tashpmi_press | Неотсортированное

Telegram-канал tashpmi_press - tashpmi_press | rasmiy

3518

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yangiliklari / Новости Ташкентского педиатрического медицинского института 📞 71 262-33-20 📧 press@tashpmi.uz 🌐 www.tashpmi.uz 📲 instagram.com/tashpmi_press 📲 facebook.com/tashpmi.press © ToshPTI Matbuot xizmat

Подписаться на канал

tashpmi_press | rasmiy

⚡️Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan navbatdagi bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.

❗️Bu oxirgi ro‘yxat emas. Yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.

👉Ro‘yxatni yuklab olish

💾 Birinchi ro‘yxat bu yerda
💾 Ikkinchi ro‘yxat bu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Айни пайтда Коррупцияга қарши курашиш агентлигида Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги ва Соғлиқни сақлаш вазирлиги вакиллари иштирокида "Соғлиқни сақлаш вазирлиги тизимида "Коррупциясиз соҳа" лойиҳасининг ижро этилиши: мавжуд муаммо ва режалар" мавзусида мулоқот бўлиб ўтмоқда.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

27-yanvar kuni soat 18:00 da IT-Park Toshkent filialida “Mijozlar tajribasi va uning IT startap yaratishdagi ahamiyati” mavzusida Startup Advice uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

💻Tadbir spikeri “Mijozlar tajribasi laboratoriyasi” asoschisi va rahbari Aleksey Ivanov bo‘lib, u ishtirokchilarga mijozlar tajribasi nima ekanligini va nima uchun axborot tizimlari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning boshidanoq bu haqda o‘ylash kerakligi haqida soʻzlab beradi.

❗️Arizalar 27-yanvar soat 12.00 gacha qabul qilinadi.

✅Tadbir haqida batafsil: https://bit.ly/3J6XyVw

📆 27-yanvar 18:00 da|
🟪 Rus tilida | 👍Bepul | 📍IT Park Toshkent filiali
____________

27 января в 18:00 в Ташкентском филиале IT Park состоится Startup Advice на тему «Основы клиентского опыта, и почему он важен при создании IT-стартапа»

💻Спикером мероприятия выступит основатель и руководитель «Лаборатории клиентских впечатлений» Алексей Иванов, который расскажет, что такое клиентский опыт и почему о нём нужно думать с самого начала разработки информационных систем и программного обеспечения.

❗️Заявки принимаются до 27 января до 12.00.

✅Подробнее о мероприятии:
https://bit.ly/3iW10aW

📆 27 января в 18:00|
🟪 Русский | 👍Бесплатно | 📍Ташкентский филиал IT Park

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#tavsiya

Davlat oliy ta’lim muassasalarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha davlat oliy ta’lim muassasalari telegramda o‘z sahifalarini yuritmoqda.

Mazkur telegram kanallarida muassasa faoliyati, yangiliklar, muhim e’lonlar, muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularga oid rasmiy munosabatlardan boxabar bo‘lish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda respublikamizda 114 ta davlat oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining rasmiy kanallariga a’zo bo‘lishni tavsiya qilamiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#TEZKOR

⚡️O‘qish 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi

Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Ilmiy_faoliyat
#foydali

📢Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari izlanuvchilari diqqatiga!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Jahon Bankining Oʻzbekiston milliy innovatsiya tizimini modernizatsiya qilish loyihasi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasi hamkorlikda ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va olimlarga Web of Science xalqaro ilmiy resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Xalqaro miqyosda tan olingan ushbu ilmiy iqtiboslar bazasi ijtimoiy-gumanitar va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha 12 000 dan ortiq jurnal hamda 148 000 ga yaqin konferensiya materiallarini izlash imkoniyatini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Web of Science bazasi tashkilotlar IP-adresiga bogʻlangan boʻlib, undan foydalanishda parol talab qilinmaydi. Ushbu mavzuga oid qoʻshimcha maʼlumotlar va sizni qiziqtirayotgan savollarga javoblarni ushbu havola orqali olishingiz mumkin 👉/channel/Web_of_Science_Uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Talabaga_qulaylik

⚡️Aviaqatnovlarga ham chegirmalar muddati uzaytirildi

Uzbekistan Airways talabalar uchun respublika bo‘ylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50% chegirma muddatini 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirdi. 18-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 23-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat etiladi.

✍️✍️✍️

Uzbekistan Airways продлевает период действия 50% скидки для студентов на тарифы по внутриреспубликанским направлениям до 23 января 2023 года. По авиабилетам, приобретенным на основании скидки на рейсы до 18.01.2023 года, разрешается бесплатное переоформление на рейсы, запланированные до 23 января 2023 года.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

ESLATMA: TO‘LOV-KONTRAKT MABLAG‘LARINI TO‘LASHNING OXIRGI MUDDATI 20-YANVAR

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilangan.

Bu uzaytirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga:

➖to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar;
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
➖va qayta tiklangan talabalar uchun.

Ushbu munosabat bilan, talaba-yoshlardan to‘lov-kontrakt mablag‘larini joriy yilning 20-yanvar kunidan kechiktirmasdan to‘lashlari so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Eslatma

⚡️ 20-yanvar kontrakt toʻlashning oxirgi kuni!

🇺🇿 Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi.

❗️Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Янги иш бошлаган салоҳиятли ёш шифокорларга 1 миллион сўмгача устамалар берилади

Тиббиёт муассасаларини моддий рағбатлантириш ва ривожлантириш жамғармаси тўғрисидаги низом Адлия вазирлигида давлат рўйхатидан ўтказилди (рўйхат рақами 3416, 16.01.2023 й.)

🔰 Низомга кўра, Жамғарма маблағлари қуйидаги 2 йўналиш бўйича сарфланади:

🔹 75 фоизи барча давлат тиббиёт муассасалари тиббиёт, фармацевтика ва бошқа ходимларини моддий рағбатлантиришга;

🔹25 фоизи тиббиёт муассасасининг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш, модернизация қилиш ҳамда таъмирлашга.

🔢 Тиббиёт муассасаси ходимларига моддий рағбатлантиришнинг қуйидаги турлари қўлланилади:

▫️тиббиёт муассасасининг юқори малакали, алоҳида натижага эришган, ҳалол ва виждонан ишлаётган тиббиёт ҳамда фармацевтика ходимларига ойлик лавозим маошининг 100 фоизигача ҳамда бошқа ходимларга 75 фоизигача ойлик устамалар;

▫️янги иш бошлаган салоҳиятли ёш шифокорларга 1 миллион сўмгача махсус ойлик устамалар;

▫️оилавий шифокор пунктлари, оилавий поликлиникалар ва кўп тармоқли марказий поликлиникаларда кундузги стационар иш вақтини соат 20:00 гача узайтириш ҳисобига иккинчи сменада ишловчи шифокор ҳамда ҳамшираларга лавозим маошининг 30 фоизигача ойлик қўшимча устамалар;

▫️тиббиёт муассасалари барча ходимларига касбий ва бошқа байрамлар муносабати билан бериладиган мукофот пуллари, шунингдек моддий ёрдам пуллари.

❗️ Ойлик фоизли устамалар тиббиёт муассасаси ходимларини рейтинг баҳолаш тизими асосида амалга оширилади.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Talabalar diqqatiga!

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga o‘quv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va o‘quvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi.

Shuningdek, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalari uchun qishgi ta’til muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryo‘l poyezdlariga qo‘shimcha joylar soni yanada ko‘paytirilib, xarid qilingan yo‘l chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, tezyurar va yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.

Barcha temiryo‘l kassalarida talaba-o‘quvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki ta’til yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

👉На русском
👉 In English

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️Rossiyaning 8 ta hududidagi o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi

Tashqi ishlar vazirligi xulosasiga binoan, Ukraina Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar, Qrim, Sevastopol) hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishi O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishi ruxsat etilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi (ilovada).

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.

Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan, ammo ushbu tasdiqlangan ro‘yxatda ism sharifi keltirilmagan fuqarolar bo‘yicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.

💾 Ro‘yxatni yuklab olish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Hackathon

📆 С 27 по 29 января в Ташкенте пройдет хакатон «Open Data Challenge»

🤖 «Open Data Challenge» — это ежегодный конкурс по разработке технологических решений с использованием открытых данных. Хакатон направлен на развитие и повышение заинтересованности граждан в использовании открытых данных.

🎯 Цели данного конкурса — развитие профессионального сообщества в предметной области; развитие соответствующих компетенций представителей государственных и муниципальных органов власти, а также участников хакатона; реализация социального и экономического потенциала государственных и муниципальных открытых данных.

От участников конкурса требуется:
☑️полноценное участие во всех мероприятиях;
☑️создание цифрового решения;
☑️принимаются как индивидуальные, так и командные заявки. В команде могут участвовать не более трёх человек, один из которых должен подать командную заявку на участие. Индивидуальные заявители могут объединяться в команду в первый день хакатона.

Подать заявку и узнать больше: http://datahack.uz

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#e’lon

⚡️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2023-yil 2-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

👉На русском

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Муқаддас қасамёдига ҳамиша содиқ бўлиб, хизмат бурчини ерда ҳам, кўкда ҳам шараф билан адо этаётган баҳодир ва довюрак ҳарбийларимизга Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муборак бўлсин!

С 31-й годовщиной образования Вооруженных Сил Узбекистана и Днем защитников Родины вас, храбрые наши воины, верные священной присяге, с честью выполняющие свой долг на суше и в воздушном пространстве!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#foydali

2023-yilning 1-yarmida chet tili sertifikati uchun o‘tkaziladigan imtihonlar
sanasi bilan tanishing

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2023-yilning 1-yarmi davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan (👆).

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#foydali

2-DARS:
@eduuz tavsiya etadi

Obunachilarimiz taklifiga binoan, “Ibrat farzandlari” loyihasiningibratfarzandlari/videos"> Youtube platformasidagi darslarni kichraytirilgan hajmda kanalimizda berib bormoqdamiz.

Chekka hududlarda ham chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk va Rus tillari bo‘yicha IKKINCHI darslar ilova qilinmoqda (video).

Shuningdek, ushbu darslarni Youtube platformasi orqali sifatli formatda ham ko‘rishingiz mumkin:

👉 Ingliz tili; 👉 Nemis tili;

👉 Turk tili; 👉 Rus tili.

1-darslar bu yerda:👉 /channel/eduuz/11826

Foydali bot:👉
@eduuzuniversalbot

Ma'lumot uchun, chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yoshlar uchun ushbu loyiha yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#foydali

@eduuz tavsiya etadi

Chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yoshlar uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Obunachilarimiz taklifiga binoan, endilikda loyihaningibratfarzandlari/videos"> Youtube platformasidagi darslarni kichraytirilgan hajmda kanalimizda berib boramiz.

Chekka hududlarda ham chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk va Rus tillari bo‘yicha birinchi darslar ilova qilinmoqda (video).

Shuningdek, ushbu darslarni Youtube platformasi orqali sifatli formatda ham ko‘rishingiz mumkin:

👉 Ingliz tili;

👉 Nemis tili;

👉 Turk tili;

👉 Rus tili.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

‼️Вниманию абитуриентов ‼️

📣Русский дом в Ташкенте информирует о начале регистрации на обучение в российских вузах в пределах квоты Правительства Российской Федерации (бюджета) на 2023/2024 учебный год.

🗓 Регистрация на портале https://education-in-russia.com/ будет проходить с 23 декабря 2022 г до 20 февраля 2023 г

📑Необходимые скан-копии документов на 1 этапе отбора:

1️⃣ Анкета-заявление;

2️⃣ Фотография в электронном виде;

3️⃣ Согласие кандидата на обработку, передачу и хранение персональных данных;

4️⃣ Внутренний паспорт | ID-карта | загранпаспорт | вид на жительство (ВНЖ) с пропиской;

5️⃣ Табель за 10-11 классы (годовые и четвертные оценки) | аттестат за 11 классов обучения | академическая справка об успеваемости | диплом с оценками;

6️⃣ Другие документы, подтверждающие индивидуальные достижения кандидата: дипломы, грамоты, сертификаты, благодарности, статьи, публикации и др (за последние 2 года).

7️⃣ Рекомендательное письмо от вуза (при наличии) – для поступающих в магистратуру, ординатуру или аспирантуру, а также на творческие специальности бакалавриата и специалитета.

➡️ Отправить заявку на проверку сотрудникам РЗУ.

❗️С подробным разъяснением документов можно ознакомиться 👉 по ссылке ❗️

👉 Руководство пользователя сайта ГИС "ОРФИ"

‼️Просим внимательно ознакомиться с информацией ‼️

📑 Для корректной загрузки документов в информационную систему рекомендуется предоставлять файлы в формате PDF (Adobe Acrobat Reader).

❗️Просьба при регистрации с порталом использовать почтовые сервисы Яндекса и Mail.ru. Почтовый сервис Google временно не работает.

☝️Информация об отборочных испытаниях и консультациях по регистрации заявки на сайте для всех уровней образования будет опубликована дополнительно.

Почта и телефоны для связи: edu@uzb.rs.gov.ru; +998712560375; +998712560452.

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#talabaga_qulaylik

ESLATMA: talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin

📌 Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, tizimda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rish mumkin.

❗️Buning uchun:

📲 Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

💳 plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

📑 Davlat xizmatlari bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi” xizmatini tanlang;

🪪 va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

✔️ kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0%) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

➡️ Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

👉Android uchun yuklab oling

👉iOS uchun yuklab oling

➡️ На русском

Eslatma o‘rnida, bugun ayrim toifadagi talabalar uchun shartnoma to‘lovini (50%) amalga oshirishning so‘nggi kuni etib belgilangan.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar bo‘yicha navbatdagi ro‘yxat tasdiqlandi

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.

➡️Yaqin kunlarda navbatdagi ro‘yxat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.

👉Ro‘yxatni yuklab olish

💾 Avvalgi ro‘yxat bu yerda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#so‘ragan_edingiz

📹 kontrakt.edu.uz sayti orqali to‘lov-shartnomasini olish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Foydali

Qadrli talabalar, kanalimiz kuzatuvchilari!

Vaqtingizni mazmunli o‘tkazishingiz uchun respublikamizda mavjud muzeylarga virtual sayohat qilish imkoni taqdim etilmoqda.


@eduuz quyidagi virtual galereyalar orqali koʻplab eksponatlarni yaqindan tomosha qilishni tavsiya etadi.

📱Abdulla Qahhor uy-muzeyiga sayohat

📱O'zbekiston amaliy sanat muzeyiga sayohat

📱Tamara Xonim uy-muzeyiga sayohat

📱O‘zbekiston Davlat Tabiat muzeyiga sayohat

📱O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyiga sayohat

📱Oybek uy-muzeyiga sayohat

📱Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat

📱Shon-sharaf muzeyiga sayohat

📱Qurolli kuchlar muzeyiga sayohat

📱Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga sayohat

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

Айни дақиқаларда Халқаро пресс-клубнинг соғлиқни сақлаш соҳасига бағишланган 2023 йилдаги илк сессияси бўлиб ўтмоқда.

Унда Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва тизим мутасаддилари иштирок этмоқда.

