talabayoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Подписаться на канал

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo'lgan talabalar ro'yxati

🟥2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tayinlandi.

👉Prezident stipendiantlari ro'yxati

👉Navoiy stipendiyasi g'oliblari

👉Islom Karimov stipendiyasi g'oliblari

👉Beruniy stipendiyasi g'oliblari

👉Mirzo Ulug'bek stipendiyasi g'oliblari

👉Ibn Sino stipendiyasi g'oliblari

👉Imom al-Buxoriy stipendiyasi g'oliblari

👉Ibroyim Yusupov stipendiyasi g'oliblari

👉To'lepbergen Qaipbergenov stipendiyasi g'oliblari

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga sazovor talabalar ma'lum bo'ldi

🟥2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tayinlandi.

Jami 72 nafar talabalar Prezident davlat stipendiyalari sohib va sohibalariga aylanishdi. Stipendiantlar ro'yxati ushbu jadvalda ko'rsatilgan.

🟥2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tayinlandi.

👉Prezident stipendiantlari ro'yxati

👉Navoiy stipendiyasi g'oliblari

👉Islom Karimov stipendiyasi g'oliblari

👉Beruniy stipendiyasi g'oliblari

👉Mirzo Ulug'bek stipendiyasi g'oliblari

👉Ibn Sino stipendiyasi g'oliblari

👉Imom al-Buxoriy stipendiyasi g'oliblari

👉Ibroyim Yusupov stipendiyasi g'oliblari

👉To'lepbergen Qaipbergenov stipendiyasi g'oliblari

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Samarqandning ayrim hududlarida oʻquvchilar qishki taʼtildan ertaroq qaytadi

Sentabr oyidagi SHHT sammiti sababli navbatdan tashqari taʼtil berilgan maktab oʻquvchilari qishki taʼtildan boshqa joylardagiga nisbatan ertaroq qaytadi. Bu haqda viloyat xalq taʼlim boshqarmasi xabar bermoqda.

🟥Qarorlarda qoldirilgan dars soatlari oʻquv yili davomida beriladigan taʼtillar hisobiga qoplanishi belgilangan. Shunga koʻra, 9, 10, 12, 13, 14-sentabr kunlari qoldirilgan darslar oʻrni qishki taʼtil kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, (5, 6, 7, 9, 10-yanvar kunlari) jami 5 oʻqish kuni hisobidan toʻldiriladi.

Avvalroq maktab oʻquvchilari uchun ta'tildan keyingi oʻqish 2023-yilning 11-yanvaridan boshlanishi maʼlum qilingandi.

Samarqanddagi OTMlarda hech gap yo'qmi? Aslini olganda oliygohlar mustaqil bo'lgach, xuddi TKTIga o'xshab, ta'til vaqtini ham o'zi belgilashi mumkin.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#rasmiy_bayonot

Magistratura qishki qabulidagi yengillik tizimdagi islohotlardan qaytish emas, balki abituriyentlarga berilgan qo‘shimcha imkoniyat

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabuli yuzasidan rasmiy bayonoti

📄 Bayonotni matn shaklida o‘qish👈

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_so'rovnoma

🚓 Hozirgi kunda ko'chalarimiz mashinalar bilan to'lib, tirbandliklar ortib bormoqda. Bu yo'llardagi avtohalokatlarning ham oshishiga olib kelmoqda. Avariyalarning aksariyatida haydovchilar aybdor bo'lsa, ba'zilariga piyodalarning qonunbuzishlari sabab bo'lyapdi.

❓Xo'sh siz nima piyodalarning yo'l harakati qoidalariga amal qilishlarini 5 ballik tizimda qanday baholaysiz?

So'rovnomani do'stlaringizga ham ulashing, qani ko'raylikni yakuniy ball qanday bo'lar ekan?

👉 So'rovnomaga ovoz berish

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️"Talaba"ning haftaligi:

🟢Dushanba bugun og‘ir kun demak, dam olamiz.
🟢Seshanba – og‘ir kundan so‘ng dam olmasak bo‘lmas.
🟢Chorshanba – Gagarinni oyga uchganini nishonlaymiz.
🟢Payshanba – haftaning qoq o‘rtasi bugun o‘qisak charchaymiz.
🟢Juma – shunday ulug‘ kunda o‘qiymizmi?
🟢Shanba – kichik sinflardan nima kamimiz bor, o‘qimaylik.
🟢Yakshanba – iyee hamma dam oladi. Biz o‘qiymizmi ?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❄️ Talabalar qishdan zavqlanmoqda

☃️ O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda
Toshkent moliya instituti talabalaridan @talabayoshlar kanali uchun maxsus videorolik

Mazza bo'lsa kerak-aa, bekorga aytishmaydi:
"Talabalik – oltin davrim" deb... Anchadan yillardan beri qishda qor kam bo'layotganiga bu yilgi qor o'zgacha kayfiyatda kutib olindi. Siz kursdoshlaringiz bilan qor o'ynashga ulgurmagan bo'lsangiz, qorlar erib ketmasidan ulgurib qoling!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❄️ Talabalar qishdan zavqlanmoqda

Kursdoshlar bilan mazza qilib qorbo'ron o'ynayotganlar bormi? Qorbobo-chi yasadingizmi?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👏 Ijtimoiy tarmoqlardagi keng muhokamalardan so'ng, matonatli amputant futbolchilarimizga Prezident sovgʻalari topshirildi

🏆 Milliy Paralimpiya qoʻmitasida amputant futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Jamoatchilikning kesin e’tirozlaridan so‘ng 5 karra jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston amputantlar milliy jamoasining 15 nafar a’zosiga Cobalt avtomobili berildi.

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Talabalarga nega nol baho qoʻyilmaydi

Universitetlardan birida oʻqiyotgan talaba shunday hikoya qiladi:
— Universitetlardagi koʻplab imtihonlarda qoʻyiladigan eng yuqori baho besh boʻladi. Agar talaba biror bir savolga javob bera olmay imtihon varaqasini oppoq holda topshirsa ham u ikki baho oladi. Universitetda oʻqishni boshlagan ilk kunlarimning birida bunday baholash tizimini bilmasdim. Ustozimdan soʻradim: «Hech bir savolga javob bera olmagan talabaning ikki baho olishi aqlga toʻgʻri keladimi? Nega u nol baho olmaydi. Shunday qilinsa mantiqan toʻgʻri boʻlmaydimi?»

Ustoz shunday javob berdi:
🟢Qanday qilib, unga nol baho qoʻyamiz. Axir u insoniyatning bir vakiliku.
🟢Qanday qilib, unga nol baho qoʻyamiz. Vaholanki, u barcha maʼruzalarda qatnashish uchun ertalab soat 7.00da uygʻonadiku.
🟢Qanday qilib, unga nol baho qoʻyamiz. Vaholanki, u qahraton sovuqda koʻchaga chiqib, jamoat transportiga minib, imtihonga oʻz vaqtida yetib kelib, savollarga javob topishga harakat qiladiku.
🟢Qanday qilib, unga nol baho qoʻyamiz. Vaholanki, u oʻqish uchun tunlarni bedor oʻtkazdi, ruchkalar, daftarlar uchun pul sarf qildi, darsda foydalanish uchun kompyuter sotib oldi.
🟢Qanday qilib, unga nol baho qoʻyamiz. Vaholanki, u ilm oʻrganish uchun barcha qiyinchiliklarga bardosh berdiku.

☝️Biz bu yerda talabaga imtihon savolining javobini bilmagani uchungina nol baho qoʻya olmaymiz. Biz u talabani kamida inson boʻlgani, aqlli boʻlgani, ilm uchun moddiy va jismoniy imkoniyatlarini safarbar etgani uchun qadrlaymiz. Biz qoʻyadigan ikki baho faqatgina imtihonning bahosi emas, balki bu baho oʻsha talabaning odam naslidan ekanligini taqdirlash uchun ham qoʻyiladi.

©️Tarjimon Nozimjon Hoshimjon

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#rasmiy_xabar

❄️ Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi.

Shuningdek, talaba va oʻquvchilarni qishki taʼtil vaqtida doimiy yashash joylariga borib kelishini tashkil etishga yaqindan yordam berish uchun OTMda Ishchi guruhlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida esa alohida shtab tuziladi.

👉Matn shaklida o‘qish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 600.000 so'm nafaqa puli beriladi

🟥"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

➡️Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

☝️Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (600.000 so'mni) tashkil etadi.

📑 Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

🔴OTM rektori nomiga ariza;
🔴Pasport nusxasi;
🔴Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

❗️Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Talabalar to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!

🔰 Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

🟢o‘z mablag‘lari;
🟢jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
🟢yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

⚠️ To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

📝 Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

🔴 to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
🔴bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
🔴OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
🔴pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❗️Magistraturaga qishki qabul 20-dekabrdan boshlanadi. Xorijiy til sertifikati albatta boʻlishi kerak, faqat minimal daraja hozircha talab etilmaydi

🟥2022/2023 oʻquv yili uchun davlat OTMlari magistraturasiga qishki qabul 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn boʻlib oʻtadi. Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi. Yaʼni bu safar ham kirish imtihonlari boʻlmaydi.

Xorijiy sertifikat boʻyicha istisno qilinadi

🟢Tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

🟢Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilgan sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Bu nima degani?

🔴Demak, qishki qabulda ham til bilish darajasini belgilovchi sertifikat soʻraladi. Sertifkatsiz qabul boʻlmaydi. Ammo minimal talab boʻlmasa ham istisno qilinadi. Amaldagi tartibga koʻra, abituriyent filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega boʻlish kerak. Endilikda, masalan, B1 darajali sertifikat bilan ham magistraturaga kirsa boʻladi.

🔴Asosiy sharti, toki oʻqishni tugatguncha, talab etilgandek C1 yoki B2 sertifikat olishga majbur. Yoʻqsa yakuniy attestatsiyaga kiritilmaydi. Boshqacha aytganda, toki kerakli sertifikatni olmaguncha magistr diplomi berilmaydi.

©️Xushnudbek Xudoyberdiyev

TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#qulaylik

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi talabalar va abituriyentlarni 2022-yil qabuli bo‘yicha qiziqtirgan eng muhim maʼlumotlarni oson topish mumkin bo‘lgan Telegram bot faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

#bakalavr
🟢 2022-2023 o‘quv yili o‘tish ballari (yo‘nalishlar bo‘yicha);
🟢 fanlar majmuasi—2022;
🟢 qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
🟢 OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h).

#magistratura
🔵 fanlar majmuasi—2022;
🔵 qabul kvotalari—2022
🔵 oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

#shuningdek:
🔴xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
🔴professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha kvotalar va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

👉 Batafsil: @eduuzuniversalbot

TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo'lgan talabalar ro'yxati

🟥2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tayinlandi.

🟥2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tayinlandi.

👉Prezident stipendiantlari ro'yxati

👉Navoiy stipendiyasi g'oliblari

👉Islom Karimov stipendiyasi g'oliblari

👉Beruniy stipendiyasi g'oliblari

👉Mirzo Ulug'bek stipendiyasi g'oliblari

👉Ibn Sino stipendiyasi g'oliblari

👉Imom al-Buxoriy stipendiyasi g'oliblari

👉Ibroyim Yusupov stipendiyasi g'oliblari

👉To'lepbergen Qaipbergenov stipendiyasi g'oliblari

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

➡️Prezident davlat stipendiyasi72 nafar;

➡️Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi 100 nafar;

➡️Navoiy nomli davlat stipendiyasi234 nafar;

➡️Beruniy nomli davlat stipendiyasi95 nafar;

➡️Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi26 nafar;

➡️Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi 22 nafar;

➡️Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi3 nafar;

➡️Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi 8 nafar;

➡️To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi 6 nafar.

✍️Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#abituriyentlar_diqqatiga

⚡️ 2023-2024-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi

✅ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi oʻtkaziladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 Talabalar uchun chegirmali qatnov chiptalari e’lon qilindi

Qishki ta’til munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga 22-dekabrdan 10-yanvargacha mahalliy yo‘nalishdagi temir yo‘l hamda Uzbekistan Airways tomonidan 50 foiz chegirma taqdim etiladi.

Buning uchun ulardan o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-karta so‘raladi. Mazkur chegirmalar faqat talabalar uchun 22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Oʻqishni_koʻchirish

⚡️Uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolar DIQQATIGA!!!

Prezidentning 279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Hududiy ishchi guruhlar 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (oʻsha kuni ham) faoliyat koʻrsatadi.

🟥Yuqoridagi qarorga asosan fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga koʻra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:

🟢talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun;
🟢davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
🔴oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
🔴talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
🔴pasport nusxasi;
🔴yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🧑‍🏫 Ustozlardan biri talabalarga savol berdi. Talabalardan biri bu savolga javob berdi. Afsuski, uning javobi xato edi. Ustoz «javobing xato» degan jumlani ishlatishdan oʻzini tiydi-da, oʻquvchining ilmga boʻlgan ragʻbati oʻsishiga sababchi boʻlish maqsadida «toʻgʻri javobga yaqinlashding, yana kim urinib koʻradi» degan jumlani ishlatdi.

Boshqa bir ustoz esa talaba xato javob berganda «bu javobing men bergan savolga emas, balki boshqa savolga toʻgʻri javob hisoblanadi», dedi.

☝️Ustozlarning bu uslubi talabani kursdoshlari oldida izza qilmaslik, uning qalbini parchalamaslik, shaxsiyatini yerga urmaslik, aksincha talabaning ilmga boʻlgan intilishi yana ham kuchayishiga sababchi boʻlish uchun qoʻllangan edi.

Sizga ta'lim beradigan ustozlaringiz bunday holatlarda siz talabalarga qanday munosabatda bo'lishadi?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️ БУХОРОДА ОСИЁ ХАЛҚАРО УНИВЕРСИТЕТИ
қабули давом этади!


Бакалаврда таълим йўналишлари:
1.Иқтисодиёт 2.Молия
3.Педагогика&Психология
4. Бошланғич таълим
5. Мактабгача таълим
6.Инглиз тили ва адабиёти
7. Тарих 8. Кончилик иши
9. Жисмоний Маданият
10. Компьютер технология
11. Даволаш иши
12. Стоматология
13. Фармацевтика

Магистратурада: 14.Иқтисодиёт, 15.Педагогика 16.Бошланғич таълим
Битувчиларга давлат намунасидаги диплом берилади!

Сиртқи таълим: 12 млн сўмдан.
Таълим тури: Сиртқи ва Кундузги.

Қўшимча маълумот учун:

+998712050009
Сайт: www.oxu.uz
Телеграм: @oxu_uz
Манзил: Бухоро шаҳри, Гиждувон кўчаси, 74- уй.
(Мўлжал: Автовокзал, Хўжалик Суди тўғрисида)

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Bilasizmi
⚡️Talabalar kelajagi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar

🌐 Harvard universiteti qoshidagi tadqiqot guruhining hamraisi Toni Vagnerning fikriga ko‘ra, quyidagi 7 ta muhim koʻnikma har qanday talabaning kelajagi uchun zarur hisoblanadi:

🔵Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati;
🔵Tarmoqlararo hamkorlik va yetakchilik;
🔵Epchillik va moslashuvchanlik;
🔵Tashabbuskorlik va tadbirkorlik;
🔵Ogʻzaki va yozma muloqot mahorati;
🔵Axborotni tahlil qilish koʻnikmasi;
🔵Qiziquvchanlik va kreativlik.

❓Sizda shu koʻnikmalarning qaysi biri rivojlangan? Qaysilarining ustida ishlashingiz kerak?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_tanlov

👸 “Ayollar tanlovi”da ishtirok eting va eng sara, qimmatbaho sovg'alardan birini yutib oling.

🎁 Tanlov 10-dekabr kuni soat 20:00 gacha davom etadi va tanlovda eng ko'p ball yig'gan 10 nafar ishtirokchi qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi:
🔵1-o'rin — Oshxona anjomlar to'plami;
🔵2-o'rin — Ko'p funksiyali dazmol;
🔵3-o'rin — Oshxona anjomlar to'plami;
🔵4-o'rin — Elektr choynak;
🔵5-o'rin — Elektr dazmol;
🔵6-o'rin — Soch quritish vositasi (fen);
🔵7-o'rin — Soch uchun dazmol;
🔵8-o'rin — Mikser;
🔵9-o'rin — Elektr tefal;
🔵10-o'rin — Keks, tort qoliplar to'plami.

😍 Bundan tashqari tanlov davomida kamida 10 ball yig'gan ishtirokchilar ichidan 20 nafari ham qo'shimcha sovg'a qish faslida issiqqina kofe yoki choy olib yurish uchun qulay termos bilan taqdirlanadi.

❤️Hurmatli ayol-qizlar tanlovda faol bo‘ling va qimmatbaho sovg'alardan birini yutib oling. Barchaga omad!

👉TANLOVDA ISHTIROK ETISH👈

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💰Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi!

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

❓Kimlarga beriladi?
🟢Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
🟢Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?
🟢Kunduzgi, sirtqi, kechki;
🟢Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?
🟢Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?
🟢Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7-yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7-yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?
🟢bankka ariza;
🟢shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
🟢talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.
➡️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Ta'lim kreditini olgan qizlar bormi? Qolganlarga ham nol foizdagi kreditni qanday olish mumkinligi haqida tushuntiringlar, ularga ham foydasi tegsin.

TalabaYoshlarTalaba-qizlarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❄️ Talabalar shaharchasi oppoq qorga burkandi!

🌨 Bugun respublikamizning deyarli barcha hududlariga oq gilam toʻshaldi. Bu yil qish fasli oʻtgan yillardan farqli ravishda oʻzining oppoq qorlari bilan boshlandi. Media jamoamiz bugungi tonggi hissiyotlarni siz bilan ulashmoqchimiz.

🟥Operator va montaj ustasi: @Ozodov_Mirafzal

Baribir qish qor bilan qiziq, shunday emas-mi? Yigitlar qizlarni qorboʻron qilib, hafa qilish boʻlmasin-aa. Koʻchalarda ehtiyot boʻlib yuringlar.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

FutbolTV o‘rniga yangi kanal efirga uzatilmoqda...

➡️Bugun e'tibor berib qoldim. FutbolTV telekanali o‘z faoliyatini tugatibdi. Uning o‘rniga o‘zbek va jahon estradasi yulduzlari ishtirokidagi kliplar, sport, kino, ko‘ngil-ochar ko‘rsatuvlar namoyish etadigan yangi telekanal ish boshlabdi. 

Aytishlaricha, yangi telekanal 1-dekabrdan boshlab efirga uzatilishni boshlagan.

🤦‍♂ O‘zim ham hayron bo‘lgandim, futbol kanali bo‘laturib, nega Mahalla telekanalida Jahon chempionatini ko‘rsatyapti deb. O‘zi futbol ko‘rsatadigan bittagina kanal bor edi, shuni ham ko‘p ko‘rishdi...

© Izzatxo'ja Asomiddinov

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Statistika

📲 Qancha vaqt onlaynsiz?

🟥Dunyo bo‘yicha o‘rtacha hisoblaganda, sutkasiga 5 soat umrimizni smartfonning ekraniga qadalib o‘tkazar ekanmiz. Insonlarning 26 foizi uchun esa bu ko‘rsatkich allaqachon 7 soatdan oshgan!

☝️Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, inson ekran vaqtining yarmini ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda o‘tkazar ekan. Hatto, bu kuniga 2,5 soat bo‘lsa ham, bir oy ichida mashhurlar hayotini kuzatish, storislardagi ma’nisiz so‘rovlarda qatnashish, birovning ta’tilda tushgan fotosuratlarini sharhlash, ob-havodan nolish uchun ishimizning to‘liq uch kunini “o‘ldirar” ekanmiz.

Siz kuniga necha soat vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazasiz? Aldamay rostini ayting-chi. Yuqoridagi statistika qanchalik to'g'ri ekan, bilamiz...

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Respublika Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga Qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalarni e'lon qildi!

🎓Talabalar uchun “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ kompaniyasi 2022-yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvariga qadar mahalliy qatnovlar chiptalari uchun 50 foizlik chegirma eʼlon qildi

🟢Chiptalarni sotib olish uchun pasport va talabalik guvohnomasi bilan temir yoʼl kassalariga tashrif buyurish yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda chipta.railway.uz saytidan foydalanish mumkin.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
🟢Aloqa markazi: 1005
🟢Ishonch telefoni: +998 71 299 94 50
🟢Telegram: t.me/uzrailpassuz

TalabaYoshlarO'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📌 Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

🔵mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔵bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 so'm;

🔵pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 324 000 so'm;

🔵yoshga doir eng kam pensiyalar – 633 000 so'm;

🔵bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 698 000 so'm;

🔵zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 500 000 so'm;

🔵ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 500 000 so'm;

🔵belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo'yicha pensiyalari miqdori – 698 000 so'mdan iborat.

Oldinlari shu ro'yxat orasida stipendiya degan so'z ham bo'lardi. Ex usha damlar, o'zi uchar gilamlar...

👇Talabalar sahifasiga ulaning:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…
Подписаться на канал