Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutqidan eng muhim iqtiboslar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#Maʼrifat_ulashib
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Nabi Jaloliddinning "Vatan" hikoyasi sahnalashtirildi.
Ushbu loyiha nafaqat adabiy merosimizni tanitish, balki talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini ham namoyish etish imkonini berdi. Sahnalashtirilgan hikoya, ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun vatanparvarlik, mehr-muhabbat va insoniy qadriyatlarni yuksak darajada aks ettiruvchi san'at asariga aylandi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Professor_minbari
"Turizm sohasi moddiy va ma’naviy boylik manbai" — Mamayunus Pardayev, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bayrogʻim_faxrim
Vatanimiz bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi muborak boʻlsin! 🇺🇿
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi katta o'qituvchisi Iskandarov Bekzod Abdijalilovichning tavallud ayyomi!
Hurmatli Bekzod Abdijalilovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi Pastdarg‘om xizmat ko‘rsatish texnikumida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Unda Din ishlari boʻyicha qoʻmita Pastdarg‘om tumani bo'limi bosh mutaxassisi A.Januzakov va tuman IIB TQKB bo‘lim boshlig‘i O.Norxo‘jayevlar ishtirok etib, yoshlarni yot, radikal g‘oyalar ta’siridan saqlash uchun birgalikda harakat qilish kerak ekanligini ta'kidlashdi.
Tadbirda islom dinining asl mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardan diniy mazmunda foydalanishda faqat rasmiy saytlardan foydalanish to‘g‘risida, yoshlarni turli yot g‘oyalarga kirib qolishini oldini olish, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda to‘g‘ri yo‘ldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi va “Tinchlik qadri” nomli hujjatli filmlar namoyish etildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Davra_suhbati
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlarda talabalarga Davlat bayrogʻining tarixi va ma'nosi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bagʻrikenglik_haftaligi
💫 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutorlari tomonidan "Bag‘rikenglik haftaligi" doirada "Kitoblar mening do'stlarim" kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda talabalar kitobning inson hayotidagi o'rni va uning bag‘rikenglikka hissasi, kitoblarning hayotiy tajribalarga, bilimga, va yangi g'oyalarga qanday qilib yo'l ochishi haqida fikr bildirishdi.
Har bir ishtirokchi o'z sevimli kitobi haqida so'zlab berib, ularning shaxsiy rivojlanishidagi ahamiyatini ta'kidladilar.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bagʻrikenglik_haftaligi
💫 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni
Mazkur sana munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "O'zbekiston — umumiy uyimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirda talabalarning fikr va mulohazalari, mamlakatimizdagi bagʻrikenglik, bir-birimizga hurmat va mehr-muhabbat ko'rsatish zarurligi haqida qizg'in munozaralar bo‘lib o‘tdi. O'zbekistonning madaniy xilma-xilligi, turli millat va elatlar o'rtasidagi do'stlik rishtalari, birgalikda tinch-totuv yashashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
⭐️ Bu turdagi tadbirlardan maqsad – do'stlikni mustahkamlash, bag'rikenglik ruhini oshirish va jamiyatimizda tinchlikni saqlashga hissa qo'shishdir.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bagʻrikenglik_haftaligi
💫 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni
Mazkur sana munosabati bilan institut axborot-resurs markazida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Unda iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirok etdi. Ko'rgazma nafaqat kitoblar taqdimoti bilan, balki samimiy suhbatlar, fikr almashish va yangi g‘oyalar bilan o'zgacha shukuhda o'tdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bagʻrikenglik_haftaligi
💫 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni
Mazkur sana munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakultetida "Bag'rikenglik haftaligi" doirasida "Diniy bag‘rikenglik, tolerantlik xalqlar do‘stligining muhim poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda iqtisodiyot fakulteti tyutori Surayyo Temirova va iqtisodiyot nazariya kafedrasi professori Lola Xalikovalar tomonidan tadbir ishtirokchilariga dinlararo hurmat va tolerantlikning ahamiyati, bag‘rikenglik, bir-birini tushunish va qadrlash insoniyatning har bir a'zosi o'rtasida yaratilgan tinchlik va do'stlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Ushbu davra suhbati nafaqat bilimlarni oshirishga, balki jamiyatda bag'rikenglik ruhini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Kitobxonlik
💫 "Kitobxon talaba" loyihasi davom etmoqda
Bank-moliya xizmatlari fakultetida atoqli o‘zbek shoiri Usmon Nosir tavalludining 112 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida fakultet tyutorlari tomonidan talabalarga shoirning hayoti va ijodiga doir ma'lumotlar berilib, shoirning xalqimizni ma'rifatli, ilm-fan yo‘lida ilhomlantiradigan go‘zal she'rlari yodga olindi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#TTJ
Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida servis fakulteti tyutorlari va fakultet koordinatori tashabbusi bilan "Talabalar haftaligi" doirasida "Talabalar oqshomi" tadbiri tashkil etildi.
Tadbir talabalar o'rtasida do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, ijodiy fikrlash va jamoaviy ruhni oshirishga xizmat qildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
- Senga yoqmasa oʻgʻri degani emas.
- "Yetimxona"dan chiqqan.
- Nima qipti?
- Zotini tayini yoʻq, oʻgʻri...
🎬 "Sarvqomat dilbarim" filmidan parcha
Chingiz Aytmatovning "Sarvqomat dilbarim" asari asosida suratga olingan oʻzbek yigiti va qirgʻiz qizining taqdiri haqida taʼsirli film.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | samarqand_manaviyat">You Tube
#Xalqaro_hamkorlik
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti oʻrtasidagi akademik almashinuv munosabati bilan institut kechki ta'lim boʻlimi boshligʻi R.Samandarov va tillarni oʻqitish kafedrasi mudiri T.Mardiyevlar M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida boʻlib qaytishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#LIVE 🚩
Ayni paytda viloyat musiqali drama teatrida Oʻzbekiston va Indoneziya teatr san'ati ustalari tomonidan tayyorlangan "Imom Al-Buxoriy va Sukarno" spektakli premyerasi bo'lib oʻtmoqda.
Ushbu premyera namoyishida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Poʻlatov boshchiligidagi institut jamoasi ham ishtirok etmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bayrogʻim_faxrim
Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Registon maydonidan boshlandi.
20x40 metr o‘lchamdagi bayroqni ko‘targan harbiylar, sportchi yoshlar, ichki ishlar va milliy gvardiya boshqarmasi otliqlari, texnika vositalari Ko‘ksaroy maydoni tomon harakatlandi.
Ushbu tadbirlarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Xalqaro_anjuman
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va ekologik menejmentni rivojlantirishning metodologik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o'tdi. Mazkur anjumanda quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha muhokamalar olib borildi:
- Orol dengizining ekologik tiklanishiga erishish uchun sanoatni almashtirish;
- Osiyoda kichik va o'rta biznes raqobatbardoshligi: raqamlashtirish va barqarorlik;
- Madaniyatlarga mos marketing strategiyalarini ishlab chiqish: Oʻzbekistonning global bozorida tilning ahamiyati;
- O'zbekistonda raqamli investitsiyalar yordamida iqtisodiy salohiyatni ochish;
-Sun’iy intellektga asoslangan bashoratli modellar yordamida ixtisoslashtirilgan ta’lim uchun o‘qitish tahlili: akademik yutuqlarni oshirish;
- O'zbekistonda raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari;
- Barqaror rivojlanishda iqtisodiyotni tiklash;
- Ekologik xavflarni kamaytirishda ekologik menejment (iqtisodiy boshqaruv) ning roli.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bayrogʻim_faxrim
Sarbaland boʻl — Vatan bayrogʻi! 🇺🇿
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti matbuot xizmati mazkur videorolikni tayyorlashda jonbozlik koʻrsatgan ikkinchi boʻlim boshligʻi Maʼmura Eshkulovaga hamda "Toʻmaris izdoshlari" loyihasi talaba-qizlariga oʻz minnatdorchiligini bildiradi!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
#Bagʻrikenglik_haftaligi
Oʻzbekiston — umumiy uyimiz!!! 🇺🇿
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Tanlov 😁
📹"Quvnoqlar va zukkolar" koʻrik-tanlovidan videolavha
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Ichki_turizm
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutori A.Abdurajabov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan o'ziga biriktirilgan guruh talabalari ishtirokida shahrimizning diqqatga sazovor joylariga ekskursiya tashkil qildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Davra_suhbati
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlarda talabalarga Davlat bayrogʻining tarixi va ma'nosi haqida batafsil ma'lumotlar berilmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Etnosport
💫 Servis fakulteti talabalari ishtirokida etnosport festivali bo'lib o'tdi
Ishtirokchilar milliy sport turlari va xalq o'yinlari orqali bir-birlari bilan kuch sinashishdi. Mazkur tadbir nafaqat raqobat ruhini oshirdi, balki talabalar o'rtasida do'stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamladi. Har bir o'yin qiziqarli lahzalarga boy bo'ldi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Taqdirlash_marosimi
💫 Sport sinovlarini namunali topshirgan talabalar taqdirlandi
Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarida namunlari natija qayd etgan bir qator talaba-yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining ko'krak nishonlari hamda sovg'alari topshirildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bagʻrikenglik_haftaligi
💫 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni
Mazkur sana munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakultetida "Bag'rikenglik haftaligi" doirasida "Diniy maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik – jamiyat barqarorligi sharti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirda fakultet tyutorlari talabalarga bag'rikenglik, diniy ma'rifat va turli millatlar o'rtasidagi ahillik haqida tushuncha berishdi. Suhbat davomida, bag'rikenglik faqatgina ijtimoiy barqarorlikni ta'minlab qolmay, balki bizning hayotimizda tinch-totuv yashashning asosiy tamoyili ekanligi ta'kidlandi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
Samarqand nonining mashhurligi siri nimada?
Samarqand nonlari, qadimiy va navqiron shaharning dovrug‘i dunyoga doston ramzlaridan biriga aylanib ulgurgan. U xushta'mligi, to‘yimliligi va o‘zgacha chiroyi bilan mashhur.
⚪️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan videolavha orqali savolimizga javob olamiz.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bilib_qoʻygan_yaxshi
⚡️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limining "100 savolga 100 javob" loyihasi (5-son)
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Xalqaro_hamkorlik
💫 Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Sankt-Peterburg delegatsiyasi tashrif buyurdi
Joriy yilning 14-noyabr sanasida, Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg boshqaruv texnologiyalari va iqtisodiyot universitetining fan va xalqaro faoliyat bo‘yicha prorektori Anna Rumyanseva va Turizm va mehmondo‘stlik sohasida kompetensiyalarni rivojlantirish markazi bosh direktori Marina Morozova tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida xorijlik mehmonlar va institut rahbar xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda o'zaro hamkorlik yo'nalishlari, xususan talabalar uchun onlayn o'quv kurslar va loyiha-seminarlar tashkil etish, qo'shma ilmiy loyihalar amalga oshirish mavzulari muhokama etildi.
Turizm va mehmondo‘stlik sohasida kompetensiyalarni rivojlantirish markazi bilan esa hamkorlik memorandumi imzolandi va tajriba almashishga kelishib olindi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Rektor_kubogi #QVZ
😁 "Quvnoqlar va zukkolar" koʻrik-tanlovi: Isteʼdodlar va qobiliyatlar maydoni!
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Rektor kubogi" musobaqalari doirasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
Tadbir qiziqarliligi va jamoalarning quvnoq chiqishlari bilan koʻpchilikda katta taassurot qoldirdi. Jamoalar 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar hamda yakunda natijalar quyidagicha tus oldi:
🥇 "Buxgalteriya" jamoasi;
🥈 "Moliyachi" jamoasi;
🥉 "Remontada" jamoasi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">