talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Prezident qarori bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi.

➡️Komiljon Karimov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;

➡️Shahloxon Turdiqulova Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari lavozimiga;

➡️Sarvarxon Buzrukxonov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari lavozimiga;

➡️Olimjon Toʻychiyev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimiga;

➡️Majid Karimov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_yangiliklari

Prezident qarori bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Shuningdek, oʻzbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.

👉 Batafsil ma'lumotni o'qish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Assalomu alaykum, hurmatli talaba-qizlar agarda siz faol va ijodkor bo'lsangiz, sizlarga Dilshoda Umirovaning Telegram kanaliga obuna bo'lishni tavsiya qilaman.

Ushbu kanalda siz:
💎 Prezident stipendiyasi haqida;
💎 Navoiy nomli Davlat stipendiyasi haqida;
💎 Aleksandr Faynberg stipendiyasi haqida;
💎 "Yil talabasi" ko'rik-tanlovining "Yilning eng ijodkor talabasi" nominatsiyasi haqida tanishasiz.
💎 Bundan tashqari 60 ga yaqin ilmiy va ijodiy ishlarni ham topasiz.

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#munosabat

Auditoriyaga kirib hamma oʻtirishi shart degan topshiriq yoʻq — Vazirlik mas’uli

Bugun, 23-yanvardan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini boshlashga ruxsat berildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament rahbari A.Xoliqov ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq tushunmovchiliklar yuzasidan munosabat bildirdi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚠️MCHS ogohlantiradi:

Hurmatli talaba 23-yanvardan boshlab barcha universitet hududida "SESSIYA" xavfi kutilmoqda. Ayrim fanlardan stavka tezligi 100 ming so'mgacha oshishi va buni eshitib sizni mazangiz qochishi mumkin. Pulsiz talabalar uchun QAYTAROPASNO bo'lishi mumkin.
❗️ESLATMA: harajatsiz harakat darajasi 0 ga teng. Iltimos universitet hududida pulsiz yurmang!!!

P.S: Bu shunchaki hazil, o'ylaymizki, hamma iymonli, vijdonli va pora gunoh, haromligini biladi. Kelajagimizni korrupsiyasiz quramiz. Talabalarda ham ayb bor, vaqtida o'qing, izlaning, shunda domlangiz ming poraxo'r bo'lsa ham (bunday domlalar juda kam) siz bahoyingizni olasiz. Nima qilsa ham pora bilan ish bitirmang, bu GUNOH!

🎙 Poraxo'r domlalar uchun

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❓Matematika fanini oʻrganishni istaysizmi?

☝️ Unda siz uchun ajoyib imkoniyat!
☝️ Yangicha metodika yangicha uslubda matematika, ya'ni dunyo fanini o'rganing;
☝️ Darslar 7-8-9-10-11-sinf mavzularidan boshlab oʻqitiladi;
☝️ Sinf oʻquv qoʻllanmalari uchun ham darslar mavjud.

💰 Narxlar juda hamyonbop!
📲 Darslar onlayn tarzda olib boriladi!

Darsga qoʻshilishni xohlagan oʻquvchilar @Mishary_04 profiliga murojaat qiling.

Matematika kanaliga ulanish:
🔹 /channel/onlayn_matematika_01

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Turmush oʻrtogʻining kontrakt toʻlovini toʻlaganda daromad soligʻi toʻlamasligi aytilgandi, shu tartib kuchga kirganmi?

✅ JAVOB:
Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan. Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga koʻra soliq toʻlovchining:
🟢professional taʼlim tashkilotlarida;
🟢oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

🟥Bu imtiyoz soliq toʻlovchi:
🟢oʻzi uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan farzandlari uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan turmush oʻrtogʻi (eri yoki xotini) uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirgan summasiga qoʻllaniladi.

☝️Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari ajratgan taʼlim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

❌ Bu imtiyoz soliq toʻlovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uchun qoʻllanilmaydi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🚅Talabalar xarid qilgan temir yoʻl chiptalari bepul almashtirib beriladi

Chiptalarga chegirma va bepul almashtirib berish muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

🟥Professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalari uchun qishki taʼtil muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryoʻl poyezdlariga qoʻshimcha joylar soni yanada koʻpaytirilib, xarid qilingan yoʻl chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, tezyurar va yoʻlovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.

