1697 nafar o‘qituvchi 9 oy davomida Vazir jamg‘armasidan 5 million so'm miqdorida qo'shimcha ustama olishadi
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan, o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘zining o‘qitish uslubiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazir jamg‘armasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagoglarni saralash jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Bir necha bosqichda o‘tkazilgan sinovlarda “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumta’lim fani bo‘yicha bilim darajasi baholab borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan 5000 dan ortiq nomzoddan 1697 nafari Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama olish huquqiga ega bo‘lishdi.
Mazkur o‘qituvchilar endilikda 9 oy davomida (2023-yil aprel-dekabr oylari) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so‘m) har oylik ustama olishadi.
Vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun o‘tkaziladigan navbatdagi sinov jarayonlari haqida vazirlik rasmiy axborot manbalari orqali xabar beriladi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan barcha ustozlarni muborakbod etadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️Педагогларни мажбурий меҳнатга жалб қилганлик учун алоҳида жиноий жавобгарлик белгиланди
Бугун Шавкат Мирзиёев педагог ходимларнинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилганлик учун жавобгарликни кучайтиришни кўзда тутувчи қонунни имзолади. Бу ҳақда Президент Администрацияси раҳбари ўринбосари Комил Алламжонов маълум қилди.
Унга кўра, педагог ходимни меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш учун маъмурий ва жиноий жавобгарликлар кучайтирилмоқда. Жумладан, умумий ҳолатда бирор шахсни мажбурий меҳнатга жалб этиш 30 млн сўмгача (100 баравар) жаримага сабаб бўлса, эндиликда педагогларни мажбурий меҳнатга жалб қилиш 45 млн сўмгача (150 баравар) жарима билан жазоланиши мумкин.
Жиноят кодексида ҳам педагогларга қарши ҳаракат учун алоҳида жиноий жавобгарлик белгиланди ва жазо кучайтирилди. Яъни педагог ходимни меҳнатга бирон-бир шаклда маъмурий тарзда мажбурлаш учун, агар худди шундай қилмиш учун маъмурий жазо қўлланилганидан кейин содир этилган бўлса, 45 млн сўмдан 60 млн сўмгача жарима ёки 3 йилгача муайян ҳуқуқдан маҳрум қилиш ёхуд 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари жазоси белгиланди.
Шунингдек, таълим ташкилоти педагог ходимининг касбий фаолиятига қонунга хилоф равишда аралашиш ёки ўз хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш учун ҳам маъмурий жавобгарлик кучайтирилди. Эндиликда бу қилмиш учун фуқароларга 2,1 млн сўмдан 4,5 млн сўмгача жарима, мансабдор шахсларга эса 3 млн сўмдан 6 млн сўмгача жарима белгиланмоқда.
❗️Эътиборли жиҳати, илгари педагогнинг фаолиятига ноқонуний аралашиш учун фақат жарима жазоси белгиланганди. Эндиликда ушбу қилмишни такроран содир этган мансабдор шахсларга 15 суткагача маъмурий қамоқ белгиланиши мумкин.
Каналга уланиш:
➖ @uzauz
#Биласизми
🔰 Йўл ҳаракати қоидаларига кўра, Светофорнинг яшил ишорасидан кейин сариқ ишора ёнганда ёки тартибга солувчининг қўли юқорига кўтарилганда, айрим жойларда кескин тормоз бермасдан тўхташга улгура олмайдиган ҳайдовчиларга ҳаракатланишни давом эттиришга рухсат этилади.
🚦Ушбу ишоралар берилганда, қатнов қисмида бўлган пиёдалар уни бўшатишлари, агар бунинг иложи бўлмаса, қарама-қарши йўналишлардаги транспорт оқимларини ажратувчи чизиқда тўхташлари керак.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
DIQQAT! E’LON!
📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!
👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: http://ish.uzedu.uz
Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.
❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.
Unda siz http://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
Shoshiling!
📆 Ro'yxatdan o'tish 6-aprelgacha davom etadi
Maktablarda va mahallalarda sport maydonchalari qurish rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.
Unga koʻra Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Yoshlar siyosati va sport vazirligining taklifiga muvofiq belgilangan mahallalarda joylashgan, shuningdek sport infratuzilmasi yetarli boʻlmagan umumtaʼlim maktablari tasarrufida boʻlgan hududlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi balansida qoldirish sharti bilan sport maydonchalari qurilishi uchun zarur yer maydonlarini ajratilishini tashkil etadi;
umumtaʼlim maktablari hududida qurilgan sport maydonchalaridan oʻquvchilar, shuningdek, darsdan tashqari hamda qatʼiy tarzda oʻquv jarayoniga xalaqit bermaydigan vaqtlarda mahalla aholisining bepul shugʻullanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi.
2023-yil 1-maydan boshlab:
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan sport maydonchalari barpo etiladigan mahalla hududlari roʻyxati hududiy hokimliklarga taqdim etiladi.
Mahalla fuqarolar yigʻini hududida barpo etilgan sport maydonchalari tozaligini saqlash atrofini obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bitta shtat birligi ajratiladi.
Muhokama ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/77658
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
#tavsiya
Davlat oliy ta’lim muassasalarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha davlat oliy ta’lim muassasalari telegramda o‘z sahifalarini yuritmoqda.
Mazkur telegram kanallarida muassasa faoliyati, yangiliklar, muhim e’lonlar, muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularga oid rasmiy munosabatlardan boxabar bo‘lish imkoniyati mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda respublikamizda 114 ta davlat oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining rasmiy kanallariga a’zo bo‘lishni tavsiya qilamiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❓ Maktab direktorlarining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga oʻz xizmat vazifasiga qoʻshimcha ravishda yagona elektron tizimi (ERP), kundalik.com va boshqa AKT bazalar bilan doimiy ishlash vazifasi yuklatilgan. Ushbu yuklamalar uchun qoʻshimcha ustamalar belgilanishi mumkinmi?
✅ Umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga oʻqituvchilar va oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kundalik.com sayti hamda maʼlumotlarning yagona elektron tizimiga kiritish vazifasi yuklatilishi mumkin.
Amaldagi meʼyoriy huquqiy hujjatlarda mazkur qoʻshimcha vazifa uchun ustama va toʻlovlar koʻzda tutilmagan.
📌 “Vazirga murojaat” rukni ostida berilgan savollarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova javob qaytardi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Умумхалқ хайрия ҳашари 18 март куни ўтказилади
“Обод ва файзли маҳалла – юрт кўрки” шиори остида 2023 йил 11 март куни умумхалқ хайрия ҳашари ўтказилиши ҳақида аввал хабар берилган эди.
Вазирлар Маҳкамасининг тегишли фармойиши асосида ушбу умумхалқ хайрия ҳашари Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ойи арафасида ҳамда тадбирга пухта тайёргарлик кўриш ва уюшқоқлик билан ўтказиш мақсадида 2023 йил 11 мартдан 18 мартга кўчирилди.
Telegram | Instagram | Facebook
#Diqqat
Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi boshlanmoqda: manzil va sanalar bilan tanishing
Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash mezonlari maʼlum bo‘ldi.
Vazir jamg‘armasidan ustama olish uchun o‘tkaziladigan sinov jarayonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘p bosqichli tanlov asosida bevosita Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda tashkil etilishi haqida avvalroq xabar bergandik.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq taʼlimi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida ushbu Jamg‘armadan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Birinchi bosqichda qatnashgan hamda dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun bo‘lib o‘tgan test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.
Ikkinchi bosqichda umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. Ushbu havola orqali kasbiy mahoratni baholash uchun suhbatni baholash Nizomi va mezonlari bilan tanishishingiz mumkin.
Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.
Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkazilgan saralash sinovlarining birinchi bosqichi natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Suhbat jarayonlari joriy yilning 13-18-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadigan manzillar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#statistika
Toshkent shahri maktablarida necha nafar oʻquvchi tahsil olmoqda?
🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Toshkent shahridagi maktablarda 499 417 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.
✅ Tumanlar kesimida maktablarda tahsil olayotgan oʻquvchilar soni:
— Yunusobod – 64 411 nafar
— Mirzo Ulugʻbek – 58 107 nafar
— Olmazor – 57 335 nafar
—Uchtepa – 54 856 nafar
— Chilonzor – 50 799 nafar
— Shayxontohur – 46 512 nafar
— Yashnobod – 46 192 nafar
— Sirgʻali – 36 751 nafar
— Mirobod – 30 043 nafar
— Yangihayot – 22 845 nafar
— Yakkasaroy – 19 579 nafar
— Bektemir – 11 987 nafar
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
❗️2023/2024 ўқув йилидан бошлаб:
5-9-синфларда ўқувчиларга умумтаълим фанларидан таянч билимлар бериш амалиёти йўлга қўйилади — Президент фармони
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️ Kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi
📌 2023-yilning 1-yarmida kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
✅ Talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi ishlab chiqildi.
👉 Unga ko‘ra kimyo va fizika fanlaridan:
🔹 ro‘yxatga olish — 23-fevraldan 8-martgacha;
🔹 test sinovlari — 2-aprel kuni;
👉 ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan:
🔹 ro‘yxatga olish — 3-apreldan 16-aprelgacha;
🔹 test sinovlari — 30-aprel kuni;
👉 tarix va geografiya fanlaridan:
🔹 ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha;
🔹 test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.
🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
❗️Устама тўланадиган миллий ва халқаро сертификатлар рўйхати
2022 йил 11 майдаги ПФ-134-сонли Президент Фармонига кўра, 2022 йил 1 сентябрдан бошлаб умумтаълим фанлари бўйича тегишли даражадаги сертификатга эга бўлган педагог кадрларга қуйидаги тартибда ҳар ойлик қўшимча устама тўланади:
— халқаро тан олинган ва унга тенглаштирилган миллий сертификатга эга бўлган педагог кадрларга - уларнинг тариф ставкасига нисбатан 50 фоиз миқдорида;
— халқаро талабларга жавоб бермайдиган миллий сертификатга эга бўлган педагог кадрларга - уларнинг тариф ставкасига нисбатан 20 фоиз миқдорида.
Педагог кадрларга ҳар ойлик қўшимча устама сертификат амал қилиш муддати давомида, лекин уч йилдан кўп бўлмаган вақт мобайнида тўланади.
Агар ўқитувчи умумтаълим фанлари бўйича бир нечта сертификатга эга бўлса, юқорироқ фоизли устама берувчи сертификат бўйича устама тўланади.
Саволингизни: @yuristgamurojaat ga қолдиринг
👉 @yuristlar_maslahati 👈
2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi!
🤩3 yil ichida IT sohasi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ling. Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM kompaniyasidan ish takliflarini oladilar.
📌Qanday qilib IT Park University talabasi bo’lish mumkin?
1. my.itpu.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali ariza yuboring
2. Shaxsiy kabinetingizda kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'ting
3. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshiring
4. Shartnomani imzolang va to’lovni amalga oshiring
5. O’qishga kirganingiz haqida buyruq oling va o’qishni boshlang
🌐 Batafsil ma'lumotni veb-saytimizda o'qing.
––
Старт приема документов на 2023/2024 учебный год!
🤩Получите высшее образование в IT-сфере за 3 года. Лучшие студенты будут стажироваться в Европе и США, а также получат предложения по работе от компании EPAM, одного из мировых лидеров в разработке IT-продуктов.
📌Как стать студентом IT Park University?
1. Подать заявление в личном кабинете на сайте my.itpu.uz
2. Зарегистрироваться на вступительные экзамены в личном кабинете
3. Успешно сдать экзамены
4. Подписать и оплатить договор
5. Получить приказ на зачисление и начать обучение
🌐 Читайте подробнее на нашем сайте.
#Munosabat
Oʼquvchilarni dars vaqtida pul yigʼishga yuborilishiga yoʼl qoʼygan maktab direktori vazifasidan ozod etildi
Toshkent viloyati, Oqqoʼrgʼon tumanida joylashgan 17-maktab oʼquvchilarining dars vaqtida uylariga pul olib kelishi uchun joʼnatilgan aks etgan videodagi holat tezkor tarzda oʼrganish boʼyicha vazir tomonidan topshiriq berildi.
Oʼrganish jarayonida mazkur holat haqiqattan ham "Tashabbusli byudjet" bilan bogʼliqligi oʼz tasdigʼini topdi. Maktabi yaqinda ta'mirdan chiqqan bo'lishiga hamda qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay hech qanday soʼz bilan oqlab boʼlmaydigan holatga yoʼl qoʼyganligi uchun maktab direktorini lavozimidan ozod etish boʼyicha qaror qabul qilindi, oʼqituvchiga esa ogohlantirish berildi.
Bu holat qolgan maktablarda takrorlanmasligiga ishonamiz hamda maktabga oʼqituvchi dars bergani, farzandlarimiz esa taʼlim olish uchun borishini unutmasligingizni soʼrab qolamiz.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❓Umumta'lim maktablari o'qituvchilarining sinf rahbarlari uchun qanday ustama va imtiyozlar berilgan?
✅ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to'g'risida 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida Umumta'lim muassasalari o'qituvchining sinf rahbarligi uchun qo'shimcha haq to'lovlari nazarda tutilgan.
Unga ko'ra mazkur to'lovlar sinfdagi o'quvchilar soniga qarab, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorida nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi. Ya'ni
🔹 15 nafar o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 26,4 % (hozirgi vaqtda 242 ming 880 so'm),
🔹 16 nafardan 20 nafargacha o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 31,6 % (hozirgi vaqtda 290 ming 220 so'm),
🔹 20 nafardan 25 nafargacha o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 36,9 % (hozirgi vaqtda 339 ming 480 so'm),
🔹 26 nafardan 36 nafargacha o'quvchiga ega sinf rahbarligi uchun 42,1 % (hozirgi vaqtda 387 ming 320 so'm),
🔹 31 nafar va undan ko'p o'quvchiga ega bo'lgan sinf rahbarligi uchun 52,8 % (hozirgi vaqtda 485 ming 760 so'm).
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
“Kundalik” elektron sinf jurnalida baholarni qo‘yish va o‘zgartirish tartibiga muvofiq 2023-yilning 15-aprelidan tizimda cheklov (muzlatish) o‘rnatiladi hamda kiritilgan chorak va yillik baholarga maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqarmalariga rasmiy xatsiz o‘zgartirish kiritish imkoniyati bo‘lmaydi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Vazir Hilola UMАROVА: "Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymaymiz”
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar va rejalar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda bugungi kun zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida soʼz bordi:
“Direktorlar meni eng koʼp oʼylantiradigan, taʼlimdagi ogʼriqli nuqtalardan biri. Koʼp yillar maktabda direktor boʼlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʼzgarish qila olishimiz mumkin.
Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʼlmagan insonga taʼlimda oʼrin boʼlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymayman. Direktor halol boʼlsa, uning yonida men turaman!
Siz bilan biz oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʼqituvchiga gapirishga haddi sigʼyapti? Oʼz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʼqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʼmaydi. Oʼqituvchilarning nufuzini koʼtarish esa siz-u bizning vazifamiz. Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʼtarishga oʼzingiz harakat qiling.
Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.
Yangilikni oʼzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-yelka ishlaymiz.
Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʼlmasligi uchun oʼz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.
Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʼlsa, koʼnglimiz xotirjam boʼladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʼ yuz bilan borish nasib qilsin”, - deydi Hilola Umarova.
❗️Мажбурий аттестацияга жалб этилмайдиган педагог кадрлар рўйхати кенгайтирилди
"Таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида"ги Ҳукумат қарори (120-сон, 23.03.2023 й.) қабул қилинди
▪️Қарорга кўра, 2023 йил 1 апрелдан қуйидагилар мажбурий аттестацияга жалб этилмайди:
▫️педагогик фаолият бўйича 25 йил ва ундан кўп иш стажига эга педагог ходимлар;
▫️ёшга доир пенсияга чиқиши учун 5 йилдан кўп бўлмаган муддат қолган педагог ходимлар.
21-mart – Abdulla Oripov tavallud topgan kun
Andijon davlat chet tillar institutining iqtidorli talabalari Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun munosabati bilan shoirni xotirlab uning qalamiga mansub sheʼrlardan ijro etdilar.
Abdulla Oripov 1941-yil 21-mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani Nekoʻz qishlogʻida tavallud topgan.
➖➖➖
21 марта – день рождения Абдуллы Орипова
Студенты Андижанского государственного института иностранных языков исполнили стихи поэта Абдуллы Орипова по случаю его дня рождения.
А.Орипов родился 21 марта 1941 года в селе Некуз Касанского района Кашкадарьинской области.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚИТУВЧИСИ ҚАЙСИ ФАНЛАРДАН ДАРС БЕРА ОЛАДИ?
Assalomu alaykum Boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga qaysi fanlardan toifa boʻyicha haq toʻlanadi? Iltimos qonuniy asoslab bersangiz.
📍ЖАВОБ:
Халқ таълими вазирлигининг 2020 йил 10 август кунидаги 03-02/01-1807-сонли кўрсатмасига асосан умумий ўрта таълим муассасаларининг бошланғич синф ўқитувчиси дипломида “Бошланғич синф ўқитувчиси”, “Бошланғич таълим ва тарбиявий ишлар методикаси”, “Бошланғич таълим ва тарбиявий иш”, “Педагогика ва бошланғич синфлар ўқитувчиси” каби ихтисосликлардан бири берилган бўлса, улар умумий ўрта таълим муассасаларининг бошланғич синфларида “она тили”, “ўқиш”, “тарбия”, “математика”, “атрофимиздаги олам”, “табиатшунослик”, “тасвирий санъат”, “технология” фанларидан дарс бериши мумкинлиги белгиланган.
Эътибор бериш керакки, бошланғич синф ўқитувчисининг дипломида “Бошланғич таълим ва спорт-тарбиявий иш” ихтисослиги берилган бўлса, улар умумий ўрта таълим муассасаларининг бошланғич синфларида “она тили”, “ўқиш”, “тарбия”, "математика”, “атрофимиздаги олам”, “табиатшунослик”, “тасвирий санъат”, “технология”, “жисмоний тарбия” фанларидан дарс беришлари мумкин.
Хулоса қилиб айтиш мумкинки, сиз бошқа синфларда ҳам ушбу фанлардан дарс соатлари олишингиз мумкин.
Саволингизни: @yuristgamurojaat ga қолдиринг
👉 @yuristlar_maslahati 👈
❗️ Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi bo‘yicha asosiy ma’lumotlar
✅ Suhbat Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi, Universitet huzuridagi ilmiy-amaliy psixologlar markazi rahbar va xodimlaridan iborat Suhbat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
🔹 Suhbat komissiyasi tarkibi 5 nafar a’zodan, shu jumladan, komissiya raisi, a’zolari va kotibi, jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘ladi. Universitet prorektorlari komissiya raisi hisoblanadi.
🔸 Suhbat jarayonlari o‘tkazilayotgan joyda komissiya a’zolari va nomzoddan tashqari begona shaxslarning bo‘lishiga ruxsat berilmaydi.
🔹 Nomzodlar bilan kasbiy faoliyatiga doir tayyorlangan taqdimoti bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.
🔸 Har bir taqdimot uchun 10 daqiqa va savol-javob uchun 5 daqiqa ajratiladi.
🔹 Suhbat natijalari bo‘yicha baholash maksimal 10 ballik tizimda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
🔸 Bunda 2-bosqichga chiqqan hamda nomzodning kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha suhbatdan 4 (to‘rt) balldan kam olgan nomzodlar go‘liblikka tavsiya etilmaydi.
🔹 Natija har bir suhbat komissiyasi a’zosining alohida qo‘ygan ballari o‘rtachasidan kelib chiqib aniqlanadi.
🔸 Baholanuvchilar ularga berilgan savollar va o‘zining javoblarini jurnalga imzo qo‘yish orqali tasdiqlaydi. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida suhbat jarayoni videotasvirga olinadi.
🔹 Ustama olish huquqiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarning ro‘yxatini saralash yakunidan so‘ng 5 ish kunida vazirlikning rasmiy veb-sahifasida e’lon qiladi.
🔸 Suhbat komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan nomzodlar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab, 48 soat mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat qilishi mumkin.
🔹 Nomzodlarning shikoyatlari ro‘yxatga olingan kundan boshlab, uch ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda xabardor qilinadi.
🎙 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Laziz Xo‘jaqulovning ma’lum qilishicha 2-bosqichdan ham muvaffaqiyatli o‘tganlarga 2023-yil aprelidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.
👉 Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi o‘tkaziladigan manzil va sanalar – /channel/uztdi/6327
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
#Vazirga_murojaat
📣MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGIDA “VAZIRGA MUROJAAT” PORTALI ISHGA TUSHIRILDI!
❗️Hurmatli o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar!
Endi siz:
▶️ ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar,
▶️ korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar,
▶️ tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalaringizni vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llashingiz mumkin.
⚡️Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi.
❕TA’LIM VA TARBIYAGA BARCHAMIZ BIRDEK MAS'ULMIZ!
_____
📣В МИНИСТЕРСТВЕ ДОШКОЛЬНОГО И ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ЗАПУЩЕН ПОРТАЛ «ОБРАЩЕНИЕ К МИНИСТРУ».
Уважаемые учителя, воспитатели, родители!
Теперь у вас есть возможность отправить предложения и обращения:
▶️по улучшению качества образования,
▶️о коррупционных правонарушениях,
▶️инициативы, проекты, мнения и комментарии в портал обращений vazir.uzedu.uz.
⚡️Данные предложения, инициативы и комментарии будут находиться под моим личным контролем и изучены специалистами министерства. Основываясь на ваших обращениях мы будем внедрять новые проекты в образование.
❕ КАЖДЫЙ ИЗ НАС В ОТВЕТЕ ЗА ОБРАЗОВАНИЕ И ВОСПИТАНИЕ НАШИХ ДЕТЕЙ!
#ибрат
Бу оддий темир бўлаги. Шу ҳолида унинг қиймати 100 АҚШ доллари атрофида. Дейлик, агар бундан тақа ясашга қарор қилсангиз, унинг қиймати 250 долларгача ошади.
Агар сиз бу темирдан ниналар ясасангиз, унинг қиймати 70 000 долларгача кўтарилади.
Модомики сиз бу темирдан соат пружиналарини ишлаб чиқарсангиз, унинг қиймати 6 миллион долларгача етади.
Унутмангки, сизнинг қадр-қимматингиз ҳолатингизга эмас, ўзингиздаги энг яхши жиҳатларни қайси йўллар билан юзага чиқаришингизга боғлиқ.
Манба: Тафаккур эгалари канали
❗️ Президент 2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисидаги фармонни имзолади. Ҳужжатга кўра:
➖ 2023/2024 ўқув йилидан бошлаб республиканинг барча вилоятлари ва Тошкент шаҳрида бошланғич синф ўқувчиларини бепул овқат билан таъминлаш йўлга қўйилади;
➖ 2023 йил 1 апрелдан бошлаб республиканинг барча аҳоли пунктларида транспорт воситалари ҳаракатланишининг энг юқори тезлиги соатига 70 километрдан 60 километргача туширилади;
➖ тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқий ҳимоясини янада кучайтириш мақсадида 2023 йил 1 июлдан бошлаб тадбиркорлик субъектларига нисбатан янги турдаги жавобгарлик ва жазо чораларини жорий этишга уч йиллик мораторий ўрнатилади;
➖ 32 минг нафар фуқарога бозор тамойилларига асосланган ипотека кредитлари, шунингдек 11 минг нафар фуқарога бошланғич бадал ва фоиз тўловларининг бир қисмини қоплашга субсидиялар ажратиш учун Давлат бюджетидан етарли маблағлар йўналтирилади;
➖ 2023 йилда жамоатчилик фикри асосида шакллантириладиган лойиҳаларни молиялаштириш учун Давлат бюджетидан 8 трлн сўм, шундан “Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” дастурлари учун 4 трлн сўм йўналтирилади ва бошқалар.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
📌 Экстернат тартибида имтиҳонлар олиш учун ариза бериш.
Батафсил: https://my.gov.uz/uz/service/697
Ustama olish uchun milliy sertifikatda eng kamida 80% natija qayd etish lozim!
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida sertifikat olish uchun maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plash lozim. Lekin ustama olish uchun minimal talab tegishli vazirliklar tomonidan belgilanadi. 2022-yil 11-mayda qabul qilingan Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga 20% (xalqaro tan olingan sertifikatlarga 50%) miqdorida ustama berilishi belgilangan.
Bunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili sertifikalar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxatini va har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini tasdiqlaydi hamda o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. 2022-yilda ustama olish uchun sertifikatning eng kam darajasi milliy sertifikat uchun 80% etib belgilangan.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
ДИРЕКТОР ЎҚУВЧИЛАРНИ КАСБ МАКТАБЛАРИГА ЖАЛБ ЭТИШИМНИ ТАЛАБ ҚИЛМОҚДА. БУ ТЎҒРИМИ?
Ассалому алайкум. Хозирги кунда 9 - синф укувчиларини касб мактабларига жалб килиш ишлари олиб бориляпти. Бу жараёнда асосан ким купрок жавобгар? Мен синф рахбариман. Синфимда 10 - 11 синфда укишини давом этади деган ота- оналар куп. Директор мендан талаб киляпти хаммасини касб мактабига жалб килинг деб. Шу тугрими?
📍ЖАВОБ:
Бундай ишлар ўқитувчининг меҳнат мажбуриятларига кирмайди.
Меҳнат кодекси кодекс 177-моддасида иш берувчининг бурчлари белгиланган. Улар орасида иш берувчи ходимдан унинг меҳнат вазифалари доирасига кирмайдиган ишларни бажаришни, қонунга хилоф ёки ходим ва бошқа шахсларнинг ҳаёти ва соғлиғи учун хавф туғдирувчи, уларнинг шаъни ва қадр-қимматини камситувчи ҳаракатлар қилишни талаб этишга ҳақли эмаслиги ҳам белгиланган.
Кўриш мумкинки, иш берувчи ўқитувчиларга уларнинг меҳнат вазифангиздан бошқа ишни буюриши қонунан таъқиқланади.
Бу каби ҳолатларда иш берувчига нисбатан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекс 49-моддаси билан (яъни мансабдор шахс томонидан меҳнат ва меҳнатни муҳофаза қилиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузиш) базавий ҳисоблаш миқдорининг беш бараваридан ўн бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.
Бу ҳолатда сиз туман адлия бўлимига мурожаат қилишингиз мумкин.
Саволингизни: @yuristgamurojaat ga қолдиринг
👉 @yuristlar_maslahati 👈