🎥 Сессияни “O’zbekiston 24”, “UzReport” вa “Renessans” телеканаллари орқали ҳамда 👉 мазкур ҳавола👈 орқали тўғридан тўғри томоша қилишингиз мумкин.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

🎷EʼLON!🎯

#Berdaq_xalq_faxri_tanloviga

😊Hurmatli Kanalimiz kuzatuvchilari! 👌
🎤Taʼtilni mazmunli oʻtkazish maqsadida yoshi, hududi va kasb doirasi cheklanmagan onlayn tanlov eʼlon qilamiz.

🎤Kanalimiz Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli Berdaq hayoti va ijodini yoritishga bagʻishlangan "Berdaq xalq faxri" mavzusida onlayn videoroliklar,  maqola, insho, sheʼrlar va rasmlar tanlovi oʻtqiziladi.🏆

🎯Tanlovga ijodiy ishlar qabul qilish 23-yanvarga qadar davom etadi.

🥇🥈🥉Tanlov gʻoliblari TPTI tomonidan sertifikat va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.🏅

Ijodiy ishlar #Berdaq_xalq_faxri_tanloviga heshtegi bilan quyidagi manzilga joʻnatilsin: 👉 @Choriyeva_dilafruz_a


/channel/berdaq_hayoti_va_ijodi

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

⚡️Тошкент шаҳрида ҳам таълим муассасаларида ўқиш 23 январдан бошланади

Тошкент шаҳридаги таълим муассасалари — мактаблар, лицей ва коллежлар ҳамда олий таълим даргоҳларида ўқиш шу йилнинг 23 январидан бошланади.

Тошкент шаҳар ҳокимлиги ҳамда бошқа масъул ташкилотлар томонидан таълим объектларидаги ҳарорат белгиланган меъёрда бўлиши назоратга олиниши маълум қилинди.

Каналга уланиш:
➖@uzauz

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

E’LON!

Oliy, o‘rta-maxsus va professional ta’lim hamda ilm-fanga oid islohotlarga befarq bo‘lmagan tashabbuskor fuqarolarni Ta’lim-fan jamoatchilik kengashiga taklif etamiz!

Kengash a’zoligiga hujjatlar 2023-yilning 25-yanvariga qadar a.yakubov@mininnovation.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Yangi tashkil qilinadigan jamoatchilik kengashiga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan, fidoiy, oliy ta’lim va ilm-fanga oid islohotlarga befarq bo‘lmagan tashabbuskor fuqarolarni bu borada faol bo‘lishga chorlab qolamiz.

👉 Batafsil
👉 На русском

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#foydali

@eduuz tavsiya etadi

Chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yoshlar uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Hozirgi paytda loyihaningibratfarzandlari/videos"> Youtube platformasida chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk, Rus tillari va xorijliklar uchun O‘zbek tili bo‘yicha bepul darslarni onlayn o‘rganish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, tez orada Fransuz, Italyan, Ispan, Xitoy, Koreys va Arab tillari darslari ham platformaga yuklanishi kutilmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xorijiy tillarni 0 dan o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun tavsiya etadi.

👉 O‘zbek tili (xorijliklar uchun);

👉 Ingliz tili;

👉 Nemis tili;

👉 Turk tili;

👉 Rus tili.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#talabaga_qulaylik
#bilasizmi

⚡️Talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin

📌 Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, tizimda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rish mumkin.

❗️Buning uchun:

📲 Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

💳 plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

📑 Davlat xizmatlari bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi” xizmatini tanlang;

🪪 va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

✔️ kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0%) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

➡️ Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

👉Android uchun yuklab oling

👉iOS uchun yuklab oling

➡️ На русском

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube

Читать полностью…

tashpmi_press | rasmiy

#Tabrik

Qadrli vatandoshlar!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻz hayotini ona yurtimizni himoya qilishdek ulugʻ va oliyjanob ishga bagʻishlagan jasur harbiylarni, shu bilan birga, Vatan himoyasi hamda yurt ravnaqi uchun birdek javobgar mard, mehnatsevar, jasoratli, shijoatli, ziyoli, irodali, sadoqatli, adolatli va oilaparvar har bir yurtdoshimizni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал