#Repost, барчага улашинг!
TEKNOFEST 2024 мурожаатлари 29-февралгача узайтирилди.
Мурожаат учун: teknofest.org
AQSHDA BIR TURK (Nobel Laureati Aziz Sanjarning) UYIDA BAYROG'IMIZ
Sana: 18 Fevral 2019
__________
t.me/turkiyadagiyoshlar
🛰️“Farg‘oniy” nomli startapga asos soldik
Saljuq Bayraktar televideniyaga bergan intervyusida “Farg‘oniy” nomli sun’iy yo‘ldosh startapiga asos solganini aytib o‘tdi.
@Teknofest_uz
T3 Samarqandda
Avval aytib o‘tganimizdek “T3 vakfi” fondi O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Ushbu tashrifning Samarqand viloyatidagi uchrashuvlardan lavhalar.
@Turkiyadagiyoshlar
Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi media markazi tomonidan tayyorlangan maxsus video
Turkiya Respublikasi “T3 Vakfi” fondining O‘zbekistonga tashrifi
@Turkiyadagiyoshlar
🏆 Mohirdev Jenevada boʻlib oʻtgan "Migration Challenge" startaplar tanlovida gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Tanlovda muhojirlar hayotini yengillashtirishga qaratilgan 500 dan ortiq startaplar qatnashdi.
Mohirdev oʻz taqdimotida:
— minglab yoshlar hayotining oʻzgarishiga sabab boʻlayotgan Mohirdev Praktikum onlayn IT kurslar platformasini;
— 500 mingdan ortiq insonlarga chet tillarini oʻrgatayotgan Ibrat Farzandlari;
— ish beruvchilar va ish qidiruvchilarni bogʻlaydigan yangi Mohirlar loyihalarini namoyish qildi.
Hozirgi kunda Mohirdev taʼlim platformasida 50 000 dan ortiq insonlar, jumladan 9 000 dan ziyod muhojirlar zamonaviy kasblarni oʻrganib kelayotgani ham alohida eʼtirof etildi.
@alisher_sadullaev
📹Ayni damda Istanbulning Taksim maydoni yoshlar bilan gavjum.
Turk fazogirining fazoga ko‘tarilishini yoshlar va butun xalq katta ekranlarda, jonli efirdan kuzatishmoqda
@Turkiyadagiyoshlad
Samolarni zabt qilgan ajdodlarimiz
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,
Al-Forob avlodidan,
Asli nasli balki O‘zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.
Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk —
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.
Erkin Vohidov
Alper Gezeravchi fazoga ko‘tariladi
Samoni zabt etgan Al-Beruniy, Al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi kabi ajdodlarimizdan ilhomlangan turk fazogiri Alper Gezeravchi bu kecha fazoga ko‘tarilishini Turkiyaning barcha televizion kanallari, ijtimoiy tarmoq platformalarida jonli efirda kuzatishadi.
Bundan tashqari Istanbul Taksim maydoni, Anqara Kizilay maydonida qurilgan katta planetariylardan samoga uchishini jonli tomosha qilishadi. Ayni paytda T3 fondi Bilim markazlarining planetariylaridan jonli efir ham olib boriladi.
Ma’lumot o‘rnida tez orada Saljuq Bayraktar ham “Alfraganus”(Al-Farg‘oniy) nomli fazoviy raketasini oyga yo‘llaydi.
Uchish bu kecha Toshkent vaqti bilan: 02:49
@Turkiyadagiyoshlar
Karyera ko‘prigi loyihasi
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Karyera ko‘prigi” loyihasi xorijda ta'lim olayotgan, ta'lim olib Vatanga qaytgan,
mehnat qilayotgan yoshlar uchun mo‘ljallangan loyiha bo‘lib, xorijiy diplom bilan ham O‘zbekistonning davlat va xususiy sektorlariga o‘z salohiyati, qiziqishi va bilimiga ko‘ra mos yuqori daromadli ish o‘rniga ega bo‘lish imkonini beradi.
Murojaat uchun: https://forms.gle/wKbjHFKvUdWcxYuJ8
@Turkiyadagiyoshlar
Bugun mashhur bo‘layotgan kitob
Dr.Adham Bakarning “Iroda tarbiyasi” kitobi Turkiyada kitobxonlar orasida ancha mashhurlikka erishdi.
Siz uchun ushbu kitobdan bir qancha iqtiboslar tayyorladik.
“Ozodligimizni, yurt erkinligini poymol qilmoqchi bo‘lganlar nafaqat bizning huquqlarimizga, balki mamlakat qadriyatlariga ham tajovuz qiladilar. Milliy qadriyatlarimizga til tekkizganlar Vatanimiz tuprog‘iga ko‘z olaytirganlar kabi jirkanchdir.”
“Iroda tarbiyasi”, Dr.Adham Bakar, Ketebe nashriyoti 2023
@Turkiyadagiyoshlar
Bursa shahridagi yoshlar Anqara sayohatiga chiqishdi
O'zbekiston yoshlari Bursa jamoasi Anqara shahriga safar uyushtirdilar. Anqaradagi O'zbekiston elchsixonasidan boshlangan ushbu sayohat davomida talabalarimiz elchixona vakillaridan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob va samimiy suhbat barobarida shaharning tarixiy va ma'naviy merosiga ham guvoh bo'lishdi.
@Turkiyadagiyoshlar
✅✅✅ 15-dekabr, juma kuni soat 16:00 da "Uyg'onish" tanlovi g'oliblari aniqlanadi.
✅ Barcha ishtirokchilarni @wayuuz telegram kanalida tashkil etiladigan jonli efirda kutib qolamiz.
✅ Tanlov g'olibi bo'lish uchun hozir ham imkoniyat bor, shunchaki 5 ta savolga javob bering 👉 https://forms.gle/HQhh7BvJnAs8yfiT7
www.wayu.uz
@Turkiyadagiyoshlar
Koordinatorlarimiz Maldiv Respublikasi Prezidenti bilan ko‘rishishdi
Bugun Turkiya yoshlar jamoat fondining markazida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi WAYU Turkiya vakilligi koordinatorlari Maldiv Respublikasi Prezidenti Muhammad Muizzi janoblari hamda Turkiya yoshlar jamoat fondi Oliy Maslahat Kengashi raisi Bilol Erdog‘an janoblari bilan ko‘rishishdi.
Koordinatorlar turkiy dunyo yoshlari o‘rtasida tashkil etilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirishdi. Turli davlatlardan kelgan yoshlar tashkilotlari faollari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
@Turkiyadagiyoshlar
⚡️Xorijdagi qashqadaryolik yoshlar uchun “Qashqadaryolik” loyihasi ish boshladi!
🌎 Xorijda tahsil olayotgan, nufuzli korxonalarda faoliyat olib borayotgan va ishlab chiqarish, tadbirkorlik sohalarida ildamlikni qo’ldan boy bermayotgan, qashqadaryolik yoshlar uchun “Qashqadaryolik” ijtimoiy mega loyihasiga start berildi.
Nobel Ödüllü ABD Prof. Dr. Aziz Sancar'a gönderilen bayrağımız kendilerine ulaşmış.
Tarih: 18 Şubat 2019
____________
t.me/turkiyadagiyoshlar
XALQARO TEXNOLOGIYA MUSOBAQASI TEKNOFEST 2024
120 dan ortiq davlatning yosh texnolog va inovatorlari ishtirok etadigan Xalqaro texnika va texnologiya musobaqasi TEKNOFEST 2024 uchun qabul 20-fevralgacha davom etadi.
Teknofestning 46 ta yo‘nalishidan birini tanlab o‘z jamoangizni tuzing va O'zbekiston nomidan ishtirok eting.
Sizdan faqatgina loyihangizni asosiy g'oyasini yozishingiz talab qilinadi.
Loyihangizni musobaqaning keyingi bosqichlarida T3 fondi tomonidan beriladigan moddiy yordam ko‘magida amalga oshirib finalda ishtirok eting.
Jami mukofot miqdori: 1 mln. AQSH dollari
Ishtirokchilarga jami moddiy yordam miqdori: 1.7 mln. AQSH dollari
TEKNOFEST 2024 uchun o'z g‘oyangiz bilan ishtirok eting, loyihalashtiring, amalda tatbiq eting va katta miqdordagi sovringa ega bo‘ling!!!
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting
@teknofest_uz
#technofest
🇺🇿🇹🇷2024-yil 30-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamgʻarmasi (T3) direktori Elvan Kuzucu Hidir tashrifidan videolavha. 🎞
🔥Ma'lumot uchun, Teknofest (Teknofest Aerokosmik va Texnologiya Festivalining qisqartmasi) — Turkiyada oʻtkaziladigan aviatsiya, texnologiya va kosmik texnologiyalar festivali boʻlib, dastlab 2018-yil sentyabr oyida Istanbul aeroportida Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamgʻarmasi (T3) tomonidan xususiy kompaniyalar, vazirliklar va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan. Bu Turkiya texnologiya jamoasi fondi va Sanoat va texnologiya vazirligi tomonidan Turkiya milliy texnologiyalarini rivojlantirishni maqsad qilgan birinchi va yagona festivaldir.
ℹ️ Ro'yxatdan o'tish uchun👈
❔ Batafsil ma'lumot uchun👈
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹ITSchoolUzbekistan">Youtube
Toshkent, Buxoro va Samarqandga tashrif
Turkiya Respublikasi “T3 Vakfi” fondi delegatsiyasi poytaxt Toshkent shahridagi hamda Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi yoshlar bilan ishlashda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi. Tarixiy obidalar ziyorati davomida O‘zbekiston tarixining yetuk ulamolari haqida ma’lumotlar berib borildi.
@Turkiyadagiyoshlar
🇹🇷 Turkiya Respublikasi “T3 Vakfi” fondining boshqaruv raisi Elvan Kuzuchu Xidir O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Fond raisi tashrif davomida Poytaxtimizdagi “Kreativ park” va “IT park” faoliyati bilan tanishdi. Nufuzli mehmon Turin Politexnika universiteti talabalari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab talaba-o‘quvchilari bilan uchrashib, ularga “T3 Vakfi” fondi va "Teknofest 2024" tanlovi haqida ma'lumot berdi.
🚀 Uchrashuvlar doirasida “T3 Vakfi” fondining boshqaruv raisi "Teknofest 2024" arizalar qabuli boshlangani munosabati bilan, tanlovda maktab va o‘rta maxsus taʼlim yo‘nalishidagi yurtimiz bitiruvchi yoshlarni qatnashishga chorladi.
#Teknofest2024
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Ajdodlarimiz Ulug‘bek va Ali Qushchining asrlar avval qoldirgan betakror merosiga turk qardoshlarimiz bugun yangisini qo‘shishdi.
@Turkiyadagiyoshlar
Jonli efir uchun YouTube kanallari
🚀AX-3 Mission | Launch
https://www.youtube.com/live/dr8gN1DFj4w?si=_bSBzQ_GlDW8DSwh
🚀Bebar Bilim | AZIOM 3 GÖREVİ ORTAK CANLI YAYIN
https://www.youtube.com/live/x5UHb_ylMPI?si=c_wX3OcWLZOXgwgu
🚀Barış Özcan | AX-3 CANLI YAYIN
https://www.youtube.com/live/yZ0lAxNLfxw?si=YTEvtaBMrebELR9f
🚀European Space Agency | Liftofd of Axiom Mission 3 with Marcus Wandt
https://www.youtube.com/live/CgmUnTSQc5Q?si=iDS4_kKSZCubekNg
🚀NTV CANLI YAYIN | Türkiye'nin Uzay Yolculuğu
https://www.youtube.com/live/-RORLrBwJD0?si=M4Ehox_8-2H60HA1
🚀TÜBİTAK | Millî Uzay Yolculuğumuz Başlıyor
https://www.youtube.com/live/lCcg3fmLScQ?si=woea2MMCSG15u2Ba
@Turkiyadagiyoshlar
Ma’lumot o‘rnida Teknofest-2023 doirasida turk fazogir Alper Gezeravchi bilan o‘zbekistonlik vatandoshlarimiz Zaynab Jumayeva hamda Abdulhay Abdullaev ham ko‘rishishgan.
Bugün Türkiye'nin uzay yolculuğu başlıyor.
3 yil avval Turkiya Milliy fazo dasturi taqdimotida ajdodlarimizni bir birma e'tirof etishdi.
"Biz mana shu olimlarni yetishtirgan zamin ajdodlarining avlodlarimiz"
/channel/turkiyadagiyoshlar/1540
Türkiye'deki üniversitelerde FİNAL sınavı başlamışken...
Dört üniversite öğrencisi sabah uyanamadıkları için matematik finaline geç kalırlar. Okula gidince hocaya arabalarının lastiğinin patladığını söylerler. Hoca ilk başta inanmaz ama öğrencilerin yalvarmalarına dayanamayarak, onlara üç gün sonra sınav yapacağını söyler.
Sınav günü hoca dört öğrenciyi de boş bir salonun ayrı köşelerine oturtur.
Sınav geçme sistemi şöyledir: 100 üzerinden 50 puan alan herkes sınavı geçebilir. Hocanın hazırladığı sınavda ön sayfada 10’ar puanlık 4 tane basit matematik sorusu vardır. Bunları kolayca çözerler. Arka sayfada ise 60 puanlık bir soru vardır: “Hangi lastik patladı?” 🙃
Gerçek bir hikayedir.
Sınavı yapan ODTÜ’nün efsane hocası Muhan Soysal'dır...
Derslerine çalışan tüm öğrencilerimize final sınavında başarılar diliyoruz!
@Turkiyadagiyoshlar
Movarounnahr jo‘g‘rofiyasining ilm va madaniyatga qo‘shgan hissasi: O‘zbekiston
Istanbul Universitetida ertaga 21-dekabr, soat 14:30da bo‘lib o‘tadigan tadbirga barchangizni taklif etamiz!
@Turkiyadagiyoshlar
“Qabila mehmoni” ko‘rsatuvi
Turkiyaning “Tabii” platformasida yangi “Qabila mehmoni” ko‘rsatuvi efirga uzatildi.
Ko‘rsatuvda, jurnalistlar bugun ham mavjudligini davom ettirayotgan qabilalarda mehmon bo‘lishadi va qabila a’zolari kabi ovga chiqishadi, o‘rmondan narsalar to‘plashadi.
Tabii platformasida tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz!
https://www.tabii.com/detail/240372
@Turkiyadagiyoshlar
#TurkiyadaTahsil
#GRANTLAR UCHUN #MOTIVATSION XAT
(Shu kunlarda grantlarga topshirayotgan yoshlarimiz uchun motivatsiya xatini yozish haqida muhim qo'llanma)
"Sahifalar hayot bilan nafas olishi kerak, bu faqat siz yozishingiz mumkin bo'lgan hikoya bo'lishi kerak." - Linda Megan, Kolumbiya universiteti biznes maktabining qabul bo'yicha xodimi.
Jonli, dinamik tilda yozilgan qiziqarli, ixcham hikoya - bu mutaxassislar talab qiladigan eng muhim mezondir. Motivatsiya maktubi orqali professor-o'qituvchilar bo'lajak talabalar qanday maqsadlarni ko'zlashlarini, hayotda nimalarga erishmoqchi ekanliklarini, o'z universiteti va umuman jamiyat uchun qanday foydali bo'lishlarini bilishni istaydilar.
Asosiysi, haddan oshmaslik kerak: matnda so'zma-so'z, ayyor va gulli narsalardan saqlaning. Sizga g'alati-asl rasmlarda xat yuborishning hojati yo'q - siz o'zingiz bo'lishingiz kerak, lekin fikrlaringizni biroz yorqinroq ifoda etishga harakat qiling, chunki imo-ishoralar va mimikalar bilan yozilgan xat bu yerda ishga yaramaydi.
Motivatsion xat formatlari va tuzilishi
Variant 1: Kecha - Bugun - Ertaga
Universitetda muvaffaqiyatli o'qish uchun menda zarur tajriba bor;
Ayni paytda men yanada rivojlanish uchun bilim olishni istayman;
Sizning dasturingiz ushbu maqsadlar uchun juda mos keladi, chunki men ...
Variant 2: Men - Siz - Biz
Sizning yutuqlaringiz , iste'dodingiz va qiziqishlari tavsifi;
Tanlangan dastur mening ambitsiyalarimga to'liq mos keladi; nima uchun?
Sizning potentsialingiz sizning dasturingiz bilan birgalikda quyidagi foydalarni beradi ...
Variant 3: Nima - nima uchun - nima maqsadda
Men aniq nimani o'rganmoqchiman?;
Nima uchun men ushbu ixtisosni o'rganishni xohlayman, nima uchun bu men uchun juda mühim?;
Tanlangan dastur nima maqsadlarimga erishishda yordam beradi ...; qabul qilishni kutmoqdaman.
Motivatsiyon xatingiz matnini tartibga solish bo'yicha muhim tavsiyalar
Muayyan #universitet talablari. Bu, ayniqsa, magistraturada o'qish uchun abituriyentlar uchun juda muhimdir. Ba'zi universitetlar turli magistrlik dasturlari uchun bitta emas, ikkita motivatsion insho so'rashadi. Boshqalari esa motivatsiya xatlarining faqat qo'lda yozilgan nusxalarini yuborishni talab qiladi, hatto siyoh rangini ham ko'rsatadi. Siz aniq ko'rsatmalarni tanlangan universitetning rasmiy veb-saytidan topishingiz mumkin.
O'quvchining e'tiborini jalb qilish va uni oxirigacha butun voqeani o'qishga majbur qilish uchun muqaddimani hayotdan olingan ba'zi bir asl hukm yoki faktlardan boshlash yaxshidir;
Eng qiziqarli faktlarni xat boshida yoki hech bo'lmaganda uning birinchi qismida topshirganingiz ma'qul, chunki tanlov komissiyasining a'zosi sizning xabaringizni oxirigacha o'qishni xohlaydimi yoki yo'qligini hech kim bilmaydi.
Taqdimotning qulayligi. Matnni kichik xatboshilarga ajrating, keraksiz xatolarga yo'l qo'ymaslik va tinish belgilarini aralashtirib yubormaslik uchun uzun bezakli iboralar, murakkab qo'shma va kesimlardan saqlaning. Har bir xatboshida ochilish, kulminatsiya va rad etish bilan o'zlarining kichik hikoyalari bo'lishi kerak. Nutq sodda va tushunarli bo'lishi kerak, ammo ularning ma'nosini yaxshi tushunishingiz sharti bilan, juda ixtisoslashgan atamalardan foydalanish juda maqbul (va hatto tavsiya etiladi).
Xulosa qilib aytganda, yozilganlarni sarhisob qilish, ma'lumotni qisqacha umumlashtirish va universitet bilan kelgusi hamkorlikka umid qilish kerak. Xatni o'qib bo'lgach, yoqimli ta'm bo'lishi kerak, siz biron bir salbiy voqeani tasvirlamasligingiz yoki o'zingizni tanqid qilmasligingiz kerak.
"Men, albatta, talabalar insho tayyorlash paytida o'zlarini juda ko'p baholashlarini, ularning hayoti va ular uchun muhim bo'lgan narsalar haqida mulohaza yuritishlarini istardim, chunki biz uchun eng muhimi bu samimiy va shaxs haqida haqiqiy g'oyani olishdir. " - Jill Fadul, Garvard biznes maktabining qabul bo'yicha direktori.
©️Marmara universiteti Bioximiya yo'nalishi doktoranti Nodira A. tayyorladi.
______
t.me/turkiyadagiyoshlar
Yangi loyihalar muhokama qilindi
Istanbul shahar hokimiyati mas’ul xodimi Mehmet Chelik hamda tadbirkor Latif Kinatash bilan uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar haqida fikr almashildi, Turkiyada ta’lim olayotgan o‘zbek talabalar bilan bog‘liq loyihalar muhokama qilindi.
@Turkiyadagiyoshlar