Ushbu xabarni bugun ko‘rib qoldim. Bu qizaloq maktab paytim repititorda tayyorlangan paytlarim qo‘shimcha ravishda matematikadan ko‘maklashgan ustozimning qizalog‘i. Mubina qizimizga ko‘mak kerak jigar, ko‘chirish operatsiyasini zudlik bilan amalga oshirish kerak ekan. Bilasizlar men T_Nurmetov kanalimizga ishonchsiz axborot tarqatmayman. Kimda qanday imkoniyat bo‘lsa qo‘ldan kelgancha yordam qilsangiz. Kimdir mablag‘dan, kimdir ma'lumotni tarqatishdan yana kimdir duo qilib shifo so‘rashdan yordam qilishimiz mumkin!
Operatsiyasi uchun 25000$ mablag‘ zarur va operatsiya Hindistonda amalga oshirilar ekan.
Karta raqami: 9860 0401 1903 9341 onasi Xaitova Malohat
Mubinaga yordam Guruhga ulanish
@T_Nurmetov
Бугун Сенат ўқитувчиларни мажбурий меҳнатга жалб этганлик учун жиноий жавобгарликкача бўлган жазони назарда тутувчи қонунни маъқуллади.
Бу — ўқитувчилар ҳимояси йўлида ташланган катта қадам. Ишончим комилки, энди уларни вазифасига кирмайдиган ишларга мажбурламоқчи бўлганлар қонун олдида жавоб беришига тўғри келади.
Қонунни Президент имзолагач, ўқитувчилар, умуман, таълим соҳаси учун катта воқелик бўлади. Кутамиз.
___
Сегодня Сенат одобрил закон, предусматривающий наказание вплоть до уголовной ответственности за привлечение учителей к принудительным работам.
Это большой шаг в защите учителей. Уверена, что те, кто хочет заставить педагогов делать то, что не входит в их обязанности, будут отвечать перед законом.
Когда закон будет подписан Президентом, это станет неоспоримой реальностью для учителей и сектора образования в целом. Ждём
#Адлия_хабари
📋 Ҳукумат фармойишига (91-Ф, 04.03.2023 й.) асосан Наврўз умумхалқ байрамини муносиб нишонлаш ҳамда муборак Рамазон ойини қарши олишга тайёргарлик кўриш, маҳаллалар, аҳоли турар жойларини ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш, аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламларини қўллаб-қувватлаш мақсадида 2023 йил 11 март куни “Обод ва файзли маҳалла – юрт кўрки” шиори остида умумхалқ хайрия ҳашари ўтказилади.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
«Мақсад юқори балл олиш бўлмаган» — IELTS’дан 9 балл олган Бекзод Мираҳмедов
3 март куни Ўзбекистонда халқаро инглиз тилини баҳолаш тести (IELTS)дан максимал – 9 балл қайд этилди. Kun.uz бу натижага эришган IELTS инструктор Бекзод Мираҳмедов билан юқори балл олиш усуллари, инглиз тили ўрганувчилар йўл қўядиган асосий хатолар ва IELTS’га оид бошқа мавзуларда суҳбатлашди.
📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
♾Hurmatli umumta’lim maktablarining Informatika fani o‘qituvchilari!
GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati bekor qilinganligi va unga to‘lanadigan ustama pullari to‘lab berilmasligi yuzasidan sizlardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
Ushbu murojaatlarga javoban, to‘lovlar to‘xtatilmagani, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan informatika fani o‘qituvchilariga ustamalar mazkur sertifikat olingan davrdan boshlab belgilangan tartibda to‘lab berilishini ma’lum qilamiz.
Ushbu sertifikat uchun to‘lovlar faqat Informatika fani o‘qituvchilariga tatbiq etilib, GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati uchun boshqa fanlardan dars beradigan o‘qituvchilarga ustama to‘lanmasligi bo‘yicha qonuniy ko‘rsatma berilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
«Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг!
Сўровнома 10- Март 23:59гача давом этади
👉 ОВОЗ БEРИШ
👉 /channel/+qnLKRYqz9lZhYzAy
Bugun 2023-yil 2-mart kuni Xorazm viloyatidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida APro platformasi orqali ixtiyoriy sinovlar amalga oshirildi.
Sinov jarayonlari bir vaqtning o'zida quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirildi:
🎓11-sinf o'quvchilarini barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Oliy ta'lim muassasalarining kirish imtihonlariga tayyorlash;
👨💼 O'qituvchilarini 18 ta fan bo‘yicha attestatsiya jarayonlariga tayyorlash;
😀🗣Yangi qo'shilgan til bilish bo'yicha IELTS namunalari asosida ikkita ko'nikma (tinglab tushunish va o'qib tushunish) til bilish darajalarini avtomatik aniqlash bo'yicha sinovlar o'tkazildi.
🌎 Sinovlar jarayonida jami 25000 dan ortiq o'quvchi va o'qituvchilar ishtirok etishdi.
🔔 Mazkur jarayonlar 24 soat davomida uzluksiz ishlaydi o‘qituvchi va o‘quvchilar bugungiday bemalol bo‘sh vaqtlarida istalgan joydan turib foydalanishlari mumkin.
🎈 Izoh: IELTS ko'nikmasi bo'yicha jami 2000 dan ortiq o'quvchilar va ingliz tili o'qituvchilari o'zlarini sinab ingliz tilini qaysi darajada bilishi to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lishdilar.
⚠️ Eslatma: APro platformasidan foydalanish Xorazm viloyati va platformani sotib olgan tashkilotlar uchun bepul amalga oshiriladi.
@T_Nurmetov
✅️✅️✅️OYLIK MAOSHNI 3 YIL 50% GA OSHIRISHNI ISTAGAN MATEMATIKLAR UCHUN
✅️✅️✅️Gmat tayyorlov guruhiga qabul davom etmoqda...
✅️✅️✅️25-fevraldan 1-GMAT YOPIQ GURUHIDA online darslarimiz boshlandi. Qabul davom etadi.
Tanish matematiklarga yuborib qòyamiz
@gmatxorazm
OSHIQ ERKIN VAFOT ETDI
Bugun oʻzbek sheʼriyatining buyuk vakillaridan biri, ijodi koʻplab Xalq artistlarining mashhurligiga hissa qoʻshgan Oshiq Erkin (Erkin Madrahimov) 85 yoshida bu dunyoni tark etdi.
Oshiq Erkin qoʻshiqnavis shoir, muhabbat va sadoqat, mehru vafo, sehrgar ishq kuychisidir. Uning mingdan ortiq sheʼr va gʻazallariga kuylar bastalangan. Qoʻshiqlarini mashxur sanʼatkorlar ijro qilishgan. Birgina Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tatariston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Davlat mukofoti sohibi Otajon Xudoyshukurov uning 50 ga yaqin, Oʻzbekiston xalq artisti Ogʻabek Sobirov esa 100 ga yaqin qoʻshiqlarini sanʼat shinavandalari eʼtiboriga havola qilishgan.
Uning koʻplab nasriy va nazmiy asarlari oʻzbek adabiyoti oltin javonidan oʻrin olgan.
Oshiq Erkinning joylari jannatda boʻlsin.
Janoza – 25-fevral kuni 16:00 da Urganch shahri, Al Xorazmiy koʻchasi, 251-uy. (Moʻljal: Sanjar toʻyxonasi)
👍 Kimyo va 👍 fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2-aprel kuni o‘tkaziladi
✅ 2023-yil 23-fevral kuni kimyo va fizika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanadi.
🖥 Ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi va 8-mart (to‘lov qilish 9-mart) kuniga qadar davom etadi.
📚 Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va test topshirish hududini tanlashlari mumkin.
📆 Ushbu fanlardan test sinovlari 2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda tashkil etiladi.
🎁🎁🎁🎁🎁 🚀 Telegram
Urganch shahridagi 29-sonli maktabning 11-B sinf o'quvchisi Samandarov Sanjarbek Yashin o'gli AQSHning Wingate universtitetiga muaffaqiyai qabul qilingan.Hozirda
1.Arizona State university
2.The university of Arizona
3.Ohio university
4.South Florida university
5.Utah university
6.The university of Pittsburgh
7.University of Detroit Mersy
8.RMIT university
9.Berminham university in Dubai
kabi universtitetlarga hujjat topshirgan
O'quvchimizning keyingi o'qish va ishlarida omad va zafarlar tilaymiz
Bugun 25-noyabr kuni Ustoz Safarali aka Xamrayev bilan pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlaridagi o'zgarishlar va malaka sinovi jarayonlarini borishi hamda dastlabki natijalari yuzasidan davra suhbati qilib oldik.
@T_Nurmetov
⏰ Ваъда қилинган интервью.
Бугун янги шаклдаги мониторинг жараёнлари бўйича Халқ таълими вазирлиги мониторинг бошқармаси бошлиғи Дилфуза Дилшодовна билан интервьюмиз @domlajon каналида соат 15-00 да бошланади.
Саволларингиз билан қатнашишингиз мумкин
Қуйидаги ҳавола орқали киришингиз керак бўлади.
Ҳамкасбларга юборинглар, устозларга, айниқса мактаб раҳбариятларига жуда керакли маълумотлар олишингиз кутилмоқда.
/channel/domlajon?livestream
Xonqa tumanidagi 16-son maktabning 4-a sinf o'quvchisi Kenjayeva Jayronaning 8-mart bayramiga bag'ishlagan bayram tabrigi
@T_Nurmetov
#Diqqat
Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi boshlanmoqda: manzil va sanalar bilan tanishing
Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash mezonlari maʼlum bo‘ldi.
Vazir jamg‘armasidan ustama olish uchun o‘tkaziladigan sinov jarayonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘p bosqichli tanlov asosida bevosita Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda tashkil etilishi haqida avvalroq xabar bergandik.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq taʼlimi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida ushbu Jamg‘armadan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Birinchi bosqichda qatnashgan hamda dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun bo‘lib o‘tgan test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.
Ikkinchi bosqichda umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. Ushbu havola orqali kasbiy mahoratni baholash uchun suhbatni baholash Nizomi va mezonlari bilan tanishishingiz mumkin.
Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.
Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkazilgan saralash sinovlarining birinchi bosqichi natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Suhbat jarayonlari joriy yilning 13-18-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadigan manzillar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️Ilk marotaba tarix va geografiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari va test spetsifikatsiyasi e‘lon qilindi
➡️ Geografiya fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi
➡️ Geografiya fanidan milliy sertifikat imtihonlari uchun namunaviy test topshiriqlari
➡️ Tarix fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi
➡️ Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari uchun namunaviy test topshiriqlari
✅ Ushbu imtihonlarda barcha xohlovchilar (abituriyentlar va o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.
❕Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.
👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
📣 DIQQAT❗️
❤️🔥 Siz magistraturaga topshirmoqchimisiz, unda eng ma'qul variant TÖMER sertifikatini qo'lga kiritishdir❗️💯
🔷 TAYYORLOV CENTER o'quv markazida TÖMER imtihonlari uchun tayyorlov kurslariga qabul davom etmoqda:
✅ 10-martgacha ro'yxatdan o'tib maxsus bonuslarga va imtihonni Urganch shahrida topshirish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin❗️
✅ Darslar haftada 6 Kun bo'ladi va original materiallar asosida o'tiladi.
✅ Tezlashtirilgan kurslarimizda 3 oyda o'zingiz kutgan natijani qo'lga kiritishingiz mumkin (B1-C1).
🔷 Shoshiling o'rinlar soni cheklangan (18 ta bo'sh o'rin qolgan)❗️
🔷 Murojaat uchun:
📞 +998907072212
📞 +998995658625
🌐 @tayyorlovcenter
#Биласизми
✅ Технологиядаги, ишлаб чиқариш ва меҳнатни ташкил этишдаги ўзгаришлар, ходимлар сони (штати) ёки иш хусусиятининг ўзгаришига олиб келган ишлар ҳажмининг қисқарганлиги ёхуд корхонанинг тугатилганлиги муносабати билан ишдан озод этилган ва ишсиз деб эътироф этилган аёллар 53 ёшга тўлганда ва иш стажи камида 20 йил бўлганда пенсия олиш ҳуқуқига эга бўлади.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
Urganch shahar 21-sonli IDUMning 11-sinf o‘quvchilari Apro platformasida oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihoniga tayyorlanish bo'yicha test sinovida qatnashib, natijalari asosida o'z bilimidagi bo'shliqlar ustida ishlamoqdalar.
Читать полностью…#live
Pedagog xodimlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
———
Устанавливается ответственность за воспрепятствование деятельности педагогических работников
Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) institutiga asos solinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyasi borasida oʻzaro hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya Samarqand shahrida oʻz ishini boshladi
Ombudsmanning 28 yilligiga bagʻishlangan tadbirni tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda xorijiy davlatlar Ombudsmanlari, milliy institutlari, vakolatli davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro tajriba almashish va chet davlatlarida mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz manfaatlarini himoya qilishda hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.
Xalqarо konferensiyada Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya aʼzosi Xamro Bektemirov, Inson huquqlari boʻyicha (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Allayarov ham ishtirok qilmoqda.
👉@Xorazm_XTB
❗️Navro‘z bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 5 kun dam oladi
Prezidentning “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan:
▪️ besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart kunlari);
▪️ olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko‘chiriladi:
➖ 11 mart — shanba kunidan 20 mart — dushanba kuniga;
➖ 25 mart — shanba kunidan 22 mart — chorshanba kuniga.
▪️ Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan 11 va 25 mart kunlari ishga chiqishlariga to‘g‘ri keladi.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20 mart — dushanba va 22 mart — chorshanba kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘ladi.
❗️Ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 23 mart, payshanbadan boshlab odatdagi ish kuni hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 8 mart (chorshanba) — Xotin-qizlar kuni ham Mehnat kodeksining 131-moddasiga asosan dam olish (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi.
@T_Nurmetov
TA'ZIYA
Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 14-son maktab direktori Ikrom Yo‘ldashevning 61 yoshida vafot etgani munosabati bilan Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi nomidan chuqur ta’ziya izhor etamiz.
Oila a’zolariga, yaqinlariga sabr tilaymiz, farzandlariga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun soat 14:00 da Urganch tumani Yuqori Jirmiz mahallasidagi xonadonida o’qiladi.
Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
♾Ҳурматли устозлар!
⚠️2022/2023-ўқув йилидан бошлаб мактабларда таълим сифатини баҳолаш ташқи мониторингининг янги тизими жорий қилинмоқда.
✅Хўш, янги тизим аввалгисидан нимаси билан фарқ қилади?
➡️Республика бўйича фанлар кесимида ягона тестлар банкидан фойдаланилади.
➡️Автоматлаштирилган тизим ихтиёрий баҳолаш ва қоғозбозликни олдини олади.
➡️Таълимдаги бўшлиқларни бартараф этиш бўйича Республика таълим маркази ва Педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий марказлари билан ҳамкорликда Вазирлик томонидан марказлашган ҳолда ишланади.
➡️Аниқланган камчиликларнинг ҳудудий бошқармалар ва туман халқ таълими бўлимлари томонидан муҳокамаларга қўйилганда ундан жазолаш чораси сифатида кўрилиши ❎қатъиян таъқиқланади.
Шу ва бу йўналишдаги барча янгиликлардан тез кунларда Вазирликнинг расмий телеграм каналида ташкил этиладиган овозли чатдан билиб олишингиз мумкин бўлади.
✅Бизни кузатишда давом этинг.
Халқ таълими вазирлиги мониторинг бошқармаси бошлиғи Дилфуза Дилшодовна билан @domlajon каналида янги тартибдаги мониторинг жараёнлари ҳақида суҳбат.
@domlajon
❗️ #ПКА_2022 #Педагогларга_ёрдам
‼️ Хоразм вилояти педагоглари учун эълон!
🕍 Ҳудуд номи-Хоразм вилояти;
🏫 Малака (назарий ва амалий) синовлар ўтказиладиган жойи - Урганч олимпия ва пара-олимпия заҳиралари коллежи;
📅 Малака (назарий ва амалий) синовлари ўтказиладиган санаси - 2022 йил 22-26 ноябрь кунлари;
🧑🎓Малака (назарий ва амалий) синовларида иштирок этадилар - Жисмоний тарбия фани ўқитувчилари;
‼️ Малака (назарий ва амалий) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА
💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!
/channel/pka_tdi_uz
Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot