasida besh muhim tashabbus doirasida sportning "SHAXMAT", "VOLEYBOL", "STOL TENNIS" turlari bo'yicha litsey turniri bo’lib o’tdi.

G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

@tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Oliy_taʼlim | #Qishki_perevod

❓Qishki perevod uchun qabul jarayonlari qachon boshlanadi?

✅ Qishki perevod uchun ariza topshirish jarayonlari har yili 20-dekabr sanasidan keyingi yilning 20-yanvariga qadar bir oy davom etadi;

o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.

❓Qishki perevodda qaysi uzrli sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish mumkin? Javob...

❓Men oilaliman oʻqishga topshirayotganimda turmushga chiqmagan edim imtihonlar oʻtganidan keyin to‘yim boʻlgan mandat to‘ydan keyin aniq boʻlgan bu holatda qishki perevod qilsam boʻladimi? Javob...

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI XALQARO REYTINGDA 1000 TALIKDAN JOY OLDI

«UI GreenMetric» xalqaro reyting agentligi «Overall Rankings 2022» natijalarini e’lon qildi.

Reyting natijasiga ko’ra, Chirchiq davlat pedagogika universiteti xalqaro reytingda 1000 talik OTMlar qatoridan joy oldi

UI GreenMetric World University Ranking – «ekologik» universitetlarning global reytingi.
Indoneziya universiteti tomonidan 2010 yildan beri o’tkazib kelinadi.

Reytingni tuzuvchilar ilmiy jamoatchilik e’tiborini ba’zi ekologik muammolarni hal qilish uchun atrof-muhitni barqaror rivojlantirish siyosati zarurligiga jalb qilishga intiladilar.

Reyting mezonlari energiya iste’molini tejash suv resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni saqlash va qayta ishlash, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish, kampusdagi yashil hududlarning maydoni kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#shukronalik_tuyg'usi

#Yil_talabasi_2022

Bugun yil davomida amalga oshirgan faoliyatimiz munosib taqdirlandi.

Buning uchun universitetimiz rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Insonning muvaffaqiyatga erishishida avvalo Alloh, soʻng ota-ona va ustozlar turadi. Yetkazganiga shukur.

Shu darajaga yetishishimga sababchi boʻlgan ustozlarim va ota-onamga hamda duogoʻyim buvijonimga cheksiz tashakkurlarim.

Meni doimo yonimda kuch berib, qoʻllab-quvvatlashga doimo tayyor qadrdonlarim sizlarga rahmat.

🌟 Niyat va maqsad sof boʻlsa, qalbingizda havas tuygʻusi joʻsh urib tursa, harakat va mehnat orqali barchasiga erisha olasiz!

O_Abdullayeva

Читать полностью…

CHDPU | Rasmiy kanal

#Konstitutsiyamizning_30_yilligi  

⚡️2022-yil 7-dekabr Tabiiy fanlar fakulteti Axborot resurs markazida Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bagʻishlab “Zakovat ”intellektual oʻyini oʻtkazildi. “Zakovat ”intellektual oʻyinida Fakultet talabalaridan tashkil topgan 16 ta jamoa ishtirok etdi.

Tadbir yakunida 2022-2023 oʻquv yilida 5 tashabbus doirasida oʻtkazilgan sport musobaqalari hamda ma'naviy -ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan Tabiy fanlar fakulteti iqtidorli talabalari diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash jarayonida universitetga tashrif buyurgan Ural Federal universitetining, Ural gumanitar instituti xalqaro aloqalar boʻyicha maslahatchisi  Burnasov Aleksandr Sergeyevich, direktor oʻrinbosari Chernouxov Dmitriy Eduardovich va Muslumov Rustam Rafikovichlar ishtirok etib faol talabalarni oʻzlarining esdalik sovgʻalari bilan mukofotlashdi.

🎓 @Tvchdpi2017

Читать полностью…
Подписаться на канал