#qonunchilik_yangiliklari
2024/2025-oʻquv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi
“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi
➖Qarorga koʻra, oliy taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.
➖Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:
➖kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4-yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;
➖litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida oʻqiyotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻchirish huquqi beriladi.
➖Shuningdek, taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:
➖Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.
➖Oliy taʼlim tashkilotlarining reytingi taʼlim tashkilotining faoliyati va taʼlim jarayoniga aralashmagan holda maʼlumotlarni axborot tizimi orqali olish yoʻli bilan yuritiladi.
2024-yil 1-yanvardan:
➖reyting davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari boʻyicha umumiy aniqlanadi;
➖soʻnggi 5-yil davomida reytingda birinchi 10 talik oʻrinni egallagan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.
2025-yil 1-yanvardan:
➖nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;
➖oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.
2023/2024-oʻquv yilidan:
➖akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
➖kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;
➖abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
➖talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;
➖oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.
2024/2025-oʻquv yilidan:
➖OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
➖umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#saylov
9-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi.
Kelajagingizga befarq boʻlmang!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#infografika
2023-yil 2-iyul holatiga ko‘ra, 126 312 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
2 июля в 18:00 состоятся ТЕЛЕДЕБАТЫ между представителями кандидатов в Президенты.
Смотрите теледебаты:
— на телеканалах «O’zbekiston 24», «O’zbekiston», «Mahalla», «UzReport», «Renessans» , «Zo’r TV», «My5», «Sevimli» и «Milliy» на узбекском языке (с сурдопереводом);
— на телеканале “Yoshlar” с переводом на английский язык;
— на телеканалах “Dunyo bo’ylab” и “Toshkent” с переводом на русский язык;
— на телеканале “Qoraqalpog’iston” с переводом на каракалпакский язык.
В ходе теледебатов вы сможете узнать об инициативах и планах кандидатов по совершенствованию государственного управления и судебно-правовой сферы.
Telegram | YouTube
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Ўзбекистонда Ёшлар куни нишонланди;
- Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон ёшларига табрик йўллади;
- Халқимизнинг бошини кўкка етказаётган Янги Ўзбекистон ёшлари сафи янада кенгаймоқда.
Кўрсатувни бугун, 1 июль куни соат 20:10 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.
Эртага, 2 июль куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.
Facebook|Instagram|Twitter
#Qabul_2023
#Magistratura
⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlanmoqda
▶️ 2023-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.
✔️ 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉Sertifikatlar ro‘yxati
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Эртага ёшларга автобусда юриш бепул бўлади
Тошкент шаҳар ҳокимлиги хабарига кўра, 30 июнь — Ёшлар куни муносабати билан 14 ёшдан 30 ёшгача бўлганлар автобуслардан бепул фойдаланишлари ва шаҳардаги ушбу санага бағишланган тадбирларда иштирок этишлари мумкин.
@uznewsuzb
⚡️Премьера: 30 июнь — Ёшлар кунида соат 17:00да “Менинг юртим” телеканали орқали “Стратегик куч” ҳужжатли фильми намойиш этилади.
Фильмда Ўзбекистонда яшаб ўзининг интилишлари ва ҳаракатлари билан турли ютуқларга эришаётган ёшларни, янги юзларни кўриш мумкин.
👍 @Shoshilinchuz - энг тезкор хабарлар каналига аъзо бўлинг !
Мақсадимиз - сифатли таълим!
#Mirziyoyev #uzlidep #maqsadimizbir #saylov2023
➖O'zLiDeP расмий канали ➖
#Сайлов_2023
#Адолат_СДП
⚡27 июн куни "Адолат" СДП дан Ўзбекистон Республикаси Президентлигига кўрсатилган номзод Махмудова Робахон Анварованинг Тошкент шахридаги ишончли вакили, Халқ депутатлари тошкент шаҳар Кенгаши депутати Турсунов Собир Турдиевич иштирокида Юнусобод тумани сайловчилар билан очиқ мулоқот бўлиб ўтди.
⚡Ишончли вакил йиғилганларга , Ўзбекистон Республикаси "Адолат" социал-демократик партияси номзодининг фаолияти ва сайловолди дастурида кўрсатилган устувор йўналишлари ҳамда мазмун-моҳиятини батафсил тушунтириб берди.
⚡Очиқ мулоқот давомида сайловчиларни қизиқтирган саволларга ишончли вакил томонидан ва партия иштирокчилари томонидан тўлиқ жавоблар берилди.
Каналга уланиш ➡️
/channel/adolat_sdp_toshkent_shahar
#amaliyseminar
OTM matbuot xizmati – 2023: barcha OTM matbuot kotiblari Toshkentda yig‘iladi!
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan 26-iyun sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida barcha oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari uchun “OTM matbuot xizmati – 2023. Oliy ta’lim muassasalari matbuot xizmatlarini rivojlantirish: muammo va huquqiy yechimlar” mavzusida o‘quv seminar tashkil etilmoqda.
Unda mavjud respublika oliy ta’lim muassasalarining barcha matbuot kotiblari ishtirok etadi.
Mazkur o‘quv seminar matbuot kotiblari faoliyati samaradorligini ko‘tarish, jamoatchilikka oliy ta’lim tizimiga oid islohotlar natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazishdagi malakalarini oshirish hamda milliy media makonda yuqori tajribaga ega OAV vakillari bilan tajriba almashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Қабул_2023
❓Кириш имтиҳонларида тест синовлари учун неча балл берилади?
✅ Барча тест топширувчилар учун мажбурий бўлган 3 та фан бўйича:
📌 Она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили) — 10 та савол.
🔻 Ҳар бири учун 1,1 баллдан.
🔻 Максимал балл — 11 балл.
📌 Математика — 10 та савол.
🔻 Ҳар бири учун 1,1 баллдан.
🔻 Максимал балл 11 балл.
📌 Ўзбекистон тарихи — 10 та савол.
🔻 Ҳар бири учун 1,1 баллдан.
🔻 Максимал балл — 11 балл.
♻️ Жами тўплаш мумкин бўлган балл – 33 балл.
✅ Бакалавриат таълим йўналишига мос бўлган 2 та фан бўйича:
📌 1-фан — 30 та савол.
🔻 Ҳар бири учун 3,1 баллдан.
🔻 Максимал балл – 93 балл.
📌 2-фан — 30 та савол.
🔻 Ҳар бири учун 2,1 баллдан.
🔻 Максимал балл – 63 балл.
♻️ Жами тўплаш мумкин бўлган балл – 156 балл.
💯Умумий ҳолда, 2023/2024 ўқув йили қабулида абитуриентларга 5 та фан бўйича жами 90 та тест топшириғи берилади.
📊 Бунда тўплаш мумкин бўлган максимал балл – 189 баллни ташкил этади.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
⚡️TOSHPTI YANA BIR NUFUZLI JAHON REYTINGIDAN O’RIN OLDI
2023-yil 22-iyun kuni Xitoyning Gonkong universitetida tashkil etilgan “Times Higher Education Asia Universities Summit” doirasida Times Higher Education agentligining “Asia University Rankings 2023” (“Osiyo universitetlari reytingi – 2023”) natijalari e’lon qilindi.
Unga ko'ra, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkilotining Osiyo universitetlari reytingidan (Asia University Rankings 2023) o'rin oldi va “Reportyor” maqomida qayd qilindi.
“Asia University Rankings 2023” reytingida mintaqaning 31 ta davlatdan 669 ta oliy ta’lim muassasasi qayd qilingan bo‘lib, ularning faoliyati 13 ta indikator asosida baholangan.
Ushbu reytingda O’zbekistondan jami 32 ta Oliy ta’lim muassasasi o’rin egallagan.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
#qabul2023
⚡️ Mutaxassislar savolingizga javob beradi
“Yoshlar” telekanalida har hafta payshanba kuni jonli efirga uzatilayotgan “Abituriyent-2023“ loyihasining navbatdagi soni boshlandi.
Bugungi ko‘rastuv mavzusi: Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish.
Abituriyentlar mavzu doirasidagi savollarini @abituriyent2023bot telegram boti orqali yuborishlari mumkin.
Savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan to‘liq javob beriladi.
Jonli efir: https://youtube.com/live/TS2vYycl2zc?feature=share
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#OAVda_biz #Reportaj
🔸 Yoshlar parlamenti yoshlar takliflarini o'rganmoqda | Sevimli telekanali
Telegram | Instagram | Facebook
#qabul_2023
#infografika
4-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 154 ming 697 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 80 ming 845 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 73 ming 852 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.
Batafsil infografikada👆
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Магистратурага қабул давом этмоқда: Ҳужжатлар қандай топширилади?
♻️ 2023/2024 ўқув йили учун давлат олий таълим муассасаларининг магистратура мутахассисликларига ўқишга кириш учун ҳужжатларни топшириш жараёни magistr.edu.uz платформаси орқали 30 июлга қадар (шу куни ҳам) давом этади.
📋 Магистратура мутахассисликларига танловларда тил билишнинг тегишли даражасини белгиловчи миллий ёки халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши мумкин.
❗️Эслатма: жорий йилда фақат бир марта ёзда қабул бўлиши, қишки қабул ташкил этилмаслиги ҳақида маълум қилинган эди.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
#qabul2023
📹 magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
👉Sertifikatlar ro‘yxati
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
2 июль куни соат 18:00 да президентликка номзодларнинг вакиллари ўртасида навбатдаги ТEЛEДEБАТ бўлиб ўтади.
Теледебатни сиз:
— “Ўзбекистон 24”, «Ўзбекистон», «Маҳалла», УзРепорт", «Ренессанс», «ЗўрТВ», «МЙ5», «Севимли» ва «Миллий» телеканалларида ўзбек тилида (сурдо таржима билан);
— “Ёшлар” телеканалида инглиз тилидаги таржимаси билан;
— “Дунё бўйлаб” ва “Тошкент” телеканалларида рус тилидаги таржимаси билан;
— “Қорақалпоғистон” телеканалида қорақалпоқ тилидаги таржимаси билан томоша қилишингиз мумкин.
Теледебат давомида номзодларнинг давлат бошқаруви ва суд-ҳуқуқ соҳаларини ривожлантириш борасида илгари сураётган ғоялари, режалари ҳақида билиб олишингиз мумкин.
Telegram | YouTube
🇺🇿 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Humo arena” majmuasida 10 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirokida “Yangi O’zbekiston yoshlar birlashaylik” shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.
Tadbir avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlariga yo’llagan bayram tabrigi o’qib eshittirildi.
Yoshlar kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri “Yoshlar ovozi” tanlovi g‘oliblari, bir guruh iqtidorli yoshlarning ijodiy chiqishlari hamda taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
🎉Yana bir bayram muborak bo’lsin, Yangi O’zbekiston yoshlari!
Fotogalereya
#yoshlik #yoshlarkuni #yoshlarbilan
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
⏺⏺ Yangi O‘zbekiston yoshlari 30-iyun "Yoshlar kuni" muborak bo‘lsin!
🇺🇿 Biz butun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan bugungi muhim sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga mustahkam sihat-salomatlik, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st, tengdoshlaringiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda muvaffaqiyat tilaymiz!
🇺🇿 G‘oyalaringiz, shijoatingiz va pok qalbingizdagi nurni hech ham so‘ndirmang, do‘stlar!
🎉 Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
#yoshlarkuni #yoshlarittifoqi
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Если сердце твое бьется ради твоей страны знай, что ты не один на этом пути. Мы едины, наша цель едина!
@uzlidep
Мақсадимиз - ишончли тиббиёт!
#Mirziyoyev #uzlidep #maqsadimizbir #saylov2023
➖O'zLiDeP расмий канали ➖
Ахборот 24 | Президент Шавкат Мирзиёевнинг Жиззах вилоятидаги сайловчилар билан учрашуви
#27june #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
⚡️Қурбон ҳайити муносабати билан кетма-кет 5 кун дам олиш куни бўлади
Президент фармонига биноан 29 июнь (пайшанба) куни ҳам иш ҳафтасидан қатъи назар барча учун қўшимча дам олиш куни сифатида эълон қилинди.
Демак, қуйидаги кунлар дам олиш куни бўлади:
➖28 июнь, чоршанба (Қурбон ҳайити);
➖ 29 июнь, пайшанба (барча учун қўшимча дам олиш куни);
➖30 июнь, жума (барча учун қўшимча дам олиш куни);
➖1 июль, шанба (6 кунликлар учун қўшимча дам олиш куни);
➖2 июль, якшанба.
Каналга уланиш:
➖ @uzauz
⚡️ТАШПМИ ПРОВЕЛ МЕЖДУНАРОДНЫЙ КОНГРЕСС ПО НЕЙРОРЕАБИЛИТОЛОГИИ
с 23 по 24 июня 2023 года в отеле Hilton Tashkent City состоялся 18-й Международный конгресс по нейрореабилитологии.
Организаторами конгресса выступили Общество неврологов Узбекистана и Ташкентский педиатрический медицинский институт совместно с Европейской федерацией обществ по нейрореабилитации, Всемирной федерации по нейрорабилитации и Европейской организации по борьбе с инсультом.
В рамках конгресса 22-23 июня 2023 года состоялся курс по дисфагии, проведенный специалисты из Австрии и Германии. Участниками и спикерами конгресса являются ведущие специалисты по нейрореабилитации после инсульта, ЧМТ и других двигательных расстройств из США, Индии, ОАЭ, стран Европы и СНГ.
Данный конгресс имеет важное значение в реабилитации больных инсультом и другими двигательными расстройствами, несомненно внесет вклад в реализацию программы по нейрореабилитации больных инсультом в Узбекистане.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
#Қабул_2023
❓Олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонлари учун қанча вақт ажратилади?
📕 Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 3 апрелдаги 261-сон қарори билан тасдиқланган низомда тест топшириқларини бажариш учун (жавоблар варақасини тўлдириш билан бирга) ҳар 30 та тест топшириғига 1 соат вақт ажратилиши белгиланган.
🕰 Шундан келиб чиққан ҳолда 2023/2024 ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовларида 90 та тест топшириғи учун 3 соат вақт берилади.
📋 Агар абитуриентда мутахассислик фанининг биттасидан сертификат мавжуд бўлса ёки битта фандан касбий (ижодий) имтиҳон топширса, унга 1 та мутахассислик ва 3 та мажбурий фан учун 2 соат вақт ажратилади.
📚 Агар абитуриент фақат мажбурий фанлар бўйича тест синовида иштирок этса, унга 3 та мажбурий фан бўйича 30 та тест топшириғи учун 1 соат вақт берилади.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
#xalqaro_reyting
“Asia University Rankings 2023” reytingi ro‘yxatiga 32 ta OTM “Reportyor” maqomida kiritildi
2023-yil 22-iyun kuni Xitoyning Gonkong universitetida tashkil etilgan “Times Higher Education Asia Universities Summit” doirasida Times Higher Education agentligining “Asia University Rankings 2023” (“Osiyo universitetlari reytingi – 2023”) natijalari e’lon qilindi.
Mazkur reytingda respublikamizning 32 ta oliy ta’lim muassasasi “Reportyor” maqomida qayd qilindi.
“Asia University Rankings 2023” reytingida mintaqaning 31 ta davlatdan 669 ta oliy ta’lim muassasasi qayd qilingan bo‘lib, ularning faoliyati 13 ta indikator asosida baholangan.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda ushbu reytingdan mamlakatimizning 10 ta oliy ta’lim muassasasi “Reportyor” maqomida qayd qilingan edi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
✅ ОТМга абитуриентларнинг ҳужжатлари фақат Ягона интерактив давлат хизматлари портали (my.gov.uz) ҳамда Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги (аввалги ДТМ) веб-сайти (my.uzbmb.uz) орқали қабул қилинади.
❗️Давлат хизматлари марказлари оқали ҳужжатлар қабул қилинмайди.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram