#OAV_biz_haqimizda
✔️"Ezgulik manzili" aksiyasi Samarqandda koʻtarinki ruhda davom etmoqda.
🖥🖥🖥 telekanali "FAKT 24" dasturi orqali ushbu aksiya tafsilotlari chuqur tahlil qilindi.
✅Batafsil
🌍Web📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube
➡️ BIZ HAQIMIZDA
BIZ TAYYORMIZ 📣
Hammangizni 17:00 da 6-zallda kutib qolamiz, kechga qolmang😉
@tashpmi_press 🤩
@tashpmi_yoshlar 🇺🇿
Talabalar o‘rtasida Intellektual haftalik o‘tkaziladi!
28-31-may kunlari Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual haftalik bo‘lib o‘tadi.
Unda talabalar “Zakovat”, “Breyn-ring” va “Shaxsiy o‘yin” bo‘yicha o‘zaro bellashadilar. Shuningdek, talabalar vaqtni mazmunli o‘tkazishlarini ta'minlash maqsadida haftalik doirasida “Zakovat Quiz”, turli xil master-klasslar va kasbga yo‘naltirishga oid uchrashuvlar tashkillashtiriladi.
Intellektual haftalikda qatnashish uchun yo‘nalishidan qat’i nazar, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlari ariza topshirishi mumkin.
Intellektual haftalikda har bir OTMdan 7 nafar talaba va bir nafar murabbiy ishtirok etadi.
Intellektual haftalikda ishtirok etish uchun ariza “Zakovat intellektual klubi” NNT nomiga, haftalik@zakovat.tv elektron pochta manziliga OTM rektori tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda (PDF formatida) yuborilishi lozim. Arizalar 9-may kuni soat 23:59gacha qabul qilinadi.
Shuningdek, turnirda ishtirok etish uchun zakovatklubi.uz saytidan jamoaviy ro‘yxatdan o‘tish ham talab qilinadi.
Intellektual haftalikda qatnashish istagini bildirgan OTMlar soni 50 dan oshib ketgan taqdirda, Intellektual haftalikning hududiy saralash bosqichi tashkil qilinishi mumkin.
Hududlardagi saralash o‘yinlari faqat “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha o‘tkaziladi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
📣 📣 📣 24-Aprel Chorshanba kuni "Talabalar Bahori" festival doirasidagi sport musobaqalarining ♟Shaxmat va shashka turi bo'cha o'yinlari bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilarni o'z vaqtida kelishlarini talab qilinadi.
O'z vaqtida kelmagan ishtirokchilarga mag'lubiyat yoziladi.
TOSHPTI OLIMLARI XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDA
2024-yil 19-20 aprel kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan “Bolalar xirurgiyasi, anesteziologiya va reanimatologiyada innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Anesteziologiya va reanimatologiya, bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va assistentlari ishtirok etdilar.
Anjuman doirasida institut olimlari quyidagi mavzularda o'zlarining ma'ruzalari bilan faol ishtirok etib, o'zlarining amaliy va ilmiy faoliyatlari natijalari bilan ulashdilar.
1. Satvaldiyeva E.A. – «Хирургический сепсис у детей: Обновленные стандарты диагностики и интенсивной терапии»
2. Kuralov E.- «Периоперационная мультимодальная анальгезия у детей абдоминального профиля»
3. Xodjiev B.F. – «Кардиопротекция у детей при вмешательствах с искусственным кровообращением»
4. Ashurova G.Z – «Бактериологическая характеристика возбудителей педиатрического сепсиса» mavzularida doklad bilan qatnashishdi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI "MILLIY QADRIYATLAR SAYLI"DA
2024-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar sayli”da Toshkent pediatriya tibbiyot instituti burchagidan videolavha.
Milliy qadriyatlar sayliga barchangizni taklif etamiz!
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI "MILLIY QADRIYATLAR SAYLI"DA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
2024-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida adabiy-maʼrifiy haftalikning ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Botir Daminov boshchiligida institut professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqda.
Ma'naviy-ma'rifiy tafbirda folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etib, gʻazal, sheʼrlar va kuy-qoʻshiqlar aytib, adiblarning hayoti, ijodi va faoliyatini namoyon etuvchi koʻrgazmalar tashkil etilgan.
Shuningdek, sayilda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali, Toshkent shahridagi Belarus-O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda Qoraqalpog'iston Respublikasining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari, Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li (Berdaq)ning hayoti va ijodini targ‘ib qiladigan materiallar, sahna-ko'rinishlar va adibning ijodidan parchalar o'qib eshittirilmoqda.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan burchak ko'plab tadbir ishtirokchilarining qiziqishini uyg'otmoqda va e'tiborini tortmoqda.
Milliy qadriyatlar sayliga barchangizni taklif etamiz!
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI TALABALARI O‘RTASIDA
“BREYN RING ” INTELLEKTUAL TURNIRI O'TKAZILDI
2024 yil 16 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O'zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang'ich tashkiloti "Talabalar Bahori" festival doirasida, Intellektual loyihalar koordinatori N.F.Norqo'ziyeva tomonidan talabalar o‘rtasida "Breyn Ring" intellektual turniri o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan turnirda 20 ta institut talabalaridan iborat jamoalar qatnashib, o‘z bilmlari va aql-zakovatini ishga solib savollarga javob berdilar.
"Breyn Ring" intellektual turnir natijalariga ko'ra:
"Katta og'a", "Intellektual", "Pentagon" va "Primus" jamoalari yetakchilikni qo'lga kiritib eng yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutida har haftaning payshanba kuni "Zakovat" intellektual o'yinining bahorgi mavsumi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi.
@tashpmi_yoshlar 🇺🇿
@tashpmi_press 🤩
@daminovbotirturgunpulatovich
⚡️УЧЕНЫЕ ТАШПМИ ПРИНИМАЮТ УЧАСТИЕ В МЕЖДУНАРОДНОМ КОНГРЕССЕ В ИТАЛИИ
С 17 по 20 апреля 2024 года в Италии, в городе Неаполе проходит 34-й конгресс Европейского Общества детских урологов (ESPU).
На этом конгрессе заведующий кафедрой факультетской детской хирургии Ташкентского педиатрического медицинского института, д.м.н. Акмал Рахматуллаев, заведующий кафедрой урологии, детской урологии, д.м.н. Сайданвар Агзамходжаев и сотрудники кафедры выступают с лекциями.
Целью визита является выступление на конгрессе о результатах проводимых практических работ, а также дальнейшее развитие службы детской урологии Узбекистана, изучение и внедрение в практику всех высокотехнологичных и передовых мировых практик на территории Республики Узбекистан, подготовке и переподготовке региональных специалистов.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang'ich tashkiloti Yoshlar Kengashi a'zolari - yo'nalish va fakultet koordinatorlari bilan tanishing:
Rektorining yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi - institut Yoshlar yetakchisi:
Abidov Xasanxodja Alisherovich - Teri-tanosil kasalliklar, bolalar teri-tanosil kasalliklari va OITS kafedrasi assistenti.
Telefon: +998909149966
@khasanabidov
Intellektual loyihalar koordinatori:
Norqo'ziyeva Fotima Ne'matullo qizi - 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 505-1P-guruhi talabasi.
Telefon: +998933061881
@tanimiysiz_baribir
Besh tashabbus loyihalari koordinatori:
Sidiqjonova Muattar Farhodjon qizi - Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 305-DI-guruhi talabasi.
Telefon: +998934949574
@sidiqjonovamuattar
Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori:
Abdugʻaniyev Fazliddin Muhiddin oʻgʻli - 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 320-1P-guruhi talabasi.
Telefon : +998931234578
@fazliddin_muxiddinovich
Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori:
Matkarimov Bekmurod Bardimurotovich - Tibbiy-pedagokika va davolash fakultetining 401-DI-guruhi talabasi.
Telefon: +998979297555
@drMatkarimov
"Yoshlar daftari" va Metsenatlik dasturi koordinatori:
Abdulaxatov Abror Oʻrazali oʻgʻli - 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 312-1P-guruhi tabalasi.
Telefon: +998901066618
@Abdulakhatov_11
Talaba qizlar koordinatori:
Nabiyeva Zuxraxon Ibrohim qizi - Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 305-DI-guruhi tabalasi.
Telefon: +998946865586
@nabiyeva_zuxraxon
1-Pediatriya va xalq tabobati fakulteti koordinatori:
Isomiddinov Alijon Olimjon o'g'li - 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 514-1P-guruhi talabasi.
Telefon: +998911342828
@isomiddinovalijon
2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakulteti koordinatori:
Badriddinov Fazliddin Madaminxon o'g'li - 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 410-2P-guruhi talabasi.
Telefon: +998901199601
@Badriddinov
Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti koordinatori:
Bo’riboyeva Sangina Akrom qizi - Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 305-DI-guruhi tabalasi.
Telefon: +998931045422
@saanginak
Oliy hamshiralik ishi yo'nalishi koordinatori:
Pazilova Iroda Muzaffar qizi - Oliy malakali hamshira fakultetining 202-OHI-guruhi talabasi.
Telefon: +998935601501
@withloveiroda
Magistratura koordinatori:
Hamdamov Javlonbek Baxtiyor o’g’li - Magistraturaning "Otorinolaringologiya" mutaxassisligi bo'ycha 2-bosqich talabasi.
Telefon: +998915080404
@JavlonKhamdamov
@tashpmi_press 🤩
@tashpmi_yoshlar 🇺🇿
TOSHPTIDA AYOL-XODIMLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI
2024-yil 15-aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Xotin-qizlar Maslahat Kengashi a'zolari va psixolog ishtirokida xodimlar uchun davra suhbati o'tkazildi.
Yig'ilishning maqsadi,ayni damda ayollarni qiynayotgan savollari, muammolarini atroflicha o'rganish, yechim topishdan iborat bo'ldi.
Uchrashuvda ayol xodimlar uchun tibbiy ko'riklarni tashkil etish, jumladan nefrolog va boshqa mutaxassislar konsultasiyalarini tashkil etish taklifi bildirildi.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA “KIMYO”, “BIOLOGIYA”, “FIZIKA” HAMDA “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANLARIDAN O‘TKAZILADIGAN RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI O‘TKAZILADI
Oliy ta’lim muassasalarida tegishli ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun joriy yilning 1-10-iyun kunlari “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
Olimpiada ishtirokchilari olimpiada.edu.uz elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalar o‘rtasida 2024-yil 1-10-iyun kunlari o‘tkaziladi.
Olimpiada o‘tkaziladigan joylar:
🔹"Kimyo" fani bo‘yicha – Toshkent kimyo texnologiya instituti;
🔹"Fizika" va "Biologiya" fanlari bo‘yicha – O‘zbekiston milliy universiteti;
🔹"Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha - Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.
❗️Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi haqida vazirlikning rasmiy
sahifalarida va elektron platformada e’lon beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi haqida vazirlikning rasmiy sahifalarida va elektron platformada e’lon beriladi.
☝️Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga imtiyozli qabul qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari mumkin.
☝️Eslatma: Olimpiada bo‘yicha ma’lumotlar bilan olimpiada.edu.uz platformasi orqali tanishib borishingiz mumkin.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️ "MEN UMRIMNI SHU XALQQA TIKKANMAN!"
Xudo menga sogʻlik berib, umr bersa, bizda kambagʻallik va ishsizlik boʻlmaydi. Nimaga desangiz, bunga men 7 yil umrimni tikdim. Tizim yaratdim, qonun yaratdim, dunyoni ochib berdim. Xalqim yaxshi yashasin, niyatlari amalga oshsin, bolalari baxtli boʻlsin, nevaralari sogʻlom tugʻilsin, maktabi ishlasin, yoʻllari ravon boʻlsin deb ishga keldim.
📣 📣 📣 17-Aprel Chorshanba kuni "Talabalar Bahori" festival doirasidagi sport musobaqalarining ♟Shaxmat va shashka turi bo'cha o'yinlari bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilarni o'z vaqtida kelishlarini talab qilinadi.
O'z vaqtida kelmagan ishtirokchilarga mag'lubiyat yoziladi.
⚡️TA'LIM VA TADQIQOT IMKONIYATLARINI KENGAYISH BO‘YICHA SEMINAR: YONSE UNIVERSITETI VA TOSHPTI
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2024-yil 26–aprel kuni faollar zalida (6-son zal) bo‘lib otadigan “Research Support System Introduction Workshop” seminarigа barcha xoxlovchilarni taklif etadi!
O‘quv seminarning maqsadi MNEF loyihasi doirasida YONSEI universiteti bilan tajriba va malaka almashish orqali yosh izlanuvchilar va tadqiqotchilar uchun Toshkent pediatriya tibbiyot institutida (ToshPTI) noyob ta’lim imkoniyatlarini yaratish va ToshPTI Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi xodimlari, "Pediatriya" ilmiy–amaliy jurnalini rivojlantirish guruhi a‘zolari va tadqiqotchilar bilan amaliy tajriba almashishdan iborat.
_
⚡️СЕМИНАР ПО РАСШИРЕНИЮ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ И НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ ВОЗМОЖНОСТЕЙ: УНИВЕРСИТЕТ YONSEY И ТАШПМИ
Ташкентский педиатрический медицинский институт приглашает всех желающих на семинар «Мастер-класс по внедрению системы поддержки научных исследований», который пройдет 26 апреля 2024 года в конферен-зале (зал №6).
Целью семинара является создание уникальных образовательных возможностей для молодых исследователей и исследователей Ташкентского педиатрического медицинского института (ТошПТИ) путем обмена опытом и навыками с Университетом Ëнсей в рамках проекта MNEF, в том числе с сотрудниками Центра поддержки научных исследований ТашПМИ, специалистами научно-практического журнала “Педиатрии”, обмен практическим опытом с членами команды разработчиков практического журнала и отраслевыми исследователями.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Intellektual haftalik nizomi
Musobaqa ishtirokchisi bo‘lgan ko‘plab talabalardan kelib tushgan talab va takliflarni inobatga olib, Intellektual haftalik nizomiga quyidagi yangiliklar kiritildi:
- jamoalarda ikkinchi mutaxassislik, shuningdek, ikkinchi yoki undan ko‘p marotaba bakalavr yoki magistratura bosqichida o‘qiyotgan talabalarga Intellektual haftalikda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi;
- jamoalarda faqat bir nafar professional bilimdon bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Mazkur qoidalar musobaqada adolat va raqobat muhitini ta’minlash, shuningdek yangi bilimdonlarni kashf qilish maqsadida joriy etildi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🤩O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang'ch tashkiloti tomonidan "Talabalar bahori-2024" festivali doirasida "Movie night" talabalar kino kuni o'tkaziladi.
📺 Film: Kung fu panda 4
Tili: Rus tilida
Janr: Komediya
Chiqarilgan: 2024-yil
✍️Joylar soni chegaralangan, joyingizni bron qilishingiz uchun pastdagi akkauntga murojaat qilishingiz mumkin:
✈️@saanginak
⚪️Mutlaqo tekin bo’lgan kino kunimizga hammangizni kutib qolamiz va sizlarni ichimlik va popkornlar bilan mehmon qilamiz 😉
📆Vaqti: 24-aprel soat 17:00 da ToshPTI ning 6-zallida hammangizni kutib qolamiz.
@tashpmi_press🤩
@tashpmi_yoshlar🇺🇿
⚡️TOSHPTI "MILLIY QADRIYATLAR SAYLI"DA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
2024-yil 24-aprel kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida adabiy-maʼrifiy haftalik davom etmoqda.
Tadbirda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari faol ishtirok etmoqda.
Ma'naviy-ma'rifiy tafbirda folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, "Quvnoqlar va zukkolar" (QVZ) o'yini, turli sahna koʻrinishlari namoyish etib, gʻazal, sheʼrlar va kuy-qoʻshiqlar aytib, adiblarning hayoti, ijodi va faoliyatini namoyon etuvchi koʻrgazmalar tashkil etilgan.
Milliy qadriyatlar sayliga barchangizni taklif etamiz!
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI "MILLIY QADRIYATLAR SAYLI"DA
2024-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar sayli”da Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan burchak ko'plab tadbir ishtirokchilarining qiziqishini uyg'otmoqda va e'tiborini tortmoqda.
Milliy qadriyatlar sayliga barchangizni taklif etamiz!
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI "MILLIY QADRIYATLAR SAYLI"DA
2024-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar sayli”da Toshkent pediatriya tibbiyot instituti burchagidan videolavha.
Milliy qadriyatlar sayliga barchangizni taklif etamiz!
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI TALABALARI O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O'YINI O'TKAZILDI
2024 yil 18 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O'zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang'ich tashkiloti Intellektual loyihalar koordinatori N.F. Norqo'ziyeva tomonidan talabalar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining institut bosqichi bahorgi mavsumining to'rtinchi tur o'yini o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinda institut talabalaridan iborat jami 28 ta jamoa qatnashib, o‘z bilmlari va aql-zakovatini ishga solib savollarga javob berdilar.
"Zakovat" intellektual o'yinning mazkur turi natijalariga ko'ra "Katta og'a", "Liderlar", "Intellektual" jamoalari yetakchilikni qo'lga kiritib ushbu oʻyinda eng yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutida har haftaning payshanba kuni "Zakovat" intellektual o'yinining bahorgi mavsumi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi.