Barcha temiryoʻl kassalarida talaba-oʻquvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki taʼtil yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin boʻladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

O‘zbekistonda ish haqining bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘lash rejalashtirilmoqda

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bu tartib qaysi turdagi ishchilar uchun amal qilishini tushuntirdi

Bu tartib qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uy ishchisini oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash uchun amal qiladi.

🟥Bunda, quyidagi talablar mavjud bo‘lishi belgilanmoqda:
🟢Xodim rozi bo‘lishi, ya’ni ish haqini natura shaklida to‘lash mehnat sharnomada ko‘rsatilishi;
🟢Xodimning oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo‘lmasligi;
🟢Xodim shaxsiy iste’moli va uning oilasi uchun mos va foydali bo‘lishi;
🟢Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan tovar narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lmasligi;
🟢Uy ishchisining ish beruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan tovar haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda taqdim etilmasligi lozim.

Loyiha bo‘yicha ish haqini natura shaklida haq to‘lash mumkin bo‘ladigan holatlar faqatgina yuqorida ko‘rsatilgan 2 ta holatda ruxsat etilishi mumkin boshqa sohalarda va boshqa xodimlar toifalariga ish haqini natura shaklida to‘lash taqiqlanadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ IELTS o‘qish uchun yoshlarga 500 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdori 900 million so‘m!

— Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 500 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.

✅ Ushbu tanlovda Respublikamizda tahsil olayotgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

🏆 Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus ta'lim Granti, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

👉 Batafsil ma'lumot

📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

👨🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
▪️
@Registan_grant_bot
▪️ @Registan_grant_bot

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💪 O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Olmazor tumani "Talabalar shaharchasi"ning 3ta hududida maxsus shtab (harbiy dala oshxonasi va chodir) tashkil etildi.

👉 1-manzil lokatsiyasi
👉 2-manzil lokatsiyasi
👉 3-manzil lokatsiyasi

Mazkur chodirda ishchilar va aholi isinishlari, issiq ovqat olishlari, mobil qurilmalarni quvvatlantirishlari mumkin.

Mazkur shtabning asosiy vazifalaridan yana biri bu muhtoj insonlar va TTJdagi talabalar uchun yegulikni taʼminlab berishdan iborat. Shu maqsadda kecha osh damlanib, aholiga tarqatildi.

🟥Bugun va ertaga ham aholi uchun osh damlab, 1-manzilda 13:00 da, 2-manzil va 3-manzillarda 18:00 da tarqatish reja qilingan.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

БУХОРОДА ОСИЁ ХАЛҚАРО УНИВЕРСИТЕТИ ҚИШГИ
ҚАБУЛИ БОШЛАНДИ!

Таълим йўналишлари:
- Иқтисодиёт
- Молия
- Педагогика ва психология
- Бошланғич таълим
- Мактабгача таълим
- Инглиз тили ва адабиёти
- Тарих
- Жисмоний Маданият
- Компьютер технологияси
- Кончилик иши
Тиббиётнинг:
-Даволаш иши -Стомотология
-Фармацевтика

Талим тури: Сиртқи ва Кундузги
Магистратура хам мавжуд!
✅2-курсга хам қабул давом этади.

☎️ +998553050009
www.oxu.uz
@oxu_uz
Манзил: Бухоро шаҳри, Гиждувон кўчаси, 74- уй.
(Мўлжал: Автовокзал)

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥Eslatma: To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lashning oxirgi muddati 20-yanvar

2022/2023-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilangan.

Bu uzaytirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga:

🔴to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar;
🔴o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
🔴va qayta tiklangan talabalar uchun.

👉 Shartnomalarni onlayn olish videoqoʻllanmasi

Ushbu munosabat bilan, talaba-yoshlardan to‘lov-kontrakt mablag‘larini joriy yilning 20-yanvar kunidan kechiktirmasdan to‘lashlari so‘raladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#rasman

❗️Sirdaryo viloyatida bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi.

❗️Navoiy viloyatidagi davlat bog’chalari 19-yanvardan to’liq o’z ishini boshlaydi.
🟢Viloyatdagi maktab, oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari haqida hozircha yangilik yo’q, amaldagi qarorga ko’ra, ularda ertaga 18-yanvardan o’qishlar boshlanishi kerak.

