svbandlik | Неотсортированное

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Подписаться на канал

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#ish_qidiryapsizmi

🔰 "Risqiboy Mironshox" MCHJ erkaklar uchun ish taklif etadi!

✅ Ish sharoitlari:

— oylik maosh 2 500 000 so‘m;

— tushlik korxona hisobidan;

— dam olish va tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari mavjud.


Batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi:

+998945803333 +998930095682 raqamlariga murojaat qiling.

Manzil: Oqoltin tumani Ko‘rkam diyor mahallasi

40.546389,68.42255,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d40.546389!4d68.42255?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI0MTAwMS4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Lokatsiya

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kambag'allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosati takomillashtiriladi


“Kambag'allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-347-son, 04.10.2024 y.) qabul qilindi

⚡️ Qarorga ko'ra, “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida quyidagilar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan:

🔹mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish;

🔹aholi bandligini ta'minlash dasturlarini shakllantirish, bo'sh ish o'rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga;

🔹kambag'allikni qisqartirish;

🔹hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;

🏢 Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi.

🗓 2025-yil 1-dekabrgacha:

50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xo'jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bog' va uzumzorlar tashkil etiladi;

➖ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo'yicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Boyovutda ishli va kasb-hunarli ayollar ko‘paymoqda

👉🏻 Batafsil O'zbekiston Milliy axborot agentligi saytida

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Guliston tumanida xotin-qizlar tadbirkorligi har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda

Sirdaryo telekanalining "Maxsus reportaj" ko'rsatuvida shu haqda so'z boradi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

👨‍🚒 Ўт ўчирувчилар учун иш шароитлари хавфи йилдан-йилга камайиб бормоқда.

Хитойда дронлар мураккаб ҳисобланган ёнғинларни бартараф этишда бевосита иштирок этишмоқда.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

⚡️Diqqat tanlov!

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali, viloyat hokimligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi Sirdaryo viloyatidagi barcha davlat fuqarolik xizmatchilari o'rtasida "Kitobxon davlat xizmatchisi" ko'rik-tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov 2 bosqichda bo'lib o'tadi:👇🏻
1-bosqich 10-11-oktabr kunlari ishtirokchilar ilmiy-ommabop, o'zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid test savollariga onlayn tarzda javob beradi;
Final bosqichi 25-oktabr kuni Guliston shahridagi "Yoshlar markazi" (Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi) binosida bo'lib o'tadi. Final bosqichi "Badiiy asarlar bilimdoni" va "Tezkor savol-javob" shartlari asosida ko'rsatilgan 5 ta asar bo'yicha o'tkaziladi.

📚 Asarlarning ro'yxati:
1. Abdulla Qodiriy – "O'tkan kunlar" romani;
2. Abdulhamid Cho'lpon - "Kecha va kunduz" romani;
3. O'tkir Hoshimov - "Dunyoning ishlari" qissasi;
4. Shukur Xolmirzayev - "O'zbek xarakteri" hikoyasi;
5. Ernest Xeminguey - "Chol va dengiz" romani.

📝 Ishtirok etish istagida bo'lgan davlat xizmatchilari quyidagi havola orqali 1-oktabr sanasiga qadar ro'yxatdan o'tishi zarur 👉🏻 https://forms.yandex.ru/u/66e3cf85c417f34bc7b24ab9/

🔶 Ushbu kitoblarni "Mutolaa" mobil ilovasi orqali o'qishingiz mumkin!

Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram | X | YouTube | Murojaat

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Guliston "Ishga marhamat" monomarkazida imo-ishora (surdo) tiliga o‘qitish yo‘nalishi ish boshladi.

O‘qing va 1 oyda surdo tarjimonligini o‘rganing.

Yurtimizda barchaga munosib va teng sharoit yaratish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida endilikda savdo, xizmat ko‘rsatish, umuman, barcha yo‘nalishlarda, ayniqsa, har bir tashkilot, korxona va muassasada imo-ishora (surdo) tilini biluvchi xodim bo‘lishini taqozo etadi. Bu muhim masala muhtaram Prezidentimizning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham alohida belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan o‘quv kursining dastlabki tinglovchilari sifatida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tuman, shahar bo‘limlarining Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassislari tahsil olishmoqda.


Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Энг ноодатий касблар

Навбатда туриш бўйича мутахассис

Статистик маълумотларга кўра, инсон умрининг камида 6 ойини навбатда туриш билан ўтказади. Буюк Британияда соатига 20-40 доллар эвазига ўрнингизга навбатда туриб берадиган ходимни ёллашингиз мумкин. Дўконлардаги катта чегирмалар даврида бу касб эгаларига талаб янада ортади.

Ҳайвонлар овқати дегустатори

Жонзотларни севувчилар учун махсус иш. У ҳайвонлар учун янги ишлаб чиқарилган таомларни истеъмол қилиб, сифати ва таъмини аниқлаб беради. Бу ишнинг ёқимли томони йиллик даромад 50-70 минг доллар.

АҚШда 250 доллар эвазига жомадонга нарса ва буюмларни тўғри жойлаштириб бера оладиган ишчини тез-тез ёллашади.

Шунингдек, Хитой аҳолисининг кўплиги сабабли, метрода барча йўловчиларни вагонга жойлаштиришга ёрдам берадиган ходим фаолият юритади. Эҳтимол, тез орада бу касб эгаларига бизнинг метрода ҳам талаб ортиши мумкин.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇩🇪 Германия темир йўллари ("Deutsche Bahn”) учун мутахассислар тайёрланади

Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги ҳамда Германиянинг “DB Engineering Consulting Operations Group” компанияси ўртасида айни мақсадга қаратилган баён имзоланди.

✔️ "Deutsche Bahn” - Германиянинг асосий темир йўл оператори саналади. 100% давлат иштирокидаги акциядорлик жамияти. Компаниянинг умумий айланма капитали 76 млрд 303 миллион еврони ташкил қилади.

Эндиликда Германияда транспорт, муҳандислик соҳаларида ишлаш истагида бўлган юртдошларимиз ушбу давлат стандартлари асосида Камбағалликни қисқартириш ва бандлик ҳамда Транспорт вазирликлари қошидаги касбий таълим муассасаларида германиялик мутахассислар томонидан тил ва касбга ўргатилади.

“Германия темир йўл транспорти, автобус, метрополитен тизими учун мутахассисларга эҳтиёжимиз баланд ва уларни немис стандартлари асосида Ўзбекистонда ўқитиб, касб ва тил имтиҳонларидан муваффақиятли ўтган номзодларни эса “Deutsche Bahn” тармоғига ишга жойлаштиришга тайёрмиз”,– деди Нико Варбанофф


@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇺🇿🇩🇪Германияга ишчи виза шартлари енгиллашади

Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири Беҳзод Мусаев Самарқандда Германия Федератив Республикаси Ички ишлар ва Ватан вазири Нэнси Фезер билан мулоқот ўтказди.

"Миграция масаласида бир қатор енгилликлар ишлаб чиқилмоқда. Битим доирасида немис иш берувчилари учун ўзбекистонликларни соддалаштирилган тартибда ишга қабул қилишга тайёрмиз", — деди Нэнси Фезер хоним.


@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Kasbga o‘qitish va milliy malaka shoʻbasi boshlig‘i tomonidan hududlardagi Kasb-hunarga o‘qitish markazlari mas’ullari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 183-son qarorining 3-ilovasining 27- bandi ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda mahallalarda o‘quv maskanlarini tashkil etish masalasi tanqidiy muhokama qilindi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan Biznes uchun 268 ta Davlat mulkini ijaraga oling!

➤ Oqoltin tumanidan 38 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 37 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 28 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 20 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 31 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 16 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 30 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 15 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 22 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 8 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 23 tа (ko'rish)

*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловига 39 кун қолди

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

"Yangi Sirdaryo" gazetasining navbatdagi sonida xovoslik Saodat Andaqul qizi qanday qilib "Ayollar daftari"dan chiqqanini bilib oling.

Gazetani 3D formatda mutolaa qiling.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Guliston shahar hokimligi: "Baxt" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Guliston shahar hokimligi: "Bo'ston" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Guliston shahar hokimligi: Oilaviy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha yetakchi mutaxassis;

▪️Guliston shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 2-hudud 1-uchastkada (Yangi hayot MFY, Nurafshon MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim;

▪️Oqoltin tumani hokimligi: Ijro intizomi nazorati bo'limi bosh mutaxassisi;

▪️Sayxunobod tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi: Moliya-iqtisod va xo'jalik ishlari bo'yicha bosh mutaxassis.

❗️Arizalar 20.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat o'tkazish vakolati beriladi


🔰 Qarorga ko'ra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

🏢 “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o'qitish markazlari negizida kasbiy ko'nikmalar markazlari tashkil etiladi hamda quyidagilar yo'lga qo'yiladi:

🔸2025-yil 1-yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan o'qitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar;

🔸2025-yil 1-martdan amaliy kasbiy ko'nikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribani joriy etish;

🔸2026-yil 1-yanvargacha kasbiy ko'nikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditatsiyasidan o'tkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berish;

🔸2026-yil 1-iyulgacha xalqaro standartlar bo'yicha kasbiy malakani baholovchi markazi tashkil qilinadi va xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berish;

📆 Shuningdek, 2025-yil 1-martdan:

Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo'linmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish, aholi bandligi to'g'risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat o'tkazish vakolati beriladi.

➖mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi ta'minlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Qishloq xo'jaligi boshqarmasi: Oziq-ovqat sanoati, agrologistika va eksportni rivojlantirish sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Yangiyer shahar hokimligi: "Fazilat" mahallasidagi hokim yordamchisi;

▪️Oqoltin tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Tovar-moddiy qimmatliklar bo'yicha buxgalter;

▪️Sirdaryo tumani qishloq xo'jaligi bo'limi (ichki tanlov): Bo'lim boshlig'i;

▪️Sirdaryo tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Moliya va shartnoma bo'yicha bosh mutaxassis;

▪️Xovos tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi boshlig'i.

❗️Arizalar 09.10.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: Moliya bo'limi bosh mutaxassisi;

▪️Guliston shahar statistika bo'limi: Bo'lim boshlig'i;

▪️Mirzaobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi: Davlat xaridlari va shartnomalar bo'yicha mutaxassis.

❗️Arizalar 10.10.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🗳Saylov byulletenlarining shakli qanday bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida saylov byulletenining shakli va matni namunasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlandi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Aholi daromadini oshirish, ularning bandligini ta'minlash bo‘yicha "Sayxunobod tajribasi" respublika bo‘ylab ommalashmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan ishlar qonliko‘lliklarda katta taassurot qoldirdi.


Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#live

Айни дақиқаларда ижтимоий тармоқларимизда Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Давлат меҳнат инспекцияси мутахассислари иштирокида меҳнат ҳуқуқи ва муҳофазасига оид жонли мулоқот бўлиб ўтмоқда.

💬Мулоқотни ушбу ҳавола орқали кузатишингиз ва изоҳларда мавзуга оид саволларни қолдиришингиз мумкин.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇺🇿🇩🇪 Nemis tili va kasb o‘rganing hamda Germaniyaga ishlagani boring

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida temir yo‘l va avtobus haydovchilarini, hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishilgan. Joriy yilda 800 nafardan ortiq hamshira Germaniyaga uyushgan holda yuboriladi, ularning 400 nafari allaqachon ushbu mamlakatda mehnat qilmoqda, qolganlari til imtihonlarini topshiryapti. Hamshiralarning oylik ish haqi oyiga eng kami 2200 yevroni tashkil qiladi (qo‘lga tegishi).

***

Germaniyaga ishchi viza shartlari yengillashadi

Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Samarqandda Germaniya Federativ  Respublikasi Ichki ishlar va Vatan vaziri Nensi Fezer bilan muloqot o‘tkazgan.

"Migratsiya masalasida bir qator yengilliklar ishlab chiqilmoqda. Bitim doirasida nemis ish beruvchilari uchun o‘zbekistonliklarni soddalashtirilgan tartibda ishga qabul qilishga tayyormiz", — degan Nensi Fezer xonim.


***

Toshkentda “Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” tashkil etiladi.

Ilgari hamyurtlarimiz Germaniyaga borgach, 6-8 oy vaqtini moslashish uchun sarflagan. Endilikda O‘zbekistonning o‘zida kasb va tilga maqsadli o‘qitiladi.

Akademiyada bir yil davomida kasb va til o‘rgatiladi. Muhimi, ular diplom olish bilan bir qatorda Germaniyada ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikatni ham qo‘lga kiritadi.

***

Germaniya temir yo‘llari ("Deutsche Bahn”) uchun ham mutaxassislar tayyorlanadi.

Endilikda Germaniyada transport, muhandislik sohalarida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz  ushbu davlat standartlari asosida O‘zbekistondagi kasbiy ta’lim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga o‘rgatiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇸🇰 Slovakiya 320 nafar kara haydovchilarini 1500 dollarlik ishga taklif etmoqda

Talab qilinadi:
▪️rus tilini bilish;
▪️"B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
▪️kara haydash imtihonidan o‘tish.

▪️oylik maosh – 1200-1500 dollar
(2 oylik sinov davrida 900 dollar).
▪️yosh chegarasi – 45.

Turar joy, tushlik va transport xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
👉ro‘yxatdan o‘tish

Ushbu e’lon bo‘yicha lisenziya asosida faoliyat olib borayotgan “Workmall" xususiy bandlik agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefon: 71-200-86-00
📍Manzil

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Guliston shahrida ishsiz yoshlarga koʻmak berilib, bandligi taʼminlanmoqda

Guliston shahrida talabgor fuqarolar, ayniqsa, ishsiz yoshlarga oʻzini-oʻzi band qilish va tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishlari maqsadida subsidiya asosida kerakli uskunalar bilan taʼminlab kelinmoqda.

Jumladan, shunday yoshlardan T.F. ga subsidiya asosida gaz plitasi, muzlatgich, blender, mikroto‘lqinlipech topshirildi.

Berilgan imkoniyatlardan minnatdor bo‘lgan fuqaro endilikda muayyan daromadga ega bo‘lishiga ishonchi ortdi.


Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇺🇿🇩🇪 Тошкентда “Ҳамширалар учун Германия тиббиёт академияси” ташкил этилади

Шу вақтгача Германияда тиббиёт соҳасида ишлаш истагида бўлган ҳамюртларимиз ушбу давлатга боргач, 6-8 ой вақтини мослашиш учун сарфлаган. Янги лойиҳага кўра бундай бўлмайди. Ўзбекистоннинг ўзида касб ва тилга мақсадли ўқитилади.

Бу ҳақда Самарқандда Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги ҳамда Германияининг "Globogate Concept AG" концерни ўртасида имзоланган ҳамкорлик шартномасида белгилаб қўйилди.

“Даволаш бўйича Европадаги иккинчи йирик Университет клиникаси Аахен билан биргаликда Тошкентдаги Абу Али Ибн Сино номидаги 1-Республика тиббиёт техникуми базасида немис тиббий-таълим дастурлари асосида “Ҳамширалар учун Германия тиббиёт академияси” ташкил қилинади. Бир йил давомида касб ва тил ўргатилади. Муҳими, улар диплом олиш билан бир қаторда Германияда ишлаш ҳуқуқини берувчи касбий сертификатни ҳам қўлга киритади”, - деди "Globogate Concept AG" концерни бош директори Санг Ву Пай.


Шартномада фуқароларимизнинг ҳуқуқлари икки давлат қонунлари билан ҳимоя қилиниши белгилаб қўйилган.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Olti yoki sakkiz soat?

Fiziolog va psixologlarning so‘nggi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ish vaqtidan foydalanish samaradorligining maksimal darajasi 5-6 soatni tashkil etar ekan. 

Shvesiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida kompaniyalar maosh hamda bajariladigan ish hajmini saqlab qolgan holda 6 soatlik ish kuniga faol o‘tishmoqda. Buning natijasida korxonaning samaradorligi oshib bormoqda.

Ushbu yondashuv tarafdorlari aytganidek, odam 8 soat davomida vazifalarni bajarishga e’tiborini qarata olmaydi. Toliqishi natijasida ishni boshqa faoliyat bilan aralashtirib yuborishni boshlaydi.

6 soatlik ish kuni tizimini joriy qilgan barcha tashkilotlar rahbarlari xodimlarning ishtiyoqi ortganini qayd etishdi.

Shuningdek, ish joyidagi nizolar sonining kamayishi va umuman hayotdan qoniqishning ortishi kuzatilgan.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Айни кунларда мамлакатимизнинг барча ҳудудларида пахта йиғим-терими қизғин паллага кирди.

Мавсум давомида теримчилар учун меҳнат ва дам олиш шароитларини яратиш ҳамда мажбурий меҳнатга йўл қўймаслик борасида Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлигининг Давлат меҳнат инспекцияси томонидан алоҳида ишчи гуруҳлари шакллантирилиб, ўрганишлар олиб бориляпти.

Ҳурматли юртдошлар!

Пахта мавсумида меҳнат муносабатларини расмийлаштириш юзасидан саволлар туғилса ёки мажбурий меҳнат ҳолатларига гувоҳ бўлсангиз Давлат меҳнат инспекциясининг 1282 қисқа рақамига ёки @munosibmehnat_bot телеграм ботига мурожаат қилинг.

Эслатиб ўтамиз, “Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисида”ги Қонуннинг 19-моддасига мувофиқ жисмоний шахснинг илтимосига кўра унинг шахсига доир бирон-бир маълумот ошкор этилмаслиги кафолатланади.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq eng muhim masalalarni qamrab olgan uslubiy ishlanmalar tayyorlanib, davlat organi va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazildi.

Jumladan:

🔖Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qo‘llanma

🔹manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning umumiy qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartib-qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha elektron yordamchi sanaladi.

🔖Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

🔹manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda ularni bartaraf etish choralariga oid 49 ta muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar)ni o‘z ichiga oladi.

🔖Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar va bunday vaziyatlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha illyustrativ tarqatma materiallar

Mazkur materiallar davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga masʼul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar (korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yoki kadrlar bo‘linmalari), shuningdek, Odob-ahloq komissiyalari faoliyatida uslubiy yordam bo‘lib xizmat qiladi.

@SherzodSaparov

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇩🇪 Germaniyada ishlash imkoniyati yanada kengaymoqda!

Batafsil videorolikda 👆

👉 Ro'yxatdan o'tish

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Меҳнат кодексининг 358-моддасига кўра, ходим иш жараёнида ҳаёти ва соғлиғига таҳдид соладиган ҳолатлар юзага келганлиги тўғрисида иш берувчини дарҳол хабардор қилиб, бундай ҳолатлар бартараф этилгунига қадар тегишли ишни бажаришни рад этишга ҳақли. Ана шу давр мобайнида ходимнинг ўртача иш ҳақи сақланади.

▪️Агар юқоридаги каби ҳавфлар юзага келмаганлиги аниқланса, иш берувчи МКнинг 302-311-моддаларига мувофиқ ходимга нисбатан хизмат текшируви ўтказиш ташаббуси билан чиқишга ҳақли.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir. Uning davomiyligi qoida tariqasida 6 oydan oshmasligi kerak.

2 oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar esa vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.

Ishning mavsumiy yoki vaqtinchalik xususiyati to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.

Mavsumiy va vaqtinchalik xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi. Xodim ishning har bir oyi uchun kamida 2 kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

Ular ish beruvchini 3 kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.

@mehnatvazirligi

Читать полностью…
Подписаться на канал