Qanday natija olganimizdan qati nazar barchasiga ustozlarimiz mehnati ortidan yetishdik. Biz xuddiki bir daraxt edik, ustozlarimiz bizga shakl berib chiroyli parvarish etdilar, ilm buloģi bilan suģordilar. Òzimiz esa beboshlik qilib ba'zi vazifalarni bajarmaganmiz, e'tiborsizlik qilganmiz (oilaviy hayotdan ortmaganmiz, ba'zan).
Hammamiz Madina va Durdona ustozdan minnatdormiz. Ilohim ilmingiz bundanda ziyoda bòlsin. Olloh jannatlarda yuzingizni kòrishlikni nasib etsin. Bundanda yuqori natijalar olib sizlarni xursand etaylik Insha Allah
Qani o'quvchilar! Natijalaringizni intiqlik bilan kutyapman! @Madaminovna_Madina
@qiziqarli_ona_tili
📝 Kalitlar:
1 - D 2 - C 3 - B 4 - A 5 - C 6 - C 7 - A 8 - D 9 - A 10 - B 11 - A 12 - D 13 - C 14 - C 15 - B 16 - B 17 - B 18 - C 19 - A 20 - A 21 - A 22 - B 23 - C 24 - C 25 - A 26 - A 27 - B 28 - B 29 - B 30 - A
@qiziqarli_ona_tili
Раҳматли бувимнинг дугоналари бўларди. Фарзандлари вафот этиб кетганми ё бола кўрмаганмиди, эсимда йўқ, кунда-кунора бизникига келардилар. Бир куни ўша аёл бизни мақтаб қолдилар:
- Ўртоқ, невараларингга кўз тегмасин, бир-биридан ақлли, бир-биридан доно-я! Қандоғам бахтли экансан!
Мен ғурурланиб бувимга қарадим. Ичимда: "Хозир бувимам бизни мақтайдилар, айниқса мени!" деб маҳтал турибман. Лекин бувим...
- Э, қўй, мақтама буларни! Бола-чақанинг фитна эканини билмайсан-да! Сен шукрингни кўпайтир. Бу неваралар бор бўлсин-у, лекин... - у ёғига аллақанча менга ёқмаган гапларни айтдилар. Болалигимга бориб, бувимдан хафа бўлдим. Кечгача тўрсайиб юрдим. Кечки пайт бувим мени ёнларига чақирдилар.
- Бояги гапларимга хафа бўлдинг-а? - дедилар. Мен баттар тумшайдим.
- Ҳали ақлинг тўлишмаган-да, қизим, шунга хафа бўлдинг. Қулоғингда бўлсин, улғайиб, фарзанд кўрсанг, фарзанди йўқ аёлларнинг олдида болаларинг билан зинҳор мақтанма! Уйи йўқнинг олдида уйингни мақтама! Пули йўқ, ночорнинг олдида тўкинлигинг билан мақтанма! Пиёда қолганларнинг олдида уловингни мақтама! Айб бўлади!
- Нимаси айб бўлади?
- Унинг ношукрлиги кўпаяди, ичида ҳасад уйғониши мумкин, ўксиши мумкин, бир дардига ўн дард қўшилиши мумкин... Буларга сабаб бўлиб қолмаслик керак. Бировнинг ўкинчдан бўйни букилишига сабабчи бўлиш айб... йўқ, гуноҳ бўлади, қизим...
Бу ўгитлар ҳаётимда шунчалар кўп асқотдики... Сизларга ҳам илиндим мана.
©️Дилфуза Комил
@qiziqarli_ona_tili
— Уста, вергулни қаерга қўяй?
— Ўзи, сен саводсизни шогирд қилмаслигим керак эди! Гапнинг бошида вергул бўладими? Бўлмайди! Гапнинг охирида-чи? Нуқта бўлади! Демак, қаерга қўйиш керак? Иккала сўзни ўртасига-да, ўқимаган!
@qiziqarli_ona_tili
❓Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?
Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bular:
🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;
🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.
Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.
👉 @xushnudbek 👈
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum ustoz, yaxshimisiz? Ustoz, va nihoyat men ham sertifikat oldim. Bergan bilimlaringizga rozi boʻling! Bundanda yuksak martabalarga erishish nasib qilsin, ilohim.
Читать полностью…Madina ustoz rahmat bergan bilimlaringizga rozi bo'ling. Ilmingiz bundan-da ziyoda bo'lsin!
Читать полностью…Ustoz avval ham aytgandim, hozir ham aytaman. Esseni zo'r tushuntirgansiz. Esdan chiqmaydigan qilib. Oz vaqt yarim soatda yozgandim lekin xudoga shukur yaxshi yozibman. Siz o'rgatgan qolipda yozgan edim. Asarlar va matnlar ustida ishlashim kerak ekan.
Читать полностью…⚡YANGI QAROR HAQIDA AYRIM IZOHLAR:
✅ Bu qaror maktab o'quvchilari, abituriyentlar, o'qituvchilar (oliy ta'limda ham) uchun tegishli bo'ladi, ya'ni barcha fanlardan yagona sertifikat tashkil etiladi.
✅ Sertifikat C (45-49,9 ball), C+ (50-54,9 ball), B (55-59,9 ball), B+ (60-64,9 ball), A (65-69,9 ball), A+ (70 dan yuqori) darajalarni ifodalaydi.
✅ "A" va "A+" darajalarga ega abituriyent mazkur fandan maksimal balga ega bo'ladi, shuningdek, pedagoglar ustamaga ega bo'ladi.
✅ Quyi darajalar (C, C+, B, B+) olgan abituriyent ham majburiy fandan maksimal balga ega bo'ladi, asosiy fandan esa proporsional ball oladi.
✅ Yaqin orada yangi test namunasi, yangicha baholash tizimi joriy etiladi.
✅ Endilikda chet tilida bo'lgani kabi ayrim bo'lim (masalan, esse) dan kam ball to'plasangiz ham, boshqa bo'limlaringiz yuqori bo'lsa, "A+" daraja olishingiz mumkin.
✅ Oldingi sertifikatlar oldingi qaror asosida amal qiladi.
@qiziqarli_ona_tili
MILLIY SERTIFIKAT NATIJALARI E'LON QILINISHNI BOSHLADI DEB XABAR BERMOQDA AYRIM TELEGRAM KANALLARI. RASMIY MA'LUMOT YO'Q
@qiziqarli_ona_tili
Attestatsiyasida ishtirok etadigan pedagoglarning guruhlar boʻyicha taqsimoti, yaʼni qaysi pedagog aynan qaysi sanada, nechanchi guruhda va soat nechada test topshirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar test kunlaridan 2-3 kun oldin eʼlon qilib boriladi.
📅 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar
📍Sinovlar o‘tkaziladigan joy manzillari
Buxoro viloyatida 15-16-aprel kunlari o'tkaziladigan pedagoglar attestatsiyasi malaka (test) sinovlari ishtirokchilar ro'yxati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📚 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi!
Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
10-aprel, Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga BEPUL xizmat ko‘rsatadi.
👉 @xushnudbek 👈
@qiziqarli_ona_tili