🟥Faqatgina Samarqand, Jizzax va Farg'ona viloyatlarida o'qish muddati e'lon qilinmadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Toshkent viloyatida va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ham o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadigan bo‘ldi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🇺🇿 Tata Steel Chess – 2023. Nodirbek Abdusattorov soʻnggi turdagi magʻlubiyat sabab musobaqani 2-oʻrinda yakunladi. Javohir Sindorov oʻz guruhida uchlikka kirdi

➡️Niderlandiya mezbonligida oʻtgan Tata Steel Chess – 2023 musobaqasida Masters turnirida ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov 13-turda mezbon shaxmatchi Yorden van Forestga qarshi dona surdi. Oq donalarda harakat qilgan Nodirbek afsuski magʻlubiyatga uchradi va 8 ochko (4 gʻalaba, 8 durang, 1 magʻlubiyat) bilan musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunladi. Bu turga qadar u turnir peshqadami sifatida kelayotgandi.

8,5 ochko bilan Anish Giri musobaqa gʻolibiga aylandi. Musobaqa davomida Abdusattorovga magʻlub boʻlgan amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (8) esa kuchli uchlikdan joy oldi.

➡️Chellenjer guruhida ishtirok etgan Javohir Sindorov esa soʻnggi turda niderlandiyalik Tomas Berdsenni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. Ushbu gʻalabadan soʻng Sindorov ochkolarini 8.5 taga yetkazib oldi va Chellenjer guruhida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#xulosa _sizdan

🟥Bahosi uchun domlaga pul berish, olish va imtihon, sessiyadagi kelishuvlar gunohi to‘g‘risida!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🔥 Prezident farmoniga muvofiq, hukumatga boʻysunadigan vazirlik va mustaqil maqomga ega idoralar soni jami 26 ta etib belgilanmoqda (ular tarkibiga kirgan barcha qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta), shu jumladan:

🟢vazirliklar – 21 ta;
🟢qoʻmitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;
🟢agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;
🟢inspeksiyalar – 11 ta.

❗️Vazirlik va idoralarda byudjet va nobyudjet mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz). Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari oʻrinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.

❗️Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilanmoqda. Vazirlik va idoralarning nobyudjet mablagʻlaridan qoʻshimcha boshqaruv shtatlarni kiritish qatʼiy taqiqlanmoqda.

❗️Dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositalari va 10 ta binolar boʻshamoqda. Vazirlik va idoralarda shtatlar sonini qisqartirish hisobiga 1,5 trillion soʻm tejab qolinadi. Xizmat mashinalaridan esa 70 mlrd soʻm tejalishi prognoz qilinmoqda.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠Talaba ishlashi mumkinmi?

Ha, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov yo‘q. Ya’ni Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan esa sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

☝️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-buyrug‘i (afsuslar bo‘lsinkim, ushbu hujjat rus tilida)ning 50-bandida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talaba bemalol ishlashi mumkin. Faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida.

TalabaYoshlarObuna bo'lishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#xalqaro_universiada

AQShda o‘tayotgan XXXI Butunjahon qishki universiada xalqaro sport o‘yinlarida 13 nafar talabamiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda

Ayni kunlarda «Qishni asraylik!» shiori ostida Adirondak tog‘larida joylashgan Leyk-Plesid shahrida o‘tayotgan xalqaro universiada o‘yinlarida dunyo mamlakatlarining 540 dan ortiq oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan 1 443 nafar talaba-sportchi qatnashmoqda.

Quvonarlisi, universiada o‘yinlarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetlarining 6 nafardan, Toshkent farmatsevtika institutidan 1 nafar talabamiz faol ishtirok etmoqda.

Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan barcha sportchilarimizga omad tilaymiz!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#TEZKOR

⚡️O‘qish 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi

Joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓Shartnoma to'lovining ohirgi kunini kutmasdan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida shartnoma to’lovini onlayn - Zoomrad ilovasi yordamida amalga oshiring! Eng muhimi tez va hech qanday komissiyalarsiz.

To'lovni amalga oshirish uchun: Ilovada “shartnoma to‘lovi” xizmatini tanlang, talabaning JShShIR raqamini kiriting, ilovaning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma bo‘yicha qarzdorlik haqidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

📱Zoomrad ilovasini yuklab olish uchun:
IOS | Android

* * * * *

🎓Оплачивайте контракты в ВУЗах Узбекистана не дожидаясь последнего дня оплаты. С помощью приложения Zoomrad теперь это очень просто, быстро, а главное и без комиссий.

Чтобы произвести оплату, Вам необходимо выбрать раздел «Оплата контракта», далее ввести ПИНФЛ студента, после чего приложение само найдёт всю необходимую информацию об учебном заведении и задолженности по договору.

📱Скачать приложение Zoomrad:
IOS | Android

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Yaponiya dunyoning eng rivojlangan (texnologiyalardan bilamiz), madaniyatli (futbol orqali koʼrganmiz) mamlakatlaridan biri. Oʼrganadigan jihatlarimiz koʼp.

Kunchiqar oʼlkada oʼqishni yoki ishlashni koʼpchilik niyat qiladi.
Shunday ekan, koʼhna Samarqand shahridagi Yaponiya standartlariga asoslangan xalqaro universitetga GRАNT asosda oʼqishga kirib, keyinchalik Yaponiyada ishlash imkoniyati haqida xabar bermoqchimiz:

💠 Japanese International University (JIU) Yaponiya Xalqaro universitetida:

- Biznes boshqaruv, moliya, IT, pedagogika va turizm kabi zamonaviy bilimlarni egallaysiz.

Universitetning 2023 yil bahor semestriga qabul boshlandi. Bu orqali Yaponiyada yiliga 30,000$ gacha maoshli ishga ega boʼlishingiz mumkin boʼladi.

🧑🏻‍🎓 JIU universitetida oʼqish va nufuzli kompaniyada ishlash uchun nima qilish kerak? Birinchi qadam - roʼyxatdan oʼting

👉🏻 https://jiuuz.info/rktlbysh

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar bo‘yicha navbatdagi ro‘yxat tasdiqlandi

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.

➡️Yaqin kunlarda navbatdagi ro‘yxat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.

👉Ro‘yxatni yuklab olish

💾 Avvalgi ro‘yxat bu yerda

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Soʻragan_edingiz

🇺🇿 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifa izohlarida qoldirilgan savollarga javoblar
_________________________

❓SAVOL: Magistratura qishki qabul natijalari qachon eʼlon qilinadi?
JAVOB: Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tekshirish maʼlum vaqt talab etishini inobatga olib, natijalar fevral oyining birinchi 10 kunligida eʼlon qilish rejalashtirilgan.
_________________________

SAVOL: Kontrakt-shartnomalarini qayerdan olsam boʻladi?
✅ JAVOB: Toʻlov-shartnomalarini kontrakt.edu.uz sayti orqali olish mumkin. Saytdan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bu yerda.
_________________________

SAVOL: Oʻqishimni Tojikistondagi universitetdan perevod qilmoqchiman. Hozir hujjatlarimni topshirsam boʻladimi?
✅ JAVOB: Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlaridan mamlakatimiz davlat OTMga oʻqishni koʻchirish amaldagi tartibga muvofiq, faqat iyul-avgust oylarida tashkil etiladi.

🟢Qishki davrda esa 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishni koʻchirishga ruxsat beriladi. Maʼlumot oʻrnida, uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan 20-yanvarga qadar qabul qilinadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Elektr toki faqat bizda o’chadimi?

💡 Angliya ligasidagi “Vulverxempton” va “Liverpul” o’rtasidagi o’yinning dastlabki daqiqalarida stadionda elektr chiroqlar o’chib qoldi. Bu vaqtda “Vulverxempton” futbolchisi Traore o’ng qanotdan hujum qilayotgan edi.

Do’stlar xafa bo’lmang! Elektr faqat O’zbekistonda emas Angliyada ham o’chib turadi. Faqat Angliyada qayta tez yonar ekan. Bizda …. kutasiz

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yaxshi_kayfiyat

👨‍🏫 Orzuingdagi domla!

Har bir oliygohdagi talabalarning shunday orzusi bo'lsa kerak.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥Talabalar diqqatiga!

Samarqand va Farg'ona viloyatlaridan tashqari boshqa barcha viloyatlarda qishki ta'til 23-yanvarga qadar uzaytirildi. Shu munosabat bilan:

🟢Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va o‘quvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi.

🟢Temiryo‘l poyezdlariga qo‘shimcha joylar soni yanada ko‘paytirilib, xarid qilingan yo‘l chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, 50 foizli chegirma sotuv muddati ham uzaytiriladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida ham bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ham o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadigan bo‘ldi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#rasman

📌 Buxoro, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…
Подписаться на канал