Nurmetov Tursunbek Kenjayevichning telegram kanali ⚖️ kanalni kuzating va huquqiy savodxonligingizni oshirib boring 💺 Reklama uchun: @T_N_Reklamabot 📝 Savol yo‘llash: @Nurmetovbot
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi va Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining maishiy korrupsiya holatlariga barham berish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” ijrosi bo‘yicha bugun tuman hokimligida o‘rganish natijalari yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, viloyat ishchi guruhi rahbari, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Sh.R.Muxamatov ishtirok etib, Bog‘ot tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va maishiy korrupsiyaga barham berish yuzasidan ijtimoiy soha obyektlarida aniqlangan holatlar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari eshitildi.
Shuningdek, barcha tegishli soha mas’ullariga tumanda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish, maishiy korrupsiyaga barham berish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram bogottumanihokimligi?si=mEjundGpHFVYDtbj">| bogottumanihokimligi?si=mEjundGpHFVYDtbj">You tube
Maqsadbek davlatimiz rahbarini qo‘lidan "Mard o‘g‘lon" davlat mukofotini qabul qilib oldi olg‘a Xorazm o‘g‘loni!
Ustozi Kamolov Neʼmatjonni ham shogirdining yutuqlari bilan tabriklayman.
@T_Nurmetov
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💖💖💖📼📼📼📼
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni yangi dasturlar bilan ishlashga o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichiga start berildi
Maʼlumot uchun:
24-26-iyun kunlari Respublika;
30-iyun-2-iyul kunlari viloyatda tayanch MTTlari direktor o‘rinbosarlari;
4-8 iyul kunlari tayanch MTTlarida direktor o‘rinbosarlari;
9-iyuldan 29-avgustgacha bo‘lgan davrda esa barcha DMTTlari pedagoglari o‘qitilishi rejalashtirilgan.
🌅 Xorazm viloyati
🏠 Xiva shahar
🏠 2-son DMTT da
🌞" Favqulodda 90 kunlik" dasturi doirasida seminar bo'lib o'tdi.
☀️ Yozgi sog'lomlashtirish davrini samarali tashkil etish va bolalar xavfsizligiga bag'ishlangan amaliy seminardan lavhalar
@T_Nurmetov
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 19-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yozgi sogʻlomlashtirish davrini, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sogʻligini muhofaza qilish hamda “Favqulodda to‘qson kunlik” ish rejimini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 162-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarda Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari T.Nurmetov, Urganch shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i M.Marimov hamda barcha tashkilot direktorlari ishtirok etdi.
#Tayinlov
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shakirov Xasan Rustamovich — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Xasan Shakirov 2001-2016-yillarda Moliya vazirligida mas'ul lavozimlarda, 2016-2020-yillarda Tashqi ishlar vazirligida Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2022-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Moliyalashtirish va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2022-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Vazirlik jamoasi Xasan Shakirovga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.
Bizni kuzating
#Tanlov
#Ishga_taklif_etamiz
📣📣📣📣📣
FAN OLIMPIADALARI SOHASIGA QIZIQQAN MALAKALI KADRLAR DIQQATIGA!
⚡️ Fan olimpiadalari markazi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga ochiq tanlov e'lon qiladi.
Nomzodlarga qo'yiladigan asosiy talablar:
✅ Kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lish (magistr yoki ilmiy daraja tanlovda ustunlik beradi);
✅Ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish (rasmiy sertifikatga ega bo‘lishi tanlovda ustunlik beradi);
✅Ta’lim sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi bo‘lishi;
✅Kompyuter savodxonligi va zamonaviy axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
✅Dasturlash yoki IT sohasidagi bilimlar — ustuvor afzallik sifatida baholanadi.
Sizni quyidagilar kutmoqda:
➡️Professional va ahil jamoa;
➡️Kasbiy o‘sish va rivojlanish uchun qulay muhit;
➡️Xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlari.
🧠Agar siz yangilikka ochiq, kreativ fikrlaydigan va doimiy o‘z ustida ishlashga intiladigan mutaxassis bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan SIZ uchun!
📨Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlardan o‘z rezyumelarini @FOM_vakansiya_bot orqali yuborish so‘raladi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
❓Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent
Bu kabi savollar o’tgan yili ham ko’p berilgandi, joriy yilda ham takrorlanyapti.
UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.
Aslida o’tgan yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.
❓Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?
Bu masalani o’tgan yili ham ko’targandim.
Balki agentlik fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilgan bo‘lsa kerak.
Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.
Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.
Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.
O’tgan yili shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, deb yaxshi gumonda bo’lgandik, lekin joriy yilda ham hech narsa o’zgarmagan. Agentlikda bir yil davomida qulayroq va tushunarliroq algoritm o’ylab topishga vaqt bor edi.
‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.
Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.
ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
/channel/xushnudbek/26738
👉 @xushnudbek 👈
#qabul
#infografika
✅ Xabaringiz bor, ayni vaqtda 2025-2026-oʻquv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.
🔹 Joriy yil 24-iyunga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 241 757 nafar bola (32,7 %) qabul qilindi.
👉 Eslatib oʻtamiz: maktabga qabul boʻyicha elektron arizalar vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali qabul qilinmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Jalinga_uz
🌟A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Jalinga.uz studiyasida videodarslarni tasvirga olish ishlari boshlandi.
📱Studiyada menejerlik o‘quv kurslarining 10 ta moduli, malaka oshirish kurslarining 15 ta moduli bo‘yicha hamda “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari doirasida videodarslar tasvirga olinmoqda.
🌟Mazkur videodarslar institutning "Uzluksiz kasbiy taʼlim" onlinedu.uz maxsus elektron platformasiga joylashtiriladi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
⚡️ Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
💥 Dasturlarimizning to'liq shaklini mediabay orqali online tomosha qilishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring ⤵️
💻Instagram | 📝Telegram | 🎞ikboltv2639?si=V4V-fEaLsdnMd6Vc">You tube
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Мактабгача_таълим
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Ishchi guruhi tomonidan olis va chekka hududlarda joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda.
Unda maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tizimli tashkil etish, samaradorlik ko‘rsatkichlari koʻzdan kechirilib, belgilangan talablar asosida namunali ish olib borayotgan bogʻchalar munosib ragʻbatlantirilmoqda.
➖ O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, hududlarda “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminarlar ham tashkil etildi.
Bizni kuzating
Samarqand,
19.06.2025.
—
Самарканд,
19.06.2025.
Бугунги кунда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан тизимдаги қатор йўналишлар рақамлаштирилган бўлиб, бу орқали фойдаланувчиларга қулайлик яратиб келинмоқда.
➖ Хусусан, мактабларга қабул, малака ошириш, электрон шаҳодатномаларни олиш, яшаш жойига бириктирилган мактаблар ҳақидаги маълумотлар каби қатор хизматлар электрон тизим орқали амалга оширилмоқда.
🌐 БАТАФСИЛ ВИДЕОГРАФИКАДА
©️Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги
Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot
Хоразм вилояти Хонка тумани
30 июнь 2025 йил 36-сонли умумий урта таълим мактабида "Ёшлар куни" муносабати билан ташкил этилган тадбирдан лавҳалар 🎉
🗓 30 июнь куни мактабимиз ҳовлисида Ёшлар куни муносабати билан катта тадбир ташкил этилди. Тадбир доирасида:
✅ Спорт ўйинлари (теннис, шахмат, каратэ)
✅ Ёшлар томонидан рақс ва қўшиқ ижроси
✅ Дўстона муҳит ва ёшлар ўртасидаги ҳамжиҳатликни мустаҳкамлаш
O‘QITUVCHILAR YANGI XALQARO TEXNOLOGIYALARI BILAN HAMNAFAS — XORAZM
➖ Jabuniy Koreyada malaka oshirib qaytgan Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 36-umumta'lim maktabining informatika fani o'qituvchisi Kadirova Kamola va viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Xonqa tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ul xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
"Raqamli ta'limni globallashuvi" shiori ostisa "O'qituvchi tayyorgarligida Alning o'rni" va "Ta'limda Al lardan foydalanib o'quvchilar qobiliyatlarini shakllantirish"
mavzusida Janubiy Koreya yondoshuvi haqida soʼz bordi.
Shuningdek, taqdimotda ishtirokchilar "SUNO.com" sayti imkoniyati va “Mikrobit” qurilmasi orqali robotlarni dasturlash va harakatga keltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
Ustozlar ushbu jarayon orqali o‘quvchilarning texnik va algoritmik tafakkurini rivojlantirishda ahamiyatini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
@T_Nurmetov
“Dolzarb 90 kun” — yoshlar uchun imkoniyat, sog‘lom hayot uchun muhim qadam.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yashash uchun yeysizmi yoki yeyish uchun yashaysizmi?
@T_Nurmetov
#Tayinlov
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:
✅ Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.
Vazirlik jamoasi Sevara Shakirovaga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
❗️Ogoh boʻling! Taniqli shaxslar obrazi asosida Rossiya armiyasiga yollanishga chorlovchi dipfeyk videolar tarqalmoqda
💻Soʻnggi vaqtlarda Internet tarmogʻida Oʻzbekistondagi jamoat arboblari, mashhur bloger va sportchilarning mahalliy OAV larga bergan intervyularini sunʼiy intellekt yordamida ishlovchi dasturlar orqali oʻzgartirgan holda, goʻyoki Oʻzbekistonliklarning Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashi mamlakat qonunchiligiga zid emasligini taʼkidlovchi soxta skrinshot va videomateriallar tarqatilishi davom etmoqda.
📌Yana bir bor mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini taʼkidlagan holda, fuqarolardan bunday turdagi yolgʻon maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻrab qolamiz.
⚠️Eslatib oʻtamiz, aholi oʻrtasida yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.
🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bilan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida NIZOM" tasdiqlangan. Hozirda maktablardagi Ishchi guruhlari tomonidan pedagoglarga o'tgan o'quv yilida erishgan yutuqlari asosida ustamalar belgilanishi davom qilmoqda. Ammo, Ishchi guruhlarda baholash mezonlarining ayrim bandlari bo'yicha tushumovchiliklar borligi to'g'risida boshqarmaga murojaatlar kelib tushmoqda.
Yuqorigi tushunmovchiliklarni oldini olish va Ishchi guruhlariga amaliy yordam berish maqsadida 2025-yil 24-iyun soat 19-00 da @T_Nurmetov kanalida audiochat tashkil qilinadi. Audiochatga Ishchi guruhi rahbarlari va kotiblari kirishi mumkin.
🌅Xorazm viloyati
🏠Xiva shahar
🏡2-son DMTT da
🌞Yozgi sogʻlomlashtirish davri uchun tashkil etilgan
🤡Ertak qahramonlari mehmonda qog'irchok teatridan lavhalar.
☝️☝️ Buni qo'yganimga bir yildan oshgan ekan qayta o'qib chiqing
Читать полностью…TERMA JAMOA A’ZOLARI XALQARO QOʻSHMA OʻQUV-YIGʻINIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI
📍Xitoy
🗓 21-iyun — 12-iyul
📚 Ushbu o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik jarayonining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, ishtirokchilar uchun nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.
🔎Mashg‘ulotlar davomida terma jamoa a’zolari:
✅Tajribali xalqaro murabbiylar tomonidan tayyorlangan maxsus treninglarda ishtirok etmoqda;
✅Murakkab masalalarni tahlil qilish va yechish ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda;
✅Matematik fikrlash qobiliyatlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
🎉 “Dolzarb 90 kun” — bu bizning 42-son MTTda chinakam bayram! ☀️
Yoz fasli boshlanishi bilan 42-son maktabgacha ta’lim tashkilotimizda quvonch, ijod va sog‘lomlik muhitida o‘tadigan “Dolzarb 90 kun” dasturi start oldi!
Bu oddiy kunlar emas — bu sarguzashtlarga boy, rang-barang va quvonchli kunlar! Har bir ertalab bolajonlarimizni kulgu, musiqa va ertalabki zaryadka qarshi oladi. So‘ngra esa ularni ajoyib tadbirlar kutmoqda:
🎨 Rangli bo‘yoqlar bilan chizilgan orzular
💧 Suvli o‘yinlarda yayrab o‘ynash
📚 Ertaklar dunyosiga sayohatlar
🌿 Tabiat qo‘ynida kashfiyotlar
🎭 Sahna ortida — kichik aktyorlar
👩🍳 Bolalar oshxonasi — mini oshpazlar kuni
🧩 Qiziqarli kvestlar, o‘yinlar va topishmoqlar
42-son MTT — bu nafaqat ta’lim, balki quvonchli bolalik maskani! Har bir kun bolajonlarimiz xotirasida iliq xotira bo‘lib qoladi. Biz ularning kulgusini, harakatini va baxtli nigohlarini har kuni his etamiz.
Chunki biz farzandlarimiz uchun yurakdan ishlaymiz! 💖
#42_son_MTT
#Dolzarb90Kun
#QuvonchliBolalik
#YozgiSarguzashtlar
#FarzandlarUchun
#Sog‘lomAvlod
/channel/urganch_42
https://uza.uz/uz/posts/horazm-viloyatidagi-bogchalar-faoliyati-organilmoqda_732706
Читать полностью…