#Milliy_kontent
Ustoz — otangdek ulug'!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Zakovat #Saralash 🔥
Hurmatli Samarqand iqtisodiyot va servis institutining bilimga chanqoq talabalari!
Institut zakovat terma jamoasi a'zosiga aylanishni istaysizmi?
Unda siz uchun ajoyib imkoniyat! Joriy yilning 20-noyabr (chorshanba) kuni soat 17:30 da institut ARM binosida terma jamoa uchun bilimdon talabalar saralab olinadi.
Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar zakovat o'yinlarining viloyat hamda respublika bosqichlarida institut sharafini himoya qiladi.
Murojaat uchun: @SamISI_Rasmiy
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
"Jaholatga qarshi ma’rifat", "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?" va "Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" mavzularidagi turkum tadbirlar bank-moliya xizmatlari fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda institut masʼullari tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi. Uchrashuv davomida mavzuga oid videolavha ham namoyish etilib, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Amaliyot
#Kafedra_faoliyati
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi professori Musaeva Shoira Azimovna tashabbusi bilan servis fakulteti talabalari ishtirokida amaliyot darslari tashkil etildi.
Amaliyot jarayonida talabalar kompaniyaning ichki strukturasini, uning marketing strategiyalarini va xizmat ko'rsatish jarayonlarini chuqur o'rganib, real biznes muhitida amaliy tajribalarni olishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Ochiq_dars
Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti Urunbaeva Yulduz Pirnazarovna iqtisodiyot fakulteti talabalariga iqtisodiyot nazariyasi fanidan ko‘rgazmali ochiq dars o‘tdi.
Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida talabalarga yangi bilim va ko‘nikmalar taqdim etildi. Ochiq darsning dinamik muhitida talabalar faol ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Ushbu o‘quv jarayoni nafaqat ilmiy ma’lumotlarga boy bo'ldi, balki talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga ham xizmat qildi.
Dars oxirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda fikr almashib, yangi bilimlarni qanday amalda qo‘llashlari mumkinligi haqida o‘zaro munozara olib bordilar.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutqidan eng muhim iqtiboslar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#Maʼrifat_ulashib
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Nabi Jaloliddinning "Vatan" hikoyasi sahnalashtirildi.
Ushbu loyiha nafaqat adabiy merosimizni tanitish, balki talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini ham namoyish etish imkonini berdi. Sahnalashtirilgan hikoya, ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun vatanparvarlik, mehr-muhabbat va insoniy qadriyatlarni yuksak darajada aks ettiruvchi san'at asariga aylandi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Professor_minbari
"Turizm sohasi moddiy va ma’naviy boylik manbai" — Mamayunus Pardayev, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bayrogʻim_faxrim
Vatanimiz bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi muborak boʻlsin! 🇺🇿
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi katta o'qituvchisi Iskandarov Bekzod Abdijalilovichning tavallud ayyomi!
Hurmatli Bekzod Abdijalilovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi Pastdarg‘om xizmat ko‘rsatish texnikumida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Unda Din ishlari boʻyicha qoʻmita Pastdarg‘om tumani bo'limi bosh mutaxassisi A.Januzakov va tuman IIB TQKB bo‘lim boshlig‘i O.Norxo‘jayevlar ishtirok etib, yoshlarni yot, radikal g‘oyalar ta’siridan saqlash uchun birgalikda harakat qilish kerak ekanligini ta'kidlashdi.
Tadbirda islom dinining asl mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardan diniy mazmunda foydalanishda faqat rasmiy saytlardan foydalanish to‘g‘risida, yoshlarni turli yot g‘oyalarga kirib qolishini oldini olish, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda to‘g‘ri yo‘ldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi va “Tinchlik qadri” nomli hujjatli filmlar namoyish etildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Davra_suhbati
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlarda talabalarga Davlat bayrogʻining tarixi va ma'nosi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bagʻrikenglik_haftaligi
💫 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutorlari tomonidan "Bag‘rikenglik haftaligi" doirada "Kitoblar mening do'stlarim" kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda talabalar kitobning inson hayotidagi o'rni va uning bag‘rikenglikka hissasi, kitoblarning hayotiy tajribalarga, bilimga, va yangi g'oyalarga qanday qilib yo'l ochishi haqida fikr bildirishdi.
Har bir ishtirokchi o'z sevimli kitobi haqida so'zlab berib, ularning shaxsiy rivojlanishidagi ahamiyatini ta'kidladilar.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bagʻrikenglik_haftaligi
💫 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni
Mazkur sana munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "O'zbekiston — umumiy uyimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirda talabalarning fikr va mulohazalari, mamlakatimizdagi bagʻrikenglik, bir-birimizga hurmat va mehr-muhabbat ko'rsatish zarurligi haqida qizg'in munozaralar bo‘lib o‘tdi. O'zbekistonning madaniy xilma-xilligi, turli millat va elatlar o'rtasidagi do'stlik rishtalari, birgalikda tinch-totuv yashashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
⭐️ Bu turdagi tadbirlardan maqsad – do'stlikni mustahkamlash, bag'rikenglik ruhini oshirish va jamiyatimizda tinchlikni saqlashga hissa qo'shishdir.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bagʻrikenglik_haftaligi
💫 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni
Mazkur sana munosabati bilan institut axborot-resurs markazida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Unda iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirok etdi. Ko'rgazma nafaqat kitoblar taqdimoti bilan, balki samimiy suhbatlar, fikr almashish va yangi g‘oyalar bilan o'zgacha shukuhda o'tdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Maʼrifat_ulashib
"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etiladi
Joriy yilning 27-noyabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga taniqli ijodkorlar Nurboy Jabborov, Nabi Jaloliddin, Axtamquli Karimovlar tashrif buyuradi.