@tashpmi_yoshlar 🇺🇿
@tashpmi_press 🤩
@daminovbotirturgunpulatovich
⚡️СТУДЕНТЫ ИЗ КАЗАХСТАНА ПРОШЛИ ОБУЧЕНИЕ В ТАШПМИ
В рамках успешной реализации договора о сотрудничестве между Ташкентским педиатрическим институтом и Медицинским университетом Караганды (Казахстан) и с целью развития программы академической мобильности группа студентов 5-го курса, обучающихся по программе «Общая Медицина» НАО «Медицинский университет Караганда» прошли обучение в Ташкентском педиатрическом медицинском институте.
Обучение будущих специалистов проходило в период с 8 по 19 апреля 2024 года на кафедре Внутренние болезни, нефрологии и гемодиализа.
В течении обучающего периода студентами были прослушаны современные лекции, проведены практические занятия с применением интерактивных методов обучения, симуляционные тренинги, а также студенты активно участвовали на курации пациентов в отделениях и на операциях.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
⚡️TOSHPTI OLIMLARI ITALIYADA XALQARO KONGRЕSSDA ISHTIROK ETMOQDA
2024 yil 17-20 aprel kunlari Italiyaning Napoli shaxrida Yevropa Bolalar urologlari jamiyatining (ESPU) 34 kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu kongressda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Fakultet bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri, t.f.d. Akmal Raxmatullayev, Urologiya, bolalar urologiyasi kafedrasi mudiri, t.f.d. Saidanvar Agzamxodjayev va kafedra xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida ko‘zda tutilgan maqsad nafaqat amalga oshirilayotgan amaliyotlar borasida ma’ruzalar bilan qatnashish, balki O‘zbekistonda rivojlanib borayotgan va o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bolalar urologiyasi sohasini yanada rivojlantirish, dunyo miqyosida bajarilayotgan barcha yuqori texnologik amaliyotlarning bajarilishini o‘rganish va O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish, hududiy mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
⚡️DIQQAT YANGILIK
Bugun 19-aprel soat 20:00 da kanalimiz orqali Ovozli chat boʻlib oʻtadi.
Unda siz institutimizda talabalar uchun ajratilgan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish, talabalar portfoliosi, ta'lim tizimida boʻlayotgan jarayonlar
va boshqa koʻplab oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin .
Ovozli chatimizda spiker sifatida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektorining yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi - O'zbekiston yoshlar ittifoqining institudagi boshlang'ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi Abidov Xasanxo'ja Alisherovich hamda Institutimiz Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari ishtirok etadi.
_
⚡️ВНИМАНИЕ НОВОСТЬ
Сегодня 19 апреля, в 20:00 на нашем канале пройдёт Аудио-подкаст
Во время подкаста будут затронуты темы Материального Поощрения Студентов, Портфолио студентов ТашПМИ, процессы происходящие в системе образования. Кроме того вы сможете получить ответы на многие другие вопросы, которые вас интересуют.
Спикером нашего Аудио-подкаста является Советник ректора по вопросам молодёжной политики — Лидер первичной организации Союза молодёжи Узбекистана в институте Абидов Хасанходжа Алишерович, при участии Координаторов Союза Молодежи.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
TOSHPTI XON-ATLAS FESTIVALIDA ISHTIROK ETDI
2024-yil 17-aprel kuni "O'zbek milliy liboslariga mehr uyg'otish va ommalashtirish, kiyim va kiyinish madaniyatini yuksaltirish milliy moda sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish" maqsadida Xon-atlas festivali bo’lib o’tdi.
Unda institutning xotin-qizlar maslahat kengashi hamda O’zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang’ich tashkiloti koordinatorlari va talaba-qizlar faol ishtirok etildilar.
Milliy liboslar xalqning asriy anʼanalarini mujassam va tarannum etgan muhim vosita hisoblanadi. Dunyo xalqlari ajdodlaridan meros boʻlib qolgan milliy koʻrinish, anʼanalarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratadi. Xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, estetik qarashlari, milliy qadriyatlarimiz tom maʼnoda milliy matolarimizda oʻz ifodasini topib kelayotgani bilan yanada qadrli va ahamiyatlidir.
@tashpmi_yoshlar
@tashpmi_press
🎯 GOOOOOL
🌏 Osiyo kubogi U-23 | 1-tur
🇺🇿 O'zbekiston 1:0 Malayziya 🇲🇾
⚽️ Gol: Jasurbek 11 (p)
📺 @Futbol_tv rasmiy sahifasi
#so‘ragan_edingiz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining @eduuzuniversalbot murojaatlar platformasi orqali akademik ta’til olish tartibi bo‘yicha fuqarolardan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar bilan tanishing.
00:25 Qanday holatlarda akademik ta’til olsam bo‘ladi?
01:13 Grantda o‘qiyman. Akademik ta’til davrida ham menga stipendiya beriladimi?
01:36 Akademik ta’til olish uchun universitetga qanday hujjatlar taqdim qilish kerak bo‘ladi?
03:00 Qizim surunkali kasalligi sababli darslarga 3 haftadan beri qatnasha olmayapti, shu sababli men qizimning o‘rniga akademik ta’til olish uchun ariza yozsam bo‘ladimi?
03:55 Akademik ta’til olish haqidagi murojaat qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
04:30 Men 3-kursligimda sog‘ligimdagi muammolar sababli 1-yilga akademik ta’til olgandim. Hozirda mening yo‘nalishim tugatilgan ekan, men o‘qishimni yana shu yo‘nalishda davom ettira olamanmi ?
05:57 Akademik ta’tildan qaytganimdan keyin universitetga qanday hujjatlar taqdim qilishim kerak?
06:35 Akademik ta’til olsam, bir yilim “kuyadi”mi?
🎞HD variantda ko‘rish
👉Matn shaklida o‘qish
Bizni kuzating
⚡️TALABALARNI MODDIY RAG’BATLANTIRISH UCHUN TANLOV E'LON QILINDI
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2023/2024 o'quv yilining 1-chi semestri natijalariga ko'ra talabalarni moddiy rag'batlantirish uchun tanlov e'lon qiladi.
Eslatib oʻtamiz, “ToshPTI Talabalar portfoliosi” elektron platformasi ishga tushirilgandan beri talabalarni moddiy ragʻbatlantirish tizimi toʻliq elektron formatga oʻtkazildi. Endilikda o‘z yutuqlari uchun moddiy rag‘batlantirish yoki belgilangan qoidalarga muvofiq moddiy yordam olishni xohlovchi talabalar ushbu platformada ro‘yxatdan o‘tishlari va o'z yutuqlari to'g'risidagi tegishli hujjatlarni yuklashlari hamda ularni yangilab turishlari lozim bo'ladi.
Talabalarni rag‘batlantirish uchun hujjatlarni yuklashning muddati 2024-yil 25 aprelgacha.
Agar siz institut tomonidan rag’batlantirilishingizni hohlasangiz, quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz lozim:
1. “ToshPTI Talabalar portfoliosi” elektron platformasida ro‘yxatga olishning barcha bosqichlaridan o‘ting va shaxsiy akkauntingizni oching;
2. Shaxsiy akkauntingizdagi rag'batlantirish mezonlari yo’nalishlari bo’yicha katakchalarni o’rganib chiqing;
3. Shaxsiy akkauntingizdan foydalangan holda, 2023/2024 o‘quv yilining 1-chi semestridagi faoliyatingiz natijalariga ko‘ra moddiy rag'batlantirish olish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning elektron shakllarini (sertifikatlar, diplomlar, maqolalar, tezislar va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar) rag'batlantirish mezonlari yo’nalishlari bo’yicha katakchalarga muvofiq yuklang (PDF formatida imzolangan va muhrlangan holda);
Yuklangan hujjatlarning nomlari quyidagi tamoyilga muvofiq yozilishi lozim:
F.I.Sh._hujjat shakli_berilganligi sababi
Misollar:
– diplom – Abdullayev A.A._diplom_1-oʻrin_xalqaro olimpiada
– sertifikat – Abdullayev A.A._sertifikat_IELTS_7.0
- Maqola - Abdullayev A.A._maqola_xorijiy_OAK
– Tezis – Abdullayev A.A._tezis_xalqaro konferensiya
Izoh: * – hujjatlarni topshirishda talaba taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning haqiqiyligi uchun shaxsan javobgardir. Agar ma’lumot va/yoki hujjatlar soxtalashtirilgan bo’lsa, tanlov natijalari bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq talabaga nisbatan jarimalar qo’llaniladi.
MUHIM! Har semestr va o‘quv yili yakunida platformada institutning TOP-50 eng muvaffaqiyatli talabalarining ochiq ro‘yxati shakllantirilib, institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi.
Ushbu platformadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida “ToshPTI talabalar portfoliosi” elektron platformasidan foydalanish boʻyicha video yo'riqnomalar tayyorlandi, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://cloud.tashpmi.uz/s/TYDiXLpZqdy3s3g
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang‘ich tashkiloti, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlarga murojaat qilishingiz mumkin.
@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