tdau_talabalari | Неотсортированное

Telegram-канал tdau_talabalari - TDAU talabalari

636

Toshkent davlat agrar universiteti talabalar kanali. Universitet va talabalar hayotiga bog'liq bo'lgan barcha yangiliklar. Muhokama uchun guruh: https://t.me/tsau1 Murojaat uchun: @TDAU_Yoshlar_Yetakchisi , @ISardorbek_bot

Подписаться на канал

TDAU talabalari

28-mart – Pianino kuni

Nils Frahm pianino va u ifodalagan hamma narsani nishonlash uchun yilning 88-kunida (odatiy yillarda 29 mart va kabisa yilida 28 mart) nishonlanadigan Pianino kunini belgiladi.
Pianino 18-asrda italyan musiqa asboblari ishlab chiqaruvchisi Bartolomeo Kristofori tomonidan ixtiro qilingan klaviaturali asbobdir. Pianinoning klavikord va klavesin kabi o'tmishdoshlari o'rtasidagi asosiy farq shundaki, pianino tugmachalar qanchalik kuchli yoki yumshoq bosilganiga qarab turli hajmdagi tovushlarni chiqarishga imkon beradi. Zamonaviy pianino 19-asrda rivojlandi.

Fortepiano G‘arb musiqasining ko‘plab janrlari, jumladan, mumtoz musiqa, blyuz, jazz va rokning rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Ko'pgina bastakorlar, qo'shiq mualliflari va dirijyorlar pianino chalishlari mumkin, chunki bu asbob turli xil akkordlar va polifoniyalar bilan tajriba o'tkazish imkonini beradi. Pianino musiqa ta’limida ham keng qo‘llaniladi.

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

#jarayon

OLIYGOH VA ARMIYA HAMKORLIGI

🌟Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi “Agrar yulduzlari” ashula va raqs ansambli ishtirokida Qibray tumani “62608 Harbiy qism”da muddatli harbiy xizmatchi askarlarni kuzatish munosabati bilan barchaga bahoriy xush kayfiyat ulashish uchun “Xush kelding Navro‘z” deb nomlangan konsert dasturi o‘tkazildi.

✍️Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati

🌐  WEB-SITE |  TELEGRAM | 📸 INSTAGRAM |💬FACEBOOK | ✅TWITTER📹 TDAUrasmiy-gt1ev">YOUTUBE

Читать полностью…

TDAU talabalari

#qulaylik #eslatma #raqamlashtirish

⚡️Kontrakt, yotoqxona va qayta o‘qish uchun to‘lovlarni mobil ilovalar orqali to‘lashingiz mumkin


📱Buning uchun mobil ilova (rasm)da “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

▫️“Ta’lim” bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi”ni tanlang.

▪️To‘lov turidan “Kontrakt”, “Yotoqxona” yoki “Kredit modul to‘lovi” bandini tanlang va JSHSHIR (14 talik) raqamingizni kiriting.

▫️To‘lov summasini kiriting hamda to‘lovni amalga oshiring.

Bunda shartnoma miqdori, to‘langan summa va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlar kontrakt.edu.uz platformasidan olinadi.

Mobil ilovalar orqali talabalar onlayn to‘lov qilganda komissiya (%) olinmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

TDAU talabalari

#bayramlar

Bugun 26-mart - Epilepsiya bilan kasallanganlar kuni

26-mart kuni butun dunyoda “Binafsha rang kuni” nishonlanadi.

Bu har yili o'tkaziladigan xalqaro tadbir bo'lib, uning maqsadi epilepsiya nomli kasallik haqida xabardorlikni oshirishdir.

Epilepsiya – Tutqanoq kasalligi.

Bir kuni epilepsiya bilan og'rigan to'qqiz yoshli qiz Kessidi Megan boshqa odamlarga ulardan farqi yo'qligini ko'rsatishga qaror qildi.

To'qqiz yil davomida bola allaqachon kattalar va tengdoshlarining e'tiborsizligini his qilishga muvaffaq bo'lgandi, ular uning kasalligini yetarlicha idrok etmasdilar, chunki buni aqldan ozishning yengil shakli deb hisoblardilar.

Kasallik haqidagi afsonalarni yo'q qilish uchun Kessidi 2008-yilda “Binafsha kun”ni o'ylab topdi.

Shu kuni, 26-mart kuni har bir kishi epilepsiya tashxisi bilan yashaydigan odamlarni qo'llab-quvvatlashi mumkin.

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

🟦🟦🟦🟦

🇺🇿🎓Yoshlar ittifoqining faol a'zolari oliy taʼlim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi

📃O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14 noyabrdagi «O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida»gi 914-son qaroriga muvofiq yoshlar ittifoqining faol aʼzolari uchun OTMga kirish imtihonlarida qator imtiyozlar berilgan. Jumladan, yoshlar ittifoqi tizimidagi sardorlar, boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchilariga, ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar tavsiyanoma asosida o'qishga imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

🎓Tavsiyanomaga ega bo‘lgan yoshlar Bilimni baholash agentligi qaroriga asosan doimiy yashash joyidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagogika taʼlim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

👔Tavsiyanomalar soni cheklangan bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bir nafardan – jami 14 nafar yoshlariga taqdim etiladi. Respublika hududidagi xorijiy OTMlar tavsiyanoma doirasiga kirmaydi.


#imtiyoz #bilasizmi

Bizni kuzatib boring:
💬Telegram|📷Instagram
💬Facebook|📺YouTube

Читать полностью…

TDAU talabalari

🔺❓❓❓❓❓

✅ Qonunchilikka ko'ra, fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yo'nalishida tomorqa yer egalariga 3 million so'mgacha mikrokreditlar berilishi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratilishi belgilangan.

Manba:@huquqiyaxborot

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

Gohida qiyg‘os gullagan mevali daraxtar ham juda kam hosil beradi. Buning esa bir necha sabablari bor.

🔺 Deylik, daraxtning yoshi oltida bo‘lsa-yu kam hosil qilayotkan bo‘lsa aybni obrezkadan qidirish kerak. Yer kuchli bo‘lib, nam oshiqcha bo‘lsa daraxt shoxini kamroq qo‘ysayiz shoxlar kuchli o‘sadi. Shox orasida havo aylanmay meva shoxlari pishmay qoladi. O‘z-o‘zidan pishmagan shoxda meva gullasayam tashlab yuboradi.


➖ Agar daraxt tanasi o‘ta chuqur ko‘milgan bo‘lsa ham kuch ildizga ketadi. Natijada esa meva tugilmaydi.


➖Bundan tashqari kaliy sulfat, ammofis, temir, mis yetishmasa ham hosil kam bo‘laveradi.


➖Yana bir muhim qoida: changlanish! Yolg‘iz ekilgan daraxtlar odatda yaxshi changlanmaydi.


➖Yana daraxt naviga ham alohida e’tibor berish kerak. Ba’zi navlar juda kech (8-10) yilda ham meva beradi


✔️ Nima bo‘lganda ham daraxtni kesishga shoshilmang! Bilim, mehnat va sabr — bog‘dorchilikning asosiy omillaridandir.


Manba: t.me/agro_hayot

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

#kuntarixi

Bugun 25-mart - Venetsiya shahriga asos solingan kun.

🔹 Italiyaning shimolida joylashgan mashhur Venetsiya afsonalarga ko'ra 421-yilning aynan shu kuni tashkil topgan.
🔹 Umuman olganda, Venetsiya aholisining o'zi shunday fikrda va har yili 25-mart kuni ushbu sanani nishonlashadi.
🔹 Bugungi kunda Venetsiya o'zining o'rta asrlik ko'rinishini saqlab qolgan yagona shahardir.
🔹 Venetsiyaning tarixiy markazi Venetsiya ko'rfazining 118 orollarida joylashgan bo'lib, ular 150 kanal va irmoqlarga ajralgan va ularning o'rtasidan 400 ga yaqin ko'prik o'tadi.

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

👍👍👍👍👍👍👍👍

👍O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!

💬Telegram|📷Instagram
💬Facebook|📺YouTube

Читать полностью…

TDAU talabalari

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

#Teatr_tomoshalari_haftaligi

📌Hurmatli tomoshabinlar. “Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida namoyish etiladigan barcha spektakllarga kirish bepul . 21-27 mart kunlari Spektakllar soat 17:00 da boshlanadi. Barchangizni teatrimizda kutib qolamiz.

☎️Murojaat uchun telefon:
(71) 244-11-70; (71) 244-11-69
📱
+998933754183

Suratlar muallifi
🌐 Bahodir Ergashov

Eslatma: Teatrimiz repertuariga tomoshabinlar talabiga binoan o’zgartirish  kiritilishi mumkin.

️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram

Читать полностью…

TDAU talabalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi

#Navroʻz #Mirziyoyev #tabrik

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Читать полностью…

TDAU talabalari

Navroz ayyomingiz muborak bo’lsin!

Assalomu alaykum Qadrdonimlarim! 

Sizni yurtimizning yangilanish fasli bahor hamda ajoyib bayram "Navro'z" ayyomi bilan chin dildan qutlayman!
Ushbu kunda sizni quvonch va shodlik tark etmasin!
Navro‘zi olam – sharqona yangi yil - o‘zining yangilanish fasli hisoblanmish bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ongu tafakkuri, qalbiga chuqur singib ketganligi, har bir oila, har bir xonadonga olam-olam shod-u xurramlik, quvonch olib kirishi bilan biz uchun eng qadrli, aziz va suyukli bo`lib kelgan milliy bayramdir. 
Barchamizning tilagimiz – Yaratganning o‘zi yurtimizga, har bir oila, har bir xonadonga fayz-u baraka, baxt-u saodat bersin, dasturxonimiz to‘kin, rizqimiz butun qilsin.
Yurtimiz O'zbekistonning yangi yilida yangi orzularingiz amalga oshishini tilab qolaman!
Bugungi Navro'z ayyomini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishingizni tilab qolaman!

Yana bir bor Navro'z ayyomi muborak bo'lsin!

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

#bayramlar

Bugun 21-mart - Navro'z bayrami kuni.

Navroʻz (forscha نوروز — „yangi kun“) — bahor bayrami, hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni.

🔹„Navroʻz“ soʻzi forschadan tarjima qilinganda, „yangi kun“ maʼnosini beradi. 
🔹Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda Navroʻz 21-mart kuni, Qozogʻistonda esa, 22-martda nishonlanadi.
🔹2009-yil 30-sentyabda  “Navroʻz” YUNESKO tarafidan nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan.
🔹2010-yil 23-fevralda esa BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasıda 21-mart „Xalqaro Navroʻz Kuni“ deb eʼlon qilindi.
🔹Eron, Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Ozarbayjon, Bahrayn, Livan, Pokiston, Hindiston, Tojikiston, Turkiya, Albaniya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va boshqa yerdagi fors va turkiy millatlar “Navro‘z”ni bayram qiladilar.

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

Ushbu tanlov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan bo'lib 100% halol tarzda o'tkaziladi.

Ishtirok eting va qimmatbaho sovg'alarni yutib olish imkoniyatini qo'lga kiriting.

👉 Tanlov nizomini o‘qish
➡️ Tanlovda ishtirok etish
➡️ Tanlovda ishtirok etish

Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram / Facebook  /Instagram

Читать полностью…

TDAU talabalari

🔤🔤🔤🔤

​​Boʻrilar haqida qiziqarli faktlar

✔️ Bo'ri 9 kilometr uzoqlikdagi tovushni bemalol eshita oladi.


✔️Qadimiy vikinglar jangga otlanishdan oldin jangovar ruhga ega bo'lish uchun bo'rining qonini ichgan.


✔️ Bo'ri 200 million xil hidni bir-biridan ajrata oladi.


✔️Bo'rining bolalari hamisha moviy ko'z bilan tug'iladi. Faqat 2-3 oylikdan so'ng.


✔️ Bo'ri bolasi onadan kar va so'qir holda tug'iladi.


✔️Agar bo'ri och bo'lsa, bir o'tirishda 10 kilogrammdan ko'proq go'shtni paqqos tushiradi.


✔️ Bo'rilar suvda suzishni juda yaxshi o'zlashtirgan. Ular 15 kilometr masofagacha to'xtamasdan suzib bora oladi.


✔️Qadimiy astek qabilalari melanxoliya xastaligiga qarshi kurashda bo'ri jigaridan unumli foydalanishgan.


✔️Qadimda yevropaliklar ayollar tug'ruq jarayonida og'riq kamroq bo'lishi uchun bo'ri jigaridan maxsus kukun tayyorlashgan.


🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

📺 ⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

👍Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqining Toshkent davlat agrar universitetidagi boshlangʻich tashkiloti YouTube sahifasiga obuna boʻling;

OBUNA BOʻLING: ▶️TDAUYOSHLARITTIFOQI?si=XJ-nsvY8j2e7WY8Y">YOUTUBE

Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐TDAUYOSHLARITTIFOQI?si=XJ-nsvY8j2e7WY8Y">Youtube

Читать полностью…

TDAU talabalari

#bayramlar

Bugun 27-mart - Xalqaro teatr kuni


🔹 Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o’rni beqiyos.
🔹 Zero san’at insonni ma’naviy  jihatdan boyitadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi.
🔹 27-mart - Xalqaro teatr kuni 1961-yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bolib otgan IX kongressida ta’sis etilgan edi.
🔹 Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27-mart kuni teatr sanati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

#bilaszmi

Qovoqni parvarishlashni bilasizmi?

Birinchi chin barg hosil bo‘lgandan so‘ng har bitta uyada 2 tadan nihol qoldirib birinchi yagana o‘tkaziladi. Mabodo tuplar oralig‘ida xato bo‘lsa, bu uyalarga ivitilib nishlagan urug‘lardan ekiladi. Qovoq 3—4 tadan chin barg hosil qilgan davrda har bir uyada bittadan o‘simlik qoldirilib ikkinchi yagana o‘tkaziladi. Yaganalash vaqtida o‘simliklar shikastlanmasliklari uchun kerak bo‘lmagan o‘simliklar kesib olib tashlanadi.


Yaganalash bilan bir vaqtda begona o‘tlar chopiq qilinib yumshatiladi, ya’ni bir vaqtning o‘zida yer yumshatiladi. Oradan 25—30 kun o‘tgach, ya’ni o‘simliklar gullash davriga yaqinlashganda ikkinchi chopiq o‘tkaziladi.


Manba: t.me/agro_hayot

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

26-mart – Bangladeshda Mustaqillik kuni

Bangladeshda mustaqillik kuni har yili 26-mart kuni nishonlanadi. Bu Bangladesh 1971-yilda to'qqiz oylik mustaqillik urushidan so'ng Pokistondan mustaqilligini e'lon qilgan kunni belgilaydi. Ushbu kun mamlakat bo'ylab turli tadbirlar va marosimlar, shu jumladan bayroqlarni ko'tarish, paradlar, madaniy dasturlar va mamlakat mustaqilligi uchun jonini fido qilgan shahidlarga hurmat bajo keltirish bilan nishonlanadi. Bu Bangladeshda milliy bayram bo'lib, odamlar bu kunni katta vatanparvarlik va g'urur bilan nishonlaydilar.

Poytaxti: Dakka
Rasmiy tili: Bengal
Maydoni: 148460 km²
Aholisi: 174,2 mln kishi.

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

❗️Birinchi marta 8 balli geomagnit bo‘roni qo‘zg‘alishi...

"Bunaqasiga birinchi marta guvoh bo‘lishim" - deb yozmoqda ekspert.

Kecha Quyoshda 2024-yil boshidan beri eng katta portlash bo‘lgan. Bugun Yerda kuchli magnit bo‘ronlari kuzatilishi mumkin.

❕Davleniyasi bor yaqinlaringizni asrang! E’tiborli bo‘ling. Quyosh nurida kamroq yuring.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram

Читать полностью…

TDAU talabalari

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

"YOSHLAR KORRUPSIYAGA QARSHI" mavzusidagi insholar tanloviga start berildi

Toshkent davlat agrar universiteti Komplayns nazorat va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti hamkorligida talaba yoshlar oʻrtasida "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" mavzusida INSHOLAR tanlovini e'lon qilamiz!

👉Tanlovning 1-bosqichi fakultetlar tomonidan 2024-yil 1-14 aprel kunlari o'tkazilib, g'oliblarning ishlari universitet hakamlar hay'atiga tavsiya etiladi.

👉 2-bosqichi esa 2024-yilning 15-20 aprel kunlari o'tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi bor talabalar fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarilari yoki fakultet Yoshlar ittifoqi koordinatorlariga murojaat qilishlari mumkin.

📈 Tanlovdan asosiy ko'zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi yoshlarimizda ma'naviy va aqliy immunitetni oshirish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va har bir inson bunga qarshi kurashish madaniyatini hosil qilishdan iboratdir.


✍️Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati

🌐  WEB-SITE |  TELEGRAM | 📸 INSTAGRAM |💬FACEBOOK | ✅TWITTER📹 TDAUrasmiy-gt1ev">YOUTUBE

Читать полностью…

TDAU talabalari

25-mart – Gretsiyada Mustaqillik kuni

1821-yilda aynan shu kuni Gretsiya mustaqillikka erishgan.

Poytaxti: Afina
Rasmiy tili: yunoncha
Maydoni: 131 957 km²
Aholisi: 10,31 mln kishi.

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

#buguntarixda

Bugun 25-mart - Uchquduq tumani tashkil etilgan kun

Uchquduq tumani - Navoiy viloyatidagi tuman.

1982-yil 25-martda tashkil etilgan.

Shimoldan Qozogʻiston Respublikasi, gʻarbdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubdan Buxoro viloyati va sharqdan Tomdi, Konimex tumanlari bilan chegaradosh.

Maydoni 46,63 ming km².

Aholisi 38,1 ming kishi (2021).

Tumanda 5 qishloq fuqarolar yigʻini (Avangard, Boʻzdoʻngi, Mingbuloq, Oltintov, Uzunquduq) bor.

Markazi — Uchquduq shahri.

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

Bugun
24-Mart

Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni

Всемирный день борьбы с туберкулёзом

World Tuberculosis Day

🔹 Har yili 24-mart kuni biz Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kunini nishonlaymiz.
🔹 Uning maqsadi sil kasalligining inson salomatligi va jamiyatga zararli ta'siridan xabardorlikni oshirish va silning iqtisodiy oqibatlari to'g'risida xabardor qilish.
🔹Shu bilan ushbu kasallikning global epidemiyasiga qarshi kurashni kuchaytirishdir.
🔹 1882-yil shu kuni doktor Robert Kox sil kasalligini keltirib chiqaradigan bakteriyani aniqlab, kasallikni tashxislash va davolash mumkinligini e'lon qildi.

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqidan:

Yoshlik – inson umrining bahori, uning Navro‘z bayramidir. Yoshlik – odamzod kamolot osmonida yulduzdek charaqlaydigan bebaho davrdir.


Yangi O‘zbekiston farzandlari – yuzlab, minglab o‘g‘il-qizlarimiz turli sohalardagi yutuqlari bilan bu fikrni amalda isbotlamoqdalar. Ularning kuch-g‘ayrati, ezgu harakatlariga qanot berish maqsadida biz joriy yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildik.

Bugungi kunda yurtimiz yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida, madaniyat va san’at, IT va sport yo‘nalishlaridagi nufuzli tanlov va festivallarda faol ishtirok etib, g‘olib va sovrindor bo‘lib kelayotganlari barchamizni quvontiradi.

Birgina misol. Navqiron sportchilarimiz o‘tgan yili Osiyo o‘yinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekistonning ushbu musobaqalardagi rekordini yangiladilar.
Xabaringiz bor, yaqinda mashhur shaxmat grossmeysteri – Nodirbek Abdusattorov Praga xalqaro turnirida muddatidan oldin g‘alaba qozonib, jahondagi eng kuchli to‘rtta shaxmatchining biriga aylandi.

Kelinglar, shu ulug‘ ayyom kunda barchamiz astoydil niyat qilaylik: Nodirbekka tez kunlarda Vatanimizga jahon shaxmat tojini olib kelish nasib etsin! Sen bunga albatta qodirsan, Nodirbek o‘g‘lim! Butun el-yurtimiz sendan shu buyuk g‘alabani kutmoqda—dedi Prezident oʻz nutqida.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

TDAU talabalari

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Наврўз умумхалқ байрамига бағишланган тантанали маросимдаги табрик нутқи

Приветственное слово Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжествах, посвященных всенародному празднику Навруз

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

TDAU talabalari

#BAYRAMLAR

21-MART – BUTUNJAHON SHE'RIYAT KUNI

🔹Birinchi marta “She'riyat kuni” 1938-yilda AQShning Ogayo shtatida paydo bo'ldi.
Uning asoschisi shoir Tessa Svizi Uebb edi.

🔹Bayram 15-oktyabr - qadimgi Rim shoiri Virgilning tug'ilgan kunida bo'lib o'tdi.

🔹1951-yilda u Amerikaning 38 shtati va Meksikada Milliy she'riyat kuni sifatida nishonlandi.

🔹Butunjahon she'riyat kuni rasmiy ravishda YuNESKO Bosh Konferensiyasining 30-sessiyasining (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti) 1999-yil 15-noyabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.

🔹Birinchi marta bayram 2000-yil 21-martda bo'lib o'tdi.

🖇Kanal:@tdau_talabalari

🖊Guruh:@tdau_talabalarii

Читать полностью…

TDAU talabalari

⭕️⭕️⭕️

🇺🇿 Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqining Toshkent davlat agrar universitetidagi  Talaba qizlar koordinatoriligi yoʻnalishining rasmiy kanali:

🌐OBUNA BOʻLING:
@tdau_talaba_qizlari

Читать полностью…

TDAU talabalari

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

Televizor, planshet va 6 ta smartfondan biriga ega bo‘ling!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasi” onlayn intellektual tanlovini e’lon qildi!

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

♦️1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
♦️2-o‘rin – Samsung planshet;
♦️3-o‘rin – Samsung smartfon;
♦️4–10-o‘rinlar – kitoblar to‘plami;
🔹“Tanlovning eng faol targ‘ibotchisi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Samsung smartfon.


Batafsil: https://oyina.uz/uz/announcement/98

➡️ Tanlovda ishtirok etish
➡️ Tanlovda ishtirok etish

Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram / Facebook  /Instagram

Читать полностью…

TDAU talabalari

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida g'ururni uyg'otadi

  Toshkent davlat agrar universitetida prorektorlar, dekanlar, Boʻlim boshliqlari , professor-oʻqituvchilar, xodimlar, fakultet tyutorlari, Yoshlar ittifoqi faollari hamda talaba yoshlar ishtirokida Universitet radio uzeli orqali Oʻzbekiston madhiyasi kuylandi.

🔥 Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi-maqsadi mujassam ovozi bo‘lib, tinchlik, osoyishtalik sifatida qaraladi.

️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram
️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️️

Читать полностью…
Подписаться на канал