Tashrif davomida mehmonlar hamda talabalar ishtirokida davra suhbatlari, ochiq darslar, turli qiziqarli hamda intellektual tanlovlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Barchani mazkur tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#InnoWeekUz2024
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida InnoWeek.Uz-2024 haftaligi bo'lib o'tdi
Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Unda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, ilm-fan doira vakillari, professor-o‘qituvchilar, innovatsion gʻoya yetakchilari hamda yosh ixtirochilar ishtirok etdi.
Haftalik davomida 30 dan ortiq davlat vakillari tomonidan 500 dan ortiq innovatsion mahsulotlar namoyish etildi. Xitoy, Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan mutaxassislar fan va texnologiya sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Mazkur haftalik davomida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие и выступит на первом после парламентских выборов заседании Сената Олий Мажлиса.
Bizni kuzating
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президент Бокуда БМТнинг иқлим ўзгариши бўйича конференциясида нутқ сўзлади. Барқарор энергия таъминоти давлатимиз раҳбарининг эътиборида. Янги чақириқ Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ўзининг биринчи мажлисини ўтказди
—
Ҳәптениң ең әхмийетли ўақыяларына шолыў: Президент Бакуда БМШның климат өзгериўи бойынша конференциясында шығып сөйледи. Турақлы энергия тәмийнаты мәмлекетимиз басшысының итибарында. Жаңа шақырық Олий Мажлис Нызамшылық палатасы өзиниң биринши мәжилисин өткерди
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президент выступил на конференции ООН по изменению климата в Баку. Стабильное энергообеспечение в центре внимания главы государства. Законодательная палата Олий Мажлиса нового созыва провела первое заседание
Facebook|Instagram|X
#Xushxabar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti talabasi Gavhar Saparaliyeva sportning ITKF "Karate-do" turi bo'yicha bo'lib o'tgan Toshkent xalqaro ochiq musobaqasida ikki xil yo'nalishda ishtirok etib, birinchi va ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritdi.
Gavhar Saparaliyevani institut jamoasi nomidan ushbu g'alaba bilan tabriklaymiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#LIVE 🚩
Ayni paytda viloyat musiqali drama teatrida Oʻzbekiston va Indoneziya teatr san'ati ustalari tomonidan tayyorlangan "Imom Al-Buxoriy va Sukarno" spektakli premyerasi bo'lib oʻtmoqda.
Ushbu premyera namoyishida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Poʻlatov boshchiligidagi institut jamoasi ham ishtirok etmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bayrogʻim_faxrim
Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Registon maydonidan boshlandi.
20x40 metr o‘lchamdagi bayroqni ko‘targan harbiylar, sportchi yoshlar, ichki ishlar va milliy gvardiya boshqarmasi otliqlari, texnika vositalari Ko‘ksaroy maydoni tomon harakatlandi.
Ushbu tadbirlarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Xalqaro_anjuman
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va ekologik menejmentni rivojlantirishning metodologik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o'tdi. Mazkur anjumanda quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha muhokamalar olib borildi:
- Orol dengizining ekologik tiklanishiga erishish uchun sanoatni almashtirish;
- Osiyoda kichik va o'rta biznes raqobatbardoshligi: raqamlashtirish va barqarorlik;
- Madaniyatlarga mos marketing strategiyalarini ishlab chiqish: Oʻzbekistonning global bozorida tilning ahamiyati;
- O'zbekistonda raqamli investitsiyalar yordamida iqtisodiy salohiyatni ochish;
-Sun’iy intellektga asoslangan bashoratli modellar yordamida ixtisoslashtirilgan ta’lim uchun o‘qitish tahlili: akademik yutuqlarni oshirish;
- O'zbekistonda raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari;
- Barqaror rivojlanishda iqtisodiyotni tiklash;
- Ekologik xavflarni kamaytirishda ekologik menejment (iqtisodiy boshqaruv) ning roli.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Bayrogʻim_faxrim
Sarbaland boʻl — Vatan bayrogʻi! 🇺🇿
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti matbuot xizmati mazkur videorolikni tayyorlashda jonbozlik koʻrsatgan ikkinchi boʻlim boshligʻi Maʼmura Eshkulovaga hamda "Toʻmaris izdoshlari" loyihasi talaba-qizlariga oʻz minnatdorchiligini bildiradi!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
#Bagʻrikenglik_haftaligi
Oʻzbekiston — umumiy uyimiz!!! 🇺🇿
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Tanlov 😁
📹"Quvnoqlar va zukkolar" koʻrik-tanlovidan videolavha
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Ichki_turizm
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutori A.Abdurajabov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan o'ziga biriktirilgan guruh talabalari ishtirokida shahrimizning diqqatga sazovor joylariga ekskursiya tashkil qildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Davra_suhbati
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlarda talabalarga Davlat bayrogʻining tarixi va ma'nosi haqida batafsil ma'lumotlar berilmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Etnosport
💫 Servis fakulteti talabalari ishtirokida etnosport festivali bo'lib o'tdi
Ishtirokchilar milliy sport turlari va xalq o'yinlari orqali bir-birlari bilan kuch sinashishdi. Mazkur tadbir nafaqat raqobat ruhini oshirdi, balki talabalar o'rtasida do'stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamladi. Har bir o'yin qiziqarli lahzalarga boy bo'ldi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Taqdirlash_marosimi
💫 Sport sinovlarini namunali topshirgan talabalar taqdirlandi
Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarida namunlari natija qayd etgan bir qator talaba-yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining ko'krak nishonlari hamda sovg'alari topshirildